Mavzu:
Delfin usulida suzish texnikasini takomillashtirish
Delfin usulida suzishni o'rganish.
Krol usulida ko'krakda suzishni o'rganib olgan kishilar delfin usulida suzishni
ham muvaffaqiyatli bajara oladilar. Dastavval
oyoqlarni ishlatishni
, shu bilan birga
ularni suvga tez va elastik botirishni o'rganib olish kerak. Buning uchun oyoqlarni
ishlatish texnikasi ta'rifini yana bir marta o'qib, uni yaxshi tushunib olish lozim.
Quruqlikda har bir oyoq bilan alohida mashq qilish foydalidir. Mashq qilish uchun
gimnastika devorchasi, ihota yoki panjara yonida shu narsaga yon tomon bilan
turiladi, gimnastika skameykasi, g'isht, to'nka va shu singari boshqa biror baland
narsaga bir oyoq bilan bosib turiladi. Bir qo'l bilan devor ushlanadi. Tashqi tomonda
qolgan oyog'ni orqaga siltab tizzadan bukiladi. Oyoqning yuzi bilan tezgina tepiladi.
Bu mashqni bajarganda oyoq ko'p egilmaydi. Bunday harakatlarning suvda
qanday
bajarilishini tasavvur qilib
, mashqni goh chap, goh o'ng oyoq bilan
bajarilgandan keyin bajariladi. Buning uchun qo'lga taxta olib bir necha bor
takrorlanadi. Suvga tushib qirg'oq tomonga qarab yotib ikki qo'llab suv tagiga
tayanish kerak. Agar suzish hovuzida mashq qilinayotgan bo'lsa, dastaklarni ushlab
olish kerak. Oyoqlarni asta-sekin tizzadan hamda tos bo'g'inidan buka boshlanadi,
tezlikni oshira suv pastga bosiladi. Taxtani ushlagan holda ko'proq oyoqlarni ishlatib
suzish lozim. Avval masofaning bir oz qismini suzib o'tib, keyin dam olish kerak,
masalan, 10 marta 10 metrdan suziladi, kuyin masofani oshirib borib 10 marta 25
metrdan suzish mumkin. Qo'lga taxta ushlagan holda oyoqlarni ishlatib delfin
usulida beto'xtov 200- 300 metr masofani bemalol o'ta oladigan bo'lgandan so ng
harakatlarni mukammalashtirish mumkin. Buni endi delfin usulida bemalol
oyoqlarni ishlatib yoki taxtasiz qo'llarni
oldinga uzatib
, yuzni suvga botirib,
oyoqlarni ishlatib suziladi. Boshni yuqori ko'tarib yoki yon tomonga burib nafas
olinadi. Taxta ushlab oyoqlarni ishlatibsuzganda ham to'g'ri, beto'xtov nafas olib
turish kerak. Delfin usulida suzganda oyoqlarni qanday ishlatishni o'rganish bilan
birga qo'llarni ishlatish texnikasini ham o'rganish kerak. Engashib turgan holatda
qo'llarni oldinga uzatib ikkala qo'l bilan bir yo'la tizza tomonga eshish harakati
bajariladi. Eshib bo'lgandan keyin, qo'llarni tezda ikki tomonga elka balandligida
qo'tarib oldinga uzatiladi. Bu mashq bir necha marta takrorlanadi.
Xuddi shu mashqni ko'krakkacha suvga tushib, avval boshni ko'tarib, keyin
suvga botirib, nafas olmay bajariladi. Bu mashqda eng qiyini ikkala qo'lni birdaniga
suv ustidan olib o'tishdir. Ikkala qo'l eshganda bu mashqni osonlashtirish uchun
eshish oxirida tezlikni oshirish kerak. Buning oqibatida qo'llar darhol suv ustiga
chiqib ketadi. Nafas olmay eshish mashqini o'zlashtirgandan keyin bir maromda
eshish va nafas olishni o'rganish mumkin. Xuddi
oldingi mashqlardagidek eshish
,
bu harakatning birinchi yarmida nafas chiqarish, ikkichi yarmida esa boshni ko'tarib
nafas olish kerak. Qo'llar zo'riqtirmay harakatlantiriladi va erkin nafas olinadi.
Nafasni batamom chiqarishga e'tibor berish kerak. Har bir mashg'ulotda nafas
olib va chiqarib avval 15-20, keyinchalik 50 martagacha eshib mashq qilish kerak.
Bosh suv ichida bo'lib nafas olmay, har uch-to'rt marta eshgandan keyin dam olib,
delfin usulida suzgandagina qo'l va oyoq harakatlarini o'zlashtirib olish mumkin.
Suv tagidan yoki xovuz chetidan depsinib, gavda suvda siljiy boshlagandigina qo'l
va oyoqni ishlatish kerak.
Tizzalar bukilib
, birinchi depsinish qo'llar bilan
eshishning ikkinchi yarmiga, ikkinchi depsini esa qo'llar suvga botirilib, oldinga
uzatilgan vaqtga to'g'ri keladi. Qo'llar suv ostida o'tayotgan paytda nafas olishni
to'xtatib, bosh suvga botiriladi. Delfin usulida oyoq harakatlari va boshqa barcha
harakatlarni bir-biriga moslashtirishni o'rganganda yuqorida aytilgan kauchuk
lastdan foydalanish mumkin. Ular suzuvchini oldinga tezroq siljishi va gavdani
to'g'ri tutishga yordam beradi. Bu esa quloch tashlashni ancha engillashtirish bilan
birga oyoq harakatlarini bir-biriga -moslashtirish imkonini beradi. Suzish
texnikasini tabiiy sharoitda takomillashtirish va musobaqalarga tayyorlanish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |