Ma’ruza : Fizika predmenti. Moddiy nuqta kinematikasi va dinamikasi. Saqlanish qonunlari. Rejasi



Download 2,52 Mb.
bet1/36
Sana18.01.2022
Hajmi2,52 Mb.
#388057
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
1 (2)




1-MA’RUZA : .FIZIKA PREDMENTI. MODDIY NUQTA KINEMATIKASI VA DINAMIKASI.SAQLANISH QONUNLARI.

REJASI


1.Fizika fani

2.Texnikaning rivojlanishi mutaxasisi kadirlarning shakillanishida fizika faning alomati.

3.Fizika kursing tuzilishi va maqsadi

4.Mexanikaviy harakat

5.Fizikaviy modillar:Moddiy nuqta apsalut,qattiq jism Fazo va vaqt

6.Moddiy nuqta kinimatikasi


7. Nuqtaning aylana bo’ylab harakati


8. Burhakli tezlik va burhakli tezlanish

9. Egri hiziqli harakatda tangensial, normal va to’liq tezlanish.

10. Hiziqli va burhakli kattaliklar orasidagi bog’lanish.

Tayanch so‘zlar va iboralar: Fizika, materiya, harakat, fizik qonun va hodisa, tajriba, kuzatish, eksperiment, gipoteza, fizik nazariya, fizik model, fizika va boshqa fanlar, fizika va texnika, fizik kattaliklar, asosiy va qo‘shimcha birliklar, Harakat, moddiy nuqta, ko‘chish, traektoriya, yo‘l, vaqt, tezlik, oniy tezlik, tekis o‘zgaruvchan harakat, tekis egri chiziqli harakat, tezlanish, oniy tezlanish, normal va tangentsial tezlanish, burchak tezlik va tezlanish.


1.KIRISH

Kelajak o’tmishda shakllanadi. Vaqtning uzviy bog’liqligini insoniyat rivojlanishda, ayniqsa fan va texnikaning rivojlanishida yaqqol tasavvur qilishi mumkin. Fizika va u bilan chambarchas bog’langan hozirgi zamon texnikasi bundan mustasno emas.


Aloqa tizimlarining hozirgi kunda bizga xizmat ko’rsatayotgan namunalarining bir qismi XIX va XX asrlarda yaratilgan. Bu elektr aloqa tizimlari – telegraf, telefon, radio va kompyuter tarmoqlaridir.

Avval ular o’zlaricha alohida, raqobatlashib rivojlana boshladi. O’zaro texnikaviy raqobat, vaqt o’tishi bilan o’zaro bog’liqlik, bir maqsadni bajarish uchun birlashishga olib keldi. Uch elektrodli lampaning yaratilishi ularga birinchi asos bo’ldi va radiotexnikaning rivojlanishiga, elektron apparatlarning yangi avlodlarini paydo bo’lishiga olib keldi.

O’tgan asrning o’rtalarida kichik o’lchamli aktiv yarim o’tkazgich asboblaridan biri - tranzistorning kashf etilishi aloqa tizimlarida, radioeshittirish va televidenieda ikkinchi (inqilob) revolyutsiyaga, diskret yarim o’tkazgich asboblarning yaratilishi esa, elektronikaning shakllanishiga olib keldi. Radiotexnika va elektronikaning asta-sekin o’zaro bog’lanishi radiosxema va elektron komponentalar o’rtasidagi chegaraning yo’qolishiga sabab bo’ldi.

Integral sxemalarning yaratilishi va qo’llanilishi mikroelektronikaning shakllanishiga imkon berdi. Santimetr kvadratining yuzdan biri bo’laklarida tayyorlanadigan integral sxemalar bir necha o’n mingdan iborat aktiv va passiv elektron elementlarni o’z ichiga oldi. Natijada, integral sxemalarga asoslangan, aloqa tizimlarining uchinchi avlodlari paydo bo’ldi.

Kristall hajmi bo’yicha taqsimlangan aktiv va passiv elementlarning yuqori integratsiyali integral sxemalarini yaratilishi asosida murakkab funktsiyalarni bajaruvchi o’ta katta integral sxemalar tayyorlana boshlandi. Masalan, zaryadlarni ko’chirish asbobi bo’lgan televizion kamera 3x4 mm2 sirtga ega bo’lib, milliondan ortiq aktiv elementlarni o’z ichiga oladi va murakkab funktsiyalarni bajarishga xizmat qiladi.

Katta integral sxemalar yaratilishi kompyuterlarning yangi avlodini, mobil telefonlar, televizion kameralar va boshqa hozirgi zamon aloqa tizimlarining yaratilishiga asos bo’ldi.

Hozirgi vaqtda, qattiq jismlar elektronikasida, o’ta yangi elektron qurilmalarni yaratish uchun yangi fizikaviy printsiplar va hodisalarni aniqlashda izlanish ishlari olib borilmoqda. Bu fizikaviy jarayonlarning xarakterli xususiyati - qattiq jism hajmidagi dinamik nojinsliliklardan axborotni saqlash va qayta ishlashda foydalanishdir. Dinamik nojinsliliklarga Gann elektr domenlari, tsilindrik va magnit domenlar, zaryadni ko’chirish asboblaridagi paket va «cho’ntaklar», sirtqi va hajmiy akustik hamda spinli to’lqinlar kiradi. Natijada hozirgi, eng yangi elektron qurilmalarni yaratish uchun akustikaviy – magnitoelektronika, kvant elektronikasi, spinotronika va nanotexnologiya yo’nalishlari yaratilmoqda.

Bu yangi texnologiyalar o’z navbatida insoniyat faoliyatining barcha sohalarini rivojlanishiga olib kelishi hech shubhasizdir.

Fan va texnikaning yuqorida keltirilgan yutuqlari istalgan davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat ko’rsatadi.

Hozirgi davr talabiga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlashda, bakalavriyat bosqichidagi talabalarga fizika fani asoslarini o’rgatishdan asosiy maqsad – ularda hozirgi zamon ilmiy – texnikaviy dunyoqarashni shakllantirish, ularga zamonaviy texnika vositalari asoslarini tanishtirish va ulardan foydalanishga zamin yaratishdan iborat. Shuni unutmaslik kerakki, fizika fani oliy o’quv yurtlarida o’qitiladigan oliy matematika, informatika, axborot texnologiyalari, elektr zanjirlar nazariyasi, radioelektronika va mikroelektronika asoslari va boshqa fanlar bilan uzviy bog’langan.

Fizika fani – tabiat hodisalarining oddiy va umumiy qonuniyatlarini, moddalar tuzilishi va xususiyatlarini, ularning harakati qonuniyatlarini o’rgatuvchi fandir.

«Fizika» so’zi grekcha «physics» - tabiat so’zidan kelib chiqadi, shuning uchun tabiatshunoslik fanining asosida yotadi.

Fizikaning qonunlari ma’lumotlarga asoslangan bo’lib, asosan tajribalarda o’rnatilgan va matematik tilda ifodalangan miqdoriy tenglamalardan iboratdir. Shu sababli, u aniq fanlar qatoriga kiradi.

O’rganiladigan material harakatlari, shakllari va ob’ektlarning ko’p qirraliligiga asosan fizika bir qator qismlarga bo’linadi:



  1. Atom va molekulyar fizika;

  2. Gaz va suyuqliklar fizikasi;

  3. Qattiq jismlar fizikasi;

  4. Plazma fizikasi;

  5. Elementar zarrachalar fizikasi;

  6. Yadro fizikasi.

Materiyaning harakat turlariga qarab fizika quyidagi bo’limlarga bo’linadi:

  • Moddiy nuqta va qattiq jismlar mexanikasi;

  • Termodinamika va statistika;

  • Elektrodinamika;

  • Optika;

  • Gravitatsiya;

  • Kvant mexanikasi;

  • Maydonning kvant nazariyasi;

  • Tebranish va to’lqinlar;

  • Amaliy optika.

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish