"Men diniy ekstremizm va terrorizmning tahdidini qanday tushunaman?" mavzusidagi maqolalar tanlovida yozgan ijodiy ishi



Download 30,02 Kb.
Sana22.06.2017
Hajmi30,02 Kb.
#11945
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Farmasevtika instituti Sanoat farmatsiyasi fakulteti 3-kurs 6/2 guruh talabasi Pazliddinov Abdulvohid Vahobjon o‘g‘lining

“Men diniy ekstremizm va terrorizmning tahdidini qanday tushunaman?” mavzusidagi maqolalar tanlovida yozgan ijodiy ishi

Vatan, Sadoqat, Tinchlik. Bir – birini mazmunan to‘ldirib kelgan bu so‘zlar mohiyatan bir nuqtada uyg‘unlashadi, aynan shu nuqtadan ozodlik deb atalmish oliy bir ne’mat boshlanadi. Bu ne’mat shundayin qimmatbaho va azizki, usiz yuqoridagi uch so‘zning mushtarakligiga, ilohiy bog‘liqligiga putur yetadi, bag‘ri kemtik bo‘lib qoladi. Mana, chorak asirdirki bag‘rimiz ham, baxtimiz ham butun. Vatan deb taniganimiz mana shu zamin, muqaddas tuproq o‘zining fidoyi farzandlari sadoqati va muhabbati taftida tinch va osoyishta. Aynan shu tinchlik tufayli Vatanimiz kundan – kun chiroy ochib, hayotimiz yorug‘ va obod bo‘lib, ozod yashash naqadar ulkan baxt ekanini har daqiqada yana ham chuqur anglab yetmoqdamiz.

Erta tongda ko‘zlarimizni ochar ekanmiz yorug‘ va musaffo osmonga nazar tashlab, jismu tanimiz, ruhimizga o‘zgacha kuch beruvchi havodan nafas olib, ota – onamiz, yaqinlarimizning yuzlarida tabassumni ko‘rib bu haqiqatdan ham eng ulug‘ baxt ekanini anglaymiz. Onalarning allasi, muazzinning yaratganga shukronalik bilan aytgan azonisiz tong otmaydigan bu yurtning chindan ham jannatning bir bo‘lagi ekaniga zarracha gumonimiz qolmayd. Chunki, ona allasi ham, muazzinning azoni ham faqatgina tinch makonlardangina yangraydi. Ularga eng avvalo tinchlik – osoyishtalik, qalb hotirjamligi uyg‘unlashadi. Ona qalbida zarracha hadik bo‘lsa alla orombaxsh yangramaydi, bola orom olmaydi. Oromi buzilgan murg‘ak qalb tinchlik – osoyishtalik, mehr – oqibat, eng yomoni hayotga muhabbat tuyg‘ularini to‘la anglab yetolmaydi. Axir biz yuqorida aytib o‘tgan Vatanni asrash, unga sadoqat ko‘rsatish, tinchlikka posbon bo‘lish eng avvalo yuragimizga ona allasi bilan birga singib, yetmish ikki tomirimizga jo bo‘ladiki, to umrimizning ohirigacha onaga, ona zaminga sadoqat bilan yashaymiz. Meni nazarimda vatan va ona so‘zlari bir ma’noni anglatadi. Ularning o‘z aro o‘xshash tomonlari juda ko‘p. Onamiz boshimizda qancha parvona bo‘lib bizni asrasa, oyog‘imiz ostidagi zamin bizni hokisorlik bilan boshida ko‘tarib yuradi. Hamma ham anglab yetmaydigan yana bir uyg‘unlik shundaki, ular hech qachon bizga bergan mehrini minnat qilmaydi, buning evaziga haq so‘ramaydi. O‘z - o‘zidan savol tug‘uladi: ular bizdan hech narsa talab qilmas ekan, biz ham ularga hech narsa qaytarmasligimiz mumkin ekada? Yo‘q, albatta! Bunday qilishga hech kimning haqqi yo‘q. Bo‘ynimizdagi bu uzib bo‘lmas qarzimizni zarrach bo‘lsada ado qilish niyyatida ekanmiz, eng avvalo ularga soya solmoqchi bo‘lqan hatarlarga tish - tirnog‘imiz bilan qarshi turmog‘imiz zarur. Ularni shunday asraylikki har qachon va har yerda men senga munosib farzandman deb baralla ayta olaylik.

Bugun dunyoning chizgilari shu qadar o‘zgarib ketdiki endi oila, Vatan himoyasi uchun bizdan nafaqat kuch – qudrat, balki tafakkur, aql – idrok va yuksak ma’naviyat ham birdek talab etiladi. Chunki, biz kurashayotgan kuchlar shunchaki oddiy kuchlar emas, biz bilan bir zamonda yashayotgan, taraqqiyot yutuqlaridan foydalanib taraqqiyotning o‘ziga, nafaqat tarqqiyot, balki insoniyat tomiriga bolta urayotgan kuchlardir. Bu kuchlar qaysilar? Bu albatta “ommaviy madaniyat”, aqidaparastlik, missionerlik, separatizm, kosmopalitik g‘oyalar, diniy ekstremizm va terrorizm. Ularga qarshi kurashish choralarini izlar ekanmiz qachonlardir mavjud bo‘lgan hududiy chegaralar alla qachon barham topganini va bu muammolar ham hududiy chegaralardan chiqib, global darajaga ko‘tarilganini ko‘rishimiz mumkin. Bu so‘zlarning isboti sifatida bugun, yaqin sharq mamlakatlarida va dunyoning turli burchaklarida sodir bo‘layotgan hunrezliklarni ayta olamiz. Ba’zan bilib, ba’zan bilmay qolayotganimiz bu hatarlar bizning ham yurtimizga soya solmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi. Axir aytadilarku “O‘z uyingni – o‘zing asra” deb. Lekin bugun faqat uy qo‘rg‘onini baland olish bilan uni yetarli darajada havf va hatarlardan holi deb aytib bo‘lmaydi. Yana bir muhim masala borki, bu uy sohiblarining, ayniqsa bu uyda o‘sib - ulg‘ayayotgan, voyaga yetayotgan yoshlarning dunyoqarashini, pok orzu – istaklari, kelajagini himoya qilish, asrash ma’nan yetuk qilib tarbiyalashdir.

Yoshlar kelajagiga taxdid solayotgan bu yot g‘oyalarning kelib chiqish sababi qayerda? Ularni oldini olishning imkoni bormi o‘zi? Bu hususida gapirganda albatta internet haqida to‘htalmaslikni iloji yo‘q. Hozirda aksariyat yoshlarimiz o‘z vaqtlarini aynan internet bilan ovvora bo‘lib o‘tkazayotganlari hech kimga sir emas va bu jarayonni barchamiz odatiy holat deb qabul qilayotganimiz ham bor haqiqat. Aynan shu befarqlik dushmanlarimiz uchun, yoshlarni o‘zlarining puch g‘oyalariga ishontirmoqchi bo‘lganlar uchun ayni muddao emasmi? Hali hayotning past – balantini bilmagan, oq bilan qoraning farqiga bormagan bolaning ota – ona, ustozlar nazoratidan chetda qolishi payt poylab turgan korchalonlar uchun tayyor o‘lja bo‘lish bilan barobar. Nima uchun ular o‘z saflariga aynan yoshlarni jalb qilishadi, chunki yoshlik hamma narsani bilishga, boshqalarga qaraganda kattaroq marralarni egallash va favqulotda qahramonliklar ko‘rsatishga moil bo‘lgan payt hisoblanadi. G‘araz niyyatli kishilar esa yoshlarning aynan shu qiziqishlaridan foydalanadilar va bu o‘rinda muqaddas dinimiz tamolillariga ham to‘xtalib o‘zlarini din peshvolari sifatida tanitadilar. Lekin yoshlar bir narsani bilishi kerakki din va etiqod qorin to‘ydrish, birovlarning qonini to‘kish uchun hizmat qilamasligi kerak. Ular hech qachon ezgulukni shior qilmaganlar va bunday qilmaydilar ham, yurgi qurum bosgan, umrida kitob ko‘rmagan ammo birovlarga ilm o‘rgatishni da’vo qiladiganlarning yuragida ezgulik bo‘lmaydi. Bu nokaslarning qilayotgan ishlari hunrezlikdan boshqa narsa emas ekanligi ularning harakatlaridan ma’lum bo‘ladi. O‘zingiz ayting ayollar va bolalarni ho‘rlash, begunoh insonlarni qonini to‘kish, o‘zini muqaddas islom diniga aloqador deb bila turib masjidu – madrasalarni, bir vaqtlar hayot qaynagan ilm o‘chog‘i bo‘lgan go‘zal shaharlarni vayron qilish qaysi bir aqidaga to‘g‘ri keladi? Ustiga ustak yana ilm ahlini, ziyolilarni, ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatmoqchi bo‘lganlarni o‘zlarining ashaddiy dushmanlari deb bilishi ularni naqadar manqurt kimsalar ekanini isbotlaydi. Mana fikrimizning yana bir dalili. Ozodlik inson uchun har narsadan ustun. Muqaddas kitoblarimizda va bir qancha sahih hadislarda inson hayoti va ozodligiga taxdid qilish og‘ir gunoh ekani aytilgan. O‘zini adolat va din tarafdorlari deb bilgan terroristik guruhlar, xususan IShID tomonidan qul bozorlarini tashkil qilinishi u yerda asosan ayyolar va bolalarni pullashayotgani na bir diniy, na bir dunyoviy tamoillarga to‘g‘ri kelmaydi. Ularning ijtimoiy–siyosiy vaziyatni beqarorlashtrish, dinlararo va millatlararo munosabatlarni keskinlashtrish, buning uchun aholi ichida va xorijiy axborot vositalarida turli ig‘vo ma’lumotlarni tarqatishlariga nima deysiz? Ming afsuski mana shunday yolg‘on gaplarga ishongan va ularning safiga qoshilib qolganlar ko‘nglimizni g‘ash qiladi.

Bu ishlarning oldini olish, keng aholi qatlamlarini ayniqsa yoshlarni bunday havflardan ogoh etish maqsadida teleekranlarda ko‘plab ko‘rsatuv va dasturlar, ta’lim muassalarida ma’naviy – ma’rifiy tadbirlar doimiy tashkil qilinadi. Institutimizda bo‘lib o‘tgan bir ma’naviy – ma’rifiy tadbirda bizga ko‘rsatishgan filim, hali ham esimdan chiqmaydi. Terroristik g‘oyalarni tarqtish faoliyati bilan shug‘illangan “Hizbut- tahrir” guruhiga a’zo bo‘lgan va bundan o‘n yetti yil avval huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olinib, bugun jazoni o‘tash muassasasida saqlanyotgan bir mahkumning so‘zlarini eshting. Unga Alisher Navoiy haqida, uning asarlari haqida nima deysiz deb savol berishdi. U esa pinagini ham buazmay bu insonning yozganlari notog‘ri, o‘zi esa dindan yiroq odam – deb javob berdi. Axir yetti yoshida muqaddas “Quroni karim”ni yod olgan butun umrini odamlarga yaxshilik qilish bilan o‘tkazgan inson qanday qilib noto‘g‘ri yo‘lda bo‘lsin? Bu gaplarni eshitib etim jimirlab ketdi. Xulosa faqat bitta o‘ta ketgan pastkash, ilimsiz odamgina bu so‘zlarni aytishi mumkin. O‘yladimki, bejiz bu odam o‘n yetti yil ota – onasi, yaqinlaridan uzoq yashamagan, oilasi, farzandlari bilan bir dasturxon atrofida nonushta qilish, ularning ulg‘ayishini ko‘rish, yaqinlari roziligini olish baxtidan maxrum bo‘lmagan. Dunyoda vaqtdan yaxshiroq va undan shavqatsizroq narsa bo‘lmasa kerak. Faqat u ertani bugunga, bugunni esa o‘tmishga aylantiradi. O‘n yetti yil besamar yashash esa meni nazrimda o‘n yetti karra o‘lim bilan barobar. Lekin, buni ular qayerdan bilsin, qayerdan tushunsin. Shuncha vaqtdan beri o‘z ishidan pushaymon bo‘lmagan, xato yo‘lidan qaytmagan odamdan yaxshi amal kutish besamar menimcha.

Diniy – estremistik oqimlarning g‘arazli maqsadlari va yuqoridagi kabi pastkash odamlarning hoyinligi tufayli mamlakatimiz tinchligi hamda yahlitligiga putur yetishi mumkin bo‘lgan paytlar ham bo‘lganligini tarix ham, biz ham yaxshi eslaymiz. “Jahonning qator mamlakatlari tomonidan rasmiy ravishda terrorchilik tashkiloti deb tan olingan, buzg‘unchilik, terrorchilikni maqsad qilgan “O‘zbekiston islom harakati” guruhi jangarilari 1999 yili Toshkent shahri va viloyatida, 2000 yili Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida, 2004 yil 28-29 aprelda Toshkent va Buxoroda, 2005 yil may oyida Andijonda, shunungdek 1999, 2000 va 2006 yillari qo‘shni Qirg‘iziston, 2006 yili Tojikiston hududida terrorchilik harakatlarini amalga oshirishda ishtirok etgani aniqlangan.”1 Bo‘lib o‘tgan qo‘poruvchilik harakatlarining moddiy oqibatlari to‘la bartaraf etildi ammo bu g‘alamislarni yo‘q qilish chog‘ida o‘nlab vatan posbonlari o‘z jonlarini qurbon qilishdi. Begunoh odamlarning qonlari to‘kildi. Kimningdir akasi yo ukasi, kimningdir jigarbandi, kimningdir mehribon otasi o‘z oilasi quchog‘iga qaytmadi. Qanchdan – qancha ko‘zlar yaqinlari yo‘liga manguga termulib qoldi.

Shularni ko‘ra bila turib ham ularning yo‘liga yurish, nog‘orasiga o‘ynash, ko‘ngilsiz va g‘ussali fikirlariga qo‘shilishdan ko‘ra kattaroq hato bo‘lmasa kerak. Bugun hech kim o‘sha mashum kunlarga qaytishni istamaydi. Yuragida zarra bo‘lsda Vatanga muhabbati bor, iymoni butun, qalbi salomat inson buni xohlamaydi. Faqat buning uchun insonning fikri teran, kelajagidan ezgu maqsadlari, eng muhimi Vatani oldida yuzi yorug‘ bo‘lish, qanday bo‘lmasin uning kelajagiga dahildorlikni tuya olish hissi bo‘lishi darkor. Intilish, imkoniyat va rag‘bat bu omillar birlashgan ondan boshlab har qanday to‘siq va qiyinchiliklar ortga chekinadi. Buning uchun albatta yurtda tinchlik va ko‘ngillarda hotirjamlik bo‘lmog‘i kerak.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda muqaddas islom dinimiz va boshqa dinlarning sof holda ravnaq topishi uchun ulkan ishlar amalga oshirildi. Xilma-xil din vakillarini dinlararo bag‘rikenglik tamoillari ostida bir Vatanda, olijanob g‘oya va niyyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashiga erishildi. Minglab masjid va madrasalar qurildi, eskilari zamon talablariga mos tarzda tamirlandi. Buyuk ajdodlarimizning noyob asarlari, qo‘lyozmalari qaytadan o‘rganila boshlandi. Al Buxoriy, At Termiziy, Bahoviddin Naqshbandiy, Marg‘ininiy kabi ko‘plab allomlarning muqaddas qadamjolari obod qilindi. Ajdodlarimizning azaldan islom dini va ma’daniyati rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi va bu ishlarning bugingi kundagi namunaviy davomi samarasi o‘laroq 2007- yilda AYSESKO tomonidan Toshkent shahri Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilindi. Bu e’tiroflarning barchasi birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimovning “O‘zbek xalqiga tinchlik va omonlik kerak” – degan ezgu davatlari asosida mohiyatan birlashadi.

Shu nuqtayi nazardan qaraganda, tinchlik va omonlikni asrash, muqaddas dinimiz, uning ezgu g‘oyalari va tamoillarini yoshlarga to‘ri tushuntrish, uni turli g‘arazli kishilarning hamlalaridan, noto‘g‘ri tarzda talqin qilishlardan saqlash oldimizda dolzarb masala sifatida gavdalanadi.

Bu hususida birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov o‘zlarining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarlarida shunday yozgan edilar. “Taassufki, ba’zan islom dini va diniy aqidaparastlik tushunchalarini bir-biridan farqlay olmaslik yoki g‘arazli maqsadda ularni teng qo‘yish kabi holatlar ham ko‘zga tashlanmoqda. Shu bilan birga, islom dinini niqob qilib, manfur ishlarni amalga oshiryotgan mutaassib kuchlar hali ongi shakillanib ulgurmagan, tajibasiz, g‘o‘r yoshlarni o‘z tuzog‘iga ilintirib, bosh-ko‘zini aylantirib, ulardan o‘zining nopok maqsadlari yo‘lida foydalanmoqda. Bunday nojo‘ya harakatlar avvalo muqaddas dinimizning sha’niga dog‘ bo‘lishini, oxir-oqibatda esa ma’naviy hayotimizga ta’sir ko‘rsatishini barchamiz chuqur anglab olishimiz va shundan xulosaa chiqarishimiz zarur.”3

Shu kunlarda dunyoda sodir bo‘layotgan hunrezliklar va ularning tobora keskin tus olib borayotgani, xavfsizlik, barqarorlik va ma’naviyatga bo‘layotgan taxdidlar, fikrimiz markazida tugan mavzuga murojaat qilish naqadar zarur ekanligini isbotlaydi. Ming yillardan beri yaqin qo‘shnimiz bo‘lgan qardosh afg‘on xalqining boshidan kechirayotganlari va bir necha o‘n yillardan beri davom etayotgan notinchliklar oqibatida to‘kilgan qonlar, hayot nima ekanini bilishga, hatoki onasining ismini aytishga, yaqinlarini tanishga ulgurmasdan qurbon bo‘layotgan go‘daklarning taqdiri hech kimga sir emas. Yuragimiz qancha og‘rimasin, ko‘nglimiz qancha ozor chekmasin bu bor haqiqat. Afg‘on zamining yuragi snaryadlar zarbidan shu qadar ilma teshik bo‘lib ketganki endi bu “yaralar”ni davolash, aholining ijtimoiy hamda xo‘jalik muammoarini bartaraf etish uchun yillar to‘g‘rirog‘i, bir nech yuz yillar kerak bo‘ladi.

Ming afsuski, bunday notinchlik, iqtisodiy tanglikni boshidan kechirayotgan davlatlar soni so‘ngi o‘n yillarda yanada oshdi. Bu xususida gapirganda arab mamlakatlarida, xususan Suriyada ro‘y berayotgan voqealarga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Zamon shuni ko‘rsatmodaki har qanday davlatdagi ichki nizolar uzoq vaqt davomida milliy chegaralar doirasida qolib keta olmaydi. U albatta yon atrofdagi davlatlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bunday qonli to‘qnashuvlarning, g‘ayrisiyosiy, g‘ayridiniy mazmun bilan sug‘orilgan ssenariylarning tashkilotchilari o‘z jig‘ildonlaridan boshqa narsani o‘ylamaydilar va bunga harakat ham qilmaydilar. Ular uchun odamlarning hayoti hech qachon qiziq bo‘lmagan va bunday bo‘lmaydi ham. “Xorijiy telepartiyorlarning hissiz sharhlari va gazetalarning jangovor to‘qnashuvlarda ro‘y bergan navbatdagi qurbonlar haqidagi katta sarlavhalari ortida millionlab kishilarning taqdiri, ularning dard – alamlari va chekayotgan jafolari ko‘milib qolmoqda.”2 BMTning bundan anchayin oldingi malumotlariga qaraganda dunyoda qariyb 50 million qochoq mavjud bo‘lib, fuqarolar urushi, turli notinchliklar oqibatida 30 millionga yaqin odam o‘zi yashab turgan yerni tashlab ketgan. Hozirda ularning soni bir necha barobar ortganligi ehtimoldan holi emas. O‘z-o‘zidan ko‘rinadiki bu yerda na bir din, na bir millat manfaati bor. Islom diniga keskin siyosiy tus berish orqali alla qachon bu manfaatlar shaxsiy foydaga, “Islom zamini ” deb atalayotgan hududlar esa harbiy polegonlarga aylantrib bo‘lingan. Shiorlari islomni dinini sof holga qaytarish bo‘lganlarning ishlari zulumkorlikdan boshqa narsa emas.

Bugun turli terroristik oqimlarning tahdidlari, kunda-kun osha sodir bo‘layotgan qotilliklar, turli aholi vakillarini terroristik jamoalar tomonigdan qiynoqqa solinishi, odamlarni tiriklayin o‘tta yoqish, ommaviy qirg‘inbarotlar uyishtrish kabi holatlar va bu ishlarni islom niqobi ostida sodir etilishi “ilsomafobiya” atamasining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Bu ibora bundan ellik yillar muqaddam sobiq SSSR da kommunistik mafkurani ro‘yobga chiqarish uchun o‘ylab topilgan “Din – afyundir” degan iborga o‘xshaydi. Chunki bu iboraning mualliflari hudosizlik jamiyatini barpo etmoqchi edilar. Amma, natija o‘zgach bo‘ldi SSSR xalqlari “Kommunizm – afyundir”, degan xulosaga kelishdi. Zamonamiz muammosiga aylanib ulgurgan diniy eksremizm va terrorizm tarafdorlari ham shunday yo‘l tutishmoqda. Ular odamlarni etiqodidan ayrib, faqat o‘zlarining foydalariga hizmat qiladigan diniy qoidalar orqali boshqa din vakillarini qo‘rqitib, xalifalik davlatini barpo etish orqali hokimiyatni qo‘lga olib davlatlarni boshqarishmoqchi. Din esa bunda bir vosita holos. Demak, ularning ham qalbida tangrisi yo‘q va hudosizlik jamiyatining tarafdorlaridir.

“Din asralar davomida nima yaxshi, nima yomon, nima to‘g‘ri, nima noto‘g‘riligini o‘ziga xos asoslab, xalqlarni tarbiyalab kelgan. Din – nasihatdir, deganlar payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v). Darhaqiqat, din nasihat qilsa – saodatga, siyosat qilsa – halokatga olib boradi.”4 Butun islom dunyosida Qur’oni karimda keyin turadigan Imom Buhoriy hazratlarining “Al-Jomi as-sahih” asarlarida diniy ksenofobiya uchun asos bo‘ladigan birorta g‘oya uchramaydi. Ayna mana shu jihat ham islom dininda diniy bag‘ri kenglik tamoilini ko‘rsatadi va bu din har qanday g‘arazli, g‘ayriinsoniy, jamiyatga zarar yetkazuvchi g‘oyalardan mutlaqo yiroq ekanini isbotlaydi.

Agar etibor qaratsak turli aqidaparast oqimlarga yetakchilik qilayotgan va ularni qo‘llab quvvatlayotganlarning birortasida aytarlik diniy yoki dunyoviy bilimning yo‘qligini ko‘ra olamiz. Muqaddas dinimizda esa ilm o‘rganish har bir inson uchun farz amal ekanligi keltirib o‘tilgan. Har qanday ezgu amalning boshi bu ilm hisoblanadi. Har qanday jaholat yo‘liga esa ilmsizlik tufayli kirib qolish mumkin degan fikrni barcha xalqlarning buyuk allomalari va diniy ulomalari birdek qo‘llab quvvatlashagan. Bilimli inson o‘zi qilayotgan ishini aql tarozisiga qo‘yib ko‘radi, o‘ziga kerakli xulosa chiqara oladi. Bunday insonlar hayoti davomida o‘zi tanlagan aqidalariga sodiq qolib baxtli haot kechirishadi. Bu so‘zlar nafaqat islom balki, qolgan barcha din vakillariga ham tegishlidir. Chunki dunyodagi barcha dinlar ezgulik g‘oyalariga asoslangan va tinchlik, do‘stlik, bag‘ri kenglik kabi hususiyatlarga tayanib rivoj topadi.

Biz yoshlarning ilm olishimizda kitoblarning o‘rni beqiyosdir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonlaridan mamlakatimizda kitobxonlikni targ‘ib qilish va kitob mutolasini kuchaytirishga qaratilgan farmoyishni qabul qilinishi ma’naviy hayotimizda oldinga qo‘yilgan yana bir ulkan qadam bo‘ldi. Aynan ma’naviyat va kitoblar insonni yot g‘oyalardan himoya qiluvchi qalqondir. Buyuk alloma Abu ali ibn Sino quyosh nuri kirmagan uyga tez-tez tabib kirib turishiga to‘g‘ri keladi degan ekanlar. Kitoblar esa bizning qalb quyoshlarimizdir. Ular bizning hayot yo‘llarimizni yoritadi ilm olishga, ma’rifatga o‘rgatadi. Qalbimizni davolaydi. Istardimki qalbimiz ham, jismimiz ham sog‘ turli yot g‘oyalarda holi bo‘lsin. Ma’rifatli inson ilgari anlamagan bir tuyg‘uni – o‘z millatining bir parchasi ekanini anglab yetadi. Bunday insonlar uchun hayotda faqat bitta yo‘l bor, bu ham bo‘lsa Vatan ravnaqi!

Maqolani yozish uchun materiallar to‘plash davomida mavzuga oid adabiyotlarni, bir nechta maqolalarni o‘qib chiqdim. Nimani yozish kerak? Tengdoshlarim mendan kutayotgan qaysi gaplarni ayta olishim kerak degan savol ustida ko‘p o‘yladim. “Mustaqillik maydoni”ga yana bir bormay turib bu mavzu haqida yozishga ko‘nglim yo‘l bermadi. Talabalar turar joyidan “Mustaqillik maydoni”gacha unchalik uzoq yo‘l emas. Erta tongda turib yo‘lga chiqdim. Maydonga kirib borar ekanman u yerdagi o‘zgacha sokinlik, favvoralar, nihoyat darajada rang barang gullar, yam –yashil daraxtlar, nozik barglarida tonning ajoyib tuhfasi marvaridlardek oppoq shudring donlarini ko‘kka tutayotgan maysalar, orom olayotgan laylaklar-u, ko‘kka parvoz qilishga shaylanayotgan turnlar. Maydonning markazida o‘z bahtidan masrur holda farzandining ko‘zlariga boqib turgan baxtiyor ona timsoli. Maydondagi hamma yo‘laklar, to‘g‘rirog‘i yurtimizdagi barcha yo‘llar mana shu ona poyida birlashadi. Yurtimizdagi tinchlik, har birimizning qalbimizdan, Vatanimiz yurgidan joy olgan baxtiyor ona timsolida gavdalanadi.

Aziz tengdoshim. Onalarimiz baxtini, Vatanimiz tinchligini sadoqat bilan asraylik!



  1. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari. Toshkent – 2013, 141-bet.

  2. Islom Karimov. “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” Toshkent “O‘zbekiston”1997, 20-bet.

  3. Islom Karimov. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” Toshkent “Manaviyat” 2015, 37-bet.

  4. Muhammad Quronov. “Ezgu g‘oyalar ro‘yobi” Toshkent “Ma’naviyat” 2011, 125-bet.

Download 30,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish