Milliy davlat boshqaruvi tizimi mustaqil o'zbekistonda hokimiyatlar bo'linish prinsiplari rеjа



Download 73,39 Kb.
bet1/2
Sana16.03.2022
Hajmi73,39 Kb.
#495513
  1   2
Bog'liq
14.MILLIY DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMI MUSTAQIL O\'ZBEKISTONDA HOKIMIYATLAR BO\'LINISH PRINSIPLARI


MILLIY DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMI MUSTAQIL O'ZBEKISTONDA HOKIMIYATLAR BO'LINISH PRINSIPLARI
RЕJА:
1. Davlat hokimiyati va boshqaruvini modernizatsiyalash jarayonlari.
2. Hokimiyatni demokratlashtirishning yanada chuqurlashtirilishi.
3. Ustuvor vazifalar va yo‘nalishlar.
4. O'zbekistonda hokimiyatlar bo'linish prinsiplari

1.Davlat hokimiyati va boshqaruvini modernizatsiyalash jarayonlari.
Bundan salkam chorak asr oldin o‘z taraqqiyot yo‘lini belgilab olgan O‘zbekiston mana bugungi kunda tarixiy taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2010 yilning 12 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli ma’ruzasida “Tariximizga kirib kelayotgan bu buyuk marra munosabati bilan o‘tgan davr mobaynida hayotimiz sifati, mamlakatimiz qiyofasi qanday o‘zgarib borayotgani, qanday yutuq va natijalarga erishganimiz, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida qanday sur’atlar bilan rivojlanib borayotganimizni baholash ehtiyoji tug‘ilmoqda”[1] – deya ta’kidlab o‘tdi. 
Tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu davrda qiyinchiliklarga to‘la murakkab, hamda shon-sharafga to‘la bosib o‘tilgan yo‘limizga nazar tashlar ekanmiz, mamlakat ozodligi naqadar mashaqqatli va tinimsiz kurashlar, xalqimizning qanday og‘ir va fidokorona mehnati, mamlakat etakchisining uzoqni ko‘ra bilish va taraqqiyotni ta’minlab beradigan strategik qarorlar qabul qilish qobiliyati evaziga qo‘lga kiritilgani, mustaqil taraqqiyotimiz davomida amalga oshirgan ishlarimiz, erishgan natijalarimiz beixtiyor ko‘z o‘ngimizdan o‘tadi.
Bu haqda gapirganda, birinchi galda, taraqqiyot yo‘lining dastlabki yillarida O‘zbekistonda barcha sobiq ittifoq respublikalaridagi singari ayanchli vaziyat hukm surganini esga olishga to‘g‘ri keladi.
Ma’lumki, sobiq sovet tizimi qat’iy markazlashtirilgan, kaltabin siyosatdonlar qarichi asosida rejalashtirish va xuddi shu yo‘l bilan taqsimlash siyosati asosida boshqarilar edi. Bu esa respublikamiz iqtisodiyotini asosan xomashyo tayyorlashga yo‘naltirilishiga, iqtisodiyotga, ekologiya va aholi genofondiga halokatli ta’sir o‘tkazadigan paxta yakkahokimligining misli ko‘rilmagan darajaga etishiga olib kelgandi.
Strategik ahamiyatga ega bo‘lgan tabiiy, mineral-xomashyo va mehnat resurslariga, insoniy salohiyatga ega bo‘lishiga qaramay, respublikamiz sobiq Ittifoqda aholi turmush darajasi, ijtimoiy va gumanitar sohalar rivoji bo‘yicha oxirgi o‘rinlarda qolaverar edi. Ayniqsa, oxirgi yillarda aholini oddiy ehtiyoj mollari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash ham o‘ta og‘ir masalalardan biriga aylanib qolgan edi. Eng dahshatlisi- ocharchilikning vujudga kelish ehtimoli tobora aniq va ravshan tus ola boshladi. Bundan tashqari, ittifoqning kaltabin siyosati hosilasi sifatida korrupsiya, jinoyatchilik, ma’naviy tanazzul, millatlararo ziddiyatlar, ijtimoiy emirilish kabi holatlar halokatli tarzda keng yoyilib bormoqda edi.
Bunday murakkabliklarga, iqtisodiy inqirozga va ocharchilikka, chek qo‘yish, shakllangan xo‘jalik, ishlab chiqarish va moliyaviy aloqalarning butunlay izdan chiqishiga barham berish, ishsizlikning yanada ortib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik mamlakat rahbariyatining oldida turgan favqulodda masalalardan biri edi. Mazkur muammolarni bartaraf etish, mamlakatni yorqin taraqqiyot sari olib chiqish vazifalari Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan a’lo darajada bajarilganligining, nafaqat mamlakat, balki Markaziy Osiyoning taqdiri ham halokatdan qutqarib qolinganligining bugungi kunda jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilayotganligi barchamizga yuksak g‘urur baxsh etish bilan bir qatorda, ulkan mas’uliyat ham yuklaydi.
Davlatimiz rahbari yuqorida nomi keltirib o‘tilgan ma’ruzasida “...bosib o‘tgan yo‘limiz va to‘plagan tajribamizni xolisona baholash, qo‘lga kiritgan yuksak marralarimizni tahlil etish mamlakatimizni tadrijiy va bosqichma-bosqich rivojlantirish bo‘yicha biz tanlagan modelning naqadar to‘g‘ri ekanini va shu yo‘ldan bundan buyon ham og‘ishmay qat’iyat bilan borishimiz zarurligi” alohida ta’kidladi.
Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, dunyoda o‘zbek modeli sifatida tan olingan O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li, uning afzalliklari haqida jahondagi nufuzli siyosatchi va iqtisodchilar, ekspert va tahlilchilar tomonidan ko‘plab haqqoniy fikrlar, yuksak baholar bildirilgan. Asosiy negizini iqtisodiyotning mafkuradan xoliligi, siyosatdan ustunligini nazarda tutadigan pragmatik iqtisodiy siyosat; davlatning bosh islohotchilik vazifasini o‘z zimmasiga olishi; qonun ustuvorligini ta’minlash; kuchli ijtimoiy siyosat olib borish; islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish kabi mashhur besh tamoyil tashkil etadigan ushbu taraqqiyot modeli “2008-2010 yillarda, ya’ni dunyoning aksariyat mamlakatlarida iqtisodiy o‘sish sur’atlari sezilarli ravishda tushib ketgan, ishlab chiqarish pasaygan bir vaqtda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari 2008 yilda 9 foizni, 2009 yilda 8,1 foizni tashkil etgani, 2010 yilda bu ko‘rsatkich 8,5 foizga etishi kutilayotgani, kelgusi 2011 yilda esa 8,3 foiz darajasida bo‘lishi belgilab berilayotgani ko‘pgina xalqaro tizimlar, ekspert va mutaxassislarda katta qiziqish uyg‘otmoqda”[2]. Bu holat esa mamlakatimizning taraqqiyot modelining ustunligini yana bir bor isbotladi.
Alohida ta’kidlashga loyiq masalalardan yana biri bu - O‘zbekistonning chetdan tiqishtirilgan, “shok terapiyasi” deb atalgan usullardan, “bozor iqtisodiyoti o‘zini o‘zi boshqaradi” qabilidagi soxta qarashlardan avvalboshdanoq voz kechib, boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor munosabatlariga o‘tishda inqilobiy emas, balki tadrijiy rivojlanish yo‘lini tanlaganligidir. Ayniqsa, “YAngi uy qurmay turib, eskisini buzmang”, “Islohotlar – islohot uchun emas, avvalo inson uchun” degan, bugun ko‘pchilikka yod bo‘lib ketgan hayotiy shiorlar negizida yangi davlat, yangi jamiyat poydevorini barpo etish yo‘lida qanday yutuqlarga erishayotganimizni bugun har sohada ko‘rishimiz va xulosa chiqarishimiz mumkin.
Faqat mustaqil taraqqiyot, ijtimoiy-siyosiy tizimdagi chuqur o‘zgarish va islohotlar tufayli mamlakatimiz iqtisodiyotining ana shunday jadal va barqaror rivojlanishini ta’minlash imkoniyati paydo bo‘lganini bugun har qaysi yurtdoshimiz o‘z hayoti misolida ko‘rmoqda.
O‘zbekiston demokratik huquqiy davlatni barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lidan dadil qadam tashlab bormoqda. SHu maqsadlar yo‘lida o‘zligimizni anglash, yurt ravnaqi, inson manfaati, erkinligi va farovonligini ta’minlash talabi aniq va ravshan belgilab olingan. Ushbu vazifalarni bajarish avvalo islohotlar jarayonini izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirilishiga bog‘liq. Prezident Islom Karimovning “YUksak ma’naviyat — engilmas kuch” asarida ta’kidlangani kabi: “Jamiyat hayotida shunday davrlar bo‘ladiki, ... barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish zarurati eng muhim ehtiyoj, kerak bo‘lsa, hayot-mamot masalasi sifatida kun tartibiga chiqadi”.
O‘tgan davrni YUrtboshimizning “O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li” asari asosida tahlil qilish uni ikki davrga bo‘lish mumkinligidan dalolat beradi. O‘tish davri va milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish bilan bog‘liq birinchi galdagi islohot va o‘zgarishlarni o‘z ichiga olgan dastlabki bosqich — 1991-2000 yillar mamlakatimiz va xalqimiz hayotida ulkan iz qoldirgan o‘tish davri tom ma’noda tarixiy ahamiyatga ega davr bo‘ldi.
2001 yildan 2007 yilgacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga olgan ikkinchi boskich — faol demokratik o‘zgarishlar, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni izchil isloh qilishni ta’minlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Ilk bosqich (1991-2000 yillarda) jamiyatda kechayotgan muayyan o‘zgarishlarning murakkabligi va sur’atiga muvofiq ravishda shakllanib bordi. Siyosiy islohotlarning mazkur bosqichida asosiy vazifalar tashkiliy-huquqiy tavsif kasb etib, ular quyidagi maqsadlarni qamrab olgan edi: yangicha siyosiy tizim rivoji uchun huquqiy asos yaratish; siyosiy boshqaruv va siyosiy rejimning shakliga muvofiq keladigan mustahkam siyosiy institutlar (vakolatli hukumat organlari, siyosiy partiyalar va harakatlar, jamoat tashkilotlari, saylov tizimi va hokazolar)­ni tashkil etish; siyosiy munosabatlar, siyosiy kuchlar muvozanatining o‘zaro aloqalar va bordi-keldilari tizimini shakllantirish; siyosiy mafkura, yangi qadriyatlar, nazariya va qarashlarni shakllantirish va rivojlantirish.
Mazkur davrning muvaqqat chegaralari qilib belgilangan sana ko‘rsatkichlari quyidagi voqelar bilan bog‘liq: birinchidan, 1991 yil mamlakat o‘z mustaqilligini e’lon qildi, shu yilning 29 dekabr kuni respublikaning davlat mustaqilligi haqidagi masala yuzasidan referendum va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini saylash tadbiri bo‘lib o‘tdi. Xalq O‘zbekiston xalqi mamlakatning mustaqillik yo‘lidan borishini xohlab ovoz berdi. Islom Abdug‘anievich Karimov O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti qilib saylandi. 1995 yilga kelib esa totalitar siyosiy tizimning ishdan chiqqan tuzilmalari o‘rniga zarur bo‘lgan milliy siyosiy institutlar shakllantirildi va respublikaning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan asosiy tamoyillar ishlab chiqildi; ikkinchidan, 1995 yilning mart oyi oxirida o‘tkazilgan umumxalq referendumi jamiyatda bo‘lib o‘tayotgan o‘zgarishlar xalq manfaatlariga muvofiq ekanligini ko‘rsatdi. Referendum mamlakat Parlamenti va Prezidentining vakolat muddatlariga muvofiqlik, qonunchilik va ijro hokimiyatlari faoliyatida yakdillik o‘rnatdi.
Mazkur bosqich vazifalari quyidagilardan iborat edi:
1. Demokratiya, plyuralizm va ko‘ppartiyaviylik tamoyillari asosida, shuningdek, tashqi siyosiy muassasalar va shunga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimi asosida yangi siyosiy tizim rivojining huquqiy va institutsional negizini yaratish.
2. Demokratiya tamoyillarini mustahkamlash, xalq hokimiyatini ta’minlovchi tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni rivojlantirish.
3. Milliy davlatchilik asoslarini o‘rnatish (hokimiyatni qonunchilik, ijro va sud hokimiyatlariga ajratish). Prezidentlik hokimiyatini mustahkamlash va rivojlantirish. Huquqiy davlat negizlarini shakllantirish.
4. Respublikada barcha fuqarolar teng huquqliligi va milliy yakdillik asosida milliy tafakkurning rivojlanishini ta’minlash.
5. YAkka mafkura hukmronligidan voz kechish.
6. Ko‘ppartiyaviylik tizimini shakllantirish.
7. Ijtimoiy-siyosiy qurilishlarni rivojlantirish va ularning tamoyillari, qonun-qoidalarini xohish-irodani erkin izhor etish, ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi, barcha fuqarolarning teng huquqliligi, shuningdek, ularning jamiyatni va davlatni boshqarishda teng ishtirok etishlari, asosiy davlat organlarining saylab qo‘yilishi, ularning o‘z saylovchilari oldida hisobdorligi, saylovoldi muassasalarida tayinlash yo‘li bilan shakllanadigan davlat organlarining hisobdorligini va hokazolarni o‘zlashtirish.
8. Boshqaruv vazifalarini belgilashda jamoatchilik boshqaruv organlariga ustuvorlik beriladigan fuqarolik jamiyati asoslarini rivojlantirish uchun sharoit yaratish.
9. Fuqarolarning siyosiy jarayonlarda, xususan, siyosiy partiyalar, birlashmalar, kasaba uyushmalari, yoshlar tashkilotlari va hokazolarda ishtirok etishlari uchun huquqiy asoslarni takomillashtirish. Partiya fraksiyalarining Oliy Majlisdagi faoliyatlarini qonuniylashtirish.
Bo‘lib o‘tayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlar milliy qonunchilikning barpo bo‘lishi hamda takomillashishi jarayoni bilan baravar kechdi. 1992 yil qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi taniqli mutaxassislarning e’tirof qilishlaricha, etakchi mamlakatlarning qonunchilik tajribalaridagi eng afzal jihatlarni o‘ziga singdirib olgan bo‘lib, ular inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarni o‘zida aks ettiradi, ijtimoiy taraqqiyotning demokratik talablariga to‘la javob beradi. Keyinchalik esa, asosiy qonunimiz qabul qilingan Konstitutsiya tamoyillaridan tug‘ilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar to‘plamining shakllanishi uchun amaliy asos bo‘lib xizmat qildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining tashkil topishi ham qonunchiligimiz takomillashuvi yo‘lida ko‘maklashdi.
Sobiq ma’muriy-buyruqbozlik tizimining krizis sharoitida barham topishi, eng avvalo, samarali faoliyat ko‘rsatadigan huquqni himoya qilish organlari tizimlarining shakllanishini taqozo etdi. Mustaqillikning dast­labki besh yilligida avval mavjud bo‘lmagan milliy xarakterdagi kuch tuzilmalari — Ichki ishlar Vazirligi, Mudofaa Vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura va hokazo tashkilotlar tuzildi.
Siyosiy modernizatsiyaning birinchi bosqichi davlat boshqaruv tizimini isloh qilishni, uning samarali ishlashini faollashtirishni ham ko‘zda tutdi. YOsh mustaqil davlat faoliyatida hokimiyatlarni taqsimlash tamoyilining joriy etilishi eng murakkab siyosiy tadbirlarning biri bo‘ldi. Milliy parlament — Oliy Majlisning tashkil topishi — ijro hokimiyati qonunchilik hokimiyatidan ajratilganligining amaldagi isboti edi.
Mamlakatda Prezidentlik instituti joriy qilindi va jo‘shqin faoliyat yurita boshladi; yangi ko‘rinishdagi hukumat — Vazirlar Mahkamasi shakllandi va ishlay boshladi.
Hukumat bu — davlat boshqaruvining oliy organi bo‘lib, Konstitutsiya va qonunlar asosida mamlakatning ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi. Hukumat shu bilan birga, jamoat tartibi va milliy xavfsizlikni ta’minlaydi, shuningdek, davlat boshqaruvining boshqa organlari hamda Qurolli kuchlarga umumiy rahbarlik qiladi.
Turli mamlakatlarda hukumat turli nomlar bilan atalishi mumkin. Masalan Vazirlar Kengashi, Kabinet, Ministrlar Kabineti, Davlat kengashi, Ma’muriy Kengash, Federal Hukumat, Hukumat va hokazo.
Bizda, ya’ni O‘zbekiston Respublikasida hukumat “Vazirlar Mahkamasi” deb nomlangan bo‘lib, “O‘zbekiston Respublikaci Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi qonunga binoan, u O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlovchi ijro etuvchi hokimiyat organidir.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan Respublikada ijro etuvchi hokimiyatning amalga oshirilishi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qoida hukumat maqomi, uning alohida huquqlarini, tarkibini, qonun chiqaruvchi organlari, ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan o‘zaro munosabatlari tarkibini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Hukumat Prezident, Oliy Majlis va sudlar bilan bir qatorda hokimiyatni, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘lish asosida davlat hokimiyatini amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvi organlari tizimiga va o‘zi tashkil etadigan xo‘jalik boshqaruvi tuzilmalariga boshchilik qiladi, ularning hamjihatlik bilan ishlashini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida kollegiallik, demokratiya va qonuniylik, O‘zbekiston Respublikasida yashovchi barcha millat va elatlarning manfaatini hisobga olish prinsipiga asoslanadi. Respublikada yashovchi barcha millatlar manfaatlarini hisobga olish uchun o‘z faoliyatini oshkoralik, insonparvarlik va qonuniylik asosida olib boradi.
Vazirlar Mahkamasi qonun bilan belgilab qo‘yilgan o‘z tarkibiga ega bo‘lib, uning tarkibiga Bosh vazir, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi vazirlar, davlat qo‘mitalarining raislari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari kiradilar.
Vazirlar Mahkamasining tarkibini tuzish borasida mamlakat Prezidentiga juda katta vakolatlar berilgan. Ushbu vakolatlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89-, 93-, 98-moddalarida mustahkamlab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ikki palatali parlament tuzish zarurligi to‘g‘risidagi g‘oyalari XXI asr boshlarida O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish strategiyasining tarkibiy qismi sifatida milliy davlatchilik institutlarini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlariga asos qilib olindi. Davlat hokimiyati organlarining ishini zamon talablariga muvofiq ravishda tubdan yaxshilamay turib islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyat turmushining barcha sohalarini erkinlashtirish vazifalarini muvaffaqiyatli hal etib bo‘lmaydi. Xalq tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan kuchli va adolatli hokimiyat, demokratik fuqarolik jamiyatini, kelajagi buyuk davlatni barpo etishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
2002 yil 27 yanvarda o‘tkazilgan Referendumda O‘zbekiston xalqi mamlakatda ikki palatali parlament tuzishni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolat muddatini besh yildan etti yil qilib uzaytirishni yoqlab ovoz berdi. Ushbu qarorlar ijtimoiy-siyosiy turmushni demokratlashtirish jarayonini yanada jadallashtirish bilan bog‘liq.
Referendum qarorlarini hayotga tatbiq etish uchun, eng avvalo umumxalq ovoz berishi natijalarini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonun hujjatlarida aks ettirish lozim bo‘ldi. Referendum yakunlari fuqarolik jamiyati institutlari to‘g‘risidagi, davlat hokimiyatini tashkil etish tizimini, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va uning palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va sud hokimiyatining konstitutsiyaviy maqomini tartibga soluvchi yangi qonunlarni ishlab chiqish va amaldagi qonunlarini takomillashtirishni taqozo etdi.
YUqoridagilarga asoslangan holda 2003 yil 29 avgustda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonuni qabul qilindi hamda ushbu qonunni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylov hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatini shakllantirish yakunlariga binoan amalga kiritilishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori bilan belgilab qo‘yildi.
2002 yil 27-yanvarda o‘tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga ko‘ra hamda uning asosida 2003 yil 24 aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining qonuniga muvofiq Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga tuzatish va qo‘shimchalar kiritilgan. Mazkur o‘zgartish va qo‘shimchalarga binoan Konstitutsiyani 89-moddasining “O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi” degan so‘zlardan iborat bo‘lgan ikkinchi xatboshisi olib tashlandi. Demak, qonun kuchga kirgandan so‘ng, ya’ni O‘zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasiga saylov va O‘zbekiston Respublikasining Senatini shakllantirish yakunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanmaydi.
Konstitutsiyaning 98-moddasi hamda yangi tahrirdagi qonunning 15-moddasiga ko‘ra, Bosh vazir Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi, boshqacha qilib aytganda Vazirlar Mahkamasi Raisi funksiyalarining barchasini amalga oshiradi. Qonunchilikda “Vazirlar Mahkamasining Raisi” degan ibora o‘rnini “Vazirlar Mahkamasining Bosh vaziri” degan ibora egallaydi deb belgilangan edi.
2. Hokimiyatni demokratlashtirishning yanada chuqurlashtirilishi.
Oliy Majlisning Qonunchilik Palatasi va Senatning 2010 yil 12 noyabr kuni o‘tkazilgan qo‘shma majlisida I.A.Karimov davlat boshlig‘i bo‘lgan Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o‘rtasidagi vakolatlarni yanada mutanosib taqsimlanishini ta’minlash maqsadida Konstitutsiyaning 98-moddasini yangi tahrirda bayon etishni taklif qildi. Bu takliflarga ko‘ra,O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalarining raislaridan iborat. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi.
Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘radi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi.
Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgardir.
Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oliy Majlis oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi.
Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etish tartibi va vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovlarda eng ko‘p deputatlik o‘rnini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan taklif ­etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdim etilgan Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqqanidan keyin o‘n kun muddat ichida uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun taklif etadi.
Bosh vazir nomzodi uning uchun tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining yarmidan ko‘pi tomonidan ovoz ­berilgan taqdirda tasdiqlangan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolari Bosh vazir taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi.
Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi.
Bunday holatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimidan ozod etish bo‘yicha qaror qabul qiladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste’foga chiqadi.
YAngi Bosh vazir nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan tegishli maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga ko‘rib chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif etiladi.
Oliy Majlis tomonidan Bosh vazir lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini tarqatib yuboradi[3].
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga kiritilayotgan ushbu o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati shundan iboratki, ularga ko‘ra, Bosh vazir lavozimiga nomzod ko‘rsatish va uni tasdiqlashning yanada demokratik prinsiplarini ifodalaydigan yangi tartibi o‘rnatilmoqda. SHuningdek, Konstitutsiyaga kiritilayotgan bu o‘zgartishlarga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumini bildirish huquqi berilmoqda. Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish huquqi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari doirasidan chiqarilmoqda.
Taklif etilayotgan yana bir muhim o‘zgartish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 96-moddasiga taalluqlidir.
Mamlakat Prezidenti turli sabablarga ko‘ra o‘z vazifasini bajara olmaydigan vaziyat yuzaga kelgan taqdirda noaniqlikka, ushbu moddani turlicha talqin etishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida uning yangi tahririni quyidagi mazmunda bayon etish taklif qilinadi:
“Mamlakatning amaldagi Prezidenti o‘z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy muddat ichida, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunga to‘liq muvofiq holda mamlakat Prezidenti saylovi o‘tkaziladi”.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga zikr etilgan tuzatishlarni kiritish taklif etilayotgani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78- va 93-moddalariga ham tegishli o‘zgartishlar kiritish zarurati tug‘iladi.
Jumladan, Konstitutsiyaning 78-moddasi 15-bandini “… shuningdek, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va muhokama qilish” degan so‘zlar bilan to‘ldirish kerak.
93-moddaning 15-bandiga “viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi” degan so‘zlardan oldin “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan ...” degan so‘zlarni kiritish maqsadga muvofiqdir.
93-moddaning 8-bandidan “ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi” degan so‘zlarni chiqarish tavsiya etiladi.
93-moddaning 16-bandini “...O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli” degan so‘zlar bilan to‘ldirish lozim.
SHuningdek, 93-moddaning 12-bandidan “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori” degan so‘zlardan keyin “uning o‘rinbosarlari” degan so‘zlarni chiqarish va ularning o‘rniga “Hisob palatasi raisini” degan so‘zlarni kiritish va undan so‘ng matn bo‘yicha “tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdig‘iga kiritadi” degan tarzda bayon etish kerak.[4]
Mamlakatda demokratizatsiya jarayonining bundan buyon ham chuqurlashishi, shuningdek, tashkil topgan siyosiy tuzilmalar faoliyatining shunga mos mazmun-mohiyat bilan to‘ldirilishi bilan bog‘liq o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi. Mazkur davrda inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha asosiy institutlar tashkil topdi.
Ushbu davrdagi islohotlar vazifalari respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, fuqarolar osoyishtaligi va etnik (xalqlararo) kelishuvlar maqsadlariga erishilishidan kelib chiqqan holda shakllantirildi.
Demokratik tamoyillar, umuminsoniy qadriyatlar tasdiqlandi. Eski ma’muriy-buyruqbozlik tizimi tubdan buzib-sozlandi, hokimiyatlarning taqsimlanishi asosida milliy davlatchilik negizi qurildi. Davlat islohotlarning bosh tashabbuskori va muvofiqlashtiruvchisi — koordinatori bo‘ldi.
SHu bilan birga, tashkil topgan siyosiy institutlar demokratik me’yorlar va g‘arbona andozalarga shaklan javob bersalar-da, muayyan mazmun-mohiyatiga ko‘ra, ular oldiga qo‘yilgan talablardan hali bir muncha yiroq edi. SHunga ko‘ra, quyidagilar eng muhim vazifalar qilib belgilandi: inson huquqlari sohasidagi respublika qonunchiligini xalqaro me’yorlar va standartlar (o‘lchamlar)ga muvofiq holga keltirish; aholining siyosiy faolligini oshirish; odamlarning yangi demokratik qadriyatlarga ziyrak munosabatini yanada chuqurlashtirish uchun sharoitlar yaratish; siyosiy madaniyatni oshirish va ko‘ppartiyaviylikning taraqqiy topishini faollashtirish; jamoatchilik, nodavlat tuzilmalarni rivojlantirish.
Ommaviy axborot vositalari rolini faollashtirish masalasi ham demokratik taraqqiyot sohasidagi eng muhim vazifalar qatoridan o‘rin oldi. Ular aholida yangicha tafakkur va ong shakllanishida amaliy dastak bo‘lishlari, insonlarning fikri va xohish-irodasini erkin, ammo odilona yoritishlari, inson manfaatlarining himoyachilari bo‘lishlari shart. SHulardan kelib chiqqan holda, OAVning huquqlari masalasiga oid asosni mustahkamlash yuzasidan muayyan vazifalar belgilandi.
1996 yil 2 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlisning VI sessiyasida demokratik yangilanishlarni chuqurlashtirish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirish maqsadida Oliy Majlis Kengashining qaroriga ko‘ra, qo‘yilgan har bir vazifaning yo‘nalishiga qarab, ishchi guruhlarga bo‘lingan komissiyalar tuzildi.
Umuman, ushbu davr haqida gapirar ekanmiz, shu bir voqeani ham fakt sifatida tilga olib o‘tish ayni muddaodir: aynan Oliy Majlisning 1996 yilgi VI sessiyasida demokratik islohotlarni chuqurlashtirish vazifalari shakllantirib olindiki, bu vazifalar shundan ke­yingi barcha yillar mobaynida to hozirgi kunlarga qadar yangilanishlarga asos bo‘lib xizmat qilayotir.
Mamlakat rahbariyati yuritayotgan siyosatda insonning ma’naviy rivojlanishi masalalariga ko‘p e’tibor qaratiladi. “Davlat tili haqida”gi Qonunni hayotga tatbiq etish reja bo‘yicha amalga oshirila boshlandi. Adabiyot, madaniyat, san’at, kinematografiya, teatr, estrada, sirk va hokazo sohalarni rivojlantirish bilan bog‘liq me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Mazkur davrda respublikannig barcha hududlarida yangi mustaqil oliy o‘quv yurtlari tashkil etildi. Aynan shu davrda “kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dastur”, shuningdek, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar haqida” (yangi tahrirda)gi Qonun qabul qilindi.
Siyosiy modernizatsiyaning ushbu bosqichi fuqarolik jamiyatining yangi institutlarini yaratish, ularning siyosiy yangilanishlardagi rolini oshirish masalalarini o‘z ichiga qamrab oldi. “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi, ularning hududiy bo‘linmalari tashkil qilindi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, dehqon xo‘jaliklari Assotsiatsiyasi, “Nuroniy” jamg‘armasining faoliyatlari kuchaytirildi. Mamlakatda 50 ga yaqin jamg‘arma faoliyat yurita boshladi. Ko‘ppartiyali tizim — siyosiy partiyalarning tashkiliy kadrlar, tashviqot-targ‘ibot, moddiy-moliyaviy, me’yoriy-huquqiy asoslarini takomillashtirish ishlari davom ettirildi. Turli darajada o‘tkaziladigan saylovlar natijasida siyosiy institutlarning o‘z qiyofasi, imiji, elektorati, dasturi, platformasi shakllana bordi.
1999 yil 7 oktyabrda Toshkentda xotin-qizlarning Respublika forumi o‘tkazilib, bu yig‘inda “Fidokor ayollar harakati” tashkiloti ta’sis qilindi, xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish, ularning siyosiy ongini yuksaltirish, mafkuraviy mustaqillik va huquqiy madaniyat tushunchalarini kengaytirish bu tashkilotning asosiy maqsadi qilib belgilandi.
Bu yil mobaynida fuqarolik institularining davlat boshqaruv organlari, siyosiy partiyalar bilan o‘zaro aloqalari yangicha asosda rivojlana bordi. 1996 yil “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi, 1999 yil esa “Nodavlat notijorat tashkilotlar to‘g‘risida”gi va “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruv organlari to‘g‘risida”gi (yangi tahrirda) Qonuni qabul qilindi.
Demokratik qadriyatlarni jamoatchilik ongiga, davlat boshqaruv tizimi faoliyatiga, fuqarolar jamiyati va aholi institutlari ishiga keng joriy qilingan taqdirdagina siyosiy modernizatsiyani chuqurlashtirish mumkin. 1997 yilda kadrlarni tayyorlash va aholining huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha Milliy dasturlar, jamoatchilik fikrini o‘rganish tizimini qayta tashkil etish va “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazini tashkil etishda shu maqsadlar ko‘zda tutilgan. Hududlarda o‘z bo‘limlariga ega bo‘lgan “Ma’naviyat va ma’rifat” Respublika Kengashi ana shu maqsadlarda barpo qilingan edi.
Islohotlarning ijtimoiy asosini kengaytirish vazifalari fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqaruv organlari ham ijtimoiy qurilishlar jarayoniga jalb etishni talab qilardi. Bunda mamlakatning siyosiy hayotidagi mahalla institutining ahamiyatini tiklash, turli xil fuqarolar yig‘inlarining rolini oshirishga e’tibor qaratildi. Mahalla oqsoqollari (raislari) va ularning maslahatchilarini saylash bo‘yicha ikki yarim yilda bir marta o‘tkaziladigan saylov tadbirlari, Respublika “Mahalla” Xayriya jamg‘armasi salohiyatlaridan ana shu maqsadlarda foydalanildi.
O‘z navbatida, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish maqsadida davlat hokimiyatining mahalliy organlari o‘z vazifalarining bir qismini xususiy sektorga o‘tkazdilar, o‘z-o‘zini boshqaruv organlarini, nodavlat tashkilotlarni islohot ishlariga jalb etdilar. Hokimlik aholining kam ta’minlangan qatlamlariga manzilli ijtimoiy yordam, qo‘llab-quvvatlash ishlarini uyushtirishda mahalla, qishloq, ovul fuqarolar yig‘inlari xizmatlaridan foydalana boshladi. Natijada kam ta’minlanganlarning anchagina qismi ijtimoiy yordam ola boshladi. Hokimiyatning mahalliy davlat organlari munitsipal (mahalliy) mulk hisobida turmaydigan korxonalar bilan bo‘ladigan xo‘jalik munosabatlari shartnoma asosida olib boriladigan bo‘ldi. Katta shaharlardagi davlat hokimiyatining mahalliy organlari assotsiatsiyalar tashkil qilinganda, xususiy korxonalar bilan oldi-sotdi qilishda ijtimoiy hamkorlik asosida ish yuritadilar.
Inson huquqlarini himoya qilish institutlarini rivojlantirish maqsadida Oliy Majlisning VIII sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining “Inson huquqlari bo‘yicha Oliy Majlisning vakili (Ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning qaroriga ko‘ra, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, amaldagi qonunchilik monitoringi Instituti va boshqalar tashkil qilindi.
2000 yildan keyingi siyosiy islohotlar demokratik institutlarning takomillashtirilishi, fuqarolar jamiyatini rivojlantirish yo‘lida aniq qadamlar tashlanishi bilan tavsiflanadi. Ushbu jarayonda davlatning roli siyosiy partiyalar va ijtimoiy harakatlarning vujudga kelishi, oyoqqa turishi va rivojlanishiga xalaqit qilayotgan har qanday to‘siq va g‘ovlarni bartaraf qilish bilan bog‘liq.
Vazifalar asosiga erkinlashtirish tamoyili negiz qilib qo‘yildi. Ushbu tamoyil ilgarilari ham islohotlar leytmotivi bo‘lib xizmat qilib kelgan.
Siyosiy sohadagi erkinlashtirish (liberalizatsiya) iqtisodiy hayot, davlat va jamiyat qurilishi bilan bir qatorda birlamchi ustuvorlik sifatida belgilandi va unda quyidagi vazifalarni hal qilish shart deb olindi:
1) aholining siyosiy faolligini oshirish, jamiyatda manfaatlar, hokimiyatlar muvozanatining kuchli mexanizmini shakllantirish;
2) demokratiyaning bosh tamoyili — saylov huquqi, odamlarning xohish-irodasini erkin izhor qilish, ularning o‘z manfaatlarini amalga oshirish va himoya qilish huquqini ta’minlash uchun zaruriy qonuniy doira, muayyan imkoniyatlar yaratish. SHu ma’noda, siyosiy madaniyatni oshirish, siyosiy institutlar — partiyalar, nodavlat va ijtimoiy tashkilotlarni mustahkamlash va rivojlantirish masalalari dolzarblik kasb etdi. Siyosiy islohotlarning asosiy mohiyati “Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari” degan g‘oyada o‘z aksini topdi.
Ushbu g‘oyalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning 1 sessiyasida qilgan nutqida aks etgan, keyinchalik yig‘ilish natijalariga ko‘ra, ushbu nutqda belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida komissiya tuzish bo‘yicha qaror qabul qilingan edi (Prezidentning 2000 yil 10 fevraldagi 1118-Qarori).
Ijtimoiy qurilishda ommaviy axborot vositalarining ijtimoiy vazifalarini va jamoatchilik fikrini kengaytirish butunlay boshqacha, ijobiy rol o‘ynadi. Bu borada jurnalistlarni qayta tayyorlash Xalqaro markazi yaratilganini, ilk mustaqil gazetalar (“Hurriyat”, “Mohiyat” va boshqalar) hamda nodavlat gazetalarga (“Darakchi” va boshqalar) asos solinganini aytib o‘tish o‘rinlidir. Partiya jurnalistikasi ijtimoiy hodisa sifatida ish boshladi.
Kuchli ijtimoiy siyosat jamiyatda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar darajasi va sur’atlari bilan muvofiqlasha bordi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”gi Farmoni, “Kadrlar tayyorlash va ta’lim tizimini isloh qilish Milliy dasturi”, jamiyatning ijtimoiy muhim sohalarida davlatning maxsus yillik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish). 1997 yildan boshlab har bir yilni muayyan bir yo‘nalishga bag‘ishlash xayrli an’anaga aylandi. SHu asosda mamlakatning barcha kuch va imkoniyatlari muayyan ijtimoiy masalalarni hal qilishga safarbar etila boshladi. Mana, 1997 yildan boshlab quyidagi yo‘nalishlar yil nomi bilan birga atala boshlandi: “1997 yil — Inson manfaatlari yili”, “1998 yil — Oila yili”, “1999 yil — Ayollar yili”, “2000 yil — Sog‘lom avlod yili”, “2001 yil — Onalar va bolalar yili”, “2002 yil — Qariyalarni qadrlash yili”, “2003 yil — Obod mahalla yili”, “2004 yil — Mehr-muruvvat yili”, “2005 yil — Sihat-salomatlik yili”, “2006 yil — Homiylar va shifokorlar yili”, “2007 yil — Ijtimoiy himoya yili”, “2008 yil — YOshlar yili”, “2009 yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili”, 2010 yil — “Barkamol avlod yili”, 2011 yil” -Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash yili”.
Xususiylashtirish va korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish, qishloq xo‘jaligi islohotlari, milliy valyutani muomalaga kiritish va o‘zbek so‘mini ayirboshlash jarayonlari iqtisodiy o‘zgarishlar natijasida ro‘y berayotgan yangiliklar edi. Bularning barchasi siyosiy modernizatsiyani chuqurlashtirish, o‘tkazilayotgan islohotlar jarayoniga aholining keng qatlamlarini jalb qilish natijasida ro‘y berayotgandi. Mamlakat oliy rahbariyatining fikriga ko‘ra, shakllanayotgan o‘rta sinf demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolar jamiyatining tayanchi bo‘lmog‘i shart edi.
Fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy rolini takomillashtirish va oshirish parlamentarizmni va saylov tizimini rivojlantirish, professional ikki palatali parlamentni shakllantirishning asosi bo‘lib xizmat qildi. 2002 yil 25 yanvarda ikki palatali parlamentni shakllantirish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy muddatini o‘zgartirish masalalariga bag‘ishlangan referendum shu maqsadlarni ko‘zda tutardi. Referendum natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston xalqi ikki palatali parlamentni shakllantirish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy muddatini 5 yildan 7 yilgacha o‘zgartirishni ma’qulladi.
Fuqarolik jamiyatini, ko‘ppartiyaviylik tizimini yanada rivojlantirish, amaliy oppozitsiyani qonuniylashtirish — siyosiy ongni taraqqiy ettirishda muhim omil bo‘ldi. 2003 yil fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti hamda yangi tipdagi partiya — tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tuzildi. 2005 yil Birinchi Vatan fuqarolari forumi o‘tkazildi hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarining Milliy assotsiatsiyasi tuzildi. 2005 yil 15 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida siyosiy partiyalar: Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP), “Fidokorlar” Milliy-demokratik partiyasi, “Adolat” ijtimoiy-demokratik partiyasi fraksiyalarining parlamentdagi Qonunchilik palatasida “Demokratik blok”ka birlashishi haqidagi kelishuv imzolandi.
O‘XDPning parlamentdagi fraksiyasi amaldagi muxolifat sifatida o‘ziga sabr-bardoshlilik va plyuralizm, boshqalarning fikriga hurmat bilan qarash g‘oyalariga asoslanib rivojlanish majburiyatini oldi.
2006 yil dekabrda “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Qonun — NNT faoliyatiga kafolatlar belgilash, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, huquqlarini himoya qilish, ular bilan ijtimoiy hamkorlik qilishni kengaytirish mexanizmlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan. 2008 yilda “O‘zbekiston Respublikasida saylovlar haqidagi qonunchilikni takomillashtirish bilan bog‘liq ba’zi qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra Qonunchilik palatasida nodavlat notijorat tashkilotlari hisoblanuvchi O‘zbekiston Ekologiya harakati uchun 15 ta deputatlik o‘rni ajratildi. 2009 yilning oxirida bo‘lib o‘tgan saylovlarning natijalariga binoan hozirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekiston ekologik harakati tomonidan 15 nafar deputat faoliyat olib bormoqda.
2007 yilda “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalar rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning qonunchilik tashabbusi bilan (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasi asosida) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritgan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ba’zi moddalariga (89-modda; 15-paragraf; 102-modda 2-qism) tuzatishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi munosabati bilan siyosiy partiyalar hayotida ham katta o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi.
Ushbu qonunlardagi tuzatishlar chin ma’noda inqilobiy ahamiyatga ega bo‘lib, ular demokratik institutlarning, ijtimoiy-siyosiy ongning kamolotini, demokratik islohotlarni chuqurlashtirishga bo‘lgan tayyorlikni, shuningdek, mamlakatning yangi davrdagi siyosiy rivojini, ya’ni hokimiyat taqsimlanishi tamoyilini amalga oshirish, “kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari” o‘tishning sifat jihatidan yangi bosqichiga qadam qo‘yilayotganligini aks ettirdi.
Siyosiy partiyalar rolining kuchaytirilishi demokratik islohotlarning izchil rivojlanishida navbatdagi qadam bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning qayd etishicha, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlashda, ularning siyosiy va fuqarolik faolligini oshirishda, mamlakatda bo‘lib o‘tayotgan demokratik yangilanishlarning miqyosini kengaytirish va chuqurlashtirishda ushbu tashkilotlarning roli va ahamiyatini to‘la baholash qiyin.
Mazkur islohotlar natijasida mamlakatimizda ijtimoiy, siyosiy sohalarda faollik kuzatila boshlandi. Xalq orasida, agar fuqarolar o‘tkazilayotgan islohotlarda faol ishtirok etsalar, xalq irodasiga suyanilsa, odamlar tub o‘zgarishlarning mohiyatini anglab etsalar, islohotlarni qo‘llab-quvvatlasalar, mamlakatdagi yangilanish, modernizatsiya bo‘yicha oldga qo‘yilgan maqsad va vazifalarni bajarish albatta amalga oshadi, degan umummilliy ishonch paydo bo‘ldi.
SHu bilan birga, islohotlar mamlakatda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarish va yangilanishlarda, ichki va tashqi siyosatni amalga oshirishda ijro hokimiyatini kuchaytirish, siyosiy, ijtimoiy va insonparvarlik bunyodkorlik namunalarini namoyon qilishda siyosiy partiyalarning mas’ulligini oshirdi. Hokimiyatning vakolatli va ijroiya sohalari organlarini shakllantirishda siyosiy partiya va harakatlarning faol ishtirok qilishlari uchun tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratildi. Bunda, ayniqsa, hokimiyatning qonunchilik va vakolatli organlaridan o‘rin olgan siyosiy partiyalar va deputatlarning mustaqil guruhlari markazda hamda joylarda ijroiya organlarini shakllantirishda bevosita ishtirok qilishlari va shular orqali o‘zlarining dasturiy maqsadlarini amalga oshirishlari uchun alohida ahamiyat berildi. Hukumat tuzilmalarining, davlat hokimiyati organlarining markazda va joylarda mamlakat parlamentidagi siyosiy partiyalar, mahalliy hokimiyat or­ganlaridagi partiya guruhlari oldida hisobdorligini o‘rnatuvchi va ta’minlovchi samarali huquqiy mexanizmlar yaratildi.
Mana shuning o‘zi ham davlatni boshqarishni takomillashtirish, mamlakatdagi demokratizatsiya jarayonlarini chuqurlashtirish tomon tashlangan jiddiy va dadil qadam edi. Bu erda gap, avvlambor, Qonunchilik palatasi ishidagi siyosiy fraksiyalar rolini kuchaytirish, fraksiyalararo kurashning qonun-qoidalarini o‘rnatish, o‘zlarini parlamentdagi muxolifat deb e’lon qilgan partiyaning huquqlarini kafolatlash haqida bormoqda. Spiker o‘rinbosarlarini saylashda bir muncha mukamallashgan va demokratiyalashgan tartibotlar o‘rnatildi: endilikda fraksiya Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosarlari lavozimini egallashda kafolatlangan huquqlarga ega bo‘ldi.
YAngi Qonunchilik palatasi partiyalar uchun o‘z fraksiyalari orqali parlamentda hukumatni shakllantirish jarayoniga ta’sir o‘tkazishlarini ta’minlash maqsadida shart-sharoitlar yaratdi va eng muhimi — parlamentdagi partiyalar hukumat amalga oshirayotgan jarayonlarga o‘zlarining vazifalarini nazorat etish orqali ta’sir o‘tkazish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirini egallab turgan lavozimidan ozod qilish haqidagi masalani ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldiga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ldi. SHu bilan birga, joylarda partiyalarning roli kuchayadigan bo‘ldi: Toshkent shahri va viloyat hokimligiga nomzodlar Kengashdagi partiyalar guruhlari bilan maslahatlashib olganlaridan so‘ng Kengashga tasdiqlash uchun tavsiya qilinadigan bo‘ldi. Partiya guruhlari hokim lavozimiga tasdiqlangan shaxslarning qoniqarsiz faoliyati haqidagi asosli xulosalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim etish huquqiga ega bo‘ldilar.
SHunga muvofiq holda barcha darajadagi ijroiya hokimiyati faoliyatini hokimiyatning vakolatli organlarida nazorat qilishlari uchun yana bir institut, kuch-qudratli dastak paydo bo‘ldi.
Endilikda Qonunchilik palatasiga o‘z nomzodlarini ko‘rsatgan partiya saylov uchastkasida bo‘ladigan ovozlarni sanash, hisobga olish, Markaziy saylov komissiyasidagi varaqalarning to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish tadbirlariga o‘z a’zolari orasidan vakolatli vakillar yuborib, ishtirok etish huquqiga ega. Siyosiy partiyaning shunday vakolat yuklangan vakili ovozlarni hisoblab chiqish jarayonida ishtirok qilar ekan, u uchastka saylov komissiyasi tuzgan protokol bilan tanishib chiqish huquqiga ega bo‘ladi.
Saylovlarda ommaviy axborot vositalaridan foydalanish tartiboti haqida siyosiy partiyalar bilan kelishib olinadi. Saylovchilarni qachon yig‘ishni siyosiy partiyalar o‘zlari mustaqil holda hal qiladilar. Deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakillarining soni 5 nafardan 10 nafargacha oshirildi.
Bu davrda, shuningdek, ommaviy axborot vositalarining siyosiy roli yanada faollashdi, tashqi siyosat sohasida o‘zimizning fuqarolik jamiyatimiz institutlari barpo qilindi. Xalqaro jurnalistlar tayyorlash sohasi qayta qurildi, O‘zbekiston milliy universitetida, O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universitetida, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida xalqaro jurnalistika yo‘nalishlaridagi fakultetlar ochildi.

Download 73,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish