Noyob va yо‘qolib borayotgan о‘simliklarning dorivorlik xususiyatlari Reja



Download 54,59 Kb.
bet1/8
Sana07.07.2021
Hajmi54,59 Kb.
#111830
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ruza (1)


Noyob va yо‘qolib borayotgan о‘simliklarning dorivorlik xususiyatlari

Reja

  1. Dorivorlik xususiyatlari tufayli yо‘qolib borayotgan о‘simliklar.

  2. Dorivor o’simliklar tarkibidagi biologik faol moddalar.

  3. O’simliklarni muhofaza choralari.


Tayanch so’zlar: Flavonoidlar, Antotsianlar, Alkaloidlar, Glyukozidlar, Achchiq moddalar, Kumarinlar, Organik kislotalar, Fitonsidlar, Vitaminlar, Parpi, Tog’rayhon, Qora andiz
Dorivorlik xususiyatlari tufayli yо‘qolib borayotgan о‘simliklar
Parpi

(Борец, аконит джунгорский)
Parpi ko`p yillik o`tsimon o`simlik. Tabobatda ikki turi ishlatiladi: qorako`l parpisi va jung`or parpisi. Ikkala turida ham ildizlari konussimon shaklda, tuganakka o`xshab ketadigan bo`ladi. Yozda asosiy tuganak ildizidan yosh tuganakchalar paydo bo`lib, kuzga borganida to`la-to`kis yetilib qoladi va kelasi yil bahorda undan yangi, yosh o`simlik o`sib chiqadi. Parpilarning boshqa turlaridan farq qilib, bu ikkala turning asosiy tuganak ildizlari kuzda qurib ketmasdan, balki yosh tuganak ildizlari bilan birikkan holda tirik qoladi va borib-borib 12-15 tuganakchadan iborat zanjirsimon ildiz hosil qiladi. Ikkala turdagi parpi ham baland, tik poyalar chiqarib o`sadi, poyalarida chuqur-chuqur kesilgan, dumaloq shaklda, navbatma-navbat joylashgan bandli barglari bo`ladi. To`p guli poyasining uchidan chiqadigan shingil g`unchalar to`q ko`k yoki binafsha rang yirik-yirik gullardan iborat bo`ladi. Mevasi-quruq. Parpi iyul-avgust oylarida gullaydi, mevalari sentyabrda yetiladi. Ikkala turdagi parpi, ayniqsa ularning tugunaklari o`simlik rivojlanishining barcha davrlarida juda ham zaxarli bo`ladi. Parpining bu ikkala turi tog` daryolarining sohalarida, Issqko`lning chetlarida, ichki Tyanshan tizmalari va qirg`iz Olatovining shimoliy yoki bag`irlarida o`sadi. Tugunaklari ishlatiladi. Parpi o`simligining hamma qismlarida alkaloidlar bor, bular asosan (2,35% gacha miqdorda) tugunaklarida, kamroq darajada (0,5% gacha miqdorda) yer ustki qismida to`planib boradi. Alkaloidlardan tashqari bu o`simliklarning tugunaklaridan kraxmal va organik kislotalar topilgan. Parpi tugunaklaridan olingan asoslardan akonitlar zangori va boshqa alkaloidlar (bular eng zaharlisi) ajratilgan. Xalq tabobatida parpi tugunaklarini qimiz yoki qaynoq suvga damlab qo`yib, sil, radikulitlar, bosh og`riqlariga qarshi davo qilishda ishlatiladi. Gohida mayda to`g`raglan tugunaklarni bemorga ichiriladigan qaynoq go`sht sho`rvaga ham qo`shiladi. Parpi tugunaklaridan xavfli o`smalar va limfa bezlari siliga davo sifatida ham foydalaniladi. Parpi tugunaklari spirtga solib qo`yilib, radikulit, nevralgiya, revmatizmda og`riqni qoldiradigan va chalg`itadigan dori o`rnida kasal joylarga surtib singdirish uchun ishlatiladi. Buning uchun tarkibida parpi tinkturasi bo`ladigan akofit preparatidan foydalaniladi. Parpi tinkturasi anginaga davo sifatida ishlatiladigan anginal preparati tarkibiga kiradi. Barcha hollarda ham parpi issig`ida iste`mol qilinib , ustidan ko`p suyuqlik ichish tafsiya etiladi. Yurak aritmiyasini davolashda allapenin preparati keng qo`llanilmoqda. Hitoy tabobatida bu o`simlikning bir turi plevrit, nevralgiya, revmatik og`riqlar, rakda shuningdek tirishish bilan birga o`tadigan kasalliklarda ko`p qo`llaniladi. Tangachali temiratki va qichima kasalliklarida surtish uchun tayyorlanib ham ishlatiladi. Ikkala tur parpining ham farmakologik ta`sirida farq yo`qligi zamonaviy tibbiyotda tajriba yo`li bilan aniqlangan. Okonit va alkaloidlarning ta`siri oldinigi markaziy nevr sistemasi hususan nafas va perifirik nervlar markazini qo`zg`atishi bilan namoyon bo`ladi. Nerv sistemasi qo`zg`alganidan keyin susayishiga o`tib, falaj bo`lib qoladi. Odamning nafas markazi falajlanib o`lib qolishi uchun 3-4 mg. miqdoridagi okonit kifoya. Nihoyatda kichik dozalarda okonit to`qimalardagi moddalar almashinuvini kuchaytiradi.


Download 54,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish