Mavzu: №1 Neft va gaz mahsulotlarini fizik-kimyoviy tahlil qilish usullari haqida ma’lumot



Download 2,34 Mb.
bet12/37
Sana09.09.2021
Hajmi2,34 Mb.
#168841
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37
Bog'liq
2 5280706696098876831

Tahlilningpotensiometrikusuli

Bu tahlil usuli elektrokimyoviy tahlil usullarining asosiylaridan biridir. Bu usul eritmaga tushirilgan elektrodlar (galvanik elementlar) da yuzaga keladigan potensiallar farqi-elektr yurituvchi kuchni o‘lchash bilan eritmada erigan modda miqdorini (konsentratsiyasini) aniqlashga asoslangan.

Ma’lumki, ko‘pchilik texnologik jarayonlarda foydalaniladigan yoki hosil bo‘ladigan eritmalardagi biror modda miqdorini aniqlash uchun shu modda tarkibidagi biror ion miqdori aniqlanadi. Aksariyat hollarda eritmadagi vodorod ioni - N+ miqdori, ba’zi hollarda CI-, Br-, NO3-, CO32-, Na+, K+, Ca2+, Ag+, Pb2+, NH4+...ionlarning miqdori aniqlanadi. SHu olingan natijalarga asoslanib ishlab chiqarish jarayonlari nazorat qilinadi yoki boshqariladi.

Potensiometrik usulning qisqacha nazariy asoslari.Eritmada erigan modda (ion, ionning aktivligi) miqdori (Sion) bilan elektrodlarda yuzaga keladigan potensial o‘rtasida o‘zaro to‘g‘ri bog‘lanish mavjud bo‘lib, u Nernst formulasi orqali ifodalanadi:



Bu erda:



E - elektrodda yuzaga keladigan potensial, V yoki mV.

R - universal gaz doimiysi, 8,314 kJ mol/grad.

T - absolyut harorat , K.

F - Faradey soni, 96500 Kl.

n - ionning zaryadi yoki berilgan (qabul qilingan) elektronlar soni.

E0 - miqdori aniqlanayotgan ionning standart oksidlanish-qaytarilish potensiali bo‘lib, eritmada S = 1mol/l bo‘lganda elektrodda yuzaga keladigan potensial qiymati. Uning qiymati ma’lumotnomalarda berilgan bo‘ladi.



bilan belgilanadi.n=I, t=25 0S bo‘lganda 0,059 B, n=2, t=25 0S bo‘lganda esa , 0,029 B

Ushbu formuladan ko‘rinib turibdiki, elektrodlarda yuzaga keladigan potensial eritma bilan elektrodning sirt chegarasida elektron almashinuvigagina emas, balki eritmadagi potensial aniqlovchi ion konsentratsiyasining o‘zgarishiga ham bog‘liqdir. SHuning uchun potensiometrik usulda neytrallanish, oksidlanish-qaytarilish, cho‘kma hosil bo‘lish va kompleks hosil bo‘lish reaksiyalaridan foydalaniladi.

Nernst formulasiga ko‘ra elektrodlarda yuzaga keladigan potensialning qiymati, potensial hosil qiluvchi ionning tabiatiga, haroratga, normal oksidlanish-qaytarilish potensiali hamda ionning konsentratsiyasiga - Sionbog‘liq.

Potensiometrik usulda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar. Elektrod - eritma bilan o‘zining sirt chegarasida elektronlar yoki ionlar almashinuvi natijasida potensiallar farqi yuzaga keladigan eritma va unga tushirilgan metall plastinkadan iborat elektrokimyoviy sistemadir.

Eng oddiy elektrod - rux sulfat tuzi eritmasiga tushirilgan rux plastinkasidir. Bunda eritmaga tushirilgan rux plastinka "aktiv metall" bo‘lgani uchun eriy boshlaydi, ya’ni oksidlanadi.

Natijada plastinka sirtida elektronlar qoladi, eritmaga esa rux ionlar Zn2+ o‘tadi. Plastinka sirti manfiy zaryadlanadi, plastinkaning sirtiga tegib turgan eritma musbat zaryadlanadi, ya’ni eritma bilan plastinka (o‘rtasida) sirt chegarasida qo‘sh elektr qavat hosil bo‘ladi. Qo‘sh elektr qavatda potensiallar farqi yuzaga keladi va bu elektrod potensialideb aytiladi.

Elektrodda yuzaga keladigan potensial Nerst tenglamasi

bilan ifodalanadi. Har bir elektrod uchun yuqoridagi singari elektrod potensialini hisoblash formulalari mavjud.

Elektrodlar ularda boradigan elektrokimyoviy reaksiyaning mexanizmiga va ishlatish maqsadiga ko‘ra bir necha turga bo‘linadi.


Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish