1.1.Fаnning mаqsаdi vа vаzifаlаri
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda umumkasbiy fanlarini yaxshi o‘zlashtirish va ular masalalarini yechish uchun yetarli matematik bilim, ko‘nikma va malakalar shakllantirishdir.
Fanning vazifasi – asosiy algebraik tushunchalar, koordinatalar metodi, vektorlar algebrasi va chiziqli algebra elementlari, tekislikdagi va fazodagi analitik geometriya, matematik analizga kirish, ketma-ketlik va funksiyaning limiti, uzluksiz funksiyalar va ularning xossalarini o‘rganish; bir o‘zgaruvchili funksiyaning differensial va integral hisobi va uning tatbiqlarini o‘rgatish; tatbiqiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan qatorlar nazariyasi bilan tanishtirish, Teylor qatorining funksiyalarni o‘rganishdagi muhim matematik apparat ekanligini uqtirish; ehtimollar nazariyasi va matematik statistika elementlari bilan tanishtirish, mantiqiy mulohaza va ilmiy-adabiy nutqni rivojlantirishdan iborat.
1.2. Fаnni o‘zlаshtirishgа qo‘yilаdigаn tаlаblаr
«Oliy matematika» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- haqiqiy sonlar to‘plamining asosiy xossalarini; kompleks sonlar maydoni va uning xossalarini; to‘g‘ri chiziq, tekislik, fazoda koordinatalar metodini; determinantlar va ularning xossalarini; vektorlar va ular ustidagi amallarni, matritsalar va ularning xossalarini; tekislikda va fazoda analitik geometriya asoslarini; ketma-ketlik va uning limiti; funksiya, uning limiti va uzluksizligini; bir va ko‘p o‘zgaruvchili funksiyalarning differensial va integral hisobi asoslarini; qatorlar nazariyasi asoslarini, kompleks o‘zgaruvchili funksiyalar nazariyasi elementlarini ehtimolliklar nazariyasining asosiy tushunchalarini, matematik statistika elementlari, statistik gipotezalar va ularni tahlil qilish metodlarini bilishi kerak;
-talaba amaliy masalalarni yechishda qo‘llaniladigan matematik apparatni aniq masala uchun asosli holda to‘g‘ri tanlash; chiziqli algebra va vektorlar algebrasi elementlari, analitik geometriya, differensial va integral hisob, differensial tenglamalar yordamida tatbiqiy masalalarni yechish va yechimni asoslash, ehtimollikni hisoblash, taqsimotlarning variasion qatorini tuzish, matematik kutilma va dispersiyani hisoblash, gistogramma chizish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak;
-talaba vektorlar ustida amallar bajarish, determinantlarni hisoblash, chiziqli tenglamalar sistemalarini yechish, to‘g‘ri chiziq, tekislik tenglamlariga oid masalalarni, sodda funksiyalarning hosilalarini, integrallarini hisoblash, sodda differensial tenglamalarni yechish, sodda ehtimolliklarni hisoblash malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |