Mm 76I guruh talabasi Yodgorova Madina Davlat moliyasi faniga kirish



Download 13,22 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi13,22 Kb.
#84794
Bog'liq
Yodgorova Madina MM 76I. Davlat moliyasi


MM 76I guruh talabasi Yodgorova Madina

Davlat moliyasi faniga kirish.

  1. Davlat moliyasi — davlat ixtiyorida pul jamgʻarmalarining tashkil etilishi, taqsimlanishi va sarflanishi sohasidagi moliyaviy munosabatlar. Davlat moliyasining mablagʻlari umummilliy manfaatlar yoʻlida sarflanadi, davlatning funksiyalarini bajarishga xizmat qiladi. Davlat moliyasi pul jamgʻarmalari, moliya mexanizmi, davlatning moliyaviy institutlari (idoralari) va moliya siyosatini oʻzida mujassamlashtiradi. Davlat moliyasi tarkiban davlat byudjeti, mahalliy (munitsipal) byudjetlar, davlat korxonalarining moliyasi (ularning byudjeti), hukumatga qarashli maxsus jamgʻarmalar, davlat krediti (davlat qarz olgan va qarzga beradigan vositalari) kabi turlarga bo’linadi.

Hozirgi vaqtda davlatning iqtisodiy va moliyaviy siyosatini amalga oshirishda Davlat moliyasi katta ahamiyatga ega. U takror ishlab chiqarish jarayonlarini taʼminlash, xalqning moddiy va maʼnaviy turmush farovonligini oshirish, davlat organlarini mablagʻ bilan taʼminlash, mamlakat iqtisodiyotini oʻstirish, xalq xoʻjaligini, ijtimoiy sohani moliyalashtirish, iqtisodiyotni investitsiyalash, aholini ijtimoiy himoya qilish, milliy xavfsizlikni taʼminlash, davlatni idora qilishda yetakchi vosita hisoblanadi. Mavjud barcha korxonalar va xalq xoʻjaligi tarmoqlari moliyasi Davlat moliyasi va moliya tizimi zaxiralarining asosiy manbaidir.

  1. “Davlat moliyasi” fanining predmetini davlatning markazlashgan pul fondlari va boshqa markazlashgan moliyaviy resurslarining shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishi bilan bo g‘liq bo‘lgan tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy va moliyaviy munosabatlar tashkil qiladi.

Davlat moliyasining mazmuni bevosita davlatning ijtimoiy-iqtisodiy funksiya va majburiyatlaridan kelib chiqadi. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosati tadbirlarini, ijtimoiy soha va tarmoqlarni moliyaviy mabla g‘lar bilan ta’ minlashda davlat moliyaviy resurslari asosiy moliyaviy manba bo‘lib xizmat qiladi. Davlat moliyasini boshqarish va taribga solishda, ijtimoiy barqarorli kni ta’ minlashda, har bir davrning ustuvor taraqqiyot vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishda davlatning boshqa iqtisodiy dastaklari qatori, davlat moliyasi ham muhim ahamiyat kasb etadi, bu vazifalarning samarali ijrosi davlat moliyasi amal qilishining tegishli mexanizmlarini ishlab chiqish va amalda qo‘llash bilan ta’ minlanadi.

  1. Davlat moliyasi – makroiqtisodiy tartibga solishning kuchli dastagidir. Ushbu instrumentdan mohirona foydalangan holda davlat iqtisodiy o‘sish sur’atlarini tartibga solish, pul birligi barqarorligini saqlab turish, ssuda foizlari darajasini tartibga solish, kon’yunktur tebranishlarni silliqlash kabi turli vazifalarni hal qilishi mumkin. Davlat moliyasi – bu moliyaviy resurslarning markazlashgan fondlarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish bilan bo g‘liq holda real pul aylanmasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar majmuidir.

Davlat moliyasi – bu davlat faoliyatining asosidir, faqat etarli miqdordagi mablag‘larni tasarruf etgan holdagina davlat ijtimoiy siyosatni amalga oshirishi, iqtisodiyotning alohida tarmoqlarini q o‘llab-quvvatlashi, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishi yoki mudofaani ta’ minlashi mumkin.
Download 13,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish