Mavzu: Parvoz qilish-qo‘nish tasmasini loyihalashda shamol yo‘nalishlarini hisobga olish



Download 1,09 Mb.
bet1/2
Sana09.03.2023
Hajmi1,09 Mb.
#917651
  1   2
Bog'liq
4-7



TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI


Mustaqil ish



Mavzu: Parvoz qilish-qo‘nish tasmasini loyihalashda shamol yo‘nalishlarini hisobga olish

Bajardi: Azimbayev A.


Toshkent-2023
Parvoz qilish-qo‘nish tasmasini loyihalashda shamol yo‘nalishlarini hisobga olish

Uchish tasmasi (UT) – aerodromning bir qismi bo‘lib, havo kemalarining uchishi va qo‘nishi uchun mo‘ljallangan; uchish-qo‘nish tasmasi (UQT), xavfsizlikning chekka tasmasi (XCHT) va yonlama tasmasi (XYoT) dan tashkil topadi. Aerodromda bir yoki bir nechta UT bo‘lishi mumkin.



Ko‘tarilish deganda HK sining harakati tezlashgandan boshlab, havoda xavfsiz tezlikka erishgunicha bo‘lgan masofa tushuniladi; u ikki bosqichdan iborat (5.a – rasm): HK sining UQT sida tezlashuvi va ko‘tarila turib tezlanish olishi. Yugurib borish (tezlanish) HK sini yerdan uzib oladigan ko‘taruvchi kuch hosil qiladi. Tezlik ma’lum darajaga ortgach, uchuvchi xujum burchagi (ugol ataki) ni ko‘paytirib oldingi g‘ildiragini yerdan uzib oladi va keyingi tezlanish asosiy tayanch g‘ildiraklar ustida kechadi. Yerdan uzilishda qanotlarda hosil bo‘lgan ko‘taruvchi kuch og‘irlik kuchidan birmuncha ortiq bo‘ladi va samolyot havoda ucha boshlaydi. Keyingi tezlanish va ko‘tarilish, 10m balandlikkacha, traektoriya gorizontiga qiyalama to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tekis tezlanma harakatdan iborat




Yugurib borish uzunligi (dlina razbega) deganda HK si start joyidan boshlab yerdan uzilgunicha o‘tgan masofa tushuniladi. Ko‘tarilish distansiyasi – gorizontal tekislikdagi yo‘l bo‘lib, HK qo‘zg‘algan nuqtadan boshlab, 10 m balandlikka ko‘tarilgan nuqtagacha oraliqda yotadi; bunda HK keyingi ko‘tarilish uchun yetarli va xavfsiz tezlikka erishgan bo‘lishi kerak.


Qo‘nish havodagi samolyot glissadaga kirib sekinlashganidan boshlab, to‘liq to‘xtamaguncha o‘tgan masofadan iborat (5.b – rasm). HK si qo‘nishga kirganidagi harakat traektoriyasi quyidagi uchastkalardan iborat: Qo‘nishdan avvalgi pasayish (glissada bo‘ylab pasayish), parashyutlanish, qo‘nish va yugurish.



Glissada bo‘ylab 15 metrgacha pasayish va keyingi 6-10 metrgacha (to‘g‘rilanib olish balandligigacha) pasayish qiyalama traektoriya bo‘ylab to‘g‘ri chiziqli harakatdan iborat. To‘g‘rilanib olish uchastkasida HKsi egri chiziqli traektoriya bo‘ylab harakat qiladi va asta-sekin gorizontal rejimga o‘tadi. UQT siga 1 metr qolganda to‘g‘rilanib olish tugaydi. Keyin tutib turish (vo‘derjivanie) uchastkasi boshlanadi; u UQT sidan 0.5 – 0.25 metr balandlikkacha davom etadi. SHundan so‘ng samolyot tezligi shu darajagacha pasaytiriladiki, natijada qatnovlardagi ko‘tarilish kuchi og‘irlik kuchidan kamayib, parashyutlanish (erga tushib ketish) ro‘y berib, g‘ildiraklar UQT sining yuzasiga tegadi. Xuddi shu ondagi samolyot tezligining gorizontal tashkil etuvchisini “qo‘nish tezligi” deb ataladi. SHu ondan boshlab qo‘nishning so‘nggi bosqichi “yugurish” boshlanadi. Yugurib borish uzunligini kamaytirish maqsadida aerodinamik qarshilik ko‘rsatiladi (qanotning interseptorlari chiqariladi, dvigatelning revers kuchi ulanadi, g‘ildiraklardagi avtomat tormoz ishga tushiriladi), natijada samolyotning kinetik energiyasi so‘ndirilad.

UCHISH TASMASINING ELEMENTLARI




Uchish tasmasining elementlari:
1 – Suniiy qoplamali uchish-qo’nish tasmasi (SUQT); 2 – Gruntli uchish-qo’nish tasmasi (GUQT); 3 – Yon xavfsizlik tasmasi (YXT); 4 – Chetki xavfsizlik tasmasi (ChXT)


Uchish – qo‘nish tasmasi (UQT) – UT sining bir qismi bo‘lib, HK ko‘tarilishi va qo‘nishi uchun maxsus quriladi; sun’iy qoplamali (SUQT) va gruntli (GUQT) bo‘ladi. Trassali aerodromlarda ikkalasi bo‘ladi. UQT chegaralaridagi uchish va qo‘nish distansiyasining havodagi bo‘shlig‘i, HK larini boshqarishda me’yordan og’ishlar bo‘lganda tasmaning zahirasi o‘rniga o‘tadi. Bir UT da bir yoki bir nechta UQT si bo‘lishi mumkin.


Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish