Matnli masalalar ustida ishlash metodikasi. Masalalar ustida ishlash metodikasining umumiy vazifalari



Download 1,05 Mb.
bet1/16
Sana23.01.2022
Hajmi1,05 Mb.
#405496
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Matnli masalalar ustida ishlash


Matnli masalalar ustida ishlash metodikasi.

Masalalar ustida ishlash metodikasining umumiy vazifalari.
Masalalar yechish matematika o`qitishning muhim tarkibiy qismidir. Masalalar yechmasdan matematikani o`zlashtirishni tasavvur ham qilib bo`lmaydi. Matematikada masalalar yechish nazariyani amaliyotga tadbiq qilishning mutlaqo tabiiy yo`lidir.

Natural sonlar arifmetikasi va nolni o`rganish maqsadga muvofiq masalalar va amaliy ishlar tizimi asosida tuziladi. Demak, har bir yangi tushunchani tarkib toptirish uchun uni hayotga bog`lab masalani yechish kerak bo`ladi. Masalalar sodda va murakkab kabi turlarga bo`linadi.

Yechilishi uchun bitta amal bajarish talab qilinadigan masalalar sodda, bir necha o`zaro bog`liq amallarni bajarish talab qilinadigan masalalar murakkab masala deyiladi.

Arifmetik amallarning mazmunini, amallar orasidagi bog`lanishlarni, amal komponentalari va natijalari orasidagi bog`lanishlar bilan tanishishda mos sodda masalalardan foydalaniladi. Ulardan ulushlar, algebra elementlari va geometrik tushunchalarni o`rganishda ham foydalaniladi. Sodda masalalar o`quvchilarda murakkab masalalarni yechish uchun zarur bilimlar, ko`nikma va malakalarni tarkib toptirish uchu nasos bo`lib xizmat qiladi. Murakkab masalalar ham, bilimlarni o`zlashtirish, mustahkamlash va mukammaltirishga xizmat qiladi.

Masalalar bolalarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning foydali vositasi bo`lib, u o`z ichiga «yashirin informatsiya» ni oladi. Bu informatsiyani qidirish masala yechuvchidan analiz va sintezga mustaqil murojaat qilish faktlarni, taqqoslash, umumlashtirishlarni talab qiladi. Bilishning bu usullarini o`rgatish matematika o`qitishning muhim maqsadlaridan biridir.

Masalalar yechish orqali o`quvchilarning predmetga bo`lgan qiziqishlari rivojlanadi, mustaqilik, erkinlik, maqsadga intilish, mehnatsyevarlik tarbiyalanadi, ular o`z shahri, qishlog`ining hayoti. Ishlab chiqarish, kishilar mehnati bilan tanishadilar.

Boshlang’ich sinflarda masalalar yechish matematika o’qitishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Haqiqatdan ham boshlang’ich sinf matematika darslarida beriladigan har bir bilimlar tizimi o’quvchilarga misol va masalalar yechish asosida yetkazib beriladi.

Matematik masalalar yechmasdan matematikani o’zlashtirishni tasavvur ham qilib bo’lmaydi. Shuningdek matematik masalalar yechish nazariyani amalyotga tatbiq etishning asosiy yo’li hisoblanadi.

Boshlang’ich sinflarda masalalar yechishning ahamiyati shundaki, arifmetik amallarning mazmunini, amallar orasidagi bog’lanishlarni, amal komponentlari bilan natijalari orasidagi bog’lanishlarni ochib berishga, har xil miqdorlar orasidagi bog’lanishlar bilan tanishtirishda masalalardan foydalaniladi. Buning uchin esa o’quvchilardan topqirlikni va mantiqiy fikrlay bilishlikni talab etadi.

Masala bayonida berilgan miqdorlarning son qiymatlari o’zaro funksional bog’lanishda bo’ladi.

Masalani quyidagicha tarkibiy qismlarga ajratish mumkin:

-Masalaning mazmuni, sharti o’zaro bog’lanishdagi sonli ma’lumotlar;

- Ma’lum sonli ma’lumotlar, savol bilan ifodalangan no’malum son;

-Masalani yechish: masala shartining mazmuniga ko’ra uning qisqa yozuvini aniqlab olish, masalani yechish rejasini aniqlash, noma’lum sonni topish;

-Masala shartini tahlil qilish, bajariladigan amallar tartibini va nima uchun shunday amallar bajarish kerakligini belgilovchi reja tuziladi. So’ngra shu reja asosida arifmetik amallar bajariladi va javobi topiladi. Shuningdek, yechishning to’g’riligi tekshiriladi.

Masala yechishning to’rtala tarkibiy qismi to’liq bajarilsa, o’quvchilar bilimi puxta va to’liq bo’lishligi taminlanadi.

Masala yechish o’quv – tarbiya jarayonida alohida ahamyatga ega. Chunki o’quvchilarning aqliy rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatadi, ular o’z shahrining, qishlog’ining hayoti bilan, kishilarning ishlab chiqarish va qishloq xo’jaligidagi mehnatlari bilan tanishadilar. Yangi innovatsion texnologiyalarni joriy qilish hisobiga, mehnatni yaxshi tashkil qilish xisobiga, mehnat unumdorligini orttirish xisobiga qishloqlarning turmish farovonliklarini oshishiga, bolalar haqida, ularning o’qishlari va dam olishlari borasidagi g’amxo’rliklari kabi qator masalalarda o’quvchilarga tushunchalar beriladi.

Yechilgan har bir masala o’quvchilarga biror matematik tushunchani o’rgatib, shakllantiribgina qolmasdan keyingi nazariy materiallarni o’rganishga ham mustahkam zamin hozirlaydi.

O’qituvchi o’quvchilarni masalalar yechishga o’rgatishda masala yechishning o’qitish va tarbiyalashdagi o’rni va vazifasini to’g’ri anglashi lozim. Masala yechish quyidagi vazifalarni bajaradi:

1. O’quvchilarda masalaning sharti, savoli, yechish, javobi kabi tushinchalar mustahkamlanadi.

2. O’quvchilarda, masala savoliga javob bo’ladigan amal va yechimini ongli va to’g’ri tanlay bilish, ko’nikmasi va malakalari shakllantiriladi.

3. Masala shartiga berilgan kattaliklar va amal hadlari orasidagi bog’lanishlarni ko’rib va tushinib boradi.

4. Turli matematik masalalarni hayot bilan bog’lash, shu yo’l bilan o’quvchilarni matematikani o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish.

Yuqorida qayd etilgan vazifalarni bajarish uchun yetarlicha turli xildagi masalalarni yechish va ularga mos yechish usullarini tanlash va o’ziga mos ko’rsatish qurollardan foydalanish kerak.



Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish