O’zbek adabiyoti tarixi 2-kurs


ZARDUSHTIYLIK DININING PAYDO BO’LISHI



Download 148,27 Kb.
bet2/2
Sana21.11.2019
Hajmi148,27 Kb.
#26620
1   2
Bog'liq
Mustaqil ish



ZARDUSHTIYLIK DININING PAYDO BO’LISHI

Bundan qariyb 2600 yil muqaddam hozirgi Markaziy Osis hududida uluG’ tarixiy shaxs - ilohiyotchi, faylasuf, shoir va tabiatshunos olim, jahon xalqlariga vatandoshimiz -Zardusht Sepitoma dunyoga kelgan edi (miloddan avval-gi 589—512 yillar).

Diniy rivoyatlarga qaraganda, Zardusht Navruz kunlarining birida kohinlar boshchiligida muqaddas ichimlik bulgan «Xaoma» tayyorlashga kirishgan. Erta tong pallasida u daryodan suv olish uchun qirg’oqqa tushgan. Suv olib bo’lgach, bir yo’la tahoratini yangilayotgan Zardushtning ko’ziga qirg’oqda turgan porloq xilqat -«Voxumana» kurinadi va uning sehrli nuriga ergashadi. Nihoyat, u ezgu va ulug’ xudo Axuramazda huzuriga boradi.

Axuramazda o’zining butun borliqni yaratgan xudo ekani haqidagi xabarni bildirish uchun odamlar orasidan Zardushtni tanlaganini aytadi. (Bu vaqtda Zardusht 40 yoshga tulgan yedi). Shu kundan boshlab Zardusht Axuramazda dinining payg’ambariga aylanadi. Endi u o’z qavmlari orasida Axuramzada dinini targ’ib eta boshlaydi. Buning uchun u «Gatlar» (Xatlar) deb atalgan, qo’shiq qilib aytishga muljallangan shs’rlar yaratadi.

40 yoshida Zardusht avvalgi ko’pxudochilik diniy tasavvurlariga hamda tabiat hodisalariga sig’inish e’tiqodlariga qarshi chiqib, yakkaxudochilikka asoslangan kitobiy din - Zardushtiylik dinini yaratgan. Zardusht dastlab mahalliy qabilaviy dinlarning rohiblaridan biri edi.

Ayni paytda, Zardusht yashagan zamon ibtidoiy munosabatlar o’rnini sinfiy jamiyat, qadimiy davlatchilik asoslari egallayotgan, biroq, mahalliy-qabilaviy dinlar jamiyat taraqqiyotining bu yangi bosqichiga to’sqinlik qiluvchi kuchga aylanib qolgan davr edi. Jamiyat taraqqiyotining yangi bosqichi o’zining to’la shakllanishi uchun kuchli mafkuraga muhtoj edi. Bundan tashqari, bu murakkab davrda o’lkaning turli qabilalarini birlashtirish va ularni ilk markazlashgan davlatchilik g’oyasi atrofida uyushtirish zaruriyati ham tugilgan edi. Zardusht yashagan davr Janubi-G’arbiy va Markaziy Osiyoda ko’ch-manchilikka asoslangan turmush tarzi inqirozga uchrayotgani, u o’troqlik turmush tarzi qaror topayotgani, sug’oriladigan dshqonchilik hamda chorvachilik, hunarmandchilik keng taraqqiy yetayotgani, yangi shaharlar, qishloqlar bunyod bo’laytganligi, utroqlik turmush tarzi har jihatdan afzal kurinishi bilan ham xarakterli edi. Sundhay turmush tarzini barqaror qilish, odamlarga, xalqlarga g’oyatda kulfat keltirayotgan hamda aksariyat bosqinchilik tusini olgan kuchmanchilikka qarshi kurash habiy ehtiyojga aylangan edi. Bu ehtiyojni hammadan ko’p anglab yetgan donishmand Zardusht bo’ldi. U inqirozdan qutulish, xalqlar, qabilalarni birlashtirib, yagona davlatchilikka erishishning birdan-bir yo’li — bu yakkaxudolikka o’tishdan iborat deb bildi va butun ongli faoliyatini, hayotini ana shu muqaddas ishga bag’ishladi, shu muqaddas maqsad yo’lidagi kurashda halok buldi.

Yagona xudoga ishonishgina jamiyatni yangi taraqqiyot bosqichiga ko’tara oladi, deb hisoblardi Zardusht.

Zardushtiylikning vatani Markaziy Osiyodir. Bu faktning tug’riligini bu dinning muqaddas kitobi

- «Avesto» ham isbotlaydi. Chunonchi, bu dinning muqaddas kitobi — «Avesto»da yakkayu-yagona xudo Axu-ramazda yaratgan 16 mamlakatdan 9 tasining nomi Janubi-G’arbiy va Markaziy Osiyodagi viloyat va shaharlardir. 2 tasi afsonaviy bo’lsa, qolgan 5 tasi Hindiston, Ozarbayjon va Armaniston hududlariga to’g’ri keladi. 

«AVESTO- ZARDUSHTIYLIK DININING MUQADDAS KITOBI

Axuramazdaning rasmiy tus olishiga qadar uning Zardusht orqali vahiy qilingan ilohiy xabarlari Turon va Eron zamini xalqlari orasida asrlar davomida turli diniy marosimlar, duolar, madhlar, sura va oyatlar sifatida yig’ila boshlagan. Bular Zardushtning o’limidan keyin muqaddas kitobga to’plangan va bu kitob «Avesto» deb atalgan (o’rnatilgan, qat’iy qilib belgilangan qonun-qoidalar)1.

«Avesto» haqida buyuk olim Abu Rayhon Beruniy-ning «O’tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar» nomli asarida yozib qoldirilgan. Jumladan, bu asardagi quyidagi fikrlar diqqatga sazovordir: «Podshoh Doro ibn Doro xazinasida 12 ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor yedi. Iskandar (A.Makedonskiy) otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat yetuvchilarni o’ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun Avestoning beshdan uchi yuqolib ketdi». Binobarin, «Avesto» A.Maksdonskiyning Osiyoga qilgan harbiy yurishlariga qadar mavjud edi. «Avesto» A.Makedonskiy hukmronligi tugagach, miloddan avvalgi 25Oyilda arshohiylar davrida yana tiklana boshlangan va yangi matnlar bilan to’ldirilgan. Milodning PT asrida esa sosoniylar podshosi Shopur I davrida kitob holatiga keltiril-gan. «Avesto»ning tiklangan kitoblaridan 3 tasi asl tilida, bittasi eesa pahlaviy tilida tiklangan.

Ulkaning arab bosqinchilari tomonidan istilo etilishi va Islom dinining tarqalishi natijasida zardushtiylik dini, uning muqaddas kitobi «Avesto» qattiq ta’qibga olingan. Natijada Eron zardushtiylaridan bir qismi sharqiy o’lkalarga, xususan, Hindistonga ko’chib ketib jon saqlaganlar. Ularning avlodlari hozirgi kunda Hindistonning Bombay va Gujarot viloyatlarida zardushtiylikni saqlab kelayotirlar. Ular forslar (ba’zi adabiyotlarda parslar) deb ataladi. Ular nafaqat zardushtiylikni, ayni paytda uning muqaddas kitobi «Avesto»ni ham saqlab kelmoqdalar. Biroq, «Avesto» to’la saqlanmagan. Uning 21 kitobidan diniy marosimlar uchun eng zarur deb hisoblangan, odatda, asosan, diniy jamoalarda yod olinadigan qismlarigina saqlangan, xolos.

Biz yuqorida Avestoning tiklangan kitoblari haqida qayd yetib o’tgan edik. Bu tiklangan (4 ta kitob) kitoblarning birinchisi «Vadovdot» (Devlarga qarshi qonun) deb ataladi. U 22 bob bo’lib, asosan Zardusht bilan Axuramazdaning savol-javoblari va muloqotlaridan iborat. Ikkinchi kitob «Yosin» deb ataladi va uning mazmunini asosan Zardushtning xatlari (nomalari) yoki gatlari tashkil etadi. U 72 «Ha», ya’ni bashoratdan iboratdir. Birinchi bashoratda tabiat va halolliklar hukmdori, hamma narsani biladigan va hamma narsaga qodir Axuramazdaning vahiylari haqligiga iymon keltirishga doir duolar mavjuddir.

«Avesto»ning uchinchi kitobi «Visporat» deb nomlangan. U 24 bobdan iborat bulib, olamni bilishga doir pand-nasihatlardan iboratdir. Uni ibodat nomozlari yig’indisi ham deyishadi. U ayni paytda «Yosin»ga qo’shimcha hisoblanadi.

To’rtinchi kitob «Bundaxash» deb atalib, u qadimiy eron tilida — pahlaviy tilida yozilgan. U xudoni zolim kuchlarga qarshi kurashda ulug’lovchi o’ziga xos qadimiy qo’shiqlardan iborat, qo’shiqlari 22 tadir.

«Avesto» haqida eng muhim manba IX asrga oid «Denkard (Din amallari) asaridir, Unda «Avesto»ning 21 kitobi to’la ta’riflab berilgan. Bu ta’ riflar: savobli ishlar yo’riqnomasi; diniy marosimlar va rasm-rusumlar qoidasi; zardushtiylik ta’-limoti asoslari; dunyoning Axuramazda tomonidan yaratilishi; oxirat kuni va undagi hisob-kitob; falakiyot; ijtimoiy-huquqiy qonun-qoidalar; Zardushtning tug’ilishi va bolaligi; haq yo’lini tutishi; jamiyat a’zolarining haq-huquqlari; devlar, jinlar kabi yovuz kuchlarga qarshi o’qiladigan duolar, amallar va boshqalardan iboratdir.

Zardushtiylik dini haqida ingliz olimi Dj. Buger, fransuz olimi A.Dyupperon juda qimmatli ma’lumotlar qoldirgan. Masalan, A.Dyupperon 1755 yilda Hindistonga ilmiy safar qilib, u yerdagi zardushtiylar orasida 3 yil yashagan, ularning ibodatlari, urf-odatlarini yaxshi o’rgangan va «Avesto»ni fransuz tiliga tarjima qilgan. 3 jildlik tarjima 1771 yilda nashr yetilgan. Ayni paytda shuni ham ta’kidlash joizki, olimlarimizning fikricha, «Avesto» G’arbiy Evropa, Eron va Hindiston tillari orqali bizga yetib kelgani uchun undagi nomlar, terminlar aksariyat hollarda asliga to’g’ri kelmaydi. «Avesto»dagi turkona jihatlar kam qolgan. 


Mavzu: O'rxun-enasoy yozuvi yodgorliklari

Reja:


1.O’rxun- Enasoy yodgorliklarining topilishi haqida 

2.To’nyuquq bitigtoshi to’g’risida 

Mazkur obidalarning topilishi O'rxun hamda Enasoy daryolarining havzalari bilan bog'liq. Garchi bunday qadimiy obidalar keyinchalik Sibir va Mo'g'ulistonning boshqa joylaridan, Sharqiy Turkiston, O'rta Osiyo, Kavkaz, Volga- bo'vi, hatto Sharqiy Yevropadan ham topilgan bo'lsa-da, tarixda bu nom muqim o'rnashib qoldi. O’rxun-Enasoy yodgorliklarining topilishi va o'rganilishi XVIII asrdan boshlanadi. Rus xizmatchisi Remezov bu haqida dastlabki xabarni beradi. Shved zobiti Iogann Strallenberg, olim Messershmit yodgorliklarni Yevropa ilm ahliga ilk marta taqdim qilgan edilar. Dastlab, O'rxun, Selenga va To'li daryolari atrofidan — Shimoliy Mo'g'ulistondan toshga bitilgan obidalar topildi. Ular O’rxun yodgorliklari nomini oldi. Enasoy daryosi qirg'oqlarida topilgan yodgorliklar ham shu nom bilan ataladi. Yodgorliklar topilganidan keyin ularni o'qish, o'rganish muammosi ko’ndalang bo'ldi. Ammo bu ish deyarli bir yarim asr mobaynida hech kimning qo'lidan kelmadi. Nihoyat, 1893- yildagina ularni o'qish uchun dastlabki qadam qo'yildi. Shu yili daniyalik olim Vilgelm Tomson va rus olimi V. Radlovlar yodgorliklardagi barcha harflarni o'qidilar. Shundan so'ng ularni jiddiy o'rganish boshlandi. O'rxun-Enasoy obidalari «tosh bitiklari» deb ham yuritiladi.. Buning sababi ko'pgina yodgorliklarning qabr toshlariga o'yib yozilganidadir.

Qadimgi turkiy obidalarning asl manbalari topilgan joylar: O'rxun va Enasoy daryolari atroflari, Turfon (Sharqiy Turkiston), Osiyo va Yevropaning ko'pgina joylaridir. Shunga ko'ra ularning Mo'g'uliston, Germaniya (Berlin, Marburg, Mayns), Rossiya (Sankt-Peterburg, Qizil, Minusinsk), Xitoy (Turfon, Urumchi, Miran Suchjoy, Pekin), Buyuk Britaniya (London), Fransiya (Parij), Shvetsiya (Stokgolm), O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'izistonda saqlanishi kuzatiladi. Ma'lumki, turkiy xalqlar o'z davlatiga ega bo'lgan eng qadimgi dunyo qavmlaridan biridir. O'rxun-Enasoy obidalari ana shu tarixni badiiy tarzda hikoya qiladi. Ular O'rta Osiyodan boshlab Dunaygacha bo'lgan ulkan hududda o'z davlatlarini idora qilishgan. Yodgorliklar, asosan, VI—VIII asr voqealarini aks ettiradi. V—VI asr o'rtalarida dunyo xaritasida Turk xoqonligi degan mamlakat yuzaga kelgan.  Bu mamlakat O'rta Osiyo, Yettisuv, Sharqiy Turkiston, Oltoy o'lkalaridagi turli qabila va xalqlarni birlashtirgan edi. Bu yerlar geografik jihatdan nihoyatda qulay, buning ustiga Yevropa va Sharqiy Osiyoni bog'lab turuvchi «Buyuk ipak yo'li»ning ustida edi. Shuning uchun ham turkiylar yashaydigan manzillarga qiziqish katta bo'lgan. Turli qabila va elatlarning doimiy hukmronlikka intilishi odatdagi hol edi. Bundan dushmanlar ham foydalanishga harakat qiladilar. Tashqi dushmanga qarshi hamkorlikda kurashish qabila va elatlarning birlashishiga olib keldi va 545- yilda Turk xoqonligi yuzaga keldi. Bu xoqonlik VI11 asrgacha hukmronlik qildi. Tosh bitiklarning katta qismi ana shu xoqonlikning o'ziga xos badiiy solnomasidir. Ularning hajmi anchayin ulkan. Jumladan, «To'nyuquq» bitiktoshi 2 ta ustunga yozilgan. Ularning biri 170, ikkinchisi 160 sm dan iborat. Bu yodgorlikni Yelizaveta Klemens 1897- yili Shimoliy Mo'g'ulistonda eri Dmitriy Klemens bilan birgalikda izlab topgan. Bitiktosh Ulan-Batordan 66 km janubi-sharqdagi Bain Sokto manzilida bo'lgan va hozir ham shu yerda saqlanadi. «Kultegin» bitiktoshi marmardan, ishlangan, balandligi 3 m 15 sm, qalinligi 41 sm, tub qismi 1 m 24 sm bo'lib, yuqoriga tomon torayib borgan. Yodgorlikni rus ziyolisi N. M. Yadrinsev (1842-1894) 1889- yili Mo'g'ulistonning Kosho Saydam vodiysidagi Ko'kshin-O'rxun daryosi qirg'og'idan topgan. U Ulan-Batordan 400 km janubda, Qora Balg'asun shahri xarobalaridan 40 km shimolda joylashgan. Yozuvlar o'ngdan chapga va yuqoridan pastga qarab bitilgan.

«Bilga xoqon» bitigini ham N. M. Yadrinsev topgan. U Kultegin bitiktoshidan 1 km janubi-g'arbga o'rnatilgan. Uning bo'yi 3 m 45 sm, eni 1 m 72 sm, qalinligi 72 sm, bitiktosh ag'darilib, uchga bo'lingan va ayrim satrlari nurab, yozuvlari ham zarar ko'rgan. U 80 satrdan iborat. «Bilga xoqon» bitiktoshida «Kultegin» bitiktoshidagi 41 satr takrorlangan. Yodgorliklarni butun dunyo turkiyshunoslari ilmiy jihatdan o'rganmoqda. V. Tomson va V. Radlovlardan keyin S. H. Malov, S. G. Klyashtorniy, I. V. Stebleva, H. O'rxun, I I Tekin, Najib Osim, G. Aydarov, o'zbek olimlaridan A.Rustamov, G'.Abdurahmonov, N. Rahmonovlar o'rganishgan. Yodgorliklar hozirgi o'zbek tiliga bir necha marotaba o'girilgan. A. P. Qayumov «Qadimiyat obidalari» kitobida, G’.Abdurahmonov va A. Rustamovlar «Qadimgi turkiy til» kitoblarida o'sha yodgorliklardan namunalar keltirishgan.

Runiy yozuvdagi yodgorliklar faqat toshga bitilgan emas. Ularning qog'ozga, turli buyumlarga yozilgan namunalari ham bor. Masalan, «lrq bitigi» («Ta'birnoma») qog'ozda yozilgan. Uni vengr olimi A. Steyn Sharqiy Turkistondagi Dunxua manizilidan topgan (1907- yil). Run yozuvlari Talas vodiysidan ham topilgan. U hozirgi Avliyoota va Taroz shahri yaqinida bo'lgan qoyalardagi yozuvlardir. Shuningdek, kumush ko'zachalarga yozilgan runiy yozuvlari Sibir o'lkasidan ham topilgan. ErmiTaj (Sankt-Peterburg)da saqlanayotgan 2 ta ko'zacha shu haqda ma'lumot beradi. Minusinsk muzeyida esa teriga yozilgan runiy bitiklar mavjud, Oyna, qayish to'qasi, qog'ozga yozilgan boshqa runiy yozuvlar ham ko'p. Turfon (Sharqiy Turkiston)dan Le Kok tomonidan topilgan runiy yozuvlar orasida cski fors tilidagi bitiklar ham mavjud. Vena (Avstriya) muzcyida saqlanayotgan oltin idish- tovoqlarda ham runiy yozuvidagi yodgorliklar bo'lib, ular bajanaq(pecheneg) tilida yozilgan. Yog’ochga yozilgan run bitiklari namunalari Ermitajda saqlanadi, Yodgorliklar qaysi mavzularda bahs yuritadi? Bu mavzularning badiiy tahlili qay tarzda kechadi? Ularning ahamiyati nimada?



So'zni «To'nyuquq» bitiktoshidan boshlaylik. To'nyuquq — shaxs nomi. U ikkinchi turk xoqonligiga asos solgan Eltarish xoqonining maslahatchisi va sarkardasi bo'lgan. To'nyuquq: «Turk Bilga xoqon davlatida bu bitikni yozdirdim»- deydi. Bilga xoqon Eltarish xoqonning o'g'li edi. Bitiktoshdagi voqealar To'nyuquq tilidan hikoya qilinadi: «Men — Dono To'nyuquq erurman. Tabg'ach davlatida tarbiyalandim. Turk xalqi tabg'ach davlatiga bo'ysunar edi...» So'ng turkiylarning o'z erkini qo'ldan berib qo'yishlarining sababi aytiladi: «Turk xalqi boshboshdoqlikka, o'zibo'larchilikka, beparvolikka yo'l qo'ydi... o'zining xoni bilan birga bo'lmadi». Mustamlaka azobi, o'zga xalqlar yetkazgan zulm yodgorlikda qisqa va lo'nda, ammo nihoyatda ta'sirchan tarzda ifodalanadi: «...Tabg'achga taslim bo'lganligi uchun tangri, o'l degan shekilli, turk xalqi o'ldi, yo'q bo'ldi, tugadi. Turk Sir xalqi yerida birorta ham urug' qolmadi». Ana shunday musibat xalqning birlashmog'ini, yakdillik bilan harakat qilmog'ini taqozo etar edi. Yodgorlikda To'nyuquq xalq yetakchisi, dono maslahatchisi, kuchli va botir sarkarda sifatida namoyon bo'ladi. U yetti yuz kishini birlashtirib, «shad» degan unvon oladi. Bu turk xoqonligidagi eng oliy darajadagi unvonlardan biri edi. To'nyuquq Bo'gu Tarxon hamda Eltarish xoqonlar bilan birga mamlakat mustaqilligi, el-yurt farovonligi, yurt „ osoyishtaligi, chegaralar daxlsizligi uchun tinimsiz kurash olib bordi. U bu kurashlarning oldingi safida edi. Ammo dushmanlar ham tinch o'tirmadi. Ular kuchlarni birlashtirish payiga tushishdi. Tasvir davomida vaziyatning keskinlashib borishi, buning natijasida To'nyuquq shaxsiyatidagi kuchli nuqtalarning tobora kengroq ochilishini kuzatish mumkin. Xususan, buyuk sarkardalarga xos bo'lgan tavakkalchilik, dovyuraklik, jasorat, jur'at, ba'zan nihoyatda keskinlik, cho'rtkesarlik, ayni vaqtda bosiqlik, vazminlik xislatlari bu tasvirlarda aniq ko'rinib turadi. U katta tajriba egasi sifatida namoyon bo'ladi. («Xoqonim muvaffaqiyat qozongani uchun, men o'zim muvaffaqiyat qozonganim uchun davlat ham davlat bo'ldi, xalq ham xalq bo'ldi, o'zim chol bo'ldim, ulg'aydim».) To'nyuquq bahodir va jasoratli shaxsgina emas, ayni paytda o'z atrofidagilarning mustahkam jipsligini ta'minlaydigan, yagona maqsad yo'lida xalqni birlashtirishning uddasidan chiqadigan boshliq sifatida ham namoyon bo'ladi. U odamlarning ko'nglidan kechayotgan o'ylarni nozik darajada his etadi. Shu bilan birga, ularning qalblariga ta'sir etish yo'llarini ham yaxshi biladi. Shunga ko'ra, u Vatan va yurt taqdirini, xalqining kelajagini o'z qardoshlariga buyuk xavotir bilan yetkazganida oz sonli qo'shini harakatga keladi. Natijada ko'p sonli dushman tor-mor bo'ladi.To'nyuquq buyuk vatanparvar shaxs timsolidir. Uning o'z vatani, xoqoni, qo'shini, xalqi bilan faxrlanishi, ularning borligidan o'zini baxtiyor sezishi yodgorlik matniga puxta singdirilgan. Hatto dushmanning «xoqoni bahodir ekan, maslahatchisi donishmand ekan» degan bahosida ham shu ruh mavjud. To'nyuquqning xotirjamligi esa «xalqning tomog'i to'q edi» jumlasi orqali ifodalangan. Dushmanning turkiylar ustiga hujum uyushtirish haqidagi yovuz niyatini eshitgan To'nyuquq «tun uxlagim kelmadi, kunduz o'tirgim kelmadi» deb nido qiladi. Bu o'rinda uning o'z taqdirini xalq bilan yaxlit holda tasavvur qilishini yaqqol ko’ramiz.

To'nyuquq ma'naviyatidagi eng asosiy nuqta shunday ifodalanadi: «Bu turk xalqiga qurolli dushimanni keltirmadim, yalovli otni yugurtirmadim». To'nyuquq obidasi vatan haqidagi madhiyadir. U voqeiy yoki badiiy asar bo'lishiga qaramay, unda hayot haqiqati, tarixiy haqiqat o'z aksini topgan. Turkiy qabila va elatlarning o'zaro talashib-tortishishlari ham, tashqi dushman bilan bo'lgan ayovsiz kurashlar ham aslida tarixiy haqiqatdir. Eltarish, Bo'g'u, Bilga xoqonlar ham tarixiy shaxslardir. Asardu tilga olingan ko'plab qabila, urug'lar tarixda mavjud bo'lgan, ularning bir qismi hozir ham alohida xalqlar va millatlar tarkibida yashab kelmoqda. Yodgorlikda murojaat, undov, chaqiriq yetakchilik qiladi. To'nyuquq tabiatida tushkunlik, ikkilanish mutlaqo ko'rinmaydi. Uning harakatlarida, so'zlarida o'ziga hamda butun xalqiga buyuk ishonch balqib turadi. Xuddi shu holat uning g'alabalariga asosiy omil bo'ladi. «To'nyuquq» bitiktoshi — kompozitsion jihatdan yetuk asar. Unda o'ziga xos boshlanma, voqealar rivoji, xotima mavjud. Shu kompozitsiyaning o'zida ham katta badiiylik bor. Bu maqsad to'laligicha amalga oshgan. Yodgorlikning til xususiyatlari e'tiborga loyiq. U VIII asrdagi adabiy til namunasidir. Asar tilidagi ko'plab so'zlar hozirgi o'zbek tilida aynan qo'llaniladi. Bir qism so'zlarda ozgina tovush o'zgarishlari yuzaga kelgan, yana bir toifa so'zlar esa bugungi iste'moldan chiqib ketgan. Yodgorlikda o'rni-o'rni bilan so'zlarning ko'chma ma'nolarda qo'llanishi seziladi. Shuningdek, majoz, matal, maqollardan foydalanish kuchli: «Tabg'ach, O'g'uz, Xitoy — bu uchovi qamal qilsa, qamalda qolajakmiz. Unda vujudining ich-u tashini — mol-u jonini topshirgan kishiday bo'lamiz. Yupqa yig'in tor-mor qilishga oson emish, ingichka yig'in uzishga oson emish. Yupqa qalin bo'lsa, tor-mor qiladigan bahodir emish, ingichka yo'g'on bo'lsa, uzadigan bahodir emish». Asarda oltinga «sariq», kumushga «oq», tuyaga «egri» singari epitetlar — sifatlar qo'llangan. Undagi asosiy tasvir vositasi alliteratsiyadir. Alliteratsiya — tovushlar uyg'unligi, asosan, bir xil tovushlarning takrorlanishi natijasida yuzaga keladigan ohangdorlikdir. Unda unli va undosh tovushlar takrorlanishi mumkin.O'ngra qitaynyig' O'lurtachi terman, Bani O'g'uzug' O'lurtachi— o'q terman.So'z takrori ham yodgorlikda ko'p uchraydi: Tabg'ach qag'an yag'imiz erti O'n o'q qag'ani yag'imiz erti. Asardagi o'ziga xos tasvir usullaridan yana biri voqea- hodisalarga muayyan yondashish bilan izohlanadi. Ko'pincha bir necha voqea-hodisalar yoki ular bilan bog'liq detallar ketma-ket sanaladi: «Turk budun o'lti, alqinti, yo'q boidi». Bu yerdagi ketma-ket sanoq voqea zamiridagi dahshatli musibatni, kuchli fojiani juda yorqin namoyon etadi. Yoki: «Tabg'ach, bardanayin teg. Qitayn, o'ngdalayin teg. Ban yirdantayin tegayin». (Tabg'ach, sen o'ngdan hujum qil! Xitoy, oldindan hujum qil! Men chapdan hujum qilay!) Bu o'g'uzlar orasidan kelgan kuzatuvchi nutqidan parcha. U o'g'uzlar fikrini ifodalamoqda. Bu yerdagi sanoq dushman tomonidan solinayotgan tahdid va xavf-xatar doirasining nechog'lik kattaligini tasavvur etishga imkon beradi. Bularning hammasi To'nyuquq bitiktoshining yuksak vatanparvarlik ruhi bilan sug'orilgan qadimiy nodir badiiy asar ekanligini yana bir marta tasdiqlab turadi.

O'rxun-Enasoy obidalarining asosiy qismi turkiy xoqonliklar tarixining badiiy solnomasidir. Ularning dastlabkilari yuqorida aytilganidek. qabrlarga qo'yilgan toshlardan iborat bo'lgan. Masalan, «Bilga xoqon» bitigi ham Yo'llug'tegin qalamiga mansub. Bitikda «Kultegin» va «To'nyuquq» obidalariga xos bo'lgan an'ana — qahramonlik va vatanparvarlik g'oyasini ulug'lash asosiy o'rin tutadi. Yodgorliklarda inson shaxsi va ayniqsa, uning erki bilan bog'liq masalalar teran badiiy tahlil qilingan.

Bitikdagi voqealar Bilga xoqonning yoshiga bog'liq holda davriy izchillikda ifodalangan. Qahramon o'n yetti, o'n sakkiz, yigirma ikki, yigirma olti, yigirma yetti, o'ttiz, o'ttiz bir, o'ttiz uch. o'ttiz to'rt, qirq yoshidagi voqealarni eslatadi. Aslida bu voqealar butun boshli bir xalq turkiylar tarixidagi nihoyatda jiddiy burilishlar haqida hikoya qiladi. Voqealar Bilga xoqonning o'n yetti yoshida tang'ut tarafga lashkar tortishi bilan boshlanadi. Mana g'alaba ifodasi: «Tang'ut xalqini yengdim, o'g'lini, bor narsasini, yilqisini, mol- mulkini oldim". Bu Bilga xoqonning dastlabki g'alabasi edi. Matn mavzusi harbiy sohaga aloqador. Shuning uchun asosiy fikr davlat, qo'shin, harbiy salohiyat ustida boradi. Yodgorlikda turli- tuman joy, qabila nomlari tilga olingan.Bular matnga haqqoniylik, rostgo'ylik ruhini singdirib turadi, so'zlovchining fikrlarini dalillaydi. Matnda olti chub sug'dak xalqi. tabg'ach, basmil, idiqut, chik xalqi. qirg'iz, qorluq, to’qqiz o'g'uz, turk tatabi — turgash kabi qabila va urug' nomlari; Bo'luchi, Beshbaliq, Tamg'uduk bosh, To'g'u baliq, Antarg'u, Chush, Azganti kadaz, Mag'i Qo'rg'on, Idarbosh, Ko'gman yish, So'nga yish, Oltin yish singari joy nomlari; Kam, Irtish, Tug'la (To'li) singari daryo nomlari uchraydi. Bular aslida tarixan mavjud nomlardir. Ana shu holat yodgorlikni tarixiy uslubda yaratilgan asarlar sirasiga kiritish mumkinligiga dalolat beradi. Asarda alohida badiiy tafsilotlarni qatorlashtirish, muallif nutqida sanoq ohangi yetakchilik qiladi. Masalan, qabila nomlari (basmil, idiqut),muqaddas tushunchalar (tangri, muqaddas yer-suv, otam xoqon ruhi), qarindoshlik atamalari (bolasini, bekasini), kishi tanasining a'zolari (sochini, qulog'ini, yonog'ini kesdi) va boshqalar. Bilga xoqon obidasida ham — parallelizmlar, qiyoslashlar asosiy o'rin tutadi. «Yigirma ikki yoshimda Tabg'ach tomon lashkar tortdim. Chacha sangunning sakkiz tumanlik qo'shini bilan urushdim. Qo'shinini o’ldirdim». (Qadim Yaponiyada ham So'g'un — samuray, bahodirlik unvoni — tahr.) «Yigirma olti yoshimda chik xalqi qirg'iz bilan dushman bo'ldi. Kam daryosini kechib o'tib, qirg'iz tomon lashkar tortdim. O'rnandajang qildim. Qo'shinini tor-mor qildim. Az xalqini taslim etdim». «Yigirma yetti yoshimda yana qirg'iz tomonga lashkar tortdim. Nayza botimi qorni yorib, Ko'gman (Sayan) yishga ko'tarilib, qirg'iz xalqini uyquda bosdim. Xoqoni bilan Sunga yishda jang qildim. Xoqonini o'ldirdim. Davlatini o'shanda oldim. O'sha yili Turgash tarafga, Oltin yishni oshib o'tib, Irtish daryosini kechib, yurish qildim. Turgash xalqini uyquda bosdim. Turgash xoqonining qo'shini o'tday, bo'ronday keldi. Bo'luchida jang qildik. Xoqonni, yabg'usini, shadini o'shanda o'ldirdim. Davlatini o'shanda oldim». Uchta parcha matnda ketma-ket kelgan. Ular yigirma ikki, yigirma olti hamda yigirma yetti yosh bilan bog'liq.

Ulardagi voqealar tizimini guruhlash mumkin:

a) qahramonning muayyan yoshi;

b) voqea sodir bo'lgan joy;

d) voqeaning mohiyati;

e) natija.

Dastlabki parchada bu 22 yosh bilan bog'liq, voqea sodir bo'lgan joy esa tabg'achlar tomoni. U yerda Chacha Sangun degan mashhur sarkarda bilan jang qilinishi voqea mohiyatini anglatadi. Natija esa qo'shin bilan urushib, uni o'ldirish bilan yakunlangan.Keyingi bosqich yigirma olti yosh bilan aloqador. Bu yerda voqea sodir bo’lgan joy Kam daryosidan keyingi Urpandir. Voqea mohiyatini jang tashkil qiladi. Natija ham o'xshash: qo'shin tor-mor qilingan, Az xalqi taslim bo'lgan. Oxirgi parcha ham xuddi shu xilda tuzilgan. Faqat tafsilot anchagina kengaytirilgan. Voqea mohiyati va natijaga ko'proq e'tibor berilgan. So'zlar takrori yodgorlikdagi asosiy tasvir vositalaridan biridir: Men o 'n to 'qqiz yil shad bo 'lib turdim, O'n to'qqiz yil xoqon bo'lib turdim, Davlatni tutib turdim. Shu misolimizda o'n yettita so'z ishtirok etgan bo'lsa, ulardan oltilasigina bir martadan qo'llangan, xolos. Ammo so'zlar takrori matnda g'alizlik tug'dirmagan, aksincha, muallif fikrining ta'kidlanishiga, alohida urg'u bilan ko'rinishiga yordam bergan, Bularning barchasi yodgorliklarning juda katta ma'rifiy hamda badiiy- estetik ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatib turibdi.

Mavzu: «O'Giznoma»da uch qavatli olam modeli.

Reja:


  1. «O'g'iznoma» mifologiyasi

  2. Uch olam modelining paydo bo'lishi

  3. «O'giznoma»da tush motivi

“O‘g‘uznoma”da mifologiya. “O‘g‘uznoma” dostonining asosini shomonlik mifologiyasi bilan bog‘liq motivlar, obrazlar tashkil qiladi. Zotan, mifologiya sinkretik xususiyatga ega bo‘lib, “ibtidoiy insonning ham ilmiy, ham diniy va ayni paytda, ham badiiy qarashlarni mujassamlashtiradi. Dostonda O‘g‘uzxonning tug‘ilishi shunday tasvirlanadi: “SHunday bo‘lsin dedilar. Uning qiyofasi shundaydir (SHu joyda buqa yoki yirtqichning surati berilgan). SHundan so‘ng sevindilar. Kunlardan bir kun Oy xoqonning ko‘zi yorib bolaladi, o‘g‘il tug‘di”. Mazkur parchadan ko‘rinib turibdiki, O‘g‘uzning tug‘ilishida va uni dunyoga keltirgan Oy xoqonda mifologik mazmun mujassamlashgan. Oy xoqon timsolida akkad va shumerlar tangrilarining onasi Ishtarni ko‘rish mumkin. Bu tangri timsolida onalik urug‘idan otalik urug‘iga o‘tish davri aks etganligini ta’kidlash lozim. Qadimgi turkiylar tasavvuriga ko‘ra, Quyosh – erkaklik ibtidosi, Oy – ayollik ibtidosidir. YOqut tilida “Oy (Ay)” so‘zi yaratmoq, borliqqa keltirmoqma’nolarini bildiradi. SHunga muvofiq, Oy hoqonni “yaratuvchi” sifatida talqin qilish mumkin.

Dostondagi diqqatga sazovor yana bir mifologik motiv O‘g‘uzning o‘rmonda bahaybat yirtqich bilan kurashuvidir. Bu kurash motivining ildizi Markaziy Osiyodagi qavmlar epik ijodidagi ezgu va yovuz ruhlar o‘rtasidagi kurashga borib taqaladi. Jumladan, “Avesto”dagi yovuzlik timsoli bo‘lgan Axriman bilan ezgulik timsoli Xurmuzdning kurashi bunga misol bo‘la oladi. Zardushtiylikdagi ayni shu aqida moniylikda ham bor. “O‘g‘uznoma”dagi O‘g‘uzning yirtqich bilan kurashi ertaklardagi kurash motivini yodga soladi. O‘g‘uz yirtqichni qo‘lga tushirish uchun birinchi kuni, bug‘uni, ikkinchi kuni ayiqni daraxtga bog‘lab ketadi. Uchinchi kuni esa O‘g‘uz o‘zi yolg‘iz daraxt tagiga borib o‘tiradi va yirtqichni engadi. Er yuziga yovuzlik urug‘ini sochgan yovuz timsol – ana shu yirtqich, O‘g‘uz esa ezgulik timsolidir.

O‘g‘uzning tug‘ilishidan yirtqichni o‘ldirgunga qadar bo‘lgan lavha mifologik syujet asosiga qurilgan bo‘lib, bu birinchi qatlamni hosil qiladi. “Avesto”dagi ezgu va yovuz ruhlar o‘rtasidagi kurash g‘oyasi va ezgulikning g‘alabasini ham, zardushtiylikning ta’sirini ham, ertaklar sxemasini ham ana shu birinchi qatlamda uchratish mumkin.

Ikkinchi qatlam epos xususiyatlariga xos syujetlardan tashkil topgan. O‘g‘uz xonning uylanishi bilan bog‘liq voqealar shundan dalolat beradi. “Kunlardan bir kun O‘g‘uz xoqon bir erda Tangriga yolvorayotgan edi. Qorong‘u tushganda, ko‘kdan bir ko‘k nur tushdi. Quyoshdan yorug‘, oydan yorqinroq edi. O‘g‘uz xoqon u tomonga yurdi. Ko‘rsaki, o‘sha yorug‘likning orasida bir qiz bor edi. Boshida otashga o‘xshash yorug‘ bir xoli bor edi. Xuddi oltin qoziq yulduziga o‘xshash edi. U qiz shunday chiroyli ediki, kulsa ko‘m-ko‘k osmon kulardi, yig‘lasa, ko‘m-ko‘k osmon yig‘lardi». Qadimgi turkiy kosmogonik mifologiyasiga binoan, tangri yaratuvchidir. Kosmogonik mifologiya ibtidoiy inson olamning qurilishi, koinotning yaralishi, odamning paydo bo‘lishi haqida tasavvurlari samarasidir. SHubhasiz, hozir bizga ma’lum bo‘lgan va oddiy hol bo‘lib ko‘ringan hodisalar ular uchun g‘ayritabiiy edi. Tangridan, ya’ni osmondan tushgan qizdan O‘g‘uz xon uch o‘g‘il ko‘rdi va ularning ismlarini ham kosmogoniyaga bog‘liq holda Kun, Oy, YUlduz deb qo‘ydi.

O‘g‘uz xonning ikkinchi ayolga uylanish lavhasi ham kosmogonik mifologiyani o‘zida ifodalaydi. SHu bilan birga, bu lavhada uch qavatli olam modeli o‘z ifodasini topgan. “Kunlardan bir kun O‘g‘uz xoqon ovga ketdi. Bir ko‘lning o‘rtasida, o‘z qarshisida bir daraxt ko‘rdi. Bu daraxtning ostida bir qiz bor edi, yolg‘iz o‘tirar edi. CHiroyli bir qiz edi. Uning ko‘zlari ko‘k edi, uning tishi inju edi. SHunday chiroyli ediki, oh-oh, o‘laman, deb sutni qimizga aylantirardi». O‘g‘uz xoqon bu qizga uylanib, undan ham uch farzand ko‘rdi va Ko‘k, Tog‘, Dengiz deya ism qo‘ydi.

Bu ismlarda uch qavatli olam modeli namoyon bo‘ladi. Ko‘k – yuqori olamni, Tog‘ – o‘rta olamni, Dengiz – quyi olamni ifodalaydi. “O‘g‘uznoma”dagi uch qavatli olamning ibtidosi daraxt kultidadir. Jahon mifologiyasida “olam daraxti” yoki uning bir varianti bo‘lgan “hayot daraxti” hosildorlik daraxti, markaz daraxti, samoviy daraxt, bilish daraxti, shomonlik daraxti va h. nomlar bilan yuritiladi. Ma’no hamda vazifa jihatdan ham turlichadir: olam o‘qi, olam ustuni, dunyo tog‘i, birinchi inson va b. Dunyo mifologiyasida daraxt kultining gorizontal va vertikal ma’noda o‘ziga xos ma’nolari bor41.

“O‘g‘uznoma”dagi daraxt kulti, xususan, O‘g‘uzxonning ikkinchi xotinining daraxt bilan bog‘langani shundan dalolat beradiki, bu kultda nikoh munosabatlarining umumiy modeliga aloqadorligini anglash mumkin. Kengroq ma’noda olib qaralsa, avlodlarning vorisiylik aloqalari, yoki umuman olganda urug‘larning nasabnomasini ifoda etadi. Daraxt kultidan kelib chiqqan qizdan tug‘ilgan farzandlar - Ko‘k, Tog‘, Dengiz ismlari va ular anglatgan uch qavatli olam modeli nasabnomaning davomiyligi bilan birga, hayot daraxtining gorizontal va vertikal tuzilishini anglatadi. O‘g‘uz xonning har ikkala xotinidan tug‘ilgan o‘g‘illar ismi shunday tuzilish borligini ko‘rsatadi. Aslida daraxt kultida uch qavatli olamning asosiy hududlari – yuqori (samoviy shohlik yoki Ko‘k), o‘rta (er yoki Tog‘), quyi (er osti shohligi yoki Dengiz) aks etgan deb, qarash maqsadga muvofiqdir. Qadimgi turkiy kosmogonik mifologiyasining mazkur ko‘rinishi qadimgi turkiylarda fazoviy olamni xaos, ya’ni bo‘shliq olamidan ajratadi. Bundan tashqari, “O‘g‘uznoma”dagi kosmogonik mifologiya sxemasi kosmik olamni tartibga keltiruvchi “mifopoetik” sonlardan iborat. Biz uch sonini nazarda tutamiz: O‘g‘uzning uch kun davomida yirtqichni poylagani voqeasi, O‘g‘uz xon o‘g‘illarining ismida aks etgan vertikal yo‘nalishdagi uch qavatli olam, O‘g‘uz xon tushida uch kumush o‘qni ko‘rgani, o‘g‘illari topib olgan oltin yoyni uchga bo‘lib o‘g‘illariga bergani, Ko‘k, Tog‘, Dengiz yo‘lda uchta kumush o‘q topib olganlari va O‘g‘uz xon o‘qlarni uchala o‘g‘illariga bo‘lib bergani.

Mifopoetik davr uchun olam daraxti yana shunisi bilan diqqatga sazovorki, u koinot (makrokosm) va inson (mikrokosm) o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida yuzaga chiqqan bo‘lib, ularning kesishuv joyi hisoblanadi42. “O‘g‘unoma”da daraxt kultining qizni O‘g‘uz xon eliga keltirish lavhasi ayni shu davrni o‘zida ifoda etadi.

O‘g‘uznoma”da tush motivi. “O‘g‘uznoma”da tush motivi ham doston tuzilishida alohida ahamiyatga ega. Qadimgi turkiylar tushni azaldan kundalik turmush bilan bog‘laganlar. Tush - g‘ayribatiiy hodisa, Fol kitoblari buning dalilidir. “O‘g‘uznoma”da tush lavhasi quyidagicha ifodalanadi: “Ammo yoddan ko‘tarilmasinki, ma’lum bo‘lsinki, O‘g‘uz xoqonning yonida oq soqollig‘, och sochlik, uzun bo‘yli, epchil bir keksa kishi bor edi, uquvli, dono bir odam edi, afsungar edi. Uning oti Ulug‘ Turk edi. Kunlardan bir kun Ulug‘ Turk uyqusida bir oltin yoy ko‘rdi, yana uch kumush o‘q ko‘rdi. Bu oltin yoy kun chiqishdan kun botishgacha tortilgan edi, yana bu uch kumush o‘q qorong‘ulik tomonga ketar edi. Uyqudan so‘ng Ulug‘ Turk tushida ko‘rganini O‘g‘uz xoqonga bildirdi”. Ulug‘ Turk – shomon, tushni ta’birlash aynan shomonlarga xos. Ulug‘ Turk tushining ta’birini O‘g‘uz xoqonga shunday bayon qiladi: “Ey xoqonim, senga uzoq umr ato qilsin. Ey xoqonim, senga davlating buyursin, abadiy ko‘k tangri berdi menga tushimda ayon, ezgulik keltirsin, qo‘lgan kiritilgan erlarni urug‘iga bo‘lib bersin, dedi. O‘g‘uz xoqon Ulug‘ Turkning so‘zini ma’qul ko‘rdi”.

Tush va uning ta’biri insoniyatning kundalik hayotni va kelajakni bilish haqidagi qarashlari ifodasidir. Ulug‘ Turkning tushi “O‘g‘uznoma” dostoni voqealarining echimini hosil qiladi. O‘g‘uz xon Ulug‘ Turkning tushi ta’biriga amal qilgan holda, mamlakatni o‘g‘illariga bo‘lib berdi. Mamlakatni qonun-qoidalar va marosimlarga rioya qilgan holda bo‘lib berdi. Zotan, “O‘g‘uznoma”da mamlakatni o‘g‘illarga bo‘lib berish voqeasi, qadimgi davr an’analariga ko‘ra, ma’lum bir udumlarga, urf–odatlar va inonch–e’tiqodlarga tayangan holda amalga oshirildi. CHunki shomon Ulug‘ Turkning tushi aynan inonch–e’tiqodlarga ishora qiladi.

“O‘g‘uznoma”ning nihoyasida O‘g‘uz xoqon udumlar va an’analarga rioya qilgan holda mamlakatni o‘g‘illariga bo‘lib beradi. YAna aytdiki, ey mening o‘g‘illarim, ko‘nglim ov qilmoqni istaydi, keksayganim uchun shuhratim yo‘qdir. Kun, Oy, YUlduz, tong sariga sizlar boringlar. Ko‘k, Tog‘, Dengiz, tun sariga sizlar boringlar, dedi. SHundan keyin uchovi tong sariga ketdilar, yana uchovi tun sariga ketdilar. Kun, Oy, YUlduz ko‘p kiyiklar, ko‘p qushlar ovlaganlaridan keyin, yo‘lda bir oltin yoyni topdilar, oldilar, otasiga berdilar. O‘g‘uz xoqon sevindi, kuldi, yana uni uchga bo‘ldi. YAna aytdiki, ey inilar, yoy bo‘lsin sizlarniki, yoydan o‘qlarni ko‘kka otinglar, dedi. SHundan keyin Ko‘k, Tog‘, Dengiz ko‘p kiyiklar ovlaganlaridan keyin, yo‘lda uch kumush o‘q topdilar. O‘qlarni olib, otasiga keltirib berdilar. O‘g‘uz xoqon sevindi, kulib yana o‘qlarni uchoviga bo‘lib berdi. YAna aytdiki, ey inilar, o‘qlar bo‘lsin sizlarniki. YOy o‘qni otdi. O‘qlarday sizlar bo‘ling, dedi...” Oltin yoy – O‘g‘uz xoqon qo‘lga kiritgan davlatlar, uch kumush o‘q esa uning kichik xotinidan tug‘ilgan uch o‘g‘li Ko‘k, Tog‘, Dengiz. Birinchi xotinidan tug‘ilgan o‘g‘illariga - Kun, Oy, YUlduzga yoyni - er yuzini bo‘lib berdi, kichik xotinidan tug‘ilgan uch o‘g‘liga - Ko‘k, Tog‘, Dengizga ishora qilingan tun esa boshqacha ma’noni ifoda etadi. Uchta o‘q, umuman, o‘q turkiy mifologiyada buyruqlarni etkazish uchun foydalanilgan43. Bundan kelib chiqadiki, O‘g‘uz xoqon o‘z o‘g‘illari Ko‘k, Tog‘, Dengizga kumush o‘qlarni bo‘lib bergan ekan, ularni buyruqchi yoki elchi lavozimiga tayinlagan.

Dunyo mifologiyasida yoy va o‘q timsoli keng tarqalgan. Ayniqsa, shomonlik mifologiyasida va shomonlik udumlarida yoy va o‘qning muhim roli bor. Masalan,, Sibir shomonlari doirasi hali paydo bo‘lmasdan oldin, marosimlarning asosiy quroli yoy bo‘lgan edi. SHomonlar doira chalib o‘tkazadigan marosimlar yoy va o‘q vositasida o‘tkazilgan. SHor, oltoy tillarida shomon “o‘qchi”, “yoyandoz” ma’nolarini bildiradi. SHuningdek, yoy shomon kosmologik sxema (vertikal olam modeli) bilan ham bog‘liq.44

Mazkur tush motivi dostondagi o‘ziga xos mifologik mazmunni yanada boyitgan. Ulug‘ Turuk – O‘g‘uz xon qavmining shomoni bo‘lib, ularning alohida vazifasi bor edi. SHomonlar xalqning yoki hukmdorlarning keyingi taqdiridan bashorat qilganlar, ularning maslahatisiz katta ishlarga kirishilmagan.


Mavzu: Abu Rayxon Beruniy va «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asari

  1. Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodi.

  2. “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asari

O‘rta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy 973 yil 9 -sentyabrda Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrida tug‘ildi. Ayrim manbalarda Beruniyni Kot shahrining tashqarisida tug‘ilgan, shu sababli uni “Beruniy”, ya’ni “tashqarilik” degan taxallus bilan atashgan deyishadi

Yoshligidanoq ilm-fanga qiziqishi orta bordi. Beruniy keyinchalik mashhur olim Abu Nasr Mansur ibn Iroq qo‘lida ta’lim oldi. Ibn Iroq astronomiya, geometriya, matematikaga oid bir qancha asarlar yozib, shulardan 12 tasini Beruniyga bag‘ishlaydi. Beruniy ona tilidan tashqari yana bir qancha tillarni: arab, so‘g‘diy, fors, suryoniy, yunon va qadimgi yahudiy tillarini, keyinchalik Hindistonda sanskrit tilini o‘rganadi.

O‘z ilmiy asarlaridan birida yozishicha, u Xorazmda yashagan davrida, 990- yillardan boshlab Kot shahrida muhim astronomik kuzatishlar o‘tkazgan. Bu kuzatishlar uchun o‘zi astronomik asboblar ixtiro etgan. 22 yoshidan Kaspiy dengizining janubi-sharqiy sohilidagi Jurjon shahrida yashadi. So‘ng qadimgi Ray shahriga bordi, 998 yildan keyin yana Jurjonga keldi va bu yerda o‘zining ikkinchi ustozi tabib, astronom, faylasuf Abu Sahl Iso Masihiy bilan tanishib, undan ta’lim oldi. Beruniy “Osorul-boqiya anil-qurunil-xoliya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) asarini Jurjonda yoza boshlagan va 1000 yilda tamomlagan. “Osorul-boqiya” Beruniyga juda katta shuhrat keltirdi, uni fanning hamma sohasiga qiziquvchi buyuk olim ekanini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, Beruniy Jurjonda astronomiya, metrologiya tarixiga oid 10 dan ortiq asar yozdi. Beruniy Xorazmning yangi hukmdori Abu Abbos Ma’mun II ibn Ma’mun tomonidan mamlakatning yangi poytaxti Urganchga chaqirtirildi. Xorazmshoh tomonidan juda katta izzat-ikrom bilan qabul qilingan. Beruniy Urganchda Ma’munning bevosita rahnamoligida vujudga kelgan ilmiy markazda faoliyat ko‘rsatadi. Beruniy shoh Ma’mun II ning eng yaqin maslahatchisi sifatida mamlakatning siyosiy ishlarida ham faol qatnashadi.

Beruniy 1017–1048 yillarda G‘aznada hayot kechiradi va bu davr uning ilmiy faoliyati uchun eng mahsuldor davr bo‘ldi. Beruniyning “Xorazmning mashhur kishilari” asari ham shu davrda yaratilgan. Uning muhim astronomik-geografik asari “Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarini aniqlash” – “Geodeziya” 1025 yilda yozib tugatilgan. Beruniyning “Munajjimlik san’atidan boshlang‘ich tushunchalar” asari ham 1029 yil G‘aznada yozilgan. Asarning forscha, arabcha nusxalari bizgacha yetib kelgan. Unda o‘sha zamon astronomiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha fanlar haqida muhim ma’lumotlar berilgan.

Beruniyning “Hindiston” nomli mashhur yirik asari “Hindlarning aqlga sig‘adigan va sig‘maydigan ta’limotlarini aniqlash kitobi” nomi bilan 1030 yilda yozilgan bo‘lib, bu shoh asar G‘arb va Sharq olimlari, shu jumladan, hozirgi zamon xind olimlari tomonidan yuksak baholangan.

Mahmud G‘aznaviyning Hindistonga qilgan yurishlaridan birida shohga hamroh bo‘lgan Beruniy, u yerda sanskrit tilini puxta o‘rganishi, hind madaniyati, adabiyoti va Hindistonning o‘sha davr olimlari bilan yaqindan tanishishga hamda bu mamlakat haqida o‘lmas asar yaratishga imkon berdi. “Hindiston” asari yozib tugatilgan yili Mahmud G‘aznaviy vafot etdi va uning o‘rniga taxtga o‘g‘li Mas’ud o‘tirdi. Bu davrda Beruniyning ahvoli ancha yaxshilandi. Astronomiyaga oid “Mas’ud qonuni” asarini sulton Mas’udga bag‘ishladi.

Beruniy o‘z asarlari ro‘yxatini tuzgandan keyin yana ikkita muhim kitobini yozgan. Bulardan biri “Mineralogiya”dir. Bu risola o‘z zamonasi uchun Markaziy Osiyo va YAqin Sharq, hatto Yevropada ham mineralogiya sohasida eng yaxshi, tengi yo‘q asar hisoblanadi. Beruniyning oxirgi asari – “Dorivor o‘simliklar haqida kitob”ining qo‘lyozmasi XX asrning 30–yillarida Turkiyada topildi. Asar “Saydana” nomi bilan mashhur, unda Beruniy Sharq, ayniqsa, Markaziy Osiyoda o‘sadigan dorivor o‘simliklarning to‘la tavsifini beradi.

Beruniy shogirdi Abul Fazl Saraxsiy ma’lumoti bo‘yicha 1048 yil 11 dekabrda vafot etgan. Beruniy so‘nggi avlodlarga katta ilmiy meros qoldirdi. Beruniyning o‘z davri ilm-fanining turli sohalariga oid 160 dan ortiq tarjimalari, turli hajmdagi asarlari, yozishmalari qolganligi ma’lum. YUqorida ko‘rsatib o‘tilgan katta hajmdagi asarlaridan tashqari astronomiya, astrologiya, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, geografiya, arifmetika, tibbiyot, farmakologiya, tarix, filologiya masalalariga oid qator risolalar yaratdi va sanskrit tilidan arabchaga, arab tilidan sanskrit tiliga tarjimalar qildi, badiiy ijod bilan ham shug‘ullanib she’rlar yozdi. “Astrologiyaga kirish”, “Astronomiya kaliti”, “Jonni davolovchi quyosh kitobi”, “Ikki xil harakatning zarurligi haqida”, “Ko‘paytirish asoslari”, “Ptolemey “Almagesti”ning sanskritchaga tarjimasi”, “Foydali savollar va to‘g‘ri javoblar”, “Farg‘oniy “Elementlar”iga tuzatishlar”, “Turklar tomonidan ehtiyotkorlik”, “Oq kiyimlilar” va karmatlar haqida ma’lumotlar”, “Al-Muqanna haqidagi ma’lumotlar tarjimasi”, “Ibn Sino bilan yozishmalar” shular jumlasidandir. Beruniyning asarlari musulmon Sharqi madaniyatining so‘nggi rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. So‘nggi asrlarda arab va fors tillarida yozilgan Bayhaqiy, Shaxrizo‘riy, Qiftiy, YOqut Hamaviy asarlarida Beruniy haqida muhim ma’lumotlar keltiriladi. XIII asrda yashagan suriyalik tarixchi va tabib Xristian Ioanni Bar Ebrey (1226–1286) Beruniyga shunday baho beradi: “O‘sha o‘tgan yillarda yunon va hind falsafasi dengizini kechib o‘tgan Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy o‘tmish ilmlarda shuhrat qozondi. U matematika ilmlarida mutaxassis bo‘lib, bu sohada qator muhim kitoblar yaratdi. Hindistonga borib, u yerda bir necha yil yashadi, hind faylasuflaridan ularning san’atini o‘rgandi va ularga yunon falsafasini o‘rgatdi. Uning asarlari nihoyatda ko‘p, yetuk va nihoyatda ishonchlidir. Bir so‘z bilan aytganda, o‘z davrida, undan so‘ng va hozirga qadar hamkasblari orasida astronomiya ilmida bunday bilimdon va bu ilmning asosini hamda nozik tomonlarini chuqur biladigan olim bo‘lmagan”. Beruniy haqidagi oliy baho va tavsiflar Tabriziy, Suyutiy, Qazviniy, Tusiy, Muhammad ibn Mansur Allomiy, Xurosoniy kabilarning asarlarida keltiriladi.

Abu Rayhon Beruniyning birinchi yirik asari “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” hisoblanadi. Asarning arabcha nomi “Al osor al-boqiya an al-qurun al-xoliya” bo‘lib, Yevropada “Xronologiya”, o‘zbek sharqshunosligida “Osor al-boqiya” nomi bilan mashhurdir. Beruniy bu kitobni Jurjonda muhojirlik davrida yoza boshlagan va 1000 yilda yozib tamomlagan. Bu vaqtda olim endigina 27 yoshga kirgan edi. “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida Beruniy fanning hamma sohalariga qiziquvchi buyuk olim ekanligini yana bir bor ko‘rsatdi va unga bu asari juda katta shuhrat keltirdi. Hatto bugungi kunga kelib ham, ushbu kitob O‘rta Osiy xalqlari, ularning madaniyati va tarixini o‘rganishda juda muhim ahamiyatga egadir. Beruniy turli xalqlarning etnogenezi va etnik tarixiga oid ham diqqatga sazovor fikr-mulohazalar bildirgan. Shuningdek, asarda qadim xalqlarning taqvim tizimi hamda alohida kunlari haqida ham juda qiziqarli ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Muallif asarida o‘ziga ma’lum bo‘lgan xalqlarning yil taqvimlari,rasm-rusumlari, hayitlari va mashhur kunlarini mufassal tasvirlab beradi. Jumladan, rimliklarda achchiq va sho‘r narsalarni faqatgina belgilangan ma’lum kunlarda tanovvul qilinishi, qon olishishlari sovuq kunlarda amalga oshirilmasligi, Dumat at-Jantal shahridagi bir bozorda savdo ishlari toshlar orqali amalga oshirilishi, al-Mashakkar shahridagi bozorda esa faqatgina quloqqa gapirib savdo qilinish mumkinligi to‘g‘risidagi ko‘plab qiziq ma’lumotlarni bayon qilgan. Bayram va marosimlar to‘g‘risida yozar ekan, Xorazmliklarning hayitlari ikki hil bo‘lganligini, ya’ni birinchisi, tabiat voqea xodisalari bilan bog‘liqlari: yil boshi bayrami, gulxanda isinish bayrami, yog‘liq non yeyish kuni, Mina kechasi[3]kabilar, ikkinchisi esa Islom dini kirib kelgunga qadar o‘tkazilgan diniy marosimlar: arvohlar uchun qabrlarga ovqat qo‘yish marosimi va shu kabilar to‘g‘risida ma’lumotlar bergan. Beruniyning shaxsan o‘zi ham hayitlarni ikki guruhga bo‘lish lozimligini yozib o‘tgan: bular diniy va dunyoviy hayitlar. Olim dunyoviy hayitlarni mukarram hayitlar deb ataydi. Manbalarga ko‘ra ushbu hayit kunlari podshoh va raislar o‘zlari uchun marosimlar o‘tkazganlar hamda ular orqali nafslarini sevintirishga, ruhlarini shodlantirishga erishganlar, maqtov va madhga sazovor bo‘lganlar, o‘z xalqlarining muhabbatini jalb qilganlar, duolar olganlar. Bu kunlarni nishonlash oddiy xalq uchun ham bir marosimga aylangan. Ana shu hayitlar faqir va kambag‘allar fikricha hayotlarining torligini kenglikka aylantiruvchi, umid va orzularini yuzaga chiqaruvchi, halokatga yaqinlashganlarida ularni xatar va balodan qutqaruvchi sabablarning biri bo‘lgan.

Diniy hayitlarga kelganda, ularni davlatning shariat arboblari, imomlari, faqihlari va dindorlari keltirib chiqarganlar, deydi Beruniy. Bunday bayramlarni ijro etishdan maqsad yuqorida sanab o‘tilgan sabablarga o‘xshash, lekin bu asosan oxirat kuni uchun o‘tkazilgan.

Bayramlarning eng ulug‘i Navro‘z hisoblanib, u deyarli hamma xalqlarda nishonlangan. Olimning yozishicha ushbu bayramning nishonlanish sabablari turli xalqlarda turli xil afsonalar bilan bog‘langan. Qadimgi Eron afsonalariga ko‘ra quyosh bilan farishtalar shu kuni yaratilgani va ushbu kun hayotning birinchi kuni hisoblangani uchun podshohlar ham bu kunni ulug‘laganlar. Eron afsungarlari esa “Navro'z kuni tong otganda birov gap gapirishdan oldin uch qoshiq asal yalab, uch bo‘lak mum tutatsa, bu ko‘p kasalliklarga shifo bo‘ladi” deb hisoblashgan.

Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asari qadimgi tarix kalendar sistemasini o‘rganishda ham muhim va birinchi darajali manba hisoblanadi. Ammo bu asar olim uchun yot bo‘lgan sof arab tilida yozilganligi, hamda arab imlosi bo‘yicha qisqa unli tovushlari ko‘pgina hollarda belgilanmaganligi uchun ham mavjud tekstlarda bu oylarning nomlari juda buzib berilgan. Asaring 1968 yilgi o‘zbek tilida chop etilgan nusxasida yozilishicha, mavjud materiallar bo‘yicha ularni to‘g‘ri talaffuzini aniqlash imkoni bo‘lmagan. Shuning uchun ham kitobda oy, kun nomlari shartli ravishda yozib ko‘rsatilgan. Shubhali o‘rinlarda esa unli tovushlar o‘rniga chiziqcha yoki umuman undosh harflarni yozish bilangina kifoyalanilgan.

Asarda qadim xalqlarning taqvim sistemalari, ulardagi ba’zi muammolar va ularning hal qilinish yo‘llari to‘g‘risida ham bir qancha ma’lumotlar berib o‘tilgan. Olim asarni yozar ekan, barcha xalqlar sistemasida bir yil 12 oydan iborat ekanligini ta’kidlab o‘tadi. Jumladan, u yozadi: “Xudo osmon va yerni yaratgan kundan beri oylar soni 12 ta Xudoning kitobida shu”.

Eron taqvimi ham xuddi shu tartibda: bir yil 12 oydan, kunlar majmui 365 kundan iborat bo‘lgan. Asarda keltirilishicha har 120 yilda yil oylari 13 ta bo‘lib, bu yil “kabisa yili” deb, ortiqcha oy kunlarini esa qolgan navbatdagi oylar (kunlari) nomi bilan ataganlar.

Beruniy o‘z asarida xalqlar etnografiyasi, yil taqvimlari haqida yozar ekan, har bir oy va unda nishonlanadigan Hayit hamda bayram kunlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tadi. Jumladan, olim xalqlarning bayramlari sabablarini turli vaqtlarda kelib chiqqan afsona va rivoyatlari orqali misollar keltirish yo‘li bilan tushuntirishga harakat qiladi. Uning yozishicha yilning birinchi oyi farvardin moh hisoblanib, ushbu oyning birinchi kuni Navro'z bayrami shonlanadi. Olim Navro'z haqida yozar ekan eronliklar orasida ushbu kun bilan bog‘liq turli afsonalar mavjudligini, u o‘z asarida faqat haqiqatga yaqin deb bilganlari keltirib o‘tayotganini ta’kidlaydi.

“Aytishlaricha,” – yozadi olim,- “shu kuni Xudo quyi olamni yaratib, unga yaratilgan ilk odam – Qayumarsni podshoh qilgan” Ba’zi afsonalarga qaraganda esa Navro'z Xudo maxluqotni yaratgan 6 kunning birinchisidir. Hashviyaliklar afsonalariga ko‘ra Sulaymon ibn Dovud uzugini yo‘qotib shoxligi qo‘lidan ketdi. 40 kundan o‘tgandan keyingina uzugi o‘z qo‘liga qaytib keladi. Bu bilan birga unga ravnaqi, sehri ham qaytadi. Butun odamzod yig‘ilib, uni qutlab “Navro'z muborak” – “Yangi kun keldi”, - deganlar. Va shundan boshlab bu kun Navro'z deb ataldi. Sulaymon shamolga buyurdi, shamol uni ko‘tarib osmonga uchdi. Qarshisidan qaldirg‘och chiqib uyamni bosib o‘tma, ichida tuxumlarim bor bor,dedi. Sulaymon Qaldirg‘ochga rahmi kelib uni uyasini aylanib o‘tdi. Shamol uni yerga qo‘ygach, qaldirg‘och minnatdorchilik sifatida tumshug‘ida suv keltirib unga suv sepdi hamda chigirtkaning bir oyog‘ini hadya qildi. Olim fikricha eronliklar Navro'zda arg‘imchoqlar uchishgani, havoga varraklar uchirishgani, bir birlariga shakar hadya qilishlarining sababi mana shu afsona bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin.“Afsungarlar”-davom etadi Beruniy - “Navro'z kuni tong otganda birov gap gapirishdan oldin 3 qoshiq asal yalab, uch bo‘lak (xushbo‘y) mum tutatsa, bu ko‘p kasalliklarga shifo bo‘ladi”.

Olimning yozishicha qadim tarixda Navro'z kuni ya’ni yil boshi yozning jazirama (taxminan iyul yoki avgust) kunlariga to‘g‘ri kelgan. Shu munosabat bilan Xuroson podshohlari otliq askarlarga bahor va yoz kiyimlarini kiydirish marosimlarini Navro'z bilan bir vaqtda o‘tkazganlar. Beruniyning “bizning zamonamizga kelib”, degan iborasini inobatga olgan xolda taxminan X asrlar atroflarida Navro'zning nishonlanishi kabisa sabab bahor oylariga to‘g‘ri kelib qolgan, deb fikr ham yuritishimiz mumkin. Eronliklarda Navro'z kuni bir-birlariga shakar hadya qilish rasm bo‘lgan. Bog‘dodliklarning hikoya qilishicha, buning sababi Navro'z kuni Jamshid mamlakatida shakarqamish paydo bo‘lgan. Bu shu vaqtgacha bilinmagan edi. Jamshid sersuv bir qamishdan shira tomchilayotganini ko‘rgan. Uni totib qaragan, unda lazzatli shirinlik borligini bilgach, suvni chiqarib, shirasidan shakar ishlashni buyurgan. Shakar beshinchi kuni ko‘tarib olingan va tabriklash uchun uni bir birlariga hadya qilganlar. Kitobda Mehrjon bayramida ham bu marosim o‘tkazilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi.

Ushbu oyning oltinchi kuni “ro‘zi xudod” ya’ni katta Navro'z bo‘lib, eronliklarda sha’ni ulug‘ hayit hisoblanadi. Asarda ushbu bayram bilan bog‘liq bo‘lgan bir necha afsonalar keltirib o‘tiladi: Yozilishicha, “bu kunda xudo maxluqotni yaratishdan forig‘ bo‘lgan, chunki bu kun aytib o‘tilgan olti kunning oxirgisidir”. Manbalarga ko‘ra podshoh Jamshid hamma zarur narsalar miqdorini shu kuni aniqlagan, ya’ni davlat ishlarini yurgizishda kerakli jihozlar, zarur qog‘oz va atrofga yuboriladigan maktublar bitilgan terilarni shu kunga tayyorlab qo‘ygan. Oxirgi muhr bosish kerak bo‘lgan hujjatlarga shu kuni o‘z muhrini bosgan, bu forschada “isfido navisht”, ya’ni “oqqa ko‘chirish” deb atalgan. Jamshid davrida katta va kichik Navro'zlar alohida hayit sifatida nishonlangan. Undan keyin hukmronlik qilgan podshohlar farvardin moh (yilning birinchi oyi) ning barcha kunlarini hayitga aylantirib uni olti bo‘lakka taqsimlashgan: birinchi besh kun – podshohlar uchun, ikkinchi besh kun – ulug‘ kishilar uchun, uchinchi besh kun – podshohlarning g‘uloslari uchun, to‘rtinchi besh kun – xizmatkorlar uchun, beshinchisi – xalq ommasi uchun va nihoyat oltinchi kun – cho‘ponlar uchun deb belgilangan.

Ushbu asarni har gal qayta va qayta o‘qigan kitobxon o‘zi uchun ko‘proq yangilik topib boraveradi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak Beruniy asarlari qadimgi xalqlar, shu jumladan o‘zbek xalqi, uning qadimgi madaniyati va etnografiyasini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Qolaversa, “Osor al boqiya” uzoq o‘tmish tariximizning buyuk yodgorligi hisoblanib, bugungi kun kitobxoni albatta tanishib chiqishi lozim bo‘lgan manbalardan biri hisoblanadi.

Mavzu: «Devonu lug’otit turk»da adabiyotshunoslik materiallari.



Reja: 



  1. “Devonu lug‘atit-turk”ning yaratilishi. 

  2. “Devonu lug‘atit-turk” – adabiy manba. 

  3. “Devonu lug‘atit-turk”dagi she’riy parchalar. 

  4. “Devonu lug‘atit-turk”dagi adabiy janrlar. 

  5. “Devonu lug‘atit-turk”da doston izlari. 

  6. “Devonu lug‘atit-turk”da to‘rtlik. 

Kalit so‘z va terminlar: urug‘, qabila, turkyshunoslik, qomusiy asar, she’riy parchalar, lirik va epik janrlar, to‘rtlik, qadimgi folklor, individual she’riyat, adabiy muhit, turkiy she’riyat, alliteratsiya, moniylik she’rlari, qofiya, fors she’riyati. Koshg‘ariyning tug‘ilgan yili aniq emas. U «Devonu lug‘atit-turk» asarini 1068 yili yozib tugatgan. Koshg‘ariy bu asari ustida uzoq yillar ishladi. Avval yurtma-yurt kezib material to‘pladi.YUqori CHindan tortib butun Movarounnahr, Xorazm, Farg‘ona va Buxoroga qadar cho‘zilgan keng hududni kezib chiqdi. Bu hududda yashagan urug‘lar, qabilalarning turmush tarzini, kasb korini, turar joylarini aniqladi, tillarini sinchiklab o‘rgandi. Mahmud Koshg‘ariy bu asarini o‘rganish bilan ilk bor turkiyshunoslikka asos soldi.

«Devonu lug‘atit-turk» - qomusiy asar. Bu asardan faqat tilga yoki adabiyotga oid materiallar va dalillarnigina emas, balki Markaziy Osiyoda istiqomat qilgan qabilalar tarixi to‘g‘risidagi manba hamdir. Har bir qabilaning o‘sha davrdagi mavqei, tarixi to‘g‘risida ham etarli ma’lumotlar beradi. Jumladan, o‘g‘uzlar, qarluqlar kabi yirik qabilalar to‘g‘risida o‘rni-o‘rni bilan aytilgan ma’lumotlar bunga dalildir.

«Devonu lug‘atit-turk» adabiy manba sifatida ham qimmatli yodgorlikdir. Asardagi she’riy parchalar X1 asrgacha bo‘lgan adabiy hayot to‘g‘risida to‘laqonli so‘z yuritishga imkon beradi. Bu she’riy parchalar ma’lum bir so‘zning izohi uchun keltirilgan bo‘lsa-da, bu parchalar qadimgi turkiy adabiyotda, xususan, lirik va epik janrning rivoj topganidan dalolat beradi. Koshg‘ariy keltirgan mazkur she’riy parchalar turli mavzuda – mehnat, yorning ta’rif-tavsifi, turk bahodirlarining qahramonliklari, ezgulikka da’vat, vatanparvarlik va h. SHe’riy parchalarni Mahmud Koshg‘ariy xalq og‘zidan yozib olgan. Ayni paytda «Devonu lug‘atit-turk»dagi ba’zi she’riy parchalar majlum bir ijodkor qalamiga mansub ekanligini Koshg‘ariyning ishorasidan bilish mumkin. Koshg‘ariy ko‘p o‘rinlarda «shoir aytadi» iborasini ishlatadi va bir to‘rtlik keltiradi. Ular xalq orasida mashhur bo‘lganlari uchun ham Koshg‘ariy ularning ismini aytib o‘tirmagan. Ba’zi shoirlarning (masalan, CHo‘chu) aytib o‘tadi.

O.Pritsakning aytishicha, o‘z Qoraxoniylar sulolasiga mansub odam bo‘lgan. U siyosiy ta’qiblardan qochib, o‘n yilcha turkiy qavmlar yashaydigan o‘lkalarda u erdan-bu erga ko‘chib yurgan. Ana shu davrda u turkiylar haqida ko‘p material to‘plagan.Oxiri Bag‘dodda to‘xtagan. Bu davrda Bag‘dodni Saljuqiylar egallagan edi. Saljuqiylar ham turkiyzabon bo‘lgani uchun, Mahmud Koshg‘ariy o‘zi to‘plagan materiallar saljuqiylarda qiziqish uyg‘otishini bilib, «Devonu lug‘atit-turk» asarini yozgan.

«Devon»dagi she’riy parchalar ko‘p turkologlar o‘rtasida munozaraga sabab bo‘lib kelgan. Ko‘pchilik evropalik turkologlar «Devon»da keltirilgan to‘rtliklarni dastlab turkiy xalqlarning qadimgi folkloriga mansub deb qaragan edilar. Jumladan, K. Brokkelman shunday fikrni aytgan edi. Ammo u «Devon»dagi ikkilik va to‘rtliklar unutilib ketgan ma’lum bir shoirlar ijodiga mansubligini ham e’tibordan chetda qoldirmaydi. Uningcha, asardagi asar yozilgan davrdan ilgari mavjud bo‘lgan va islomga hech qanday aloqasi yo‘q. Brokkelman ham «Devon»dagi she’riy parchalar misralari teng bo‘g‘inli (etti bo‘g‘indan o‘n to‘rt bo‘g‘inga) qofiyalangan she’rlardir.

V.V.Bartold esa «Devonu lug‘atit-»dagi she’riy parchalarga nisbatan tamomila boshqacha fikrda. Uningcha, «Devonu lug‘atit-turk»dagi she’rlar orasida xuddi «Qutadg‘u bilig» dagi singari, saroy adabiyotiga xos xususiyatlar bor. Buning isboti sifatida V.V.Bartold quyidagi to‘rtlikni keltiradi:




Turkan qatun qutinga,

Tegur mendin qo‘shug‘,

Ayg‘il sizing tabug‘chi

O‘tnur yangi tabug‘ (1, 357)

Malika (shoh) xotinga mendan maqtov, qasida (qo‘shiq) etkazgin, xodimingiz yangi xizmat bilan yo‘llanadi, deb ayt.

Mazkur to‘rtlik, garchi shaklan xalq og‘zaki ijodiga xos to‘rtlikni gavdalantirsa ham, aniq obraz (Turkon malika) mavjudligi, didaktik mazmun ifodalangani bilan individual she’riyatga mansub deb qaralsa maqsadga muvofiq bo‘ladi va V.V.Bartoldning qarashlari o‘rinli aytilgan bo‘ladi.

Ayni paytda «Devonu lug‘atit-turk»da shakl jihatidangina emas, balki mazmun tomondan «Qutadg‘u bilig»ga monand didaktik xarakterdagi parchalar ham borki, barqaror adabiy muhit, ma’lum izga tushgan ijtimoiy hayotning aks sadosini ko‘rishimiz mumkin. Namuna sifatida «Devonu lug‘atit-turk»ning 1-jildidagi to‘rtliklarni keltiramiz: 
Ulug‘luq bo‘lsa sen ezgu qilin,

Bo‘lg‘il kishig beglar qatin yaxshi ulan (1,95).

Daraja yoki martaba topsang, xulqingni chiroyli qil, amirlar oldida yaxshilik etkazuvchi, xalqning ishlarini yaxshi qabul qiluvchi bo‘l. 
Kelsa qali yarlig‘ bo‘lub yunchig‘ uma,

Keldur anuq bo‘lmish ashig‘ tutma uma (1, 118).

Bechora, ojiz g‘arib mehmon kelsa, hozir bo‘lgan (o‘zingda bo‘lgan) narsani mehmonga tezlik bilan taqdim qil, kechiktirib, beparvolik qilib, mehmonga malol keltirma. 
Kelsa kishi etma angar o‘rtar kula,

Baqqil angar ezgulugung ag‘sin qula (1, 149).




Senga kular yuzli bir kishi kelsa, sen uning yuziga issiq kul sochma, yaxshilik qil, yoqimli qiliq bilan hurmatla.

«Devonu lug‘atit-turk»dagi she’riy parchalar yuzasidan evropalik olimlar olib bildirgan mulohazalar anchayin diqqatga sazovor. Asardagi to‘rtliklar turkiy she’riyatning qadimgi namunalaridir degan K.Brokkelmanning fikrlari P.Peloning qarashlarini shubha ostiga qo‘ydi. P.Pelo moniylik she’rlari yuzasidan olib borgan tadqiqotlarida, qadimgi turkiy she’riyat qofiyali emas, balki alliteratsiyali she’r bo‘lgan degan xulosaga kelgan edi. Alliteratsiya, uningcha, misralar boshida keladi va she’rni bir tizimga soladi. Pelo «Devonu lug‘atit-turk»dagi to‘rtliklarning qofiyalanishini fors she’riyati ta’siri deb qaraydi. «Qutadg‘u bilig»ning she’r tuzilishiga fors she’riyatidagi qofiya o‘z izini qoldirgan va bu haqda etarli fikrlar aytilgan.77 Moniylik oqimidagi she’rlarga e’tibor berilsa, haqiqatan, alliteratsiyaning misralar boshida qo‘llanganini kuzatish mumkin. Masalan, «Tong tangrisi» nomli madhiya alliteratsiya izchil qo‘llangan she’rning yaqqol namunasidir. SHe’rni to‘liq keltiramiz.

Tang tangri keldi,

Tang tangri o‘zi keldi,

Tang tangri keldi,

Tang tangri o‘zi keldi.



Turunglar qamug‘ baglar, qadashlar,

Tang tangrig ogalim.



Korugma kun tangri,

Siz bizni kuzating,

Korunugma ay tangri,

Siz bizni qurtgaring.



Tang tangri,

Yidlig‘, yiparlig‘,

Yarug‘lug‘, yashuqlug‘

Tang tangri

Tang tangri. 

Tang tangri,

Yidlig‘, yiparlig‘,

Yarug‘lug‘, yashuqlug‘

Tang tangri

Tang tangri.

Misralar boshidagi t, y, k, s undoshlarining takrori alliteratsiyali she’ri yuzaga chiqargan. Bu she’rda “Devonu lug‘atit-turk”dagi singari qofiya qo‘llanmagani uchun hijolar tengligi yo‘q. Alliteratsiyali she’rda hijolar tengligi bo‘lishi shart emas. Ritm va ohang alliteratsiya bilan birga takror orqali ham yuzaga kelaveradi.

Moniylik she’rlarini kuzatsak, alliteratsiya usuli she’riyatning muhim xususiyati bo‘lganini ko‘ramiz. “Bizing Tangrimiz adgusi radni tiyur”, Aprinchur tiginning boshlanishi o‘chib ketgan she’ri, “O‘lim tasviri”, “Moniyga atalgan madhiya” alliteratsiyali she’r qadimgi turkiy she’riyatning tuzilishida asosiy omil ekanini ko‘rsatadi.

“Devon”dagi she’rlar haqida quyidagi xulosalarga kelish mumkin: 1. Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit-turk” asaridagi she’rlar ham xalq og‘zaki ijodiga, ham individual she’riyatga mansub. 2. Matnlar islomdan oldingi davrga mansub, ammo musulmonlikning ta’siri ham seziladi.

Bunday talqindan so‘ng yana quyidagicha savol kelib chiqadi: agar “Devon”dagi she’rlar ham xalq og‘zaki ijodiga, ham individual she’riyatga mansub bo‘lsa, qaysi tamoyillarga ko‘ra ularni farqlash mumkin? “Devon”dagi hamma she’rlar sillabik she’r deb qabul qilingan, ya’ni folklor va adabiy parchalar metrikasi bir xil. Hamma she’rlar qofiyalangan. Demak, she’rning tovush tuzilishi folklor va individual she’riyatni farqlash uchun zaruriy edement bo‘lib xizmat qilmaydi. Nihoyat, matnlar mazmunida ham (Turkon malikaga bag‘ishlangan to‘rtlikdan tashqari) folklorga oid she’rlar bilan individual she’riyatni farqlashga yordam beradigan hech narsa yo‘q.79

Agar “Devon” dagi she’rlar islomgacha bo‘lgan davrga mansub bo‘lsa va bora-bora musulmonlik ta’sirida qolgan bo‘lsa, bu she’riy parchalarning tuzilishidagi qaysi elementlar islomgacha bo‘lgan davr elementlariyu qaysi elementlar islom ta’sirida deb qaraladi? Musulmonlik ta’siri nimada o‘z ifodasini topgan? Bombachining fikricha, islomgacha bo‘lgan she’r turi izosillabizm (teng hijolilik) tamoyili buzilgan o‘rinlardagi baytlarda o‘z aksini topgan. Bombachi, qadimgi turkiy she’riyat uchun misralardagi bo‘g‘inlar miqdori turlichaligi xarakterlidir, deb asoslashga harakat qiladi. Masnaviy shaklidagi qofiyalanishga ega bo‘lgan ikkiliklar arab-fors poetikasning ta’siri sinab ko‘rilgan usuldir deb qarash mumkin, deydi.

Bombachining bu fikrini haqiqatdan uzoq deb bo‘lmaydi. Zotan, Koshg‘ariy o‘z asarida (1 jild, 151-betda Ash’a degan shoirning arabcha bir baytini keltiradi) arabcha baytlarni ham keltiradiki, bundan Mahmud Koshg‘ariy arab-fors she’riyati poetikasidan foydalangani haqiqatga yaqin, deb aytish mumkin. Quyida arab-fors adabiyotiga oid masnaviy shaklidagi baytlardan keltiramiz. 


Alg‘il o‘gut mendin, o‘g‘ul erdam tila,

Bo‘yda ulug‘ bilga bo‘lub, bilging ula (1, 85).



O‘g‘il, mendan o‘git sotib ol, fazilat tila,

El-yurt orasida ulug‘ olim bo‘l, ilmingni tarqat.



Qishqa etin kelsa, qali qutlug‘ yay,

Tun, kun kecha alqinur o‘zlak bila ay (1, 111)




Barakali yoz kelsa, qishga tayyorlan, chunki kecha va kunduzning o‘tishi bilan oy va zamon kechadi (yoz o‘tib qio‘ keladi). 

Bardi eran qo‘nuq, ko‘rub qutqa saqar,

Qali yavuz uyuq, ko‘rub evni yiqar (1, 112)




Mehmonni davlat va barakatdan sanaydiganlar o‘tib ketdi, sahrolarda ko‘ringan qoralarni va manzillarni belgilash uchun qo‘yilgan toshlarni ko‘rib, odam deb o‘ylab, u kelib qolmasin deb, chodirni buzguvchilar qoldi. 

O‘truk o‘tun ag‘rilayu yuzga baqar,

Elkin tashub bermish ashig‘ bashqa qaqar (1, 127)




Erlarning hiylakori, pastkashi, baxili qoldi. Mehmon uning oldida o‘g‘ridek ko‘rinadi, musofir mehmonga eydigan narsasini minnat qilib, bergan narsasi bilan mehmonning boshiga uradi.

SHuni ta’kidlash kerakki, Koshg‘ariy «shoir aytadi» iborasi ostida keltirgan to‘rtliklar shaklan xalq og‘zaki ijodiga tegishli. Ammo adabiy jarayonning qadimgi va ilk klassik davrdagi holati folklor va yozma adabiyot tamoyillarining bir-biriga uyg‘unligi bilan belgilanadi. Ayniqsa, urxun yodnomalari bilan «Devonu lug‘atit - turk» qiyoslanganda, badiiy fikrlashning eng umumiy tamoyillari urxun yodnomalarida ham, «Devon»da bir ekanligi ayonlashadi.80

«Devonu lug‘atit-turk» va enisey yodnomalaridagi jang lavhalari bir biriga motiv va syujet jihatidan uyg‘un keladiki, «Devon»dagi to‘rtliklar «islomdan oldingi O‘rta Osiyo xalqlarining eposi»81ga aloqador. Fitratning ko‘rsatishicha, «Devon»dagi to‘rtliklar milodiy VII-VII asrlarga oid adabiy manbalardir. Qadimgi turkiy adabi yot - urxun-enisey yodnomalaridagi an’ana Qoraxoniylar davri adabiyotiga uzluksiz o‘tgani haqidagi fikrlar shunday parchalarda o‘z tasdig‘ini topadi. Jumladan, A.Bombachi qadimgi turkiy adabiyot bilan «Qutadg‘u bilig» o‘rtasidagi aloqani tarixiy sharoit bilan bog‘laydi: «Turkiylar uchun islomgacha bo‘lgan davrdan islomga o‘tish birdaniga bo‘lmagan edi. An’ananing uzluksizligi Qoraxoniylar adabiyotida yaqqol kuzatiladi. Til ilgari qanday bo‘lsa, shundayligicha qoldi».82

Bombachining bu fikri uchta manba – urxun- enisey yodnomalari, «Devonu lug‘atit-turk» va «Qutadg‘u bilig»ga tegishli. Rus va Evropa turkologiyasida «qadimgi turkiy adabiyot» va «qadimgi turkiy til» nomi ostida X11 asrgacha bo‘lgan turkiy tildagi yodgorliklar nazarda tutiladi va bu o‘zini oqlaydi.

Gap «Devonu lug‘atit-turk» va urxun- enisey yodnomalarining tili umumiyligi va bu manbalardagi tasvirning uyg‘unligi haqida ketar ekan, yana Fitratga murojaat etamiz. U yuqoridagi asarida «Devon»dagi bir necha epik asarlarni tiklaydi, ular tasvir xarakteri, ruhi, poetik jihatlari, voqealar mazmuni jihatidan xalq eposlariga taalluqli ekanligi sezilib turadi. Fitrat «Devon»dagi to‘rtliklarni mazmuniga ko‘ra, o‘n besh bo‘limga guruhlaydi. Biz bu o‘rinda VII (Tangut begining urushi, 53-58- betlar), VIII (Uyg‘urlar bilan urush, 58-60-betlar), XII (Bir urush, 74-78-betlar), XIII (Uch urush, 72-74-betlar) bo‘limlaridagi to‘rtliklarning yodnomalardagi parchalarga nafaqat g‘oya va mazmun tomondan, balki tarixiylik nuqtai nazaridan ham ta’kidlamoqchimiz. Misol uchun «Tangut begining urushi» deb nomlangan bo‘lim to‘rtliklarida (8 to‘rtlik) jang manzarasi tasvirlangan.

Qatun sini jig‘iladi,

Tangut begin yag‘iladi,

Qani ag‘ib jag‘iladi,

O‘yin suvin qizil sag‘di. 
Qatun sini qabilasi qichqirishib, g‘ulg‘ula solib, tangut begiga dushman bo‘ldi, urush ochdi, (oqibatda) bo‘ynidan zil suv sog‘ilgan kabi bo‘lib, qoni vijillab oqdi.

Bu to‘rtliklardagi tarixiy voqealar turk xoqonligi davrida yuz bergan. Qiyos uchun Bilga xoqon yodnomasidagi tangutlar bilan bo‘lgan jang lavhasiga to‘xtalaylik.



Yati yigirmi yashima tangut tapa suladim. Tangut bodunin buzdim, og‘lun, yutuzin, yilqisin, barimin anta altim (Bx, 24) – O‘n etti yoshimda tangutga lashkar tortdim. Tangut xalqini engdim, o‘g‘lini, xonumonini, yilqisini, molini o‘shanda oldim.

Bu voqea VIII asrning boshlarida – taxminan 702 yiliga to‘g‘ri keladi. Ammo tarixiy voqealarning aynanligini «Devon»dan qidirish maqsadga muvofiq emas. «Devon»dagi to‘rtliklar xalqning ijodi sifatida paydo bo‘lgan, ya’ni xalq qo‘shiqlaridir. Quyidagi parchada ham Bilga xoqon yodnomasidan keltirilgan parchadagi singari jang tasviri va tangutlarning mag‘lubiyati tasvirlangan:

Tangut susin ushuqladi,

Kishi ishin elikladi,

Aran atin balqiladi,

Bulun bolup bashni tig‘di.

Tangut qo‘shinini sovuqda bosdi. Bu ish bilan erkaklar ishini masxara qildi. Bosqinda barcha er hakm otlarni har kimga bo‘lakladi (ya’ni hadya qildi). Oxirida o‘zi asir bo‘lgach, boshi kesildi. 
Tangut xani yubildi,

O‘lum birla tubuldi,

Qazashlari tabladi,

O‘lum ko‘rub yuzi ag‘di.

Tangut xoni uni boshdan aldadi-da, so‘ngra ulim bilan tepaladi, engdi, qarindoshlari uni bu mag‘lubiyatidan orlandilar. CHunki o‘limni ko‘rgach, uning yuzi oqargan edi.

Mazkur to‘rtliklarda jang tasviri, qahramonlarning xatti-harakatlari, holati batafsil tasvir etilgan. CHunki epik bayon bilan birga, naturalistik tasvir tamoyil folklor uchun, ayniqsa, doston uchun xarakterli xususiyatdir.

YOki quyidagi to‘rtlik ham motiv va syujet jihatidan To‘nyuquq, Kul tigin yodnomalaridagi aksariyat jang lavhalarini gavdalantiradi.

Eran alpi o‘qushtilar,

Qing‘ir ko‘zun baqishtilar,

Qamug‘ tutup to‘qushtilar,

Qilich qing‘a kuchin siqti. 

Erlar, botirlar bir-birlarini kurashga undadilar. Bir-birlariga yov ko‘zi bilan yomon qaradilar. Butun yaroqlari bilan urushga kirishdilar. Qilichlarning qinga kirishi qiyinlashdi.

«Devon»dagi to‘rtliklar qadimgi turk davrida shakllangan va ularga qadimgi turk davridagi tarixiy voqealar zamin bo‘lgan ekan, bizningcha, yuqoridagi parchalarni tarixiy qo‘shiq janriga mansub deb qarash kerak.

Mahmud Koshg‘ariy nozik didli adabiyotshunos sifatida maqol va she’rni yaxshi farqlaydi va har bir baytni berishda aniqlik kiritadi. Qaysi o‘rinda maqol, qaysi o‘rinda she’r kelayotganini o‘quvchiga uqtirish uchun “maqolda shunday kelgan”, “she’rda shunday kelgan” iboralarini keltiradi (maqollardan sharhlash kerak).

“Devon”da she’rlardan tashqari, Mahmud Koshg‘ariy ikki afsonani ham keltirgan. SHu afsonalardan biri - “Oltin qon” afsonasi, ikkinchisi - yil hisobi to‘g‘risidagi afsonadir. Afsona turkcha o‘n ikki muchal yillarining paydo bo‘lish tarixiga oiddir (1, 331-332). Koshg‘ariy afsonani hikoya qilib bo‘lgach, qadimgi turkiylarda yil hisobi quyidagi tartib bilan yuritilishini ko‘rsatadi: sichqon yili, sigir yili, bars yili, quyon yili, timsoh yili, ilon yili, ot yili, qo‘y yili, maymun yili, tovuq yili, it yili, to‘ng‘iz yili.

Bu afsonaning yana bir diqqatga sazovor tomoni shundaki, qadimgi Xitoy afsonalari tarkibida ham mazkur afsona bor. Xitoylarda bu afsona Budda bilan bog‘liq.

Xitoylarda rivoyat qilinishicha, Budda er yuzini tark etishdan oldin huzuriga hamma hayvonlarni chaqiribdi. U bilan xayrlashgani o‘n ikki hayvon kelibdi, xolos. Kelgan hayvonlarni mukofotlash uchun Budda, men chaqirganimda navbat bilan kelganingiz bo‘yicha yillarga nom beraman, debdi. Hayvonlar birinchi bo‘lib kim kelgani to‘g‘risida bahslasha boshlabdilar. Oxiri, bir to‘xtamga kelish uchun musobaqa uyushtirishga qaror qilibdilar: daryoning narigi qirg‘og‘iga birinchi bo‘lib o‘tgan hayvonning nomi bilan birinchi yil ataladigan bo‘libdi. Keyingi yillar daryoni birin-ketin kechib o‘tgan hayvonlar nomi bilan ataladigan bo‘libdi. Nihoyat, o‘n ikki jonzot qirg‘oqqa tizilishibdi va baravar suvga o‘zlarini tashlabdilar. Kalamush darrov ho‘kizning ustiga minib olibdi, ho‘kiz esa hech narsani sezmabdi. Ho‘kiz boshqa hamma hayvonlardan oldinga ketib, daryoning narigi qirg‘og‘iga chiqishga tayyorlanibdi. SHu lahzada kalamushuning ustidan sakrabdi-da, qirg‘oqqa bir necha soniyaga ho‘kizdan oldin chiqibdi. SHunday qilib, kalamush birinchi bo‘lib chiqqan hisoblanibdi. Qolgan hayvonlar shu tartibda suzib o‘tibdilar: yo‘lbars, quyon, ajdar, ilon, ot, qo‘y, maymun, xo‘roz, it. To‘ng‘iz nihoyatda sustkash va dangasa ekan, shuning uchun eng oxirida qirg‘oqqa etib kelibdi.84

Ikkala afsonadagi yil hisobining nomlari va tartibida katta farq yo‘q. Ehtimol, Xitoyga buddaviylik kelgandan keyin, qadimgi turklar afsonasini o‘zlashtirgan bo‘lishlari mumkin.



SHuningdek, “Devonu lug‘atit-turk”da munozara (YOz va Qish munozarasi) janri, Alp Er To‘ngaga va yana bir noma’lum qahramonga bag‘ishlangan marsiya ham bor.
Download 148,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish