O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti


Mehnat qurollari va mehnat predmetlari birgalikda ishlab chiqarish vositalari deb yuritiladi



Download 4,4 Mb.
bet205/418
Sana21.07.2021
Hajmi4,4 Mb.
#125570
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   418
Bog'liq
IJTIMOIY-FALSAFA

Mehnat qurollari va mehnat predmetlari birgalikda ishlab chiqarish vositalari deb yuritiladi. Bu esa mehnat jarayonining tabiatidan kelib chiqadi; shuning uchun ham ishlab chiqarish vositalari barcha ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar, insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun xosdir. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga doir ko‘pchilik adabiyotlarda esa ishlab chiqarishning to‘rt omili: mehnat, kapital, er, tadbirkorlik qobiliyati tan olinadi.

Bu erda ishchi kuchi bilan mehnat o‘rtasidagi farqni anglab olish juda muhimdir. CHunki, mehnat insonning, to‘g‘rirog‘i ishchi kuchining ma’lum maqsadga qaratilgan faoliyati jarayoni bo‘lib, ishchi kuchi tushunchasidan tamomila farqlanadi. Ma’lumki, ishchi kuchi insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyati, uning bilim, malaka darajasi bilan birgalikda ishlab chiqarishda qatnashishiga tayyor turgan omillardan biri hisoblanadi. Mehnat esa barcha omillarning, shu jumladan, ishchi kuchining ishlab chiqarish vositalari bilan qo‘shilishi natijasida sodir bo‘ladigan va ma’lum samara olishga qaratilgan faoliyatdir.

“Kapital” tushunchasi ham turli adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. Ko‘pchilik “kapital” kategoriyasini tarixiy tushuncha deb qarab, uning kapitalizmga xosligini isbotlaydi va kapitalni o‘z egasiga qo‘shimcha qiymat keltiruvchi, o‘z-o‘zidan ko‘payuvchi, o‘suvchi qiymat deb hisoblaydi. Ayrim g‘arb iqtisodchilari ham, masalan, J.Klark, L.Valras, I.Fisherlar kapitalga daromad keltiruvchi, foyda keltiruvchi, foiz keltiruvchi qiymat deb qaraydilar.

Qator g‘arb iqtisodchilarining, jumladan D.Xayman, P.Xeyne, E.Dolon, J.Robinson, R.Dornbush va boshqalarning fikrini keltirib va ularni umumlashtirib, professor V.D.Kamaev o‘zining ilmiy rahbarligida yozilgan darsligida “haqiqatdan ham — kapital o‘zidan o‘zi ko‘payuvchi qiymat”77 deb yozadi.

Biz “kapital” deganda o‘z egalariga daromad keltiradigan, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning hamma sohalarida qo‘llanadigan ishlab chiqarish vositalarini, sotishga tayyor turgan tovarlarni, yangi vositalar va ishchi kuchini sotib olishga mo‘ljallangan pul mablag‘larini, ularning ashyoviy tomoni va qiymatining birligini tushunamiz. Boshqacha qilib aytganda, “kapital” ham qiymatga, ham naflilikka ega bo‘lgan, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida foydalaniladigan, yollanma mehnat (ishchi kuchi) tomonidan harakatga keltiriladigan vositalardir.

Hamma adabiyotlarda erga deyarli bir xil tushuncha beriladi, ya’ni “er” deganda tuproqning unumli qatlami, o‘tloqlar, yaylovlar, suv, havo, o‘rmon, qazilma boyliklar, umuman tabiiy resurslar tushuniladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida katta e’tibor beriladigan omillardan biri tadbirkorlik qobiliyatidir. “Tadbirkor” deb iqtisodiy resurslar, ya’ni ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi resurslarining, tabiiy resurslarning bir-biriga qo‘shilishini ta’minlaydigan, tashkilotchi, yangilikka intiluvchi, tashabbuskor, iqtisodiy buhron xavfidan qo‘rqmaydigan kishilarga aytiladi; bu xislatlar majmui esa tadbirkorlik qobiliyati deb yuritiladi. Hozirgi davrda ayrim adabiyotlarda axborot va uning vositalarini, ekologiyani ham alohida omil deb ko‘rsatadilar. Bizning fikrimizcha, ular er va kapitalda o‘z ifodasini topadi. SHuning uchun ularni alohida omil deb qarashga hojat yo‘q.

Tabiiyki, jamiyat va uning rivojlanishini ijtimoiy-falsafiy bilish yuqorida zikr etilgan muammolar bilan cheklanmaydi. Ular qatoriga yana ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot ob’ektiv va sub’ektiv tomonlarining o‘zaro nisbati, turli ijtimoiy guruhlar va sinflar iqtisodiy manfaatlarining o‘zaro ta’siri, iqtisodiy qonunlar vujudga kelishi va rivojlanishi masalalarini, shuningdek jamiyat iqtisodiy hayoti va iqtisodiy islohotlarning o‘zaro nisbati muammosini kiritish mumkin. Ularni ijtimoiy-falsafa iqtisodiy fanlar, iqtisodiy nazariya iqtisodiy tadqiqotlarida “oq dog‘lar” mavjudligi uchun emas, balki bilishning, shu jumladan iqtisodiy borliqni insoniyat yaxlit ijtimoiy organizmining tarkibiy qismi sifatida bilishning umumnazariy, umumilmiy metodologik prinsiplarini aynan ijtimoiy-falsafa ishlab chiqqani uchun tadqiq qiladi.

Jamiyat hayotining iqtisodiy sohasi iqtisodiyot deb nomlanib, ujamiyatdagi turli-tuman iqtisodiy faoliyatlarni, munosabatlarni, ishlab chiqarishning muayyan usullari hamda infratuzilmaviy muassasalarini yaxlit qilib birlashtiruvchi iqtisodiy tizimdir. Bu iqtisodiy tizim muttasil taraqqiy etib borishi zarur, boisi ehtiyojlarning o‘sishi cheksizdir. Har bir davrda iqtisodiyotning davriy harakatida bir tomondan, ishlab chiqarishning erishgan darajasi, ikkinchi tarafdan miqdor va sifat nuqtai nazaridan o‘sgan jamiyat ehtiyojlari o‘rtasida ziddiyat yuzaga keladi. Ushbu ziddiyat iqtisodiyotni rivojlantirishning o‘ziga xos harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Iqtisodiy sohaga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. U tor ma’noda “turli predmet va xizmat turlarini ishlab chiqarish, taqsimlash, almashtirish va iste’mol qilish” deb tushuniladi . SHu ma’noda aytish mumkinki, “jamiyatning iqtisodiy soha”si tushunchasi “bazis” tushunchasiga mos keladi. Keng ma’noda esa iqtisodiy soha deganda barcha ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni tushuniladi: ishlab chiqarish usuli, ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarining birligi, shuningdek iqtisodiyotning o‘zaro aloqadorligi va o‘zaro ta’sirlari yig‘indisi. O‘ta keng kategorial ma’noda sotsiumning iqtisodiy sohasi “tabiat bilan insonlar o‘rtasida individ va kishilar guruhining ongli faoliyati orqali o‘zaro aloqalarini” aks ettiradi.

Insonning yashamog‘i uchun zarur bo‘lgan tirikchilik vositalari, xususan oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, ishlab chiqarish vositalari bo‘lishi zarur. Ular tabiatda iste’mol uchun tayyor holda bo‘lmaganligi sababli, ularni insonlar ishlab chiqarishi lozim. Demak, ishlab chiqarish tabiat buyumlarini kishilar ehtiyojini qondirishga moslashtirish jarayonidir.

SHuni alohida ta’kidlash kerakki, birinchidan, ishlab chiqarish jarayonida ne’matlar yaratishni maqsad qilib mehnat qiladilar; ikkinchidan, kishilarning mehnat faoliyati yakka ajralgan holda emas, balki birgalikda, hamkorlikda yuz beradi.

Insonlar mehnat faoliyatlari doirasini doimo kengaytirib, ishlab chiqarish jarayonini to‘xtovsiz mukammallashtirib boradilar. CHunki iqtisodiy rivojlanishning barcha muammolari ehtiyojlarni qondirish uchun resurslarni sarf qilishi bilan bog‘liqdir. Bu muammolarni hal etish ikki aksiomaga asoslanadi:



  1. Jamiyat ehtiyojlarining cheksizligi;

  2. Ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan jamiyat resurslarining cheklanganligi.

“Moddiy ehtiyojlar” deganda insonlarning hayotiy zarur tovar va xizmatlarni sotib olish, ulardan foydalanish zaruriyati tushuniladi. Moddiy ‘htiyojlarning ikki turi majud:

  1. Inson ehtiyojlari;

  2. Ishlab chiqarish ehtiyojlari.

Inson ehtiyojlari iste’mol buyumlari va xizmatlarda qondiriladi. Ishlab chiqarish ehtiyoji esa mehnat qurollari va hom-ashyoda qondiriladi.

Ehtiyojlarni qondiruvchi vositalar “ne’matlar” deyiladi. Ne’matlar miqdori ehtiyojlarga nisbatan cheklangandir.

“Iqtisodiy resurslar” deganda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishda ishlatiladigan tabiiy, insoniy va odamlar ishlab chiqargan resurslar tushuniladi. Unga ishlab chiqarish sharoitlari, asbob-uskunalar, mashinalar, har-xil turdagi mehnat, er osti qazilmalari va er kiradi.

Resurslarning barchasini ikki turga bo‘lish mumkin:



  1. Moddiy resurslar – er, xom ashyo materiallari, kapital;

  2. Insoniy resurslar – mehnat va tadbirkorlik layoqati.

Иқтисодий ресурс





Инсоний ресурслар



Моддий ресурслар


Табиий ресурслар



Инсонлар яратган ресурслар

Иш кучи

Тадбиркорлик лаёқати





Ер ва ер ости бойликлари, ўрмонлар, сув ресурслари ва ҳ.к.



Ишлаб чиқариш воситалари: асбоб-ускуналар, машиналар, транспорт ва ҳ.к.

Инсонларнинг ишлаб чиқариш жараёнига сафарбар этилган жисмоний, ақлий қобилияти ёки инсонларнинг меҳнат қила олиш қобилияти

Бошқа ресурсларни самарали ишлата олиш қобилиятига эга инсоний ресурс

Resurslar har doim mavjud iqtisodiy rivojlanish darajasida barcha ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo‘lgan hajmdan kam bo‘ladi yoki insonlarning jami moddiy ehtiyojlari hamma mavjud resurslarni ishlab chiqarish imkoniyatlaridan ortiqdir. SHu sabab mutlaq mo‘l-ko‘lchilikka erishib bo‘lmaydi. Bizning ehtiyojlar cheksiz, resurslar esa noyob va chegaralangan bo‘lgani uchun biz hamma ehtiyojlarni to‘liq qondira olmaymiz.

Jamiyat chegaralangan resurslardan samarali foydalanishga harakat qiladi. Buning uchun esa u to‘liq ishlab chiqarish hajmi va to‘liq bandlikni ta’minlamog‘i zarurdir. “To‘liq bandlik” deganda ishlab chiqarish uchun yaroqli bo‘lgan barcha resurslardan foydalanish tushuniladi. Iqtisodiyot ishlashni hohlovchi va bunga qodirlarni ish bilan ta’minlashi, barcha ishlab chiqarish vositalarini ishlatishi zarurdir.

“Ishlab chiqarishning to‘liq hajmi” deganda resurslarni samarali taqsimlash tushuniladi, ya’ni qo‘llanilayotgan resurslardan shunday foydalanish kerakki, bunda mahsulotning hajmi ortib borsini. Resurslarning chegaralanganligi jamiyat oldiga iqtisodiy nuqtai nazardan eng maqbul miqdorda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish muammosini ko‘ndalang qilib qo‘yadi. Jamiyat qaysi mahsulotlarni qanday miqdorda ishlab chiqarishi, demak qaysi tarmoqlar qanday sur’atlarda rivojlanishi zarurligini aniqlab olishi zarurdir.

Jahon iqtisodiy adabiyotida ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni tasniflashda ulardan tashqari:

1. Ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik shakli.

2. Iqtisodiy faoliyatni boshqarish va koordinatsiyalash, tartibga solish uslubi bo‘yicha yondashish, tahlil qilish ham keng yoyilgan.

Mulkning tarkibi jihatidan ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar ikkiga: monostrukturali hamda polistrukturali tizimlarga ajratiladi. Bunday yondashuvda ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar bir mulk shaklining hukmron bo‘lishi yoki bir mulk shakli hukmronligini inkor qilish nuqtai nazaridan qaraladi.

Monostrukturali, ya’ni bir mulk shakli hukmron bo‘lgan tizim mulkiy monopoliyaga asoslanadi. Bu hukmronlik xususiy mulk va davlat mulkining hukmronligi bilan ajralib turadi. YAkka mulk monopoliyasiga tayangan iqtisod monotizim yoki monoiqtisod bo‘ladi. (Bu erda shuni eslatib o‘tish kerak-ki, dastlab ijtimoiy mulkchilikka asoslangan ibtidoiy jamoa tizimi vujudga kelgan. Keyinchalik xususiy mulk vujudga kelishi bilan ( 5 bob) xususiy mulk monopoliyasiga asoslangan tizimlar shakllangan). Qadimiy SHarqda u davlat mulkiga asoslangan «osiyocha ishlab chiqarish usuli» bo‘lib, ishlab chiqarish omillari davlat qo‘lida to‘plangan. Er, suv, har xil inshootlar, hatto ish kuchi ham davlatniki bo‘lgan. Davlatga qarashli qullar, qaram dehqonlar bo‘lgan.

G‘arbda esa monoiqtisodiyot asosan xususiy mulk monopoliyasiga tayangan. U qadimgi dunyo va o‘rta asrlarda quldorlar va feodallarning mulkiy hukmronligi va ishlab chiqaruvchilarning tobeligi tarzida namoyon bo‘lgan. Klassik kapitalizmda ulardan farqli ravishda, ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilik sharoitida ishlab chiqaruvchilar shaxsan qaram bo‘lmagan. Lekin mulkdan mahrum holda tirikchilik kechirish uchun mulk egalari qo‘ygan shartga rozi bo‘lib ishlashga majbur bo‘lgan.

Klassik kapitalizmning o‘ziga xos belgisi bu xususiy mulkning individual, yakka kapitalistik xususiy mulk shakliga kirishidir. Jamiyat a’zolarining bir toifasi mulk egasi, ikkinchi toifasi mulksiz bo‘lgani uchun ular o‘rtasida noteng munosabatlar yuzaga keladi. YA’ni yaratilgan mahsulotdan mehnatning ulushi ish kuchining haqiqiy ulushiga qaraganda kam to‘lanadi. Jamg‘arish kapital to‘plab boylik orttirish yo‘li bo‘lganidan unga katta e’tibor beriladi. SHuning uchun ishlab chiqarish vositalarini yaratadigan sohalarning ustuvorligi ta’minlanadi.

Klassik kapitalizm XVIII asrning oxiridan XX asr ikkinchi yarmigacha davom etib, o‘zidan avvalgi quldorlik va feodalizmdan o‘zining muhim afzalligi — mehnat unumdorligini oshirish qobiliyati bilan ajralib turadi. Uning tarixiy o‘rni shundaki, bu tizim industrial ishlab chiqarishdek moddiy bazani yaratdi.

Monoiqtisodiyotning o‘ziga xos shakli davlat mulk monopoliyasiga asoslangan sotsialistik tizimdir. U davlatning iqtisod ustidan qattiq nazoratiga asoslangan. Ishlab chiqarish vositalari, barcha jamiyat a’zolariniki deb e’lon qilingan bo‘lsa-da, mulkni tasarruf qilish davlat qo‘lida bo‘lgan. Iqtisodiy faoliyat davlat tomonidan markazdan turib rejalashtiriladi va boshqariladi. Davlat belgilagan reja quyi bo‘g‘inlar, korxonalar uchun majburiy bo‘lib, uni bajarish shart bo‘lgan. Davlat narx-navo ustidan qattiq nazorat o‘rnatgan. Narx Davlat narx qo‘mitasi tomonidan belgilangan. YAratilgan mahsulot, olingan daromadlar ham davlat belgilagan qat’i tartib asosida taqsimlangan. Ish haqi miqdori ham davlat tomonidan belgilangan. Kredit berish, tashqi aloqa ham davlat monopoliyasi bo‘lgan. Davlat mulkidan tashqari jamoa mulki ham mavjud bo‘lsa-da, u ham davlatlashtirilgan. Jamoa xo‘jaliklari eng avvalo, davlat erida faoliyat yuritganlar, moddiy resurslarni davlatdan olib, ishlab chiqarilgan mahsulotni davlatga u belgilagan narx bo‘yicha sotganlar. Davlat rejasiga binoan ish yuritganlar. Jamoa mulki amalda davlatga qaram bo‘lgan.

Aholi daromadlari past bo‘lganidan shaxsiy mol-mulk cheklangan, uni daromad olish yo‘lida ishlatish man qilingan. Xususiy mulkka ruxsat berilmagan.

Bunday iqtisodiy tizim totalitar, rejali iqtisodiy tizim deb ham yuritiladi. Uning asosiy belgisi iqtisodiyotni har taraflama davlatlashtirishdir.

Bu tizimda ham ekspluatatsiya mavjud bo‘lib, faqat ekspluatatsiya qiluvchi individual kapitalist emas, balki davlatdir. Ekspluatatsiyaning mavjudligi yaratilgan milliy daromadda mehnatkashlar ulushining kamayib borishidir.

Bu monotizimning o‘ziga xos tomoni shundaki, hamma resurslarni davlat qo‘lida to‘plash, ularning katta qismini jamg‘arish imkonini beradi. Siyosiy-ma’muriy yo‘l bilan yaratilgan milliy daromadning asosiy qismini tortib olib, jamg‘arish jadallashtiriladi. Bunda kapitalistik monotizim echib ulgurmagan jamg‘arish muammosini totalitar sotsialistik tizim bajaradi. SHuning uchun bu tizim nisbatan iqtisodda agrar ishlab chiqarish ustun, industrlashtirish orqada bo‘lgan mamlakatlarda o‘rnatilganligi bejiz emas.

Keyingi rivojlanish bosqichida monoiqtisod o‘rniga poliiqtisod keladi. Polistrukturali tizim asosini turli-tuman mulkchilik va ayrim mulk shaklining ustuvorligini inkor qilish tashkil etadi. Bunday tizimda mulkiy muvozanat hosil bo‘ladi hamda hamma mulk shakllarining rivojlanishi uchun bir xil sharoit yaratiladi. Albatta, monoiqtisodiyotni poliiqtisodiyotga o‘tishi darhol yuz bermaydi.

Iqtisodiyotning asosiy muammosini hal qilish yo‘llari:


  • iqtisodiy resurslar miqdorini ko‘paytirish;

  • resurslar unumdorligini oshirish;

  • resurslardan foydalanishning turli muqobil variantlaridan eng samaralisini tanlash;

  • resurslarni samarali uyg‘unlashtirish;

  • jamiyat ehtiyojlarini cheklash.

Jamiyat iqtisodiy hayotida muayyan obektiv qonunlar amal qiladi. Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy jarayonlarning turli muhim tomonlari o‘rtasida yuzaga kelib va muqim takrorlanib turadigan, uzviy iqtisodiy zaruratni taqozo etuvchi aloqalardir.

Iqtisodiy qonunlar quyidagi turlarga bo‘linadi:



  • umumiqtisodiy qonunlar – jamiyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida, iqtisodiyotning aniq ijtimoiy shaklidan qat’i nazar, amal qiluvchi qonunlardir. Masalan, mehnat taqsimoti, jamg‘arish, mehnat unumdorligining o‘sib borishi, ehtiyojlarning yuksalishi, mehnat turlarining almashuvi, farovonlik qonunlari;

  • formatsion – maxsus qonunlar. Bular faqat ijtimoiy-iqtisodiy tizim doirasida amal qiluvchi, shu tizimning maxsus xususiyatlarini ifoda etuvchi qonunlardir: feodalizm, kapitalizm, imperializm, sotsializm qonunlari;

  • davriy oraliq qonunlar – ma’lum davrda turli ijtimoiy-iqtisodiy tizimda amal qiluvchi qonunlarning maxsus tuzumga aloqasi bo‘lmagan holda ularni birlashtirib turuvchi munosabatlar – bozor iqtisodiyoti qonunlari. Masalan, talab va taklif qonunlari.


Download 4,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish