O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 218,07 Kb.
bet1/11
Sana24.03.2022
Hajmi218,07 Kb.
#507529
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mustaqillik davri hikoyalarida milliy ruh va ma’naviy axloqiy muamolar


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA FAKULTETI
O`ZBEK TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI
IV KURS BITIRUVCHISI
DEHQONOVA FERANGIZNING “MUSTAQILLIK DAVRI HIKOYALARIDA MILLIY RUH VA MA’NAVIY – AXLOQIY MUAMMOLAR
MAVZUSIDAGI

5120100- Filologiya va tillarni o`qitish (o`zbek tili) yo`nalishida bakalavr akademik darajasini olish uchun yozgan



(2015-2016- o`quv yili)
Ilmiy rahbar: M. B. RAJABOVA,
filologiya fanlari nomzodi, dotsent

Buxoro – 2016


MUSTAQILLIK DAVRI HIKOYALARIDA MILLIY RUH VA MA’NAVIY – AXLOQIY MUAMMOLAR
Kirish

I BOB
MILLIY RUH VA QAHRAMON MA’NAVIYATI


I.1 Istiqlol davri o‘zbek kichik nasrida yangi tamoyillar.
I.2 Shukur Xolmirzaev ijodiga oid chizgilar.
I.3 Shukur Xolmirzaev hikoyalarida ma’naviy, axloqiy masalalarning badiiy talqini.


II BOB.
NAZAR ESHONQUL IJODIDA XARAKTER YARATISHNING YANGICHA TAMOYILLARI
II.1 Mustaqillik davri o‘zbek nasrida modernizm va modern yo‘nalishdagi hikoyalar.
II.2 Nazar Eshonqul hikoyalarida ijodiy o‘ziga xoslik.
II. 3. Ma’naviy-axloqiy muammolarning noan’anaviy talqini
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.











KIRISH


Mavzuning o`rganilganlik darajasi va dolzarbligi. O‘zbek adabiyotida hikoya janri tug‘ilganidan buyon o‘tgan davr mobaynida adiblarimiz tomonidan ko‘plab hikoyalar yozildi, ularning aksariyati kitobxonlar mehrini qozondi. Istiqlol yillarida dunyoga kelgan o‘zbek hikoyalarda inson va jamiyat, odamlar o‘rtasidagi ziddiyat va munosabatlar o‘ziga xos tarzda falsafiy-badiiy ifodasini topmoqda. Zero, “...so‘z san’ati azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi bo‘lib keladi. Xususan, mustaqillik yillarida yurtimizda ma’naviyatimiznining g‘oyat muhim va uzviy qismi bo‘lgan adabiyotni rivojlantirish, shoir va yozuvchilarimizning ezgu mehnatini qadrlash va munosib rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘z hosilini berayotgani, badiiy adabiyotimiz mavzular ko‘lami jihatidan ham, janrlar nuqtai nazaridan ham rang-barang bo‘lib borayotgani, adabiyot maydonida yangi-yangi nomlar paydo bo‘layotgani kitobxon xalqimizni, albatta, quvontiradi. Bularning barchasi milliy tiklanish jarayonlari qalam ahlining ijodiy izlanishlari uchun qanday katta ufqlar ochib berganini yana bir bor ko‘rsatadi”1[1.136].
Adabiy qahramonlar ruhiyatini ochish, qilmish va tutumlarining sabablarini tahlil etish orqali kitobxon ko‘ngliga yo‘l topish yozuvchilar uchun eng mushkul ishlardan biri bo‘lsa, ajabmas. Inson shaxsiyati jumbog‘ini echishga urinish, hayot mohiyatini anglashga, shaxs ruhiyatini taftish va tahlil qilishga intilish – adabiyotning, xususan, hikoya janrining ham bosh vazifalaridandir.
O‘zbekistoning ijtimoiy – siyosiy va madaniy hayotida yuz bergan keskin va tabiiy o‘zgarishlar adabiy jarayonga ham o‘zining jiddiy ta’sirini ko‘rsatdi. Natijada “haqiqatni oshkora aytish”, “erkin fikrlash”, “talqinlarda va tasvirda xolis bo‘lish”, “biryoqlama qarashlarga barham berish” singari tushunchalarning salomog‘i va salohiyati yanada oshdi. SHunday ijodkorlar sirasiga mashhur yozuvchilarimiz Shukur Xolmirzaev va Nazar Eshonqulni kiritishimiz mumkin.
Adabiyotshunosligimizda istiqlol davri kichik nasrining yutuqlari, ijodkorlarning bu boradagi faoliyatlari qator ishlarda tahlil qilindi. Jumladan, U. Normatovning “Umidbaxsh tamoyillar”, “ Tafakkur yog‘dusi”, Ulug‘bek Hamdamovning “Badiiy tafakkur tadriji”, “Rahimjonov N. Istiqlol va bugungi adabiyot” kabi yirik tadqiqotlarida hamda Q. Yo‘ldoshevning “Kichik janrdagi katta yutuqlar”, “O‘zbek nasri ufqlari”, SH. Doniyorovaning “ SH.Xolmirzaevning hikoyachilikdagi mahorati”, A. Mamarasulovning “Eshonqul hikoyalari haqida” kabi qator maqolalarda mustaqillik davri hikoyachiligi keng tahlil qilingan. Biz adabiyotshunosligimizda amalga oshirilgan mazkur tadqiqotlarga tayangan holda Shukur Xolmirzaev va Nazar Eshonqul hikoyalarida milliy, ma’naviy-axloqiy, hayotiy muammolarni tahlil qilishni maqsad qilib belgilab oldik. Bu esa tanlagan mavzumizning dolzarbligini belgilaydi.

Download 218,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish