O’zbekiston Respublikasi davlatimiz tomonidan ishlab chiqilgan o’zining mustaqil taraqqiyot yo’liga asoslangan holda to’la ishonch bilan bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyotiga o’tib bormoqda



Download 1,82 Mb.
bet1/158
Sana25.06.2022
Hajmi1,82 Mb.
#702223
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   158
Bog'liq
in

Kirish


O’zbekiston Respublikasi davlatimiz tomonidan ishlab chiqilgan o’zining mustaqil taraqqiyot yo’liga asoslangan holda to’la ishonch bilan bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyotiga o’tib bormoqda. Jamiyatimizdagi muhim iqtisodiy masalalarni tezroq hal qilish ularning echimini izlab topish, milliy istiqlol mafkurasining mazmunini va xususiyatlarni tushunish ko’p jihatdan kishilarning iqtisodiyot sirlarni, ayniqsa bozor iqtisodiyoti munosabatlarining mazmunini ularning talablari va xususiyatlarini, qonun-qoidalarini, amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarning maqsadi va mohiyatini chuqurroq bilishlariga bog’liqdir. Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiyot tushunchalarini, tejamli xo’jalik yuritish sirlarini turli, kishilar va xo’jaliklarning bir-birlari bilan manfaatli iqtisodiy aloqada bo’lib, unumli mehnat qilish yo’llarini va shakllarini o’rgatadi. Iqtisodiyot nazariyasi fani mamlakatimizda yashayotgan hamma kishilarning daromadlari, ularning turmush darajasi faqat milliy iqtisodiyot tarraqiyotiga daromadlari, ularning turmush darajasi faqat milliy iqtisodiyot tarraqiyotiga bog’liqligini, shu yurtda mehnat qilayotgan kishilarning ijodiy mehnati bilan vujudga kelgan milliy mahsulotdan va foydalanilishi milliy pul barqarorligi bilan bog’liqligini ham o’rgatish, hamda milliy istiqlol mafkurasining odamlar ongida shakllanishida, ularning intellektual kamolatga erishuvida muhim rol o’ynaydi.
Biz mustaqil rivojlanayotgan Vatanimizning bozor iqtisodiyotiga o’tayotganligini, bu sharoitda yashashimiz, faoliyat ko’rsatishimiz, iqtisodiy munosabatda bo’lishimizni,uning sabab-oqibatlarini, qonun-qoidalarini, tushuntirishni, ularning bizning sharoitimizga qay darajada, qanday shaklda amal qilayotganligini batafsilroq yoritishga harakat qildik. Ushbu darslikda iqtisodiy jarayonlarning faqatgina yuzaki, ko’rinib turgan tomonlarigagina emas, balki ularning ichki mohiyati, ziddiyatlari va bog’lanishlariga, iqtisodiy jarayonlarning sabab va oqibatlariga alohida e’tibor berildi.
Ma’ruza matnlarini tayyorlashda iqtisodiy bilimlarni talabalarga etkazishning zamonaviy pedagogik va informattsion texnologiyalari qo’llanilgan. Xususan, ilgariga darslik, o’quv qo’llanma va ma’ruza matnlarida uchramagan yangi usul – iqtisodiy hodisa jarayonlarni o’rganishda ikki tomonlama yondashuv va sintez qilish usullari samarali qo’llanilgan.
Ma’ruza matnlari bir-birlari bilan mantiqan bog’langan iqtisodiyotning umumiy asoslari, bozor iqtisodiyoti, makroiqtisodiyot va jahon xo’jaligiga oid mavzular o’rin olgan. Ayniqsa, hozirgi zamon rivojlangan bozoriqtisodiyotining qonun-qoidalariga, moliya, kredit, bank va pul tizimining roliga katta e’tibor berilgan.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan to’g’ri va izchil iqtisodiy siyosat orqali ahamiyatli ijobiy natijalar qo’lga kiritildi. Jumladan, milliy xo’jaligimiz iqtisodiy jihatdan mustahkamlanib, ma’muriy-buyruqbozlik tizimdan meros bo’lib qolgan bir tomonlamalik va inqiroz holatidan chiqarildi; iqtisodiyotning barqaror o’sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyot va uning ayrim sohalaridagi mutanosiblik kuchaydi; bozor mexanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga keltirilib, rivojlantirildi. Ma’naviy jabhada ham tub o’zgarishlar qilinib, jamiyat a’zolarida milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasi shakllandi. Bugungi kunda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash jarayonlari amalga oshirilmoqda.
Jamiyatda ro’y beradigan iqtisodiy qonunlarni bilish va ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo’lishda, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlari mohiyatini tushunish uchun zarur bo’lgan bilimlarni berishda Ushbu iqtisodiy muammolarni tezroq hal qilish, ularning echimini izlab topish, milliy istiqlol mafkurasining mazmunini va xususiyatlarini tushunish ko’p jihatdan kishilarning iqtisodiyot sirlarini, ayniqsa bozor va bozor iqtisodiyoti munosabatlarining mazmunini, ularning talablari va xususiyatlarini, qonun-qoidalarini, amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning, uni chuqurlashtirishning, iqtisodiyotni erkinlashtirishning maqsadi va mohiyatini chuqurroq bilishlariga bog’liqdir. Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiyot tushunchalarini, uning qonun-qoidalarini, tejamli xo’jalik yuritish sirlarini, turli kishilar va xo’jaliklarning bir-birlari bilan manfaatli iqtisodiy aloqada bo’lib, unumli mehnat qilish yo’llarini va shakllarini o’rgatadi. Iqtisodiyot nazariyasi fani mamlakatimizda yashayotgan hamma kishilarning daromadlari, ularning turmush darajasi faqat milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga bog’liqligini, shu yurtda mehnat qilayotgan kishilarning ijodiy mehnati bilan vujudga kelgan milliy mahsulotning ko’payishi, uning to’g’ri taqsimlanishi va foydalanilishi, milliy pul barqarorligi bilan bog’liqligini ham o’rgatadi va milliy istiqlol mafkurasining odamlar ongida shakllanishiga, ularning intellektual kamolotga erishuvida muhim rol o’ynaydi.
Shuning uchun barcha yo’nalishlardagi bakalavriat talabalari uchun «Iqtisodiyot nazariyasi» fanidan ma’ruza matnlarining tayyorlanishi ham bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu ma’ruza matnlari yangi davlat standarti talablari bo’yicha tuzilgan va Respublika muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan yangi Namunaviy o’quv dasturi asosida yozildi. Unda dasturdagi barcha mavzular qamrab olingan, lekin hajmi cheklangan bo’lganligi uchun ko’pgina materiallar iloji boricha qisqartirib berildi. Shuning uchun matnda kamchilik va munozarali jihatlar ham bo’lishi mumkin. Asosiy iqtisodiy tushunchalarni soddaroq qilib, oddiy tilda misollar, jadvallar, grafiklar asosida tushuntirishga harakat qilindi.
Ushbu ma’ruza matnlarini tayyorlashda o’qitishning yangi pedagogik va informatsion texnologiyalar talablari va xususiyatlari hisobga olinib, har bir mavzudan keyin asosiy tayanch tushunchalar va atamalar, shuningdek takrorlash va munozara uchun savollar ham berildi.
Iqtisodiyot nazariyasi bo’yicha mazkur ma’ruza matnlari asosan noiqtisodiy yyo’nalishlardagi oliy o’quv yurtlari talabalari va magistrlari uchun mo’ljallangan bo’lib, undan o’rta maxsus o’quv yurtlari tinglovchilari, litsey o’quvchilari, aspirantlar va iqtisodiyot nazariyasi sohasidagi bilimlarga qiziquvchi barcha kitobxonlar ham foydalanishi mumkin.

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish