O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi O‘zbekiston Respublikasi xalqlari tarixiy-madaniy



Download 180,05 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana03.01.2022
Hajmi180,05 Kb.
#313266
  1   2
Bog'liq
Milliy arxiv fondi



Milliy arxiv fondi 

 

        



O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi — O‘zbekiston Respublikasi xalqlari tarixiy-madaniy 

merosining  ajralmas  qismi  hisoblanadigan,  tarixiy,  ilmiy,  ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy  va  madaniy 

ahamiyatga  ega  bo‘lgan,  O‘zbekiston  hududida  yashagan  va  yashayotgan  xalqlarning  moddiy  va 

ma'naviy hayotini aks ettiruvchi, yaratilgan joyi, vaqti, manba turi va mulkchilik shaklidan qat'i nazar, 

tarixan paydo bo‘lgan, doimo to‘ldirib boriladigan va doimiy saqlanishi kerak bo‘lgan arxiv hujjatlarining 

majmuidir. 

         

«Arxivlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq «O‘zbekiston Respublikasi 

Milliy  arxiv  fondi  to‘g‘risida  Nizom»(O‘.R.  MAF)  tasdiqlanib,uning  asosiy  maqsadi  O‘zbekiston 

hududida mavjud bo‘lgan barcha arxiv hujjatlarining to‘liq qamrab olinishini ta'minlashga, O‘zbekiston 

Respublikasi  Milliy  arxiv  fondining  yaxlitligini  saqlab  qolishga  va  fuqarolar,  jamiyat  va  davlatning 

ijtimoiy, madaniy, ilmiy va boshqa ehtiyojlarini qondirish maqsadida arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga 

ol

ish,  ekspertiza  qilish,  ro‘yxatdan  o‘tkazish  hamda  ulardan  foydalanishning  yagona  tartibini 



belgilashga qaratilgandir. 

        


Hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga o‘tkazish yoki hujjatlarni undan 

chiqarish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zarxiv» agentligi organlari va 

muassasalari  tomonidan  nodavlat  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  bilan  birgalikda  ularning  hujjatlari 

qimmati ekspertiza qilingandan so‘ng amalga oshiriladi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Milliy  arxiv  fondi  hujjatlari  saqlanish  joyi  va  mulkchilik  shakllaridan  qat'i 

nazar, davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi va hisobga olinadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi davlat va nodavlat arxiv fondlaridan tashkil topadi. 

Davlat arxiv fondini quyidagilar tashkil etadi : 

a)  O‘zbekiston  Respublikasi  tarkibiga  kiruvchi  hududdagi  mavjud  va  o‘zining  barcha  tarixi 

davomida mavjud bo‘lgan davlat yuridik shaxslari arxiv hujjatlari : 

 

davlat hokimiyati va boshqaruvining oliy, res



publika va mahalliy, fuqarolarning o‘z o‘zini 

boshqarish organlari, prokuraturalar, sudlar, banklarning ; 

 

sanoat, transport, aloqa, kapital qurilish, qishloq xo‘jaligi va xalq xo`jaligining boshqa 



tarmoqlari,  fan,  xalq  talimi,  madaniyat  sohasidagi  davlat  korxonalari,  muassasalari, 

tashkilotlar va birlashmalarning ; 

 

ustav  kapitalida  davlat  mulki  bo‘lgan  aralash  mulkchilik  shakllaridagi  korxonalar, 



tashkilotlar va birlashmalarning ; 

 



vatanimizning chet elda bo‘lgan va (yoki) chet eldagi davlat korxonalari, muassasalari, 

tashkilotlari va birlashmalarining faoliyatida paydo bo‘lgan arxiv hujjatlari

b)  kasaba  uyushmalari,  siyosiy  tashkilotlar,  ijodiy  va  boshqa  jamoat  tashkilotlari, 

birlashmalarning  O‘zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlariga  muvofiq  ro‘yxatdan  o‘tgunga 

qadar o‘z faoliyatlarida paydo bo‘lgan hujjatlari, din davlatdan ajratilgungacha bo‘lgan davrga 

tegishli diniy muassasalarning arxiv hujjatlari ; 




d)  O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  harakatda  bo‘lgan  barcha  darajadagi  harbiy  qismlar 

boshqarmalari 

va shtablari, qo‘shilmalar va birlashmalar, o‘quv muassasalari va boshqa milliy 

muhofaza qilish va xavfsizlik muassasalari, tashkilotlari, armiya, chegara va ichki qo‘shinlarning 

arxiv hujjatlari; 

e) qonuniy asosda davlat mulkiga, shu jumladan, chet ellardan kelib tushgan yuridik va jismoniy 

shaxslarning arxiv hujjatlari ; 

f) arxiv hujjatlarining asl nusxasi, shuningdek, davlat mulkiga chet ellardan qonuniy asosda kelib 

tushgan arxiv hujjatlari nusxalari. 

2. Nodavlat arxiv fondi: 

a)  jamoat  birlashmalari  va  tashkilotlaridagi  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning,  shu  jumladan, 

kasaba  uyushmalari,  xayriya  jamg‘armalari  va  boshqa  jamg‘armalar,  siyosiy  partiyalar  va 

harakatlar, diniy birlashmalar va tashkilotlarning ; 

b) nodavlat birlashmalari (kompaniyalar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, aksiyadorlik 

jamiyatlari)dagi  sanoat  korxonalari,  muassasalari  va  tashkilotlari,  qishloq  xo`jaligi  va 

iqtisodiyotning  boshqa  tarmoqlari,  fan,  madaniyat,  ta'lim,  ijtimoiy  soha,  ommaviy  axborot 

vositalarining ; 

d) jismoniy shaxslardagi (shaxsiy hujjatlar, oilaviy arxivlar, hujjatlar kolleksiyasi va boshqalar) 

nodavlat yuridik va jismoniy shaxslarning arxiv fondlari va arxiv hujjatlaridan tashkil topadi. 

Nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat arxiv fondi hujjatlarini saqlash maqsadida tashkil etilgan 

arxivlarda yoki korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalarning tarkibiy bo‘linmalarida doimiy 

saqlashni ta'minlaydilar. 

Nodavlat  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  o‘z  hujjatlarini  davlat mulki  qilib  davlat  arxivlari,  muzeylar  va 

kutubxonalarda  saqlashga  berishlari mumkin.  Bunday  ishlar  bitim  (shartnoma)  bilan,  zarur  hollarda 

hujjatlarni saqlash va ulardan foydalanish shartlari aniqlangan holda rasmiylashtiriladi. 

Nodavlat korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalar tugatilganda yoki shaxsiy arxiv egasi 

vafot  etganda,  vorislar  va  qonuniy  merosxo‘rlar  bo‘lmaganda  ularning  hujjatlari  davlat  mulkiga 

o‘tkazilib, doimiy saqlash uchun davlat arxivlariga topshiriladi. 

Nodavlat  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  nodavlat  arxiv  fondi  hujjatlarini  vaqtinchalik,  shu  jumladan, 

depozitar saqlashga davlat arxivlariga, muzeylarga va kutubxonalarga berishlari mumkin. 

Nodavlat arxiv fondi hujjatlarini vaqtincha, shu jumladan, depozitar saqlashga berish shartlari va tartibi 

hujjat  egalari  bilan  davlat  arxivlari,  muzeylar  va  kutubxonalar  o‘rtasida  tuzilgan  bitimlar 

(shartnomalar)da belgilanadi. 

Hozirgi paytda davlat arxivlarida saqlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlari 

6,0 mln. saqlov birligini tashkil etadi, shu jumladan 38,0 mingdan ortiq ilmiy-texnikaviy hujjatlar, 16,0 

mingdan ortiq kinohujjatlar, 402,0 ming surat hujjatlari, 14,0 ming ovozli hujjatlar. 

Idoraviy  arxivlarda  1,6  mln.  saqlov  birligida  doimiy  saqlanadigan  hujjatlar  mavjud.  6  mln.  negativ 

kadrdan iborat sug‘urta fondi yaratilgan. 

  

  


Download 180,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish