O`zbekiston jonajon vatanim-mangu bo`l omon



Download 17,84 Kb.
Sana11.01.2022
Hajmi17,84 Kb.
#352593
Bog'liq
O`zbekiston jonajon vatanim-mangu bo`l omon


O`zbekiston jonajon vatanim-mangu bo`l omon.

Insho


Reja:

  1. Vatan muqaddas dargoh.

  2. O`zbekiston mening vatanim.

  3. Vatanimiz obodligi o`z qo`limizda.


Vatan. Vatan. Vatan!.. Har qancha takrorlasak ohori to‘kilmaydigan so‘z bu — Vatan! Ulkan... cheksiz qudrat, tayanch mavjud bu ulug‘vor so‘zda. Vatan deb, Vatan uchun yashayotgan odamgina shu go‘zal so‘zni mehr bilan, muhabbat bilan tilga oladi, dilida viqor, ruhida salobat sezadi.
Vatan - ilk bor ko'zlarimni ochib ko'rgan maskan. Iliq mehri ila siylagan zamin. Qalbimga, yuragimning tub-tubiga yaqin joy. Unda kechagi kunimiz, bugunimiz va ertamiz mujassam. Mening Vatanim - mening faxrim. Har bir go'shasida mustaqillik sabosi yelib, istiqlol nafasi ufurib turgan betakror diyorim doim bayram og'ushida. Shahar-u qishloqlar obodlikdan fayziyob. Tinchlikdan barq urib gullab-yashnayotgan anvoyi gullar ifori, ozodlik qo'shig'ini baralla kuylayotgan bulbullarga hamohang yurtim jamoliga yanada chiroy qo'shmoqda. Kun sayin ortib borayotgan iqtidorlar safi jahon mamlakatlari aro O'zbekistonimiz shuhratini oshirmoqda. Axir shu zaminda yashayotgan har bir o'g'il-qiz buyuk yurtning farzandlari sanaladi. Bugunidan mamnun, ertasidan ko'ngli to'q, kelajak sari yuksak maqsadlar bilan qadam tashlayotgan farzandlardir O'zbekiston bolalari. Tinch o'lkaga yarashadi to'y-u tomosha. Yangrayotgan kuy-qo'shiqlar jarangi tutar olamni. Ariqlarida to'lib oqayotgan zilol suvlar, bolga to'lgan bog'lardagi sarxil mevalar, tandirlarni to'ldirib turgan shirmoy nonlar bularning bari istiqlol tuhfasidir.

 O'zbekiston dunyodagi eng qadimiy va betakror o'lkalardan biridir. Uni umrida bir bor ko'rish orzusida yurganlar qancha. Biz esa betakror zamin bag'rida yashaymiz, uning musaffo havosidan, zilol suvidan, beqiyos ne'matlaridan bahramand bo’lamiz. Bunday baxt hammaga ham nasib etmaydi.O'zbekiston Markaziy Osiyoning o'rta va shimoliy qismida joylashgan mamlakat. U shimoli-sharqda Qirg'iziston, shimol va shimoli-g'arbda Qozog'iston bilan, janubi-g'arbda Turkmaniston, janubi-sharqda Tojikiston bilan, janubda qisman Afg'oniston bilan chegaradosh. Umumiy maydoni 447 ming 400 kvadrat kilometr. Maydonining beshdan to'rt qismi tekislik, oz qismi tog', adir, tog' yonbag'irlaridan iborat. O'zbekiston hududidan Marka­ziy Osiyoning eng katta daryolari — Amudaryo va Sirdaryo oqib o'tadi. Mamlakatimizning sharqiy va janubi-sharqiy qismida Tiyonshon, Oloy, Turkiston, Zarafshon va Hisor tog'lari bor. Bu tog'lar orasida Farg'ona, Zarafshon, Kitob — Shahrisabz, Surxon — Sherobod, Chirchiq — Ohangaron kabi katta vodiylar joylashgan. Aholining asosiy qismi ana shu vodiylarda yashaydi.Yurtimiz tasviri tushirilgan xaritaga diqqat bilan qarab ko'rganmisiz? Unda har bir viloyat alohida ajralib turibdi. Har bir mintaqa va viloyat o'zining betakror tabiati, odamlari, shahar va qishloqiariga ega. Prezident Islom Karimovning “Vatanimizdagi har bir viloyat, tuman, har qaysi shahar-qishloq — barchasining o'ziga xos qiyofasi, fayz-u tarovati bor” degan so'zlari ana shu haqiqatni nazarda tutib aytilgan.Chindan ham, bizning diyorimiz shunchalar rang-barang, shunchalar betakrorki, O'zbekiston deganda, ko'z o'ngimizda Farg'ona vodiysining so'lim shahar va qishloqlari, Samarqand, Buxoro va Xivaning ko'hna me'moriy obidalari,- Qoraqalpog'iston zaminidagi qadimiy qal'a-qo'rg'onlar, Ustyurt kengliklari, Toshkentning go'zal va azim qiyofasi, Qashqadaryoning bepoyon qirlari, Surxon tog'lari, har bir mintaqa va viloyat xalqining o'ziga xos fe'1-atvori va udumlari namoyon bo'ladi.

O'zbekistonni bir ko'rgan odam, hech shubhasiz, uni sevib qoladi. Yurtimizga ming-minglab sayyohlar tashrif buyuradi va ularning barchasi bu tarovatli, serquyosh zamin ularni o'ziga maftun etgani haqida to'lqinlanib, hayajonlanib so'zlashadi. O’zbekiston!Tuprog’i zar, hosili gavhar odamlari saxiy, bag’ri kengu mehri daryo,mehmondo’stu odamparvar,xush hulqu xushsuxon diyor! Butun olamni kezib chiqqanda, barcha ajoyibu g’aroyib,mo’jizakor joylarni tomosha qilganda O’zbekistonning kichik bir qishlog’idagi fayzu tarovatdan bahra olganday, lazzatlanganday bo’lmaydi.

Vatanimizning noyob imkoniyatlari, moddiy va ma'naviy boyliklari, mehnatkash va bag'rikeng xalqi har bir yurtdoshimiz qalbida «0'zbekiston - Vatanim manim» degan iftixor tuyg'usini uyg'otadi.



Xulosa qilib aytsak, O'zbekiston bizning yer yuzidagi yakka-yu yagona Vatanimiz. Yaxshi  kunlarimiz ham, yomon kunlarimiz ham mana shu muqaddas zamin bag'rida o'tadi. Ajdodlarimiz xoki, bobolarimiz xotirasi, momolarimiz allasi, bugungi kunimiz, ertamiz — butun hayot-mamotimiz mana shu Vatan ravnaqi bilan bog'liq. Shuning uchun bu yorug' dunyodagi eng buyuk boyligimiz mana shu yurt, mana shu Vatandi.Hulosa örnida shuni alohida aytishim mumkinki, bu aziz va muqaddas vatan sizu bizlarga kecha yoki bugun bunyod etilmagan. Bu muqaddas vatan buyuk ajdodlardan avlodlarga me'rosdir. Shuning uchun vatan taraqqiyoti yölida ozmi, köpmi qöldan kelgancha öz hissamizni qöshish barchamizni burchimiz. Zero, uning mangu obodligi o`z qo`limizda.
Download 17,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish