Омонат са+лаш шартномаси



Download 360 Kb.
bet1/11
Sana29.03.2022
Hajmi360 Kb.
#516947
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
KURS ISHI. Omonat saqlash shartnomasi.........



O’zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona Qo’mitasi Bojxona instituti
“Umumhuquqiy fanlar” kafedrasi

“Fuqarolik huquqi” fani bo’yicha




KURS ISHI
Mavzu: Omonat saqlash shartnomasi
Topshirdi: No’monzoda M.


Qabul qildi: b/x katta leytenanti Allayorov J.
Toshkent-2021
Omonat saqlash shartnomasi.


Reja:



  1. Kirish

  2. Asosiy qism

  1. Omonat saqlash shartnomasining turlari

  2. Lombardda omonat saqlash shartnomasi.

  3. Boyliklarni bankda saqlash shartnomasi

  4. Ashyolarni transport tashkilotlarining yukxonalarida saqlash.

  5. Ashyoni tashkilotlarning kiyimxonalarida saqlash

  6. Ashyoni mehmonxonada saqlash shartnomasi

  7. Nizoli ashyolarni saqlash (sekvestr) shartnomasi

  8. Tovar omborida omonat saqlash

  9. Taraflarning huquq va burchlari

  1. Xulosa va takliflar




  1. Kirish.

O’tmishdan hamammizga ma’lumki, eramizdan avvalgi va o’rta asrlarda ham odamlar o’rtasida o’zaro tovarlarni ayirboshlash, ma’lum haq evaziga savdogar o’z molini saqlash uchun boshqa shaxsga topshirish kabi munosabatlar ham mavjud bo’lgan. Tabiiyki, belgilangan muddat o’tgach mol egasi o’tgan davr uchun saqlovchi shaxsga haq bergan. Bugungi kunga kelib esa, bu holatni omonat saqlash tarzida ko’rishimiz mumkin. Albatta, omonat saqlash tushunchasini keng ma’noda tushunishimz mumkin. Omonat saqlashni ishonchli tarzda amal qilishi uchun esa albatta shartnoma bilan mustahkamlab qo’yilishi lozim. Omonat saqlash shartnmasi o’zi nima? Bunga biz Fuqarolik kodeksimizning 51-bobida batafsil javob olishimiz mumkin bo’ladi.
Omonat saqlash shartnomasi - asosan bir taraf (omonat saqlovchi) unga ikkinchi taraf (yuk topshiruvchi) bergan ashyoni saqlash va bu ashyoni to‘la holida qaytarish majburiyatini oladigan shartnomadir.
Omonat saqlash shartnomasining huquqiy belgilari quyidagicha ta’riflashimiz mumkin:

  • omonat saqlash real shartnoma bo‘lib hisoblanadi, chunki ashyoni omonat saqlash yuzasidan taraflar o‘rtasida huquq va burchlar omonat narsaning ikkinchi tarafga topshirilishi paytidan e’tiboran vujudga keladi. Agar ashyoni omonat saqlash shartnomasi o‘z kasb faoliyatining maqsadlaridan biri sifatida amalga oshiradigan tashkilot (professional omonat saqlovchi) yoki yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilsa, omonat saqlash shartnoma konsensual va ikki taraflama shartnomalar gruppasiga taalluqli bo‘ladi, chunki bunday shartnoma bo‘yicha omonat saqlashga qo‘yuvchida ashyoni omonat saqlashga qo‘yish va ikkinchi tarafda, ya’ni omonat saqlovchida ashyoni qabul qilish burchlari shartnoma tuzilgan paytdan boshlab vujudga keladi;

  • omonat saqlash shartnomasi bo‘yicha omonat saqlovchiga, odatda, sub’ektiv mulk huquqining faqat bir unsurigina, ya’ni mulkni egallash huquqigina o‘tadi;

  • omonat saqlash shartnoma qonun hujjatlari yoki shartnoma bilan boshqacha hol belgilanmagan bo‘lsa, tekinga tuziladigan shartnoma deb faraz qilinadi va bunday holda u bir tomonlama bo‘lib hisoblanadi;

  • omonat saqlash shartnomasining asosiy maqsadi omonat narsasini saqlash va keyinchalik butun holda qaytarishdan iborat1.

Omonat saqlashni tadbirkorlik yoki boshqa professional faoliyat sifatida amalga oshiradigan omonat saqlovchi omonat saqlash shartnomasi bo‘yicha o‘z zimmasiga yuk tashuvchining ashyolarini saqlashga qabul qilish va yuk topshiruvchi bergan narsalarni FKning 876-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq saqlash majburiyatini olish mumkin. Bundan tashqari, omonat saqlash shartnomasi bo‘yicha ashyoni saqlashga qabul qilish majburiyatini olgan omonat saqlovchi bu ashyoni saqlash uchun o‘ziga berishni talab qilishga haqli emas, biroq ashyoni omonat saqlash shartnomasida nazarda tutilgan muddatda saqlashga topshirmagan yuk topshiruvchi, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib nazar tutilgan bo‘lmasa, ashyoni saqlashga topshirmaganligi munosabati bilan etkazilgan zarar uchun omonat saqlovchi oldida javobgar bo‘ladi.
Eng muhimi ashyoni, agar uning xususiyatlari imkoni bo‘lsa, topshirilgan vaqtdagi holatida o‘zgartmay saqlash vaziag‘fasi-shartnomada asosiy maqsad qilib qo‘yiladi. Omonat saqlash shartnomaning ob’ekti bo‘lgan ashyoni saqlash vazifasi boshqa shartnomalarda ham uchrab turadi. Masalan, sotuvchi sotilgan mol-mulkni saqlashi, ya’ni mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq mol-mulkni topshirishdan oldin sotib oluvchiga o‘tgan hollarda sotuvchi mol-mulkning yomonlashishiga yo‘l qo‘ymay, uni topshirgunga qadar saqlashi shart. Agar mol-mulkni saqlash uchun qilinadigan zarur chiqimlarni, agar taraflarning kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, sotib oluvchi sotuvchiga to‘shashi shart. Pudrat shartnomasiga ko‘ra, pudrat buyurtmachi bergan material, uskuna, qayta ishlashga (ishlov berishga) topshirilgan ashyo va puratchi ixtiyoriga o‘tgan boshqa mol-mulk saqlanmaganligi uchun pudratchi javobgar bo‘ladi.
Lekin bunday hollarda saqlash vazifasi shu shartnomalardan har biriga asosiy vazifalarni amalga oshirishda yordamchi bo‘lgan qo‘shimcha vazifa bo‘lib ko‘riladi.
Fuqarolik muomalasida omonat shartnomasi boshqa shartnomalarga nisbatan kamroq qo‘llanilar edi, lekin hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitlarida, mulkchilikning yangi shakllari yuzaga kelishi bilan shunday munosabat uchun ham ehtiyoj oshib bormoqda.
Hozirgi omonat saqlashning yangi-yangi turlari paydo bo‘ldi. Masalan, tovar omborida omonat saqlash, ashyolarni ptansport tashkilotlarining korxonalarida saqlash, boyliklarni bankda saqlash (qimmatbaho metallar va toshlarni, hujjatlarni saqlash) va boshqalar.
Omonatni saqlash shartnomasi fuqaro va yuridik shaxslarning zaruriy extiyojlarini qondirish uchun qo‘llaniladi. Jumladan, lombardda omonat saqlash uchun fuqarolardan shaxsiy iste’moligi mo‘ljallanggan ko‘char ashyolar qabul qilinishi mumkin. Boyliklarni bankda saqlash shartnomasiga muvofiq, bank qimmatli qog‘olarni, qimmatbaho metallar va toshlarni, boshqa boyiklarni, shuningdek, hujjatlarni saqlash uchun qabul qilishi mumkin. Ashyolarni transport tashkilotlarining korxonalarida saqlash shartnomasiga muvofiq, transport tashkilotlarining ixtiyoridagi yukxonalar yo‘lovchilar va boshqa fuqarolardan, ulardan yo‘l hujjatlari bor yoki yo‘qligidan qat’iy nazar, ashyolarni saqlash uchun topshiradi. Ashyoni tashkilotlarning kiyimxonalarida saqlash, bunda tashkilotlarning kiyimxonalarida ashyolarni haq evaziga saqlash haq evaziga saqlash haqida ashyoni saqlashga topshirish vaqtida kelishib qo‘yilgan yoki boshqa ochiq usulda shartlashilgan bo‘lmasa, ularda ashyoni saqlash bepul hisoblanadi. Ashyoni mehmonxonada saqlashda mehmonxonada yashayotxon shaxs tomonidan olib kirilgan ashyolarning yo‘qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun omonat saqlovchi sifatida alohida kelishuv bo‘lmagan taqdirda ham javob beradi. Ashyoni engib bo‘lmaydigan kuch, ashyoning o‘z xossalari oqibatida yoki mehmonxonada yashovchining o‘zi, uning hamrohlari yoki uning yoniga kelgan shaxslar aybi bilan yo‘qolgan, kam chiqqan yoki shikastlangan hollar bundan mustasnodir. Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyati sifatida tovarlarni saqlaydigan va saqlash bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatadigan tashkilot tovar ombori deyiladi.
Amaliyotda ushbu munosabatlarga o‘xshash, lekin mazmunan nihoyatda farq qiladigan, jumladan, qarovsiz yoki adashgan chorva mollari to‘g‘risidagi qoidalarga muvofiq, bunday chorva mollari yoxud boshqa qarovsiz uy hayvonlari yoki qo‘lga o‘rgatilgan hayvonlar topilganda yoki adashganda vaqtincha saqlash, boqish va foydalanish uchun yaqindagi xo‘jalik yoki jamoalarga toshiriladi. Chorva mollari va hayvonlarni vaqtincha saqlash hayvonni to egasi topilguncha asrashdan iborat bo‘lib, omonat saqlash shartnomasiga asoslanmasdan, balki qonun hujjatlari bilan belgilanadigan majburiyatning bir xilini tashkil etadi.
Omonat saqlash shartnomasiga doir asosiy qoidalar FKning 875, 913-moddalarida berilgan. Omonat saqlashning ayrim turlarini tartibga soladigan bar qancha nizomlar mavjud. Masalan, muzxonalarda oziq-ovqat saqlash munosabatlari O‘zbekiston Respublikasining Oziq-ovqat sanoati Davlat komiteti tomonidan muzxona omborlari to‘g‘risida chiqarilgan Nizomda ko‘rsatilgan. Lombardlarda buyumlarni omonat tariqasida saqlash ish lombardning namunaviy ustaviga asosan amalga oshiriladi. Qo‘l bklarini va bagajlarni saqlash kameralaridan foydalanish to‘g‘risidagi qoidalar O‘zbekiston Transport aksionerlik korporatsiyasi tomonidan qabul qilingan rasmiy qo‘llanmalarda belgilab qo‘yilgan. Yuklar temir yo‘llarga qarashli joylarda saqlash uchun topshirilganda, qoldirilganda ularning to‘la-to‘kis saqlanishi uchun temir yo‘l muassasasi javobgar bo‘lishligi haqida O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llari ustavida ko‘rsatilgan.
Omonat saqlash shartnomasi yozma ravida tuzilishi kerak bo‘lgan hollarda agar ashyoning saqlashga qabl qilinganligi omonat saqlovchi tomonidan yuk topshiruvchiga saqlash tilxati, pattasi, guvohnomasi. Omonat saqlovchi imzolagan boshqa hujjatni berish yo‘li balan tasdiqlangan bo‘lsa, shartnomaning yoshma shakliga rioya qilingan hisoblanadi.
FKning 877-moddasi 2-qismiga muvofiq, agar ashyo saqlash uchun favqulodda holatlarda (yong‘in, tabiiy ofat, to‘satdan sakal bo‘lish, hujum xavfi va boshqalar) topshirilgan bo‘lsa, sharnomaning yozma shakliga rioya qilish talab etilmaydi2.
Bundan tashqari, omonat saqlash shartnomasi omonat saqlovchi tomonidan yuk topshiruvchiga, agar bunga qonun hujjatlarida yo‘l qo‘yilsa yokiu saqlashning ushbu turi uchun odatdagi hol bo‘lsa, ashyo saqlash uchun qabul qilinganligini tasdiqlaydigan nomerli jeton (nomer) yoki elektron plastinkalar va boshqa belgi berish yo‘li bilan tuzilishi mumkin.
Agarda omonat saqlash shartnomasining oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik saqlashga qabul qilingan ashyo bilan omonat saqlovchi qaytargan ashyonng aynan o‘ziligi xususida nizo chiqqan taqdirda, taraflar guvohlarning ko‘rsatmalarini vaj qilib keltirish huquqidan mahrum etilmaydi.


  1. Download 360 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish