Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti kimyo metallurgiya fakulteti



Download 0,7 Mb.
bet10/15
Sana29.04.2022
Hajmi0,7 Mb.
#593845
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
MZMD tajriba

Ishdan maqsad: Talabalarga flotatsiya mashinasining ishlash usuli va konstrukstiyasini o’rgatish.
Nazariy ma’lumot
Flotatsiya jarayonida qatnashayotgan moddalar majmuasiga «flotatsion sistema» deb qarasak, bu sistema ko’p jinsli, ko’p fazali, ko’p a’zoli va dispers sistemadir, chunki flotatsiya jarayonida xar xil kattalikdagi, xossalari turlicha bo’lgan qattiq zarrachalar, suyuqlik (suv), gazlar (havo), suvda eriydigan va erimaydigan reagentlar ќatnashadi.
Qisqacha qilib, ћozirgi zamon flotatsiya jarayoniga ќuyidagicha ta’rif berishimiz mumkin: Flotatsiya – suvli suspenziyada muallaќ ћarakatlanayotgan mayda, ќattiќ zarrachalar ichidagi kerakli minerallarni shu sistemaga yuborilgan ћavo pufakchalariga yopishib, pufakchalar bilan yuќoriga suzib chiќish va ko’pik tarkibida to’planish ќobiliyatiga asoslangan minerallarni saralash usulidir.
Flotatsiyaning samarasini ta’minlash uchun suspenziyaga kerakli zarrachani ћavo pufakchaga tanlanib, mustaћkam yopishishini oshiruvchi ћar xil moddalar – flotoreagentlar ќo’shiladi. Flotatsiya ћodisasi, mexanizmi va tabiatida asosan molekulalararo tortishish kuchi yotadi.
Rudada bir nechta foydali komponent bo’lsa (masalan, ruћ, ќo’rg’oshin, mis, molibden) oldin kollektiv boyitma olinib, so’ngra kollektiv boyitma ќayta flotatsiyalanib, foydali komponentlar aloћida-aloћida boyitmalarga ajratiladi va bu jarayon selektiv flotatsiya deb ataladi.


Flotatsiya mashinalari
Flotatsiya mashinasi deb, flotatsiya jarayoni o’tkaziladigan dastgoћlarga aytiladi. Ularda ћavo pufakchalari ћosil bo’ladi, pufakchalarga suv yuќmas minerallar yopishib, bo’tananing yuќori ќismida ko’pik ћolda to’planadi va flotomashinadan chiќariladi. Flotatsiya jarayonida boyitma va chiќindi deb ataluvchi maћsulotlar olinadi.
Flotomashinalarga ќuyidagi talablar ќo’yiladi:
1. Katta tezlik va tanlovchanlik bilan flotatsiyalanuvchi gidrofob mineralni minerallashgan ko’pik holda ajratib olish;
2. Unumdorligi yuqori, elektr-energiyani kam sarflash;
3. Eksplutastiyaga qulay va ishonchli bo’lish;
4. Yuќori dispers pufakchalarni hosil qilish va kamera hajmida ularni teng tarќalishini ta’minlash;
5. Flotomashinani konstrukstiyasi talab qilingan flotatsiya tizimini o’tkazishga imkon berishi kerak.
Bundan tashќari, flotakameraning pastki qismida pufakcha bilan zarrachalarni maksimal to’qnashishiga imkon yaratish uchun bo’tanini shiddatli aralashtirish, o’rta ќismida minerallashgan pufakchalarni erkin harakatini va ulardan zarrachalarni to’kilib ketmasligini ta’minlovchi sokin oqim hosil qilish hamda kameraning yuqori ќismida (ko’pik osti mintaqasida) bo’tana minimal harakatda bo’lishi kerak.
Ko’pik ma’lum vaqt bo’tana yuzasida sokin tursa boyitmani qo’shimcha miqdorda boyishini ta’minlaydi, chunki ko’pikdan gidrofil zarrachalar sirg’anib tushib, bo’tanaga o’tadi.
Flotatsiya mashinasida flotatsiya jarayonlarini amalga oshirish uchun ko’llaniladigan dastgox. Butanani aralashtirish uni havo pufakchalari bilan to’yintirish usuliga qarab mexanik havoli va uyg’unlashtiruvchi turlari bo’ladi.
Mexanik flotatsiya mashinasida aerastiya va butanani aralashtirish kamerada impellerli aerator yordamida amalga oshiriladi. Aerator flotatsiya uchun zarur bo’lgan havoni atmosferadan oladi. Flotatsiya jarayonlari uchun ko’prok ishlatiladi. Bunday mashinalar kamerasining hajmi 0,14-0,25 m3 gacha bo’ladi. Flotatsiya mashinasi kvadrat shaklidagi ikkita bo’lib birlashgan kameradan iborat.

  1. Shimuvchi.

  2. To’g’ri oqimli.

Har xil kameraga aerator bloki o’rnatiladi. Aerator bloki vertikal valga o’rnatilgan impellerdan iborat. Impeller esa oltita kurakli egri diskdan iborat val vertikal quvur ichida aylanadi. Yuqorigi uchi germetik ravishda korpus bilan biriktiriladi. Pastki uchi esa impeller ustki stakani ko’rinishda kengaytiraladi. Unga 600 burchak bilan o’rnatilgan yo’naltiruvchi ko’raklardan iborat bo’lgan impeller ustki diskdan o’rnatilgan bo’ladi. Impeller usti stakanining yon tomonlaridan uchta to’ynuk bo’lib, biri qisqa quvur bilan birlashish uchun ikkita bir-biriga qarama - qarshi bo’lgan to’ynuklar oraliq mahsulotni chiqarish uchun ishlatiladi. Oraliq mahsulotni chiqarish kerak bo’lmasa bitta to’ynuk tiqin bilan ikkinchisi esa shiber bilan berkitiladi. Bu to’ynuk tiqin yordamida ochib yopiladi. Flotomashinaga dastlabki bo’tana qabul qilish cho’ntagi orqali tushadi. U yerda quvur orqali kamera markazi joylashgan aeratorga yuboriladi. Butanani kamera ichiga qayta aylanish uchun impeller diski ustida bir necha aylana teshiklar mavjud. Impeller aylanganda bo’tana ko’raklar yordamida markazdan atrofga tarqaladi. Natijada impellerning markaziy qismidan biroz siyraklashish yuz beradi.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish