Mavzu: «Podbor parametra» buyrug`idan foydalanib hisoblash masalalarini yechish



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
Sana25.06.2022
Hajmi0,7 Mb.
#704847
Bog'liq
1 Labaratoriya Soha



1-laboratoriya ishi
 
Mavzu:
«Podbor parametra» buyrug`idan foydalanib hisoblash masalalarini yechish. 
 
Ishdan maqsad:
Microsoft Excel elektron jadvalining funktsional imkoniyatlari bilan 
tanishish va ish faoliyatida ma’lumotlar bilan ishlashda undan foydalanishni o`rganish. 
 
Laboratoriya ishi rejasi: 
1.
Microsoft Excel muhitida jadvallar yaratish va ularni tahrirlash, formulalar bo`yicha 
hisoblash, ma’lumotlarni tartiblashni o`rganish; 
2.
«Podbor parametra» buyrug`i yordamida hisoblash ishlarini amalga oshirish 
metodologiyasini o`rganish. 
 
Mashg`ulot uchun zarur vositalar:
o`quv mashg`uloti ma’lumot bazasi; shaxsiy 
kompьyuter; Microsoft Word matn muharriri; Microsoft Excel elektron jadvali. 
Topshiriq: 
Avtoulov ta’mirlash ustaxonasi shtati 6ta ishchi, 8ta slesarь, 10ta master, 3ta 
bo`lim boshlig`i, buxgalter, qorovul, farrosh va direktordan iborat bo`lsin. Oylik ish haqi 
umumiy fondi 100 ming so`mni tashkil qilsin. Ustaxona xodimlarining oylik okladlari qanday 
bo`lishi kerakligini aniqlash kerak. 
Hisobotga qo`yiladigan talablar:
Laboratoriya ishining natijalari sifatida kompьyuterda 
qayta ishlangan ma’lumotlar jadval shaklida taqdim etilishi kerak.
Ishni bajarish texnologiyasi: 
1.
 
Nazariy ma’lumotlar. 
Avval muammoni hal qilish modelini yaratamiz. Bunda asos qilib oddiy ishchining 
maoshini olamiz, qolgan xodimlarning maoshini unga nisbatan necha barobar yoki qancha 
ko`pligi bo`yicha hisoblaymiz. Matematik tilda ifodalaydigan bo`lsak, har bir oklad oddiy ishchi 
oyligidan kelib chiqadigan chiziqli funktsiya hisoblanadi: Ai ·S+Vi, bu yerda S – oddiy ishchi 
okladi; Ai va Vi – har bir lavozim uchun quyidagicha aniqlanadigan koeffitsiyentlar: 

slesarь oddiy ishchidan 1,5 barobar ko`p maosh oladi (A2=1,5; V2=0); 

master – oddiy ishchidan 3 barobar ko`p (V3=0; A3=3); 

bo`lim boshlig`i – masterdan 300 so`m ko`proq (A4=3; B4=300); 

qorovul – oddiy ishchidan2barobar ko`p (A5=2; V5=0); 

farrosh –slesardan 200 so`m ko`proq (A6=1,5; V6=200); 

buxgalter – oddiy ishchidan4barobar ko`p (A7=4; V7=0); 

direktor –buxgalterdan 500 so`m ko`proq (A8=4; V8=500). 
Har bir lavozimdagi xodimlar sonini bilgan holda, masala modelini quyidagi tenglama 
ko`rinishida yozish mumkin: 
N1 

 A1 

 C + N2 

 (A2 

 C + B2 ) + ... + N8 

 (A8 

 C + B8 ) = 100000 , 
bu 
yerda 
N1 
– 
oddiy 
ishchilar 
soni, 
N2 
–slesarlar 
soni 
va x.z. 
Bu tenglamada A1...A8, B1...B8 va N1... N8 lar bizga ma’lum, S – esa noma’lum. Tenglama 
tahlili shuni ko`rsatadiki, rejalashtirish masalasi S ga nisbatan chiziqli tenglamani hal qilish 
uchun qaratilgan. 
2.
 
Ishni bajarish tartibi. 
Elektron jadvalning ish varag`iga boshlang`ich ma’lumotlarni 1.1-rasmda ko`rsatilgan 
tarzda kiriting.


1.1-rasm. Boshlang`ich ma’lumotlar jadvali.
D ustunida har bir lavozim uchun ish haqini hisoblang. Masalan, D3 katakchasi uchun 
hisoblash formulasi quyidagi ko`rinishda bo`ladi: 
=B3*$B$12+C3 
F ustunida berilgan lavozimdagi barcha ishchilarning ish haqini hisoblang. Masalan, F3 
katakchasi uchun hisoblash formulasi quyidagi ko`rinishda bo`ladi: 
=D3*E3 
F12 katakchasida avtota’mirlash ustaxonasi umumiy ish haqi fondini quyidagi formula 
bo`yicha hisoblang: 
=SUMM(F2:F10) 
Elektron jadval ish varag`i 1.2-rasmda ko`rsatilgan ko`rinishda bo`ladi.
1.2-rasm. Hisoblash natijalari jadvali. 
Oddiy ishchi okladini aniqlang, bunda, hisoblash jamg`armasi belgilangan miqdorga teng 
bo`lgan bo`lsin:
1.
Servis menyusidan Podbor parametra buyrug`ini aktivlashtiring yoki bu buyruqni 
Dannыye menyusidan ham topish mumkin: 

2.
Ochilgan oynaning «Ustanovitь v yacheyke» maydonida formulasi mavjud F12 
katakchasiga murojaatni kiriting;
 
3.
«Znacheniye» maydoniga qidirilayotgan natija 100000 ni kiriting;
 


4.
«Izmenyaya znacheniye yacheyki» maydonida o`zgartirilayotgan katakcha V12 ga 
murojaatni kiriting va tugmasini bosing. Jadvalni shaxsiy katalogingizda 
saqlang. 
 
 
Nazorat savollari: 
1.
Amallarni bajarish ketma-ketligini arifmetik formulalarda ifodalang.
2.
«Podbor parametra» buyrug`i yordamida berilganlarni hisoblash metodologiyasini 
tavsiflang. 
3.
Oylik ish haqi fondi 20% ga oshirilganda oddiy ishchining okladini aniqlang.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish