Odoblar xazinasi



Download 468 Kb.
bet24/47
Sana27.07.2021
Hajmi468 Kb.
#130136
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   47
Bog'liq
Adabiyot so'z sa'nati

SHE’R HAQIDA TUSHUNCHA

1. She’r nima? J: Ohang jihatdan ma’lum bir tartibga solingan, his-tuyg’u ifodasida yaratilgan hissiy nutq.

2. She’riyat so‘zi yana qanday atamalar bilan ataladi? J: Nazm, lirika.

3. “She’r” so‘zi qaysi so‘zdan olingan? J: Arabcha- “shuur” so’zidan olingan.

4. She’r uchun xos uch xususiyat: ezgulik, go‘zallik, donolik kabi shartlar bo‘lishini kim ta’kidlagan? J: Rus tanqidchisi N. A. Dobrolyubov.

5. Nutqning she’r bo’lishi uchun nima zarur? J: She’riy mazmun va she’riy shakl.

6. She’r tuzilishining asosini nima tashkil etadi? J: Ritmik o‘lchov-hijo (bo‘-g‘in).

7. She’rning qanday vaznlari mavjud? J: Aruz, barmoq, erkin (sarbast), nasriy she’r.

8. O‘zbek mumtoz she’riyatini qaysi vaznda yozilgan she’rlar tashkil etadi?J: Aruz vazni.

9. Qaysi vazn hijolarning cho‘ziq va qisqaligiga asoslanadi? J: Aruz vazni.

10. Aruz vaznida yozilgan she’riy shakllar nima deb ataladi? J: G’azal, masnaviy, ruboiy, murabba, muxammas, musaddas.

11. Qaysi vazndagi she’rlar hijolarning cho‘ziq va qisqaligiga emas, balki ularning (bo‘g‘inlarning) miqdoriga asoslanadi? J: Barmoq vazni.

12.Barmoq vaznidagi she’rlar necha bo‘g‘indan tashkil topishi mumkin? J: Besh, olti, yetti, sakkiz, to‘qqiz va undan ortiq.

13. She’rda misralarning o‘z ichki bo‘linishlar asosida o‘ziga xos ohangdorlikni tashkil etishi nima deyiladi? J: Turoq.

14. Qaysi vaznda vazn saqlansa-da, biroq qofiyalar bo‘lmaydi? J: Oq she’r.

15. Oq she’r shaklida yozilgan asarlar? J: M. Shayxzodaning “Mirzo Ulug’-bek” tragediyasi, Sofoklning “Shoh Edip”, V. Shekspirning “Otello”, “Gamlet”, “Qirol Lir”, “Romeo va Juletta” tragediyalari.

16. Qaysi she’r shaklida misralardagi hijolar miqdori, ularning cho‘ziq yoki qisqaligi hech qanday ahamiyat kasb etmaydi? J: Erkin (sarbast).

17. Erkin she’r yana qanday atamalar bilan yuritiladi? J: Verlibr (fransuzcha vers-she’r, libres-erkin).

18. Erkin she’rning xalqaro atamasi? J: Verlibr.

19. Erkin she’rning ajoyib namunalarini yaratgan shoirlar kimlar? J: Cho‘lpon, H. Olimjon, G‘. G‘ulom, M. Shayxzoda, U. Nosir, Mirtemir.

20. Qaysi she’rda ham she’rga, ham nasrga xos xususiyat mavjud? J: Nasriy she’rda.

21. Nasriy she’rning asosiy belgilari? J: 1. Ma’lum vaznga va izchil qofiyaga ega emas. 2. Ramziy tasvir uslubining ustunligi va fikriy umumlashma-ning kuchliligi. 3. His-hayajonning balandligi va ritorik qaytariqlarning ko‘pligi. 4. O’ziga xos ritmik tuzilishi va pauzalarning ko‘pligi.

22. Nasriy she’rlar yana qanday atamalar bilan qo‘llaniladi? J: Nasrdagi nazm, mansur she’r, mansuralar, sochmalar.

23. Qaysi shoirlar ijodida nasriy she’rlar ko‘plab uchraydi? J: Fitrat, Oybek, Mirtemir, Omon Muxtor, Omon Matjon, Ibrohim G‘afurov.




Download 468 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish