Mintaqaviy iqtisodiyot



Download 42,38 Kb.
bet1/2
Sana12.04.2022
Hajmi42,38 Kb.
#547198
  1   2
Bog'liq
1-mavzu (1)


1-mavzu. “MINTAQAVIY IQTISODIYOT” FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
1.1. Mintaqaviy iqtisodiyot» fanining predmeti, vazifalari va asosiy tushunchalari
1.2. “Mintaqaviy iqtisodiyot” fanining rivojlanish tarixi
1.3. Fanni o’rganishda qo’llaniladigan metodlar


1.1. Mintaqaviy iqtisodiyot» fanining predmeti, vazifalari va asosiy tushunchalari
Mintaqaviy iqtisodiyot fan sifatida ishlab chiqarish kuchlari va ijtimoiy infratuzilma elementlari, qonuniyatlari va tamoyillarini hududiy jihatdan tadqiq etadi, mamlakat umumiy rivojlanish strategiyasi va ekologik holatini hisobga olgan holda hududlar iqtisodiyoti va hududlararo iqtisodiy aloqalarni o’rganadi. Bundan tashqari hududlar iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish masalalarini mamlakat miqyosida yaxlit o’rganadi. Zero, har bir hudud iqtisodiyoti eng avvalo, mamlakat yagona xo’jalik majmuasining tarkibiy qismidir.
«Mintaqaviy iqtisodiyot» mintaqa taraqqiyotining ob’ektiv shart-sharoitlari va omillarini (geografik o’rni, tabiiy, demografik va ishlab chiqarish salohiyatini), ishlab chiqarish tarkibi, ijtimoiy soha va aholining turmush sharoitini, aholi va xo’jalikning joylashishini, iqtisodiyotning faoliyat ko’rsatishi va uning boshqarish mexanizmini, mazkur mintaqaning boshqa mintaqalar va mamlakatlar bilan o’rnatgan iqtisodiy aloqalarini tadqiq etadi. «Mintaqaviy iqtisodiyot» fanining predmeti quyidagilarni o’z ichiga oladi:
-alohida mintaqa iqtisodiyoti;
-mintaqalar o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar;
-mintaqaviy tizimlar (bunda «milliy iqtisodiyot» mintaqalar iqtisodiyotlarining tizimi bo’lib namoyon bo’ladi);
-ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish;
-iqtisodiy turmush tarzining mintaqaviy jihatlari.
Fanning vazifalari - “mintaqaviy iqtisodiyot” tushunchasini, mohiyatini, turli mintaqalarning geografik o’rni, tabiiy sharoiti, resurslari, ixtisoslashuvdagi farqli va o’xshash tomonlarini aniqlab, ularni xususiyatlarini tahlil qilishga o’rgatish, mamlakat hududi va uning mintaqalarini tabiiy-resurs salohiyatini, rivojlanish darajasini, etakchi tarmoqlarjoylashuvi haqida tushuncha berish, har bir mintaqaning tabiiy-iqtisodiy, demografik, ekologik va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda iqtisodiyotni yuksaltirish bo’yicha vazifalarini hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan mushtarak holda amalga oshirishning o’ziga xos xususiyatlarini o’rgatishdan iborat.
Mintaqaviy iqtisodiyotda qator atama va tushunchalardan foydalaniladi. Shulardan eng muhimi hudud–yer, ya’ni quruqlik yuzasining cheklangan qismi. Unga maydon, o’ziga xos geografik o’rin va boshqa shu kabi belgilar xos. Hududni to’ldiruvchi tushunchalar bo’lib akvatoriya–yer suv qobig’ining cheklangan qismi va aerotoriya – yer havo qobig’ining quyi qatlami hisoblanadi. «Hudud», «akvatoriya», «aerotoriya» tushunchalarini «geotoriya» -yer yuzasining geografik qobig’i tushunchasi birlashtiradi.
Mintaqa (region)-bu ma’lum hudud bo’lib, u boshqa hududlardan qator belgilar bo’yicha farq qiladi va o’ziga xos bir butunlik, tarkibiy elementlari o’rtasida o’zaro aloqadorlik mavjudligi bilan ifodalanadi. «Region» lotincha so’z bo’lib (regio), tarjima qilinganda mamlakat, o’lka, oblast ma’nosini anglatadi. «Region» so’ziga sinonim qilib «rayon» tushunchasi ko’pchilik olim va tadqiqotchilar tomonidan qabul qilingan.
Hududni mintaqalarga ajratish rayonlashtirish deb ataladi. Rayonlashtirish har doim maqsadli bo’ladi, ya’ni u biror-bir maqsadni ko’zlab amalga oshiriladi. Bir hudud doirasida bir nechta turdagi rayonlashtirish amalga oshirilishi mumkin.

Download 42,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish