Mollari hisobi 1-mashq. Qo‘shilgan vaznni aniqlash va hisobga olish



Download 29,06 Kb.
Sana11.07.2022
Hajmi29,06 Kb.
#777548
Bog'liq
08-mavzu chorva mollaru hisobi


8-BOB. O‘STIRISHDAGI VA BOQUVDAGI CHORVA
MOLLARI HISOBI



1-mashq. Qo‘shilgan vaznni aniqlash va hisobga olish.
1 may holatiga o‘stirilayotgan va boquvdagi chorva mollarining vazni 1 000 tsentnerni tashkil etadi. May oyi davomida realizatsiya qilingan chorva mollarining tirik vazni 600 ts, 430 ts tirik vaznga ega chorva mollari boshqa guruhdan o‘tkazilgan, 20 ts tirik vaznga ega chorva mollari harom o‘lgan. 1 iyul holatiga chorva mollarining tirik vazni 1 400 ts.ni tashkil qilgan.
Topshiriq: may oyi davomidagi qo‘shilgan vaznni aniqlang.


2-mashq. O‘stirilayotgan va boquvdagi chorva mollari inventarizatsiyasi natijalarini hisobda aks ettirish
Chorvachilik fermasida chorva mollarini qayta sanash va o‘lchash yo‘li bilan o‘tkazilgan inventarizatsiya natijasida 8 bosh qo‘zi yetishmovchiligi aniqlangan. Kamomad summasi buxgalteriya hisob-kitoblariga ko‘ra 1 200 000 so‘mga teng. Inventarizatsiya komissiyasi xulosasiga ko‘ra kamomad qo‘zilarning harom o‘lishi natijasida vujudga kelgan va ushbu holat moddiy javobgar bo‘lgan cho‘pon aybi bilan sodir bo‘lgan.
Korxona rahbarining buyrug‘iga ko‘ra kamomad summasi harom o‘lgan qo‘zilarning haqiqiy tannarxi bo‘yicha moddiy javobgar cho‘pondan undirishga qaror qilingan. Kamomad summasi cho‘ponning ish haqidan ushlab qolindi. Cho‘ponning oylik ish haqi 850 000 so‘m.
Topshiriq:
1. Aniqlangan kamomad summasiga tegishli buxgalteriya provodkasini tuzing.
2. Aniqlangan kamomad summasining moddiy javobgar cho‘pon ish haqidan ushlanib qolinishiga tegishli buxgalteriya o‘tkazmasini tuzing.


3-mashq. Chorva mollari ozuqa kunlari va davr ichidagi qo‘shilgan vaznni aniqlash bo‘yicha mashq.
Chorvachilik fermasidagi chorva mollari bosh soni va ularning vazni bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud:

  • 1 aprelda tirik vazni 400 ts bo‘lgan 250 bosh chorva moli mavjud;

  • 6 aprel kuni tirik vazni 10 ts bo‘lgan 5 bosh chorva moli ushub guruhga o‘tkazilgan;

  • 11 aprelda tirik vazni 1,75 ts bo‘lgan 1 navvos (buqa)

  • 22 aprelda tirik vazni 104 ts bo‘lgan 40 bosh chorva moli go‘sht kombinatiga realizatsiya qilingan;

Oy oxirida chorvachilik fermasida tirik vazni 355 ts bo‘lgan 214 bosh chorva moli mavjud.
Topshiriq:

  1. Chorvachilik fermasidagi ozuqa kunlarini aniqlang.

  2. Oy davomidagi chorva fermasidagi chorva mollari vaznining umumiy o‘sishini aniqlang.



Xo‘jalik muomalalarining mazmuni

Summasi, so‘m

Schyotlar bog‘lanishi

Asos bo‘luvchi hujjatlar

Dt

Kt

1

Yosh chorva mollari bir guruhdan ikkinchisiga o‘tkazildi

400 000










2

Boshqa jismoniy shaxslardan sotib olingan chorva mollari kirim qilindi:
- yosh chorva mollari
- boquvdagi chorva mollari

300 000
650 000










3

Mol yetkazib beruvchilardan kelib tushgan chorva mollari uchun ularning to‘lov-talabnomasi aktseptlandi:
- yosh chorva mollari qiymatiga
- boquvdagi chorva mollari qiymatiga

450 000

700 000











4

Mahsuldor hayvonlardan olingan nasl kirim qilindi

500 000










5

Chorva mollarining qo‘shilgan va o‘sgan vazni kirimga olindi:
- yosh chorva mollari
- boquvdagi chorva mollari

100 000
200 000










6

Ustav kapitaliga ulush sifatida ta’sischilar tomonidan chorva mollari qo‘shildi:
- yosh chorva molllari
- boquvdagi chorva mollari

350 000
450 000










7

Ishchi otlardan olingan nasllar kirim qilindi

150 000










8

Boshqa shaxslardan bepul olingan yosh chorva mollari kirim qilindi

50 000










9

Yosh chorva mollari asosiy podaga o‘tkazildi

600 000










10

Chorva mollarining chetga sotilishi aks ettirildi:
- yosh chorva mollari
- boquvdagi chorva mollari

500 000
300 000










11

Inventarizatsiya natijasida yosh chorva mollari bo‘yicha kamomad aniqlandi

50 000










12

Kasallik (o‘lat) natijasida o‘lgan yosh chorva mollari qiymati aks ettirildi

100 000












Topshiriqlar:
1. Yuqoridagi xo‘jalik muomalalariga schyotlar bog‘lanishini ko‘rsa-ting (buxgalteriya provodkasini tuzing).
2. Asos bo‘luvchi hujjatlarni yozing.
3. Muomalalarni hisob registrlarida aks ettiring.


Eslatma: Quyidagi schyotlarda qoldiqlar bo‘lgan:
2010-schyot – 900 000 8330-schyot – 1 200 000
2310-schyot – 300 000
Download 29,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish