O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona politexnika instituti kimyo texnologiya fakulteti



Download 56,07 Kb.
bet1/10
Sana27.06.2022
Hajmi56,07 Kb.
#708267
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Tursunov Ahrorbek kurs ishi



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI KIMYO TEXNOLOGIYA FAKULTETI

Qishloq xo’jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” yo‘nalishi “Dala ekinlari mahsulotlarini tayyorlash saqlash va dastlabki ishlov berishning texnologik va ilmiy asoslari” fanidan


Chigitli paxtani namligini aniqlash” mavzusidagi

KURS ISHI

M19-20 guruh talabasi
Ahmadjonov Avazbek Akmaljon o’g’li


O`qituvchi: Ibragimov.O.O


Farg‘ona 2022

--------------------------------------------_15_7._O’lchashni_bajarish'>-----------------------------------------------------------------------------3_2._Topshirilgan_paxtadan_namuna_olish'>Mundarija
1. Kirish-----------------------------------------------------------------------------3
2. Topshirilgan paxtadan namuna olish---------------5
3. Qo’lda va mashinada terilgan paxtaning davlat standartlari bilan tanishish-----------------------------------------------------------------------------------8
4. Chigitli paxtaning namligini davlat standartlari ----------------------------12
5. Chigitli paxtani namligini aniqlash -----------------------------14
6. O’lchashni bajarishga tayyorgarlik --------------------------------------------15
7. O’lchashni bajarish ------------------------19
8. O’lchash natijalarini hisoblash --------------------------------------------21
9. USX-1, VXS, VXS-MI va "SIFAT” tezkor aniqlovchi o’lchash uskunalarida paxta namligini aniqlash -----------------------------------------23
10. Quritish shkaflarida paxta namligini aniqlash
------------------------------27
11.Xulosa--------------------------------------------------------------------------------29
12.Foydalanilgan adabiyotlar-------------------------------------------------------30

Kirish
Bugungi kunda paxtadan olinadigan mahsulotlar kundalik hayotimizdan tashqari sanoatning turli tarmoqlarida ham keng foydalanilmoqda. Paxtachilik asosiy davlat siyosatidan biri bo’lib, keyingi yillarda bu masalaga katta e’tibor qaratilmoqda. Eng avvalo seleksioner olimlar g’o’zaning yangi navlarini yaratishda ishlab chiqarish va to’qimachilik sanoatining talabini hisobga olishi muhim hisoblanadi. Shundagina navlarimiz sifatli hamda raqobatbardosh bo’ladi. Yuqori sifatli tola olish uchun xo’jalikda g’o’zaning tezpisharligi, hosildorligi, kasalliklarga, joyning tuproq-iqlimi va boshqa noqulay sharoitlarga chidamliligi-bularning hammasi g’o’zaning eng maqbul seleksion navlarini tanlash va ulardan oqilona joylashtirishga bog’liq. Muayyan mintaqaning tuproq-iqlim sharoitiga mos kelmaydigan navlarni ekish, hosildorlikni, paxtachilikning iqtisodiy samaradorligini pasaytiradi. Jumladan, shimoliy hududlarda kech va o’rtapishar navlarning ko’saklari kech va sekin ochiladi, terib olinadigan hosil miqdori, tola hamda chigit sifati yomonlashadi. Paxta tozalash sanoati uchun tola chiqishi, uning chigitdan oson ajralishi, pishiqligi kabi ko’rsatkichlar katta ahamiyatga ega. Korxonalarda sifatli mahsulot etishtirish hamda ish unumdorligini oshirish, daromadni ko’paytirish yuqoridagi omillarga bog’liq. Hozirda, mamlakatimiz tomonidan horijiy davlatlarga sotilayotgan paxta tolasi, valyuta tushumining asosiy manbalaridan biri bo’lib qolmoqda. Tayyorlanayotgan paxta tolasining qariyb 80-85 % chet davlatlarga eksport qilinadi. Dunyo bozorida tolaning oqligi, ifloslanish darajasi va ayniqsa, mikroneyr ko’rsatkichiga alohida e’tibor beriladi. Mikroneyr ko’rsatkichi 4,8-4,9 dan yuqori bo’lsa tola dag’al hisoblanadi va jahon bozorida raqobat qilaolmaydi. Dag’al tolaning xarid narxi ham past bo’ladi. Paxta tolasiga narx belgilashda asosiy va maqbul ko’rsatkich 23,5-26,4 gk/teks uning solishtirma uzilish kuchi hisoblanadi. Shunday ekan, tolaning sifatli bo’lishi nafaqat seleksioner olimlar va etishtiruvchiga, balki uni qayta ishlovchi korxonalarning ishlarshi to’g’ri tashkillashtirishiga hamda standart talablariga amal qilishlariga bog’liq bo’ladi. Ya’ni, sifatli tola ishlab chiqarishda uning tabiiy sifat ko’rsatkichlari (uzunligi, rangi, qalinligi, pishib etilganligi va h.k.) bilan birga, paxtani qayta ishlashda to’g’ri texnologik jarayon o’rnatish, unda ishlatiladigan dastgohlarning texnik holati alohida ahamiyatga ega. Sifatli ta’mirlangan, ishchi organlarning harakat rejimlari, texnologik oraliq masofalari to’g’ri o’rnatilib, yaxshilab sozlangan dastgohlarning texnologiyada ishlatilishi, sifatli mahsulot ishlab chiqarishga kafolat beradi, deb aytish mumkin. To’qimachilik sanoati o’z rejasiga muvofiq muayyan sifat ko’rsatkichlariga ega bo’lgan paxta tolasiga buyurtma beradi. O’zbekiston Respublikasi Standarti (O’zRST 615-94) ga muvofiq topshirilgan paxtaning tolasi 9 ta (1a , 1b , 1, 2, 3 hamda 4, 5, 6, 7) tipga, 5 ta sanoat naviga bo’linadi. Lekin, to’qimachilik sanoatining talabi asosan 5- tip tolaga eng ko’p bo’lib, u qariyb etishtirilgan paxtaning 60 % ni tashkil etadi.


Download 56,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish