Mamlakat energetika xavfsizligi va iqtisodiy o’sishning o’zaro bog’liqligi



Download 415,18 Kb.
bet1/5
Sana29.12.2021
Hajmi415,18 Kb.
#77384
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1 va 2 rejalar


Mamlakat energetika xavfsizligi va iqtisodiy o’sishning o’zaro bog’liqligi

Mamlakat iqtisodiyotining muhim energetik makroiqtisodiy ko’rsatgichi YaIMning energiya sig’imliligi, umumiy   iste'mol qilingan energiya resurslarining yalpi ishlab chiqarilgan mahsulotga nisbati sifatida aniqlanadi. Bu  1 so’mlik miqdoridagi  (mahsulot yoki xizmatlar) ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan yoqilg'i-energetika resurslarini bildiradi.

Bundan ko’rinadiki, aholi jon boshiga energiya iste'moli qanchalik yuqori bo'lsa va YaIMning energiya sig’imliligi past bo'lsa, aholi turmush darajasi yoki mamlakat farovonligi shu darajada yaxshiroq bo’ladi.

O'zbekistonda YaIMning energiya sig’imliligi ko’rsatgichi, rivojlangan davlatlarga nisbatan uch baravar yuqori.

Shu bilan birgalikda, so'nggi yillarda O'zbekiston Jahon iqtisodiy forumi tomonidan tizilgan energetika me'morchiligi mezonlari bo’yicha ko'rsatkichini 6 pozitsiyaga yahshiladi. Shunday qilib, O'zbekiston bugungi kunda energiya samaradorligi ko'rsatkichi bo’yicha dunyoning 125 mamlakati ichida  78-o'rinni egallab turibdi. Taqqoslash uchun avvalgi natija 84-o'rin edi.

Xalqaro ekspertlarning (V.L. Ganja) baholashiga ko'ra, dunyo miqyosidagi 2000 yil darajasida qazilma organik yoqilg'ilar iste'mol hajmi saqlab qolinganda, an'anaviy neft zaxiralari 41 yil, tabiiy gaz 62 yil, ko'mir - 230 yil ichida iste’mol qilib tugatiladi. Shuningdek, mutaxassislarning fikricha, O'zbekistonda mavjud bo'lgan ko'mir zahiralari keyingi 40-50 yilga, neft 10-12 yilga, tabiiy gaz esa 28-30 yilga yetadi. Bunday vaziyatda energiya samaradorligini oshirishning roli ortib boradi, samaradorliknii oshirish tadbirlari yangi energiya manbalari qirilishidan 20 barobar arzonroqqa tushadi.

Shu o’rinda 2011 yildan buyon O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Sanoat vazirligi huzuridagi "Sanoat korxonalari energiya samaradorligini oshirish" loyihasini ta’kidlab o’tish lozim. Loyiha Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (IDA) va O'zbekiston tijorat banklarining imtiyozli kreditlari asosida amalga oshiriladi. Buning natijasida energiya sig’imliligi yuqori bo’lgan yirik korxonalarning aksariyati mahsulot ishlab chiqarishda elektr va tabiiy gaz iste'molini sezilarli darajada qisqartirish imkoniga ega bo’ldilar.

Bugungi kunda sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish bo'yicha 82 sub loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Loyihalar neft-gaz, tog'-kon, kimyo, elektr energiyasi, qurilish va qayta ishlash kabi energetika yo'nalishidagi sohalarda amalga oshirilmoqda.

2011 yildan buyon 30 dan ortiq yirik sanoat korxonalari imtiyozli kreditlardan foydalandi. Ushbu sub loyihalarni amalga oshirish natijsida yiliga 500 million kilovatt-soatdan ziyod elektr energiyasi va 187 million kub metr tabiiy gaz tejashga erishildi. Bundan tashqari, atmosferaga korbanad angidrid (CO2) chiqarilishi yiliga 580 ming tonnaga kamaytirildi.

 O'zbekiston Respublikasida ushbu loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilganligini hisobga olib, 2018 yilda  Jahon banki tomonidan loyihaga 200 mln. AQSh dollari miqdorida qo'shimcha moliyalashtirish ma’qullandi.

Ushbu loyihani amalga oshirishda O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, “Sanoat Qurilish Bank”, “AsakaBank”, “HamkorBank”, “AsiaAllianceBank” va  “Infinbank” aksionerlik tijorat banklari ishtirok etmoqda.

Hozirgi kunda Yevropa investitsiya banki tomonidan 100 mln. yevro miqdorida mablag' ajratish ma’qullangan bo’lib, bu o'z navbatida hafaqat yirik, balki kichik va o'rta ishlab chiqarish korxonalarining energiya samaradorligini oshirish loyihalarini amalga oshirishida qo'shimcha turtki beradi.

Korxonalar uchun ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va ishlab chiqarilayotgan maxsulotning raqobatbardoshligini oshirish eng dolzarb masalalardan biridir.

O‘zbekiston iqtisodiyotida elektr energiya ishlab chiqarish muhim rol o‘ynaydi. Uni ishlab chiqarish uchun eng ko‘p yoqiladigan tabiiy gazdir va bu ko‘rsatkich qariyb 87%ni tashkil qiladi. Jumladan, mamlakatimizda tabiiy resurslardan foydalanish bo‘yicha taqsimot quyidagicha:


Shuningdek, ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 86% qismi respublikamizdagi issiqlik elektr stansiyalari hisobiga to‘g‘ri keladi. Bu bo‘yicha o‘zaro ulushlar taqsimoti quyidagi ko‘rinishda:





Download 415,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish