O’quvchilar ijodiy qobiliyatlarini aniqlashning ahamiyati nimada?



Download 30,93 Kb.
Sana26.06.2022
Hajmi30,93 Kb.
#707277
Bog'liq
iste\'dod psix 40-50


  1. O’quvchilar ijodiy qobiliyatlarini aniqlashning ahamiyati nimada?

O‘kuvchilarda ijodiy qobiliyatlarni aniqlash ijodiy salohiyat samarasiga qarab baholanadi. Uni aniqlash, oldindan ko‘ra olish kerak. O‘quvchilarning ijodiy iqtidorini aniqlash uchun fakat o‘zlashtirishga emas, noakademik qizikishlarga ham e’tibor berish kerak bo‘ladi. Pedagog V. Litvinov o‘zining sinfdoshi YUzikni eslaydi. Uning hech qaysi fanni umuman o‘zlashtira olmaganligini, lekin baliq ovlashda hammadan, baliq ovining mohir ustalaridan ham zo‘r ovlaganligini aytadi. Baliq ovi odamdan faqat jismoniy chaqqonlikni emas, balki nozik kuzatuvchanlikni, tabiatni va uning injiqliklarini, baliqlar xulq-atvorini yaxshi bilishni talab qiladi. Bir so‘z bilan aytganda, u biroz rassom, biroz olim, biroz naturalist va, albatga, aqlli bo‘lishi kerak. Demak, YUzikda bor iqtidor ochilmagan, aniqlanmagan va bunda o‘kituvchilarning, ayniksa, birinchi o‘qituvchilarning xatosi bor, deydi V. Litvinov.
Ijodiy qobiliyatlarni aniqlash maktabda ularni bevosita rag‘batlantirish bilan bog‘liq. Qobiliyatlarni har kuni mashq qildirish, trening qilish va rivojlantirish lozim. Ular namoyon bo‘lish uchun qulay vaqtni kutib tura olmaydi, so‘nadi. Qobiliyatlarni rivojlantirish uchun kichik yosh davrlari senzitiv bo‘ladi.
Maktabda qobiliyat uchqunlarini rag‘batlantirish oddiy narsalardan boshlanadi. Birinchi yil o‘qituvchi o‘quvchilarga faqat darslikdagi materialni esga tushirishni talab qiluvchi savollarni 990/0 gacha beradi. Qolgan 1 % savollargina ijodiy fikrlashni talab qiladi.
O‘qituvchilar nostandart tafakkur va mustaqil fikrni stimullovchi savollar tuzishlari o‘quvchilarning qobiliyatlarini aniqlashga yordam beradi.
Iqtidorli o‘quvchi va fikrlash doirasi cheklangan o‘qituvchi orasidagi sovuq muloqot, xatto, ziddiyat yuqori sinflarga borib tipiklashib borishi mumkin. Nima uchun? Masalan, geografiya o‘qituvchisi o‘quvchilardan konspekt yozish va geografik konturni bo‘yashni talab kiladi. Ba’zi o‘quvchilarga fanni o‘zlashtirishda bu usul samarali bo‘lishi mumkin. Ammo, geografiya bo‘yicha iqtidorli o‘quvchiga bu mashg‘ulot bema’ni tuyuladi. Bu hol ijodiy fikrni rag‘batlantirishning aksi hisoblanadi.

  1. Intellektual testlar qanday ijodiy qobiliyatlarni aniqlab bera oladi?

Intellektni, ijodiy qobiliyatlarni aniqlovchi testlar chet ellarda juda keng tarqalgan. Endilikda bizda xam ular keng qo‘llanilmokda. Ilgari bizda iqtidor va qobiliyatlar bilim va ko‘nikmalarni mehnat faoliyatida faol qo‘llash jarayonida namoyon qilinar edi.
Mashg‘ulot doirasi qancha turli-tuman bo‘lsa, iqtidorni aniqlash imkoniyati shuncha keng. Agar sinfda aniq fanlar bo‘yicha qobiliyatli va biroz qobiliyatsizlar orasida farq ko‘rinib tursa (norasmiy ierarxiya), adabiyot darslarida vaziyat birdan o‘zgarishi mumkin. Rasm darsida yana o‘zgarish yuz beradi. Fanlar bo‘yicha (masalan, informatika, biologiya, musiqa) o‘quvchining qo‘shimcha mashg‘ulotlarga borishi qobiliyatlar xaqidagi ma’lumotlarga yana aniqlik kiritadi. Qobiliyatlar bo‘yicha xulosa shaxs va uning faoliyatini har tomonlama o‘rganish, shuningdek, testlar natijasiga asosan chiqariladi. Faqat test natijasi bo‘yicha shoshilinch xulosa chiqarish xatoga olib kelishi mumkin.
Intellektual koeffitsientni aniqlash testlaridan tashqari ijodiy qobiliyat uchun maxsus testlar ishlab chiqilgan:
1. Muammo topish tezligi. Qog‘ozga oddiy ob’ekt bilan bogliq (masalan, daraxt) oddiy bo‘lmagan muammolarni yozish. Ba’zi savollar quyidagi shaklda qo‘yiladi: «Bu daraxt sizga berilsa, uni nima qilar edingiz?»
2. Fikr yuritish tezligi. SHunday so‘z aytish taklif etiladiki, unga birdan uch xususiyat tegishli bo‘lsin. Masalan, yumshoq, oq, iste’mol maxsuloti.
Z. Assotsiatsiyalashning osonligi. Berilgan so‘z ma’nosiga teskari so‘zlarni aytish. Masalan, «eski» yoki «quruq» so‘zlariga.
4. Nutq ravonligi. Bir xil yuklama yoki qo‘shimcha bilan tugaydigan so‘zlarni o‘ylab topish.
5. Ob’ektlar kategoriyasini bilish qobiliyati. Ma’lum bir ta’rif barchasiga tegishli bo‘lgan so‘zlarni yozish (masalan, yumaloq).
6. Guruhlash kobiliyati. Sinaluvchiga so‘zlar ro‘yxati beriladi: o‘q, ari, baliq, yaxta, timsoh, kirg‘iy, chumchuq. Bu suzlarni imkon darajasida ko‘proq sinflarga (qushlar, suzuvchilar, tirik jonzotlar, yirtqich va b. ob’ektlar) ajratib guruhlash talab kilinadi.
7. Xulosa chiqarish. Vaziyat ta’rifi beriladi va uning natijasini o‘ylab topish taklif qilinadi. Masalan, «to‘xtamasdan yomgir yog‘sa nima bo‘ladi?» (javob odatda «xammamiz ho‘l bo‘lamiz», «soyabonlar qimmatlashadi», «tog‘larga ko‘chib chiqamiz», «Tibetda axoli ko‘payib ketadi», «suvosti suzish kiyimi qimmatlashadi» va x.k. tarzida bo‘ladi).
8. Kasb ramzi. Tanish predmet tasvirlangan rasmni, masalan, elektr lampochkasi rasmini sinaluvchiga beramiz. Bu predmet qaysi kasblar uchun ramz bo‘la olishini topish kerak. (Elektrik, o‘kituvchi, olim va x.k.).
9. Simvollarni shakllantirish. 12 ta katakka bo‘lingan qog‘ozda «odam ketyapti», «samolyot osmonga ko‘tarilyapti», «g‘azab», «faxr» jumlalari berilgan. Bu jumlalarni kalam bilan simvolik (illyustratsiya shaklida emas) ifodalash kerak.
10. So‘rab topish. Sinaluvchiga syujetli rasm beriladi. U rasm syujetida javobi bo‘lmagan savolni berishi kerak. SHuningdek, unga rasmda tasvirlangandan oldingi vaziyatlar haqida savollar beriladi.
11. Ob’ektni yaxshilash. Uyinchokni (kuchukcha, maymun) mukammallashtirish, ya’ni uni yokimtoyrok qilish kerak. Fikr egiluvchanligi, originallik, kashfiyotchilik baholanadi.
12. Tasavvur. Taklif kilingan 10 ta mavzudan biriga kichik hikoya yaratish. Mavzuda g‘ayritabiiylik bo‘lishi kerak, masalan, «uchadigan timsox», «yiglayotgan erkak» va x.k.
13. Rasmni tugallash. Sinaluvchi tugallanmagan rasmni nihoyasiga etkazishi kerak. Bunda rasm mohiyatiga chuqur kirib bora olish, originallik, fantaziya e’tiborga olinadi.
14. Aylana va kvadratlar. Qog‘ozda tartibsiz 35 ta aylana va kvadratlar joylashgan. Aylana asosiy qismi bo‘lgan turli predmetlar chizish kerak. Rasm ostiga predmet nomi yoziladi. Odatda tovoq, havo shari, monokl, g‘ildirak chizadilar. G‘ayritabiiy rasmga misol—yukori labga kungan chivinga odamning burni kanday ko‘rinar edi. Engil, egiluvchi fikr, originallik baholanadi.
15. Fikrni anglata olish. Fantastik vaziyat rasmi bo‘yicha uning mumkin bo‘lgan oqibatlarini ta’riflash. «Tasavvur qiling, odam kir yuvish mashinasiga kirib, undan yassi va kuruq bo‘lib chiqdi. Test natijasida erkin fikr, originallik baholanadi.
16. Konstruktorlik. Standart detallardan rangli qog‘oz yoki karton parchalaridan surat tuzish kerak. Syujet mazmunli bo‘lishi, unga sarlavxa ko‘yilishi kerak. Eksperimentchi tasvir originalligini, axborot etkaza olish darajasini, fantaziyani baholaydi.

  1. Ijodiy potensial nima?

Ijodkorlik - bu insonning maqsadlarga erishish va muammoni hal qilishda yuzaga keladigan to'siqlarni engib o'tish qobiliyati va qat'iyati. U moslashuvchan, innovatsion, ijodiy va evristik qobiliyatlardan, shuningdek, mehnat faoliyatida amalga oshiriladigan bilim, ko'nikma va malakalardan iborat.
Ijodkorlik - bu turli xil fazilatlarning kombinatsiyasi, shuning uchun uning tarkibiy qismlari masalasi hali ham ochiq. Masalan, ixtirochilik muammolarini hal qilish nazariyasiga asoslangan jamoaviy ijodiy ta'lim dasturlari va usullarini ishlab chiqish bilan shug'ullanadigan tadqiqotchilar va o'qituvchilar shaxsning ijodiy salohiyatining asosiy tarkibiy qismlarini 9 parametr deb hisoblaydilar. Shuningdek, ko'plab nashrlar ijodkorlikning bunday tarkibiy qismlarini eslatib o'tadi:
intellektual5 komponent - shaxsning etarlicha aqliy rivojlanishini6 aks ettiradi,
hissiy komponent - shaxsning ijodiy muammolarni hal qilishga ijobiy hissiy munosabatini aks ettiradi;
motivatsion komponent - shaxsning ijodiy muammolarni hal qilishdagi qiziqishi va ishtirokini aks ettiradi;
ixtiyoriy7 komponent - shaxsning o'z-o'zini tarbiyalash va ish jarayonini tashkil etish, masalani oxirigacha etkazish qobiliyatini aks ettiradi.

Ijodiy salohiyatni rivojlantirish an'anaviy ravishda bolalar va yoshlar kontekstida aytiladi.



  1. Ijodkor shaxs qanaqa xususiyatlarga ega bo’ladi?

Ijodkor shaxs xususiyati — xato qilish xavfiga tayyorlik. Ijodkor shaxs o‘z g‘oyalarini ochiq aytishdan qo‘rqmaydi. Xulosa va qarorlar chiqarishda axborotlarning etishmasligi tufayli u ko‘pincha xato qilish xavfiga duch keladi. Mutlaqo to‘g‘ri dalillar bo‘lmaganda xam ijodkor shaxs tomonidan «erkin fikr» aytiladi. Qobiliyatsizlik esa bexavotirlikni, fakat barkaror malakalar shakllantirilgan vazifalarni echishni talab qiladi.


Talant o‘zini bir kasb, bir mavzu, bir fan yoki bir janr bilan chegaralamaydi, u odatdagi chegaradan chiqishga qo‘rqmaydi.
Impulsivlik, ishga bor kuch bilan kirishish, fikr va baho berishda erkinlik xam ijodkor shaxs belgilaridir. Bunday shaxslar talabalik davrlarida o‘kituvchi va o‘quv dasturlariga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘ladilar, qaysi fan va qaysi mavzu bilan shug‘ullanishni o‘zlari xal qiladilar.
I.P. Pavlov «Avtobiografiya»sida eslashicha, u o‘qigan diniy seminariyada barcha fanlardan besh baxoga o‘qish eng zo‘r muvaffaqqiyat hisoblanmagan. Bu odatiy xol bo‘lib, ko‘pchilik yaxshi o‘qigan. Ammo, seminarist bir-ikki fandan zo‘r o‘qib, boshqalaridan yomon o‘qisa, «Balki bu talantdir?» - deb, unga darxol e’tibor berishgan. CHunki ijodkor shaxsining yana bir xususiyati — o‘zi qiziqqan sohada katta mehnatsevarlik ko‘rsatishdir.
O‘yinga moyillik xam iqtidorlilik xususiyati. Fikr erkinligi, assotsiatsiyalashning engilligi, dadil «g‘oyalar uyini» ijodkor shaxsga xos. U yumorga moyil. YUmor xissi kuchli aql va ijodiy tafakkur hosilasidir.
Temir intizom va kat’iy reglamentlangan xukm chiqarishga moyil odamlar o‘zlarining nozik fahmi va kashfiyotchiligi bilan o‘ta kam taassurot qoldiradilar. Xar qanday ongli faoliyatning birinchi sharti erkinlik deb qabul qilingandagina fikr xam ijodiy bo‘ladi.2 Fikr aynan ichki erkinlikdan keladi, busiz ijodning bo‘lishi mumkin emas.

  1. Ijod va fikr erkinligining munosabati qanaqa?

. Ijod samaradorligi uchun kuchli g‘oyalar oqimi ham xizmat kiladi. g‘oyalar qancha ko‘p bo‘lsa, fikr shuncha tez ishlaydi va eng to‘g‘ri g‘oyani tanlash oson bo‘ladi.
Fikr yoki g‘oya bir nechta tushunchalarni mantiqiy bog‘lashdir. Fikrning qotib qolganligini, fantaziya, hayol jarayonining darajasini aniqlash uchun shunday vazifa berish mumkin. Bu vazifa g‘oya yaratish qobiliyatini xam aniqlaydi. Quyidagi uchta so‘z ishtirokida mazmunli gap tuzish: ko‘l, oy, bola. (Javob variantlari: bola oy yorugida ko‘lda cho‘mildi; bola ko‘lda oyning aksini ko‘rdi va x.k.). Bu g‘oya yaratishning eng oddiy hodisasi. G‘oyalar chuqurligi va kuchi bilan ham baholanadi. Ob’ektlar yoki ularning alohida xususiyatlari o‘rtasida yuzaki bo‘lmagan, chuqur mohiyatga ega g‘oyalar nazariyalar, tadqiqotlar va yangi g‘oyalar uchun asos bo‘ladi hamda ular chuqur va kuchli g‘oyalar deb hisoblanadi.
Fikr tug‘ilishi uchun ongda bor obraz (model)ning hech bo‘lmaganda ikkitasi ko‘zg‘alishi zarur. Miyalar qanday fikrni u yoki bu konkret kodli shaklga soladi. Turli odamlarda ko‘rish, eshitish, so‘z, harf, raqam va b.
kodlardan foydalanish qobiliyati xar xil. Ma’lumotlarni kodlash aks etgirilayotgan hodisa mazmuni va tuzilishiga muqobil bo‘ladi.
San’atda va adabiyotda maxsus «kodlash» orqali mazmun yoritiladi. Masalan, mumtoz adabiyotda. Miya konkret kod orqali g‘oya yaratadi. Agar odam ko‘rgazmali-obrazli tasavvurlardan foydalanishga moyil bo‘lsa, ko‘rib idrok qilishi kuchli bo‘ladi. Akustik-obrazli tasavvurning ustunligi musiqiy fantaziyadan darak beradi. Borliqni so‘z-obrazlar shaklida o‘zlashtirishga moyillik shoirlik fantaziyasini harakterlaydi va x.k. Lekin bu - odamni rassom, kompozitor yoki shoir qilib qo‘ymaydi. Bu kasblar qobiliyat, ko‘nikmalarning yaxlit kompleksini, shuningdek, qobiliyatlarni yo‘naltirishga yordam beruvchi shaxsiy sifatlarni talab qiladi.

  1. Intuitiv bilim nima?

Intuitiv bilimlar yordamida bililadiganlar orasida boshqa tushunchalar va tasavvurlar vositachilariga ega bo'lmagan tushunchalar va ayrim toifalar bo'lishi mumkin. Agar barcha bilimlar ma'lum toifalar va tushunchalar orqali kelib chiqsa edi, shuni aytishimiz mumkinki, bilim - bu ma'lum tuyg'ular va toifalar orqali tugaydigan har qanday tushuncha.
Ehtimol, bu erda savol tug'iladi: agar biz intuitiv bilimning o'zi tushunarli deb hisoblasak, biz tashqi dunyoda ham, o'zimizda ham, ongimizda ham umumiy tushunchalarni tan olishimiz kerak, chunki ular bilishda vositachilarga ega. ular bo'lishi mumkin emas. Bu toifalar ilhomlantiruvchi shaxsiy bilimlar bilan bevosita bog'liq bo'lgani uchun, ular bilan bevosita aniq birlik borligini bildiradi. Ammo, boshqa tomondan, tashqi olam faqat sezgi orqali idrok etilsa, qanday qilib intuitiv va shu bilan birga vositachilik qilish mumkin?
Bunga javoban aytamizki, umumiy yoki alohida ma'no tushunchasi aslida tashqi dunyoning aksidir. Shunday qilib, ularni tashqi dunyoni bilish vositasi sifatida empirik bilimlarning bir qismi deb atash mumkin.
Ammo boshqa tomondan, shaxsiy "men" bu tushunchalarni to'g'ridan -to'g'ri bilishi asosida, bu shaxsiy ilhomlantiruvchi bilim deb ham atash mumkin. Bu ikki xususiyat bir -biridan keskin farq qiladi. Ilhomlantiruvchi bilim sifatida, uning vositachilari yo'q va bu bizning yonimizda.
Empirik o'ziga xoslik tashqi dunyoni ko'rsatadi. Buni oyna misolida ko'rish mumkin. Biz unga ikki tomondan qarashimiz mumkin. Bir tomondan, to'g'ridan -to'g'ri oynaning o'ziga qarang, uni do'kondan sotib oladigan odamga o'xshab. Bunday odam oynaga, tashqi ko'rinishiga qaraydi, lekin bu oynada o'ziga emas. Ikkinchisi - o'ziga to'g'ridan -to'g'ri qarashni istagan kishi, uning nima ekanligini (oynani) qiziqtirmaydi. Inson tasavvuri ham ong e'tiborini jalb qilishi mumkin - bu holda biz o'z tasavvurimiz haqida to'g'ridan -to'g'ri bilimga egamiz. Boshqa tomondan, biz uni tashqi dunyoni bilish vositasi sifatida ishlatsak, biz empirik bilimga ega bo'lamiz. Ilhomlantiruvchi bilimlarning ishonchliligi siri
Ilhomlantiruvchi bilim va uning empirik bilimdan farqi haqida aytilganlarga asoslanib, nima uchun o'zi haqidagi bilim yoki o'z ruhiy holati haqidagi bilimlar noto'g'ri bo'lishi mumkin emasligini va tashqi dunyo haqiqatiga mos kelishini tushunamiz. Gap shundaki, voqelikning o'zi uni biladigan odam oldida bevosita mavjud. Bu empirik bilimlardan farqli o'laroq, bu erda ko'pincha inson tasavvuri shaxsning o'zi va tanilgan ob'ekt o'rtasida vositachiga aylanadi. Ampirik bilim bizga beradi degan ishonch, aslida tashqi dunyo haqiqatiga mos keladi, bo'lmaydi va bo'lolmaydi ham.
Tashqi dunyoni bilish holatida, tanilgan ob'ekt va tan oluvchi sub'ekt o'rtasida ma'lum bir vosita bo'lishi ehtimoli har doim mavjud, ya'ni. bilish bu vositalar (masalan, sezgilar) orqali sodir bo'ladi, xato va bilishning haqiqatga mos kelmasligi ehtimoli bor. Bilgan va biluvchi o'rtasida vositachilar bo'lmagan taqdirda, ya'ni. ular orasida ma'lum monizm bor, keyin xatolar ehtimoli yo'q. Bilim bilganga mos keladimi, degan savol so'ralmaydi, chunki biluvchi bu haqidagi bilimdir. Ilhomlantiruvchi-apriori va empirik bilim
Bu erda biz muhim tasavvurga ega bo'lishimiz kerakki, inson xayoli mexanik apparatlar singari ilhomlantiruvchi bilimlarni o'z ichiga oladi, ba'zi tushunchalar va toifalarni shakllantiradi, keyin ularni ma'lum taqqoslashga olib keladi. Masalan, qachonki biz biror narsadan qo'rqsak, tasavvurimiz qo'rquvni ongimizga joylab qo'yadi. Qo'rquv sababi yo'qolgandan so'ng, tasavvur bu holatni ongda qayta ishlab, yana qaytarishi mumkin. Shaxsning ongi ma'lum bir holatning umumiy tushunchalari va toifalarini shakllantirishi, ularni boshqa umumiy tushunchalarga bog'lashi, ularni "Men qo'rqaman", "Men qo'rqaman" kabi ba'zi jumlalarga "tarjima qilishi" juda muhimdir. Shunday qilib, o'tmishdagi ma'lum bilimlar asosida berilgan ruhiy holatning paydo bo'lishining aql bovar qilmas tezligi va bu holatni yana qaytarish qobiliyati bilan, odam o'zining paydo bo'lish sabablarini aniq ajrata oladi va tan oladi.
Inson ruhiyatidagi bu harakatlarning barchasi juda tez sodir bo'ladi. Lekin chalkashliklarning sababi ularning yaqinligi. Biror kishi, qo'rquvni ilhomlantiruvchi, intuitiv bilim orqali bilganidek, bu qo'rquvning sabablarini ham bilishi mumkin deb o'ylashi mumkin. U ilhomlantiruvchi bilimlar orqali o'rgangan narsalar bo'lsa -da, faqat tushunchalar va toifalardan tashqariga chiqadigan umumiy kompozitsiya mavjud. Shunday qilib, bu harakatga har qanday baho berish xato bo'ladi. Berilgan holatni o'z -o'zidan qaytarish - bu empirik bilimning namoyon bo'lishidan boshqa narsa emas.
Bizda savol bor: nega bizda ilhomlantiruvchi bilim natijasida ko'pincha salbiy natija bo'ladi? Misol uchun, odam ochlikni his qilishi mumkin va ovqat ishtahasi yolg'on bo'lsa ham, ular ovqatga muhtoj deb o'ylashlari mumkin, bu odatda oshqozon buzilishi natijasida paydo bo'ladi. Shuni tushunish kerakki, odam ilhomlantiruvchi bilimlar orqali ochlik tuyg'usini boshdan kechirgan, ammo xato talqinda va odam ilgari boshdan kechirgan tuyg'ular va tushunchalar asosida bo'lgan. ochlik hissi, bu noto'g'ri holatga sabab bo'ldi. Tasavvuf haqidagi bilimlarga kelsak, yuqori darajadagi haqiqat kashfiyotlari ham yuqorida aynan shu sabablarga ko'ra noto'g'ri bo'lishi mumkin. Shuning uchun intuitiv bilim natijalarini tan olishda juda ehtiyot bo'lish kerak.

  1. Badiiy va ilmiy ijodning farqi nimada?

Badiiy ijod voqelikni estetik o‘zlashtirish va odamlarning estetik ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liqdir. Uning xususiyatlari quyidagilardir: –garchand, badiiy ijodda mavhum-mantiqiy va ko‘rgazmali-ta’sirchan tafakkur ham ahamiyatga ega bo‘lsa-da, asosan ko‘rgazmali-obrazli tafakkurga tayanadi; –badiiy ijodning bosh komponenti – inson katarsisi, ya’ni kechinmalarining cho‘qqisida namoyon bo‘ladigan emotsionallik hisoblanadi; –badiiy ijod ijtimoiy ongning maxsus shakli – san’atda amalga oshadi. Uning natijasi sifatida esa qandaydir moddiy ob’ektda (kartina, haykaltaroshlik namunalari, adabiy asarlar va b.) aks etadigan badiiy obraz chiqadi; –badiiy ijodning ratsional tomoni yashirin bo‘lib, ko‘p hollarda utilitar mohiyatga ega bo‘lmaydi, ixtiro yoki yangi ilmiy bilim kabi uni amaliyotga tatbiq etish talab etilmaydi; –badiiy ijod turli odamlar tomonidan bitta asarni ko‘p ma’noda aks ettirish imkonini yaratadi. Bu esa, qabullashning sub’ektivligi, didning rivojlangani va boshqa omillar bilan bog‘liqdir. Hamkorlikdagi tadqiqot. San’at sohasida hamkorlikdagi ijod deb nomlangan ijodning maxsus shakli ajratib ko‘rsatiladi. Bunday hamkorlik tomoshabin yoki tinglovchiga san’at asarida ifodalangan hodisalarning ortida yashiringan chuqur mazmunni (kontekst – tekst – tubma’no) anglash imkonini beradi. Pedagogik tadqiqot – bu pedagogik jarayonda yangilikni izlash va topishdir. Bunday ijodning birinchi bosqichi – o‘zi uchun yangilikni kashf etish, pedagogik vazifalarni hal etishning nostandart vositalarini bilib olishdan iborat. Bunday vositalar avvaldan ma’lum, biroq pedagog tomonidan qo‘llanilmagan bo‘ladi. Bu yerda gap innovatsiya kabi ob’ektiv yangilik haqida emas, balki sub’ektiv yangilik to‘g‘risida bormoqda. Shunday bo‘lsa-da, eski usul va vositalardan yangicha sharoitlarda foydalanish ham mumkin. Ikkinchi bosqich – nafaqat o‘zi uchun, balki boshqalar uchun ham yangilikni kashf etish, ya’ni novatorlikda namoyon bo‘ladi. Masalan, pedagogik jarayon uchun samarali bo‘lgan o‘qitishning yangi metodini ishlab chiqish bunga misol bo‘la oladi. Pedagogik ijodning xususiy ko‘rinishi improvizatsiya hisoblanadi. Pedagogik improvizatsiya (lotincha imprivisus – kutilmagan, tasodifiy) eng umumiy ma’noda nimanidir yaratish – kutilmagan pedagogik yechimga kelish va uni o‘sha zahotiyoq amalga oshirishni anglatadi. Improvizatsiya jarayoni to‘rt bosqichdan iboratdir: 1) pedagogik jarayonda biron bir kutilmagan fikrga kelish; 2) intuitiv ravishda vujudga


kelgan pedagogik g‘oyani bir lahzada anglab olish va uni amalga oshirish yo‘llarini tanlash; 3) g‘oyani ommaviy tarzda bayon qilish; 4) pedagogik g‘oyani amalga oshirish jarayonini zudlik bilan tahlil etish. Hozirgacha fanda ilmiy-tadqiqot faoliyatni anglashga nisbatan yangi yondashuvlar shakllanayotganligini alohida ta’kidlash kerak. Chunki ilmiy hamjamiyatning hozirgi kundagi ilmiy dunyoqarashi yangi sifatiy bosqichga o‘tdi. Ba’zi olimlar bu jarayonni yangi postnoklassik paradigmalar bilan izohlashga harakat qilmoqdalar. Mohiyatan esa, hozirda ilmiy-tadqiqot faoliyatining yangi tipologik xususiyatlari shakllanmoqda. Shunga muvofiq ilmiy faoliyatning tadqiqot ob’ekti ham o‘zgarib bormoqda. Ular orasidagi gnoseologik bog‘liqlik toboro epistemologik aloqadorlikka o‘z o‘rnini bo‘shatib bermoqda. Shu sababdan ham fan taraqqiyotining hozirgi bosqichida ilmiy bilimlarni epistemologik jihatdan sintez qilish g‘oyasi ustuvorlik qilmoqda. Ushbu yondashuvning ahamiyatli jihati shundan iboratki, unda inson o‘rganilayotgan ob’ektdan tashqarida emas, balki uning ichida, bilish jarayonining bir qismi sifatida faoliyat olib boradi. Bunday yondashuv natijasi o‘laroq, biz ilmiy hamjamiyatning haqiqat mohiyatiga yanada yaqinlashayotganligini anglaymiz. Ilmiy faoliyat ijod bilan chambarchas bog‘liq. Ilmiy xodimning bilimi, iste’dodi, qobiliyati, ko‘nikmalari, ilmiy haqiqatning tagiga yetishga bo‘lgan intilishlari ilmiy ijodda o‘z aksini topadi. Shu nuqtai nazardan, ilmiy ijod faqat ilmiy muammolarning yechimini izlab topishni emas, balki u dunyoni yangi tamoyillar asosida tushunish, taraqqiyot paradokslarini noan’anaviy yondashuv asosida tahlil qilish, yangi ilmiy g‘oya va gipotezalar orqali ilmiy yo‘nalishlarni ishlab chiqishga shart-sharoit yaratadi. G.Ya.Bush fikricha, “Ilmiy-tadqiqot faoliyati insonning bevosita shaxsiy va jamoaviy bilim hamda ko‘nikmalariga bog‘li. Shu nuqtai nazardan, ilmiy-ijodiy faoliyat insonning bir qancha tadqiqotlari asosida yig‘iladigan shaxsiy yoki jamoaviy intilishining bir ko‘rinishidir. Demak, ilmiy-tadqiqot faoliyatining yangicha turini shakllantirish taraqqiyot uchun muhimdir. Zero, ilmiy ijod natijalarini amaliyotga tatbiq etish orqali jamiyat miqyosida ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda farovonlikni ta’minlash mumkin. Darhaqiqat, ilmiy-tadqiqot faoliyati insonning individual ko‘nikmalari, ilmiy izlanishlari, nazariy va amaliy bilimlarining rivojlanishi natijasida tobora mustahkamlanib boradi. Aynan shuning uchun ham insonning ijodkorlik qobiliyatida bilim va ruhiy kechinmalarining uyg‘unlashganini kuzatish mumkin. Zero, ilmiy-ijodiy jarayonni hech qachon sun’iy tarzda shakllantirib bo‘lmaydi. Bugungi kunda yangi ilmiy g‘oyalarning insonparvarlik bilan uyg‘unlashuvi fanning muhim talablardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham A.A.Koblyakov, “Odamlar murakkab ilmiy-ijodiy faoliyati natijasida, o‘zligini yo‘qotish xavfiga, barqaror hayotdagi bevosita yoki bilvosita bosim ostida kardinal ravishda o‘zgarishiga olib kelmoqda. Bu esa ularning o‘z insoniy sifatlarini yo‘qotishi bilan tobora xatarli tus olmoqda. Ayni shu ma’noda, biz ilmiy yutuqlardan samarali foydalangan holda bir qutbda bir dunyo boylik to‘planayotganligini, ikkinchi qutbda esa qoloqlik, qashshoqlik, kambag‘allik, kasalliklar, ocharchilik hukmronlik qilayotganligini kuzatish mumkin bo‘ladi”, - deb yozadi. Darhaqiqat, bunday ijtimoiy-iqtisodiy tanglik keskin siyosiy kelishmovchiliklar, konfliktlar, diskriminatsiya, mintaqaviy ziddiyatlar, terrorchilik va boshqa xavf–hatarlarning oshib borishiga ta’sir ko‘rsatishini unutmasligimiz lozim. Zamonaviy ilmiy tadqiqot konsepsiyalarida inson qanday kuchlar ta’sirida o‘zgarishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Binobarin, bu yangi konsepsiyalarga muqobil ravishda axloqiy me’yorlar, tarbiya, ma’rifat va ma’naviy-madaniy muloqot jarayonidagi ideallar va qadriyatlarni kiritish ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ilmiy-tadqiqot faoliyatining insonparvarlashuvi olimlar o‘rtasida o‘zaro tushunish, sayyoramizda umuminsoniy ruhiy-axloqiy qadriyatlar, ya’ni insonparvarlik ruhining qaror topishiga yordam beradi. Ayni shu ma’noda, sog‘lom ijodga tayangan ilmiy tadqiqot kelajagi ijtimoiy hamkorlik, insoniylikka asoslanishiga zamin yaratadi. O.Fayzullaev fikricha, “Ilm- fanga, ijodga qiziqish hissini bolalarda yoshlikdan uyg‘otish masalasiga maktab, ota-onalar, olimlar ko‘proq e’tibor berishlari lozim. Shu bilan birga ilmda yoshi o‘tib qoldi, degan gap bo‘lmaydi”. Darhaqiqat, bu fikrda ilmiy-ijodiy faoliyatning axloqiy va gumanistik jihatiga e’tibor berilganligini kuzatish mumkin. Zero, ilmiy- ijodiy faoliyatda haqiqiy muvaffaqiyatga erishish uchun olimlar o‘zlarining aqliy imkoniyatlarini to‘liq ishlata bilishlari, yashiringan qobiliyatlarini kashf qilishlari va uni rivojlantirishlari hamda o‘z aqliy va ijodiy boyliklarini boshqarishni o‘rganishlari lozim.

  1. Psixoanaliz va ijodning bog’liqligi nimada?

Iste’dod va ijodiyot psixologiyasi shaxs psixoanalizi bilan xam bevosita bog‘liq. Psixologiyaning bir metodi faoliyat samarasini tahlil qilishdir. Bu metod badiiy ijod psixoanalizida xam keng qo‘llaniladi. Xar qanday faoliyat samarasida (rasm, she’r, xikoya, qurilma, model va b.) ijod aks etadi. SHaxsning jamiyatga, jamiyatning shaxsga munosabati ijod orqali bildiriladi. Keyingi yillarda badiiy ijod psixoanalizi, ijod psixoanalizi kabi yangi sohalar vujudga keldi. Ijod qilish orqali ijodkorning o‘z ichki ziddiyatlaridan qutulishi psixoanalizdagi katarsis, ijodkor o‘z xissiyotlarini asarga singdirishi psixoanalizdagi transfer xodisalariga juda o‘xshash. Asardagi simvollar orqali ijodkor g‘oyasini, psixik holatini, fikrini tushunish psixoanalizda ko‘p yillardan beri qo‘llanib kelmoqda. Ijodkor psixobiografiyasini yaratish, erkin assotsiatsiyalar tahlili xam ijod psixoanalizida keng qo‘llaniladi. Ijod psixoanalizi muallifning ong osti doirasiga (yoki ongsizligiga) yo‘l ochadi. Asarni psixologik tahlil qilishga, to‘g‘ri talqin etishga xam sabab bo‘ladi. Psixoanaliz ko‘ngilni ziddiyatlardan xalos etuvchi, vijdonni tozalovchi davolash jarayoni hisoblanadi. Ijod psixoanalizi esa ijodkor shaxsini o‘rganuvchi, uning ko‘ngligi tahlil etib ko‘ruvchi jarayondir. Demak, psixoanaliz va ijod psixoanalizi o‘rtasida ma’lum farq mavjud.
Iste’dod va ijodiyot psixologiyasi sohasida yangicha nazar bilan o‘rganilishi lozim bo‘lgan ilmiy muammolar juda ko‘p. Ularning ba’zilari, jumladan, asarda (ijod maxsulida) proeksiyalash, asarda identifikatsiyalash, asar tahlili orqali ijodkor xarakterini o‘qish va boshqa masalalarni xam o‘rganadi.
Mamlakatimizda shaxsning xar tomonlama rivojlanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ishsizlikdan, qashshoqlikdan va boshqa illatlardan halos bo‘lish tufayli jamiyatimizning jar bir a’zosiga ijodiy mehnat qilish va ilm olish uchun, ishlab chiqarishda, fan- texnika, adabiyot va san’at sohalarida o‘z qobiliyatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar vujudga keltirilgan.
Ijodni xar tomonlama o‘stirish va undan foydalanish shart sharoitlarini tekshirish davlat ahamiyatiga molik eng muhim masalalaridan biridir.
SHu munosabat bilan xozirgi zamon sharoitida yosh avlodning ijod qilishini rivojlantirish muammosi birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan masalalardan bo‘lib kelmoqda. Hayot ijod muammosini hal qilishni doimo insoniyat oldiga qo‘yib kelgan. U xamisha muhim, qiziqarli va shuning bilan birga murakkab muammo bo‘lib kelgan.
Keyingi yillarda ijod muammosiga e’tibor sezilarli darajada o‘sdi va ijodning har xil maxsus turlari (musiqaviy, adabiy, matematik, ixtirochilik, tashkilotchilik, pedagogik, texnikaviy ) bo‘yicha bir qator eksperimental ishlar e’lon kilindi.

  1. Ichki ziddiyat nima?

Shaxs ichidagi mojaro - bu inson ichida yuzaga keladigan qarama-qarshilikni hal qilish qiyin. Shaxs ichidagi psixologik mojaro shaxs tomonidan psixologik mazmundagi jiddiy muammo sifatida boshdan kechiriladi, bu esa erta hal qilishni talab qiladi. Bunday qarama-qarshilik bir vaqtning o'zida o'z-o'zini rivojlantirish jarayonini tezlashtirishi, shaxsni o'z salohiyatini safarbar qilishga majbur qilishi va shaxsga zarar etkazishi, o'zini o'zi bilish jarayonini sekinlashtirishi va o'zini o'zi tasdiqlashni boshi berk ko'chaga olib chiqishi mumkin. Shaxs ichidagi ziddiyat inson ongida manfaatlar, mayllar, teng ahamiyatga ega va qarama-qarshi yo'nalishdagi ehtiyojlar bir-biriga to'qnashadigan sharoitlarda yuzaga keladi.
jtimoiy makonda yuzaga keladigan odamlar o'rtasidagi nizolar ko'pincha ularning shaxsiy ichki qarama-qarshiliklariga asoslanadi. Ko'pchilik ichki uyg'unlik bilan maqtana oladi. Go'yo bizda bir nechta odam yashaydi - ular bahslashadilar, bir-birlarini to'xtatadilar, janjallashadilar, yarashadilar, rozi bo'lishadi ... ba'zan. Bugun biz insonning ruhiy makonini ko'rib chiqamiz va bu makonda tez-tez uchraydigan nizolar haqida gapiramiz.

Yechilmagan ekzistensial konflikt deyarli har doim konfliktning quyidagi turiga olib keladi - mazmun va shakl yoki pozitsion ziddiyat. "Men kimman?" Degan savollarga shaxsan qoniqarli javob topish. va "Men buni jamiyatdagi qanday ijtimoiy rol orqali namoyon qila olaman?" uzoq yillar davom etishi mumkin.


Va ekzistensial mojaro hal qilinganda ham, ya'ni o'z salohiyatini anglash har doim ham emas va hamma ham o'zining ichki dunyosini koinotda bemalol amalga oshira olmaydi. U yoki bu savolni hal qilish orqali inson hayotda namoyon bo'ladi. Hal qilinmagan pozitsion mojaroning oqibatlari faoliyat, sanoat, sevimli mashg'ulotlar, yashash joylari, turmush o'rtoqlar, jinsiy sheriklardagi cheksiz o'zgarishlardir. Ijtimoiy rollardan norozilik hissi "sarguzashtlarga", asossiz xavflarga, psixologlar va maslahatchilar bilan cheksiz maslahatlarga undaydi va chuqur depressiyaga olib kelishi mumkin.
Birinchi holatda bo'lgani kabi, bu erda ham yordamchilar bo'lishi mumkin emas. Insonning o'zi o'z qarama-qarshiliklarini hal qilmaguncha va uni qoniqtiradigan rolni topmaguncha, uyg'un mavjudlik haqida gapirishning hojati yo'q.
Va bu erda quyidagi ziddiyat paydo bo'lishi mumkin - xulq-atvor dissonansi. Bu odam allaqachon rolni tanlagan bo'lsa, u keyingi harakatlarni - bu rolning stsenariysini tushunganga o'xshaydi, lekin ayni paytda tanlov ixtiyoriy emas, balki tashqi omillar ta'siri ostida sodir bo'lgan. Misol uchun, uning ota-onasi uni advokat bo'lishini talab qilishdi yoki xotini darhol ish topmasa, ajrashish bilan tahdid qilishdi yoki yaxshi maosh taklif qilishdi. Keyin o'z tamoyillari va qoidalarining ichki tuyg'usi inson hech qanday tarzda ta'sir qila olmaydigan tashqi omillarga zid keladi. Xulq-atvor dissonansining asosiy tashqi ko'rinishlaridan biri - bu odamning so'zlari uning harakatlaridan juda farq qiladi. Xo'sh, u o'z tamoyillarini bosib o'tolmaydi va kosmosdan talab qilinadigan harakatlar va ishlarni bajara olmaydi.
Shunga ko'ra, xulq-atvor dissonansining yo'qligi - bu so'zning xatti-harakatiga zid bo'lmagani, tashqi va ichki qoidalar bir-biri bilan rezonanslashsa va tanlangan ijtimoiy rol ichki qoniqish keltiradi.
Shaxs ichidagi mojaroning to'rtinchi turi motivatsion to'qnashuvlar. Ular "Nima uchun?" Degan savol bilan bog'liq. Ya'ni, biz allaqachon rol tanlaganimizda, u amalga oshadi va xatti-harakatlardagi nomutanosiblik yo'q qilinadi, maqsadlar haqida savol tug'iladi: "Nima uchun men aynan u erga borishim kerak, nega men u yoki bu maqsadga investitsiya qilishim kerak?" Maqsadlaringiz qanchalik shuhratparast ekanligi motivatsion mojaroning namoyon bo'lish darajasiga bog'liq. Va uning muvaffaqiyatli hal qilinishiga oldingi uchtasining to'liq o'lchamlari yordam beradi.

Biz ichki ziddiyatlarni o'ziga xos ketma-ketlik deb ta'rifladik, lekin ular butunlay mos kelmasligi mumkin yoki inson butun hayoti davomida ulardan birida bo'lishi mumkin. Shuningdek, ushbu ziddiyatlarning ba'zilari ruhiy tushkunlikning faol bosqichini chetlab o'tib, sezgi darajasida hal qilinishi mumkin.


Xulosa qilib shuni ta'kidlaymanki, yuzaga kelayotgan ichki ziddiyatlarga to'g'ridan-to'g'ri qarashdan qochmasdan va o'zim uchun "Men kimman? Kimman? Huddi mendek…? Nega men…?”, biz barkamol o'zini-o'zi ta'minlaydigan odamga aylanamiz va hayotdan osongina harakat qilamiz. Biz qayerdamiz baxtlimiz!

  1. Ijod psixoanalizining ahamiyati nimada?

Iste’dod va ijodiyot psixologiyasi shaxs psixoanalizi bilan xam bevosita bog‘liq. Psixologiyaning bir metodi faoliyat samarasini tahlil qilishdir. Bu metod badiiy ijod psixoanalizida xam keng qo‘llaniladi. Xar qanday faoliyat samarasida (rasm, she’r, xikoya, qurilma, model va b.) ijod aks etadi. SHaxsning jamiyatga, jamiyatning shaxsga munosabati ijod orqali bildiriladi. Keyingi yillarda badiiy ijod psixoanalizi, ijod psixoanalizi kabi yangi sohalar vujudga keldi. Ijod qilish orqali ijodkorning o‘z ichki ziddiyatlaridan qutulishi psixoanalizdagi katarsis, ijodkor o‘z xissiyotlarini asarga singdirishi psixoanalizdagi transfer xodisalariga juda o‘xshash. Asardagi simvollar orqali ijodkor g‘oyasini, psixik holatini, fikrini tushunish psixoanalizda ko‘p yillardan beri qo‘llanib kelmoqda. Ijodkor psixobiografiyasini yaratish, erkin assotsiatsiyalar tahlili xam ijod psixoanalizida keng qo‘llaniladi. Ijod psixoanalizi muallifning ong osti doirasiga (yoki ongsizligiga) yo‘l ochadi. Asarni psixologik tahlil qilishga, to‘g‘ri talqin etishga xam sabab bo‘ladi. Psixoanaliz ko‘ngilni ziddiyatlardan xalos etuvchi, vijdonni tozalovchi davolash jarayoni hisoblanadi. Ijod psixoanalizi esa ijodkor shaxsini o‘rganuvchi, uning ko‘ngligi tahlil etib ko‘ruvchi jarayondir. Demak, psixoanaliz va ijod psixoanalizi o‘rtasida ma’lum farq mavjud.
Iste’dod va ijodiyot psixologiyasi sohasida yangicha nazar bilan o‘rganilishi lozim bo‘lgan ilmiy muammolar juda ko‘p. Ularning ba’zilari, jumladan, asarda (ijod maxsulida) proeksiyalash, asarda identifikatsiyalash, asar tahlili orqali ijodkor xarakterini o‘qish va boshqa masalalarni xam o‘rganadi.
Mamlakatimizda shaxsning xar tomonlama rivojlanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ishsizlikdan, qashshoqlikdan va boshqa illatlardan halos bo‘lish tufayli jamiyatimizning jar bir a’zosiga ijodiy mehnat qilish va ilm olish uchun, ishlab chiqarishda, fan- texnika, adabiyot va san’at sohalarida o‘z qobiliyatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar vujudga keltirilgan.
Ijodni xar tomonlama o‘stirish va undan foydalanish shart sharoitlarini tekshirish davlat ahamiyatiga molik eng muhim masalalaridan biridir.
SHu munosabat bilan xozirgi zamon sharoitida yosh avlodning ijod qilishini rivojlantirish muammosi birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan masalalardan bo‘lib kelmoqda. Hayot ijod muammosini hal qilishni doimo insoniyat oldiga qo‘yib kelgan. U xamisha muhim, qiziqarli va shuning bilan birga murakkab muammo bo‘lib kelgan.
Keyingi yillarda ijod muammosiga e’tibor sezilarli darajada o‘sdi va ijodning har xil maxsus turlari (musiqaviy, adabiy, matematik, ixtirochilik, tashkilotchilik, pedagogik, texnikaviy ) bo‘yicha bir qator eksperimental ishlar e’lon kilindi.
Download 30,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish