Men bilaman / bilmoqchiman / bildim” Ushbu mavzu bo'yicha: O'zbekistonning davlat mustaqilligini qo‘lga kiritilishi. Demokratik davlatning barpo qilinishi



Download 19,13 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi19,13 Kb.
#261846
Bog'liq
14-15 топшириқ


Men bilaman / bilmoqchiman / bildim”

Ushbu mavzu bo'yicha:

O'ZBEKISTONNING DAVLAT MUSTAQILLIGINI QO‘LGA KIRITILISHI. DEMOKRATIK DAVLATNING BARPO QILINISHI

BILAMAN

BILMOQCHIMAN

BILDIM

1985 yil aprel plenumida SSSR MK Bosh kotibi M.S.Gorbachyov tomonidan Ittifoqda “qayta qurish” siyosati e’lon qildi Qayta qurishning asosiy mohiyati jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarida to’planib qolgan inqirozli holatlarni bartaraf etish rejasidagi siyosat edi. Aslida qayta qurishni amalga oshirish ikki bosqichga bo’lingan edi. Ulardan birinchisi 1985 - 1987 yillar bo’lib, ikkinchi bosqichi – 1987 - 1990 yillarni o’z ichiga olga. Biroq qayta qurish o’zining birinchi bosqichida yoq inqirozga yuz tutdi. Buning sabablari quyidagilardan iborat bo’ldi:

1.Qayta qurishning aniq, izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan aniq dasturi yo’q edi.


2. Mamlakatdagi partokratik rahbariyat “nomenklatura”ni saqlab qolishdan manfaatdor edi, chunki mamlakatni boshqarish ma’muriy-buyruqbozlik usuli orqali oson kechardi. 3.M.Gorbachyov g’oyasi asosida qayta qurishni amalga oshirish mumkin emasdi. Sotsializmga xos mulkiy munosabatlar, ijtimoiy sohadagi siyosat, yakkapartiyaviy rahbarlik, mustabid boshqaruv usuli hech qachon demokratiya bilan kelisha olmas edi. Bir so’z bilan aytganda, qayta qurish mustaqillikka intilishni yanada tezlashtiruvchi omil bo’ldi.

80-yillar oxiri 90-yillar boshlarida O’zbekistonda mustaqillikka intilish harakatlari kuchaya borib, uni qo’lga kiritish shart-sharoitlari vujudga keldi. 1989 yil oktyabrda “Davlat tili to’g’risidagi qonun”ning qabul qilinishi mustaqillik yo’lida muhim bosqich bo’ldi. Qonunni amalga oshirish maqsadida O’zbek tilini o’qitish maxsus kurslari tashkil etildi, o’zbek tilidagi adabiyotlar, darsliklar nashr etilishiga va o’quv yurtlarida o’qitilishga e’tibor kuchaydi. 1990 yil bahorda Markazning qattiq qarshiligiga qaramasdan Prezidentlik lavozimi ta’sis etildi. Bu o’zbek davlatchiligi va mustaqilligining prinsipial yangi bosqichi bo’ldi. O’zbekiston rahbariyati ba’zi yuqori rahbarlik lavozimlarga tavsiya qilingan shaxslarni Moskvada suhbatdan o’tkazish amaliyotini tugatdi.

Tuzatishlar va aniqlashlar - loyihaning 60 dan ortiq moddasiga kiritildi. 1992 yil 8 dekabrda O’zbekiston Respublika Oliy Kengashining XII chaqiriq XI sessiyasida Mustaqillik Konstitutsiyasi qabul qilindi. Uning mohiyati Asosiy qoidalar bo’limida bayon etilgan. Bu qoidalar: davlat suvereniteti; xalq hokimiyati; fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilish; shaxs va davlat birligini ta’minlash; qonuniylik; jamiyatni ajratish; mahalliy o’z o’zini boshqarish; sud tizimi va odil sudlovni tashkil qilish va boshqalardan iborat. Konstitutsiya preambula, 6 bo’lim, 26 bob, 128 moddadan iborat. Mustaqil O’zbekiston Konstitutsiyasi fuqarolarning inson huquqlari demokratik partiyasi bo’lib, insonparvar huquqiy davlat shakllantirishning strategik dasturidir. Uning qabul qilinishi g’oyat katta siyosiy, huquqiy va xalqaro ahamiyatga ega bo’ldi. Mustaqillik Konstitutsiyasi barcha qonunlarning va boshqa davlat va jamoat tashkilotlari huquqiy hujjatlarining asosi bo’lib xizmat qiladi. Jaxon sivilizatsiyasida alohida o’rin tutadigan,ko’p asrlik boy tarixga ega O’zbekiston diyorida butun dunyoga nomi ketgan olimlar, davlat arboblari voyaga yetgan. Buyuk zotlarni buyuk xalq,buyuk el yaratadi.


Qayta qurish siyosati nima va uning mohiyatini Nima uchun qayta qurish inqirozga yuz tutdi?

Mustaqillikka qo’yilgan ilk qadamlar haqida

O’zbekistonda Prezidentlik instituti qachon joriy etilgan?

O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligi qachon e’lon qilindi?

O’zbekiston Respublikasi Davlat ramzlarini sanang...O’zbekiston qachon BMTga a’zo bo’ldi?

O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillarini ayting...

O’zbekiston YuNESKO bilan qanday ishlarni amalga oshirdi.

Mustaqillik tushunchasining mazmuni qanday?

Jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o’zgarishlar bo’lishiga umidning so’nishi 80 – yillarning boshlarida ayniqsa kuchaydi. Buning oqibatida, bir tomondan, ma’muriy-siyosiy biqiqlik kuchaygan bo’lsa, boshqa tomondan, jamiyat a’zolari mehnat intizomining pasayishi, ijtimoiy loqaydlik, befarqlik kuchayib bordi. Jahonning rivojlangan va demokratiya tarkib topgan mamlakatlaridagi ijobiy o’zgarishlar, demokratiya va inson huquqlarini himoya qilishdagi olg’a siljishlar, xalq turmushi sharoitidagi yangi imkoniyatlar sovet jamiyatidan nafratlanish, jiddiy tub o’zgarishlarni amalga oshirishga moyillik hissini paydo qildi. O’zbekiston Respublikasini juda ko’plab davlatlar tan oldi va jahonning ko’pgina nufuzli tashkilotlari bilan siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va boshqa sohalarda hamkorlik qiladi. U o’z tashqi siyosatini olib borishda quyidagi tamoyillarga tayanadi:

1.Davlat milliy manfaatlarining ustunligi;


2. Xalqaro huquq normalarining davlat ichki huquq normalaridan ustunligi;
3.Boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
4.Terrorizm, narkobiznes va korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashish;
5.Bir davlatga yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik;
6. Tinchlik va mustaqillikka sodiqlik va h.k.

1992 yil fevralь oyida YeXHT va shu yilning 2 martida BMTga a’zo bo’lib kirishi uning siyosiy hayotida keskin burilish yasadi. Undan tashqari, O’zbekiston 1995 yil iyulь oyida esa NATOning “Tinchlik yo’lida hamkorlik” dasturiga a’zo bo’ldi, Xalqaro Valyuta fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporotsiyasi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, YuNESKO va h.k.lar bilan mustahkam aloqalarni o’rnatdi.

Xulosa o’rnida aytish mumkinki, O’zbekiston xalqi asriy orzusi – mustaqillikni qo’lga kiritdi, shu davr ichida jahon xaritasidan munosib o’rinni egalladi. Bunyodkor xalqimiz o’z salohiyati bilan davlat va jamiyat taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shib kelayotir. Har bir fuqaro o’z imkoniyatini to’liq yuzaga chiqarish uchun barcha sharoitlar mavjud. Bu mustaqillikning buyuk ne’matidir.



Mustaqillikning e’lon qilinishi Respublika tarixida muhim voqea bo’lib, u nafaqat butun davlat uchun, O’zbekistonda yashaydigan har bir aholi uchun katta ahamiyat kasb etdi. Ko’pincha mustaqillikka qon to’kishlar yo’li bilan erishiladi. Lekin O’zbekiston bunday yo’ldan bormadi. XXI asr arafasida jahon xaritasida yana bir mustaqil, teng huquqli davlat-O’zbekiston paydo bo’ldi. Jaxon hamjamiyati uni tezda tan ola boshladi. Darhaqiqat, Mustaqillik – o’zaro hurmat, bir-birini tan olish, bir-birini qadrlash asosida mamlakat fuqarolari o’zaro munosabatida ham, davlatlar o’rtasidagi aloqalarda ham ana shu umuminsoniy qadriyatlarga tayanish, umumiy mezonlar asosida yashash demakdir. Mustaqillik – jamiyatdan ajralmagan holda dunyo muammolari va o’z taqdiri bilan bog’liq bo’lgan istiqlol haqida o’ylashdir.
Mustaqillik – erkin dunyoqarash, erkin tafakkurga suyanib yashash salohiyatidir.

Mustaqil demokratik respublikaning tashkil topishi jahonshumul tarixiy ahamiyatga ega bo’ldi. Xalqning asrlar davomidagi mustaqillik uchun kurashi ro’yobga chiqib, mamlakatda huquqiy, demokratik jamiyat shakllanishiga shart-sharoit yaratildi. O’zbekistonning boy imkoniyatlaridan xalq turmushini yaxshilash uchun foydalanish mumkin bo’ldi.

Mustaqil O’zbekiston bozor munosabatlariga o’tishda har xil salbiy holatlar tug’diradigan «falaj» yo’li bilan emas, asta-sekinlik bilan o’tish yo’lini tanladi. Istiqlolga erishgan xalqimiz jaxon minbarida o’z manfaatlari haqida bor ovoz bilan gapirish, xalqaro tashkilotlar ishida faol qatnashish imkoniyatiga ega bo’ldi. Eng asosiy natijalardan yana biri-xalqning tarixiy merosini o’rganish, ma’naviy qadriyatlarni tiklash imkoni tug’ildi. O’zbekistonda mustaqil sharoitda siyosiy va iqtisodiy qayta qurishlar amalga oshirila boshlandi, birinchi navbatda mustaqil davlatning huquqiy asoslari yaratildi. 1991 yil 18 noyabrda Respublika Oliy Kengashi VIII sessiyasi 1991 yil 29 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga va Mustaqil g’oyasini butun xalqning muhokamasidan o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilindi. Saylov komissiyalari tashkil qilinib, ularga O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovlar va referendum to’g’risidagi qonunning bajarilishini ta’minlash, O’zbekiston fuqarolariga o’z xohishlarini erkin bildirish, Prezidentlikka nomzodlar uchun teng shart-sharoitlar yaratish vazifalari yuklandi. 29 dekabrda muqobillik asosida o’tkazilgan saylovda Islom Abdug’aniyevich Karimov nomzodiga saylov qatnashchilarining 86 foizdan ko’prog’i o’z ovozini berdi.

Markaziy Saylov komissiyasi okrug komissiyalari bayonnomalarni ko’rib siqib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov haqidagi qonunning 35-moddasiga asosan I.A.Karimov birinchi O’zbekiston Prezidenti etib saylanganligi to’g’risida qaror qabul qilindi. I.A.Karimov 1991 yil 31 dekabrdan o’z vazifasini bajarishga kirishdi. Prezidentlikka saylovlar bilan bir vaqtda «O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo’llab-quvvatlaysizmi?» savoli bo’yicha referendum ham o’tkazildi. Ovoz berishda ro’yxatga olinganlarning 94,1 foizi qatnashdi. Qatnashganlarning 98,2 foizi mustaqillikni qo’llab ovoz berishdi.

Mustaqil O’zbekiston bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurish uchun boy tabiiy resurslar va keng imkoniyatlarga egadir. O’zbekistonda foydali qazilma boyliklarining 2.700 dan ortiqroq o’rni aniqlangan. Har yili Respublika hududidan 5 mlrd. dollardan ortiqroq qimmatdagi foydali yer osti boyliklari qazib olinmoqda. Respublika oltin zahirasi bo’yicha jahonda to’rtinchi, qazib chiqarish bo’yicha jaxonda 7-8 o’rindadir. Rangli metallar, fosforitlar, tabiiy gaz, neftь, ko’mir va boshqalarning zahira manbalari aniqlangan.

O’zbekiston yeri juda ham hosildor bo’lib, bu yerda paxta, don, sabzavot va mevalardan yuqori hosil olish mumkin. Respublika energetikasi bugun 11 mln. kilovatt-quvvatdan ko’proq kuchga ega bo’lgan, 37 issiqlik va gidroelektrostansiyani o’z ichiga oladi. Transport yo’llari bo’yicha katta imkoniyatga ega. Respublikada sanoatning 100 dan ortiq sohasiga oid 2 ming atrofida zavod va fabrikalar ishlab turibdi. Mustaqil O’zbekiston moddiy boyliklar bilan birga katta ilmiy va ma’naviy imkoniyatlarga ham ega.



Har bir mustaqillikka erishgan davlat o’z ramzlariga ega bo’lishi kerak. 1991 yil 18 noyabrda Respublika Oliy Kengashining VIII sessiyasida O’zbekiston davlat bayrog’i tasdiqlandi. Uning belgilari mamlakatimiz hududidagi qadimda mavjud bo’lgan yirik saltanatlarning tug’laridagi an’analarini davom ettiradi hamda xalqning milliy va madaniy o’ziga xosligini, Respublika tabiiy sharoitini aks ettiradi. O’zbekiston Respublika Oliy Kengashining 1992 yildagi X sessiyasida O’zbekiston Respublikaning davlat gerbi to’g’risidagi qonun, 1992 yil 10 dekabrdagi XI sessiyasida O’zbekiston Respublikaning davlat madhiyasi to’g’risidagi qonun qabul qilindi. O’zbekiston Respublikaning davlat ramzlarining qabul qilinishi mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega bo’ldi.






Download 19,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish