Mustaqil ish mavzu: Televizion (kino) studiyalar faoliyati tahlili 514-18 guruh Bajardi: Shaydullayev Nurbek Tekshidi: Qurbonov Sulton Toshkent 2022 Reja


ILK FOTOGRAFIYANI KIM TAYYORLAGAN?



Download 34,83 Kb.
bet4/6
Sana02.06.2022
Hajmi34,83 Kb.
#630296
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mustaqil ish

ILK FOTOGRAFIYANI KIM TAYYORLAGAN?
Odamzotning o’z tevaragida ko’rganlarini aks ettirishga urinishlariga ham bir necha yuzyillar bo’ldi. O’n birinchi asrdan boshlab to o’n yettinchi asrga qadar kamera-obskura degan moslama mavjud bo’lgan. U fotografiya kamerasining o’tmishdoshi edi. Kamera-obskura yordamida tasvir qog’ozga proyeksiyalanar, bu tasvir bo’ylab esa uning qog’ozda mukammal qayta hosil bo’lishi uchun qalam bilan hoshiyalab chiqish mumkin edi.
1802 yilda ikki ixtirochi Uejvud va Xamfri oldinga muhim qadam tashladilar. Kontakt bosma yordamida ular shishaga tushirilgan suvratlar silueti-yakrang aksini azotli kumush qoplangan qog’ozga ko’chirishga muyassar bo’lishadi. 1835 yilda esa Uilyam Talbot muntazam tasvirni hosil qilishga erishdi. Talbot birinchi bo’lib negativdan pozitiv tasvir tayyorladi, birinchi bo’lib fotobosmani ishlab chiqdi, birinchi bo’lib 1844 yilda fotografiyalar bilan bezatilgan kitobni chop ettirdi.
O’sha zamonlardan beri bu sohadagi ixtirolar va takomillashtirishlar bir-birining izini sovutmasdan paydo bo’laverdi. Dong’i ketgan «Kodak» fotokamerasi bozorda 1888 yili paydo bo’lgan. Zamonaviy fotografiya aynan shu voqeadan boshlanadi. Fotografiyaga oid jarayonlarning aksariyati yorug’lik ta'sirida kumush nitritlarining qorayishiga asoslangan. Bu xossa esa XVII asrda oddiy metallarni oltinga aylantirish tariqalarini izlagan alkimyogarlar tomonidan kashf etilgandi.
MULTIPLIKATSIYA NIMA?
Tomoshabin ko’z o’ngida harakatlanuvchi ilk rasmlar belgiyalik fizik J. Plato tomonidan 1832 yildayoq yaratilgan edi. U yasagan asbob-asosiy qismi bir talay rasmlarga ega gardish bo’lgan fonakistop — odamzot tanasi harakatlarining fazalarini tahlil qilib chiqish imkonini berdi.
Oradan qirq besh yil o’tgach, 1877 yilda musavvir E. Rayno uni yaratish uchun — praksinokop-ekranda harakatlanuvchi tasvirni proyeksiyalaydigan asbobdan foydalandi. Rassomning Parijdagi Greven muzeyida ishlagan «optikaviy teatr»i tomoshabinlar orasida muvaffaqiyat qozongan bo’lsa-da, baribir bir ermak sifatida qolaverdi.
Faqatgina 1905 yilda, ya'ni kino ixtiro qilinganidan 10 yil keyin, amerikalik S. Bleyekton va U. Makkey ilk daf'a rasmlarni kinoplyonkaga tushiradilar va multiplikatsion kino namunasini yaratadilar. Xo’sh, «rasmlarni jonlantirish»ning siri nimalardan iborat?
U odamzot ko’zining sekundning yigirmadan bir ulushi davomida istalgan tasvirni pardasida saqlab turish xossasiga asoslangan. Bu hodisa persistensiya yoki ko’rish taassurotlarining inersiyasi deb yuritiladi. Sekundda proyektordan 24 ta kadar o’tganligi tufayli ularning barisi ko’zlar oldida harakatlanuvchi yaxlit tasvirga aylanib ketadi. Demak, «jonlashtirish» uchun bitta va aynan o’sha ob'yektning bir talay tasvirlarini chizish kerak, ob'yekt esa ularning har birida andak boshqacharoq tasvirlanadi. Shuning uchun ham kinematografning bu turi «multiplikatsiya» deb nom olgan. Bu kalima lotinchadan tarjima qilinganida «ko’paytirish»ni anglatadi, ilk rassomlar esa aynan oldindan chizib qo’yilgan rasmlarni ko’paytirish bilan shug’ullanishgan edilar.
Keyinchalik, nainki chizilgan, qolaversa qo’g’irchoq multfilmlar paydo bo’lganida ular uchun boshqacha — «animatsiya» degan nom o’ylab topishadi. U lotincha «anima» — jon so’zidan kelib chiqadi va «jonlashtirish»ni anglatadi. Shunday bo’lsa hamki, ko’pchilikka eski va odatiy multiplikatsiya tushunchasi yaqinroqdir.

Download 34,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish