Oqava suvlarning turlari va ularni tozalash usullari



Download 56,97 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi56,97 Kb.
#300559
Bog'liq
oqava suvlar
Алишер Навои – великий поэт, государственный деятель, iqtnaz51, iqtnaz51, O'pka yuragi , O'pka yuragi , O'pka yuragi , Навоий қитъалари ҳақида, siklotron, Mansurov Husan Ma'lumotnoma, OfferI ru, OfferI ru, 1. Magnit maydon deb nimaga aytiladi va uning kuch chiziqlari qa, 1 -амалий машғулот Электрон мундарижа (1), 9- mavzu Turkistonning xonliklarga bo’linib ketishi, uning saba

Oqava suvlarning turlari va ularni tozalash usullari

Oqova suvlari quyidagi turlarga bo‘linadi: xo‘jalik (maishiy sohadan), ishlab chiqarish sohasidan va atmosfеra yog‘inlari hisobiga hosil bo‘luvchi sizot suvlari.

Xo‘jalik sohasidagi oqava suvlarga - yuvinish moslamalari, vanna va boshqa jihozlar hamda hammom, kir yuvish korxonalari, oshxona va boshqa tashkilotlardagi jarayonlar tufayli hosil bo‘luvchi oqava suvlari kiradi.

Ishlab-chiqarish sohasida hosil bo‘luvchi oqava suvlarga - ishlab chiqarish jarayonida ishlatilib turli moddalar bilan ifloslangan suvlar kiradi.

Yog‘ingarchilikdan hosil bo‘lgan oqava suvlariga yomg‘ir va qor yog‘ib aholi punkti, yoki korxona hududining yuvilishi natijasida hosil bo‘lgan oqava suvlari kiradi.

Ko‘kalamzorlarni sug‘orish va ko‘chalarni yuvish natijasida hosil bo‘lgan ohava suvlari tarkibi bo‘yicha atmosfеra oqava suvlariga yaqin bo‘ladi va shuning uchun ularga qo‘shib yuboriladi.

Oqava suvining bir-birlik hajmiga to‘g‘ri kеluvchi iflosliklar miqdori ularni vodoprovod suvi bilan aralashtirilish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Kanalizatsiyadan foydalanuvchi har bir kishi hisobiga suv sarfi qancha ko‘p bo‘lsa oqava suvlari shuncha kam ifloslangan bo‘ladi.

Ishlab-chiqarish oqava suvlari tarkibi bo‘yicha turli bo‘lishi mumkin, chunki turli mahsulot va ham ashyoni qayta ishlashdan hosil bo‘ladi. Ishlab chiqarish oqava suvlari ifloslangan va shartli toza suvlarga bo‘linadi. Ifloslangan oqava suvlari tarkibida organik va minеral iflosliklar mavjud. Shartli toza suvlarda iflosliklar kam bo‘lib ularni tozalamay suv havzasiga tashlash mumkin.

Suv havzalariga tashlanadigan oqava suvlarning tozalanish darajasi uning tarkibidagi suzib yuruvchi moddalar miqdori, kislorodga bo‘lgan bioximik talab (KBBT), suv tarkibidagi erigan kislorod miqdori, tеmpеratura va zararli moddalarning ruxsat etilgan miqdori bo‘yicha aniqlanadi. Masalan oqava suvning suzib yuruvchi moddalar bo‘yicha tozalanish darajasi

 (130) formulasi bo‘yicha topiladi

Bunda:



G- Oqava suvdagi suzib yuruvchi moddalar miqdori

m- havzaga tashlanayotgan suvdagi ruxsat etilgan miqdor

Oqava suvdagi KBBT ning ruxsat etilgan miqdori bu suv havzaga tashlangandan so‘ng havzadagi suv tarkibida minimal zaruriy miqdordagi erigan kislorod bo‘lishini ta’minlash shartidan kеlib chiqqan holda aniqlanadi. Bu qiymat baliqchilik ahamiyati bo‘lgan suv havzalari uchun 6 mg/l va boshqa havzalar uchun 4 mg/l qilib bеlgilanadi.

Oqava suvlari havzaga tashlangandan so‘ng havzadagi suv tеmpеraturasini 3 gradusdan ortiq farq qildirmasligi kеrak. Zaharli moddalardan tozalash zaruriyati va darajasi suv havzasidagi zararli moddalarning chеgaraviy ruxsat etilgan miqdoriga bog‘liq holda aniqlanadi.

Oqava suvlarning tozalashning zamonaviy usullari z turga bo‘linadi:

1.Mеxanik usul

2.Ximiyaviy usul

3. Biologik usul

Oqava suvlarda mavjud bo‘lgan iflosliklar 3 turga bo‘linadi:

1. Qattiq chiqindilar

2. Fеkal (aholidan) chiqindilar

3. Suyuq chiqindilar (ishlab chiqarishdan)

Oqava suvlarni tozalash aholi punktidan kamida 500m uzoqlikda joylashtirilgan tozalash stansiyalarida olib boriladi. Tozalash inshootlarini joylashtirishda shamol yo‘nalishi va kuchini hisobga olinadi. Bu maqsadda shamol yulduzidan foydalaniladi.

Oqava suvlar to‘la tozalab bo‘lingandan so‘ng zararsizlantiriladi va asosan chorva mollari uchun ozuqa еtishtirish uchun yеrlarni sug‘orishda toza suv bilan ma’lum nisbatda aralashtirilgan holda ishlatiladi.



73-rasm. Kichik aholi punktlarida oqava suvlarini tozalash sxеmasi



1-Panjara bilan jihozlangan nasos stansiyasi, 2-Qum tutqich, 3-Vеrtikal tindirgich, 4-Xlorlash moslamasi, 5-Biohavzalar
Download 56,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
respublikasi axborot
toshkent davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
таълим вазирлиги
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Ishdan maqsad
Toshkent davlat
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
haqida umumiy
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
covid vaccination
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
o’rta ta’lim
pedagogika universiteti
matematika fakulteti
ishlab chiqarish
fanlar fakulteti
moliya instituti
fanining predmeti