Mavzu: Ishlab chiqarish xarajatlari. Buxoro-2021 Ishlab chiqarish xarajatlari. Reja: Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati



Download 38,84 Kb.
bet2/9
Sana02.03.2022
Hajmi38,84 Kb.
#477391
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ishlab chiqarish xarajatlari

Korxona faoliyatining asosiy maqsadi foyda olish uning miqdorini muttasil oshirib borishdan iboratdir, ushbu xol esa chegaraviy xarajatlar tshunchasini qo`llashga sabab bo`ladi.
Chegaraviy xarajatlar (ChX) deganda hisoblangan va aslida ishlab chiqarish hajmiga nisbatan har bir qo`shimcha mahsulot ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar.
Yuqorida qayd qilingan endiki doimiy xarajatlar ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga bog`liq bo`lmaydi, aksincha o`zgaruvchan xarajatlar esa ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga bog`liqdir, ammo bu bog`liqlik bir xilda emasdir. Birinchi bosqichda o`zgaruvchan xarajatlar kamayib boradi, chunki ishlab chiqarish ko`lami oshib boradi. Ma’lum davrdan boshlab o`zgaruvchan xarajatlar birligini (masalan mehnat) belgilangan resursga (yer, kapital) qo`shib borish kamayib boruvchi qo`shimcha yoki chegaraviy mahsulotni beradi. Bu hol iqtisodiyotda “kamayuvchi samara qonuni” degan nomni olgan. Masalan, stanokda xizmat ko`rsatuvchi ishchilarning soni ortib borsa unda ularning qanchalik ko`proq ishlab chiqarishga jalb etilishiga mos ishlab chiqarish hajmi sekin o`sib boradi. Demak, korxonalarning ishlab chiqarish xarajatlarini miqdori qo`llanilayotgan resurslarni miqdoriga bog`liq. Ishlab chiqarishda qo`llanilayotgan resurslarning miqdorini ayrim hollarga nisbatan tez o`zgartirish mumkin, boshqa hollarda esa u uzoq davrni talab etadi. Binobarin, iqtisodiy tahlil jarayonida qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarni farqlash zarurdir. Iqtisodiy nuqtai nazaridan ular o`rtasidagi farq ishlab chiqarish quvvatlarini o`zgartira olishidadir. Qisqa muddatli davrda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tshurish mumkin. Shunga ham e’tibor berish kerakki, ushbu davrlarni chegarasi har xil tarmoqlarda turlichadir. Qisqa va uzoq davrini farqlash firmani foydasini ko`paytirish strategiyasi va taktikasini aniqlashda muhimdir.
Firmaga qisqa muddatli davrda qaror qabul qilishida mahsulot birligi xarajatlarni ta’siri muhimdir. Mahsulot birligiga xarajatlar, mahsulotni ishlab chiqarish o`sib borgan sari pasayadi, chunki ularni absolyut miqdori o`zgarmasdir. O`zgaruvchan xarajatlar boshlang`ich davrda, ishlab chiqarish ko`lamlarini ortishi sababli kamayib boradi. Undan so`ng esa ko`lam samarasini ustidan “kamayuvchi samara” qonuni ustun kelishi natijasida mahsulot birligi o`zgaruvchan xarajatlar o`sib boradi. Masalan, konditer fabrikada dastgohlarni uch smena ishlatish, ularni ishlash samarasini pasayishiga olib keladi, chunki uchinchi smenada ishlash dastgohlarni profilaktika qilishga imkon bermaydi, natijada dastgohlarni unumsiz to`xtashlari ko`payadi va u ishlab chiqarish natijalariga salbiy ta’sir ko`rsatadi. Bunda yalpi xarajatlar (O`IH) egri chizig`i uni tashkil etuvchi O`DX va O`O`X har biriga nisbatan tezroq pasayib boradi.
Birinchi grafikdan shuni ko`rish mumkinki agar chegaraviy xarajatlar (ChX) o`rtacha xarajatlar (OIH) kam bo`lsa unda o`rtacha xarajatlar kamayadi, bu chegaraviy xarajatlar oxirgi o`sishidir va hamma oldingilaridan kam bo`lguncha davom etadi. O`IH va ChX egri chiziqlari kesishgan nuqtasi o`rtacha xarajatlarni eng kam miqdori yoki minimumini ko`rsatmoqda. S nuqtani o`ng tomonida O`IH o`rtacha yalpi xarajatlarga tengdir. Ushbu nuqta zararsizlik nuqtasi deyiladi.
Agarda bozor narxi S nuqtadan pasaysa unda korxonalar ushbu tarmoqni tashlab boshqa tarmoqqa o`tib ketadilar. Bu nuqtada faqat yangi mahsulotni ishlab chiqarishga o`tgan korxonalar davom ettirishi mumkin bo`ladi yoki korxona o`tkazgan tahlil ushbu tarmoqda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga qisqa muddatda talabni ko`tarilishi natijasida baxoni ko`tarilishini tasdiqlasa korxona o`z faoliyatini davom ettirishi mumkin bo`ladi.
N nuqtadagi firmani axvoli birmuncha og`irroq bo`ladi, chunki bu nuqtada sotish narxi o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlarga teng bo`ladi (O`O`X). Korxona o`z xarajatlarini qoplay olmaydi. Bunday vaziyatda korxona ushbu mahsulotni ishlab chiqarishni to`xtatishi lozim bo`ladi. Uzoq muddatli davrda ishlab chiqarish quvvatlarini o`zgartirish mumkin. Firma bu davrda ishlab chiqarish maydonini yangi qurilish hisobiga kengaytirish, sexlarda yangi dastgohlarni o`rnatish, yangi ishchilarni ishlab chiqarish jarayoniga tortishi mumkin, demak uzoq muddatli davrda hamma xarajatlar o`zgaruvchan xarajatlar sifatida maydonga chiqadi. Firmani kengaytirish davrida yalpi xarajatlar o`zgaradi. Boshida ko`lam (mashtab) samarasi hisobiga kamayadi. Undan keyin ishlab chiqarish ko`lam samarasi ta’siri tamom bo`lgandan keyin u eng kam miqdoriga yetadi. Shundan so`ng yalpi xarajatlarni ortishi jarayoni boshlanadi.

Download 38,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish