O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. Sh. Turdibekova O‘zbek tilining sohada qo’llanilishi


HAR BIR MAVZU UCHUN O‘QUV-METODIK MATERIAL



Download 270,29 Kb.
bet6/44
Sana14.04.2022
Hajmi270,29 Kb.
#552378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
sohada qo\'llash.UMK

HAR BIR MAVZU UCHUN O‘QUV-METODIK MATERIAL



1-mavzu. Kirish. “O’zbek tilining sohada qo’llanishi” fanini o’qitishning maqsad va vazifalari.
Reja:

  1. Tilning boshqa fanlar bilan aloqasi.

  2. Til va tafakkur.

  3. Til va ma‘naviyat.

  4. Davlat tili tushunchasi.

  5. O‘zbek tili va davlat qonunlari.

Tayanch so‘z va iboralar: davlat tili, adabiy til, davlat tilini o`qitishdan maqsad, o‘zbek tilining sohada qo`llanilishi, imlo qoidalari, ish yuritish, mutaxassislik terminologiyasi, hujjatlar tili, og`zaki adabiy til, yozma adabiy til, davlat tili haqidagi qonun, millatni birlashtirish, savodxonlik.
Fanni oʻqitishdan maqsadtalabalarning yangi alifbo, imlo qoidalari, davlat tilida ish yuritish va mutaxassisligiga oid terminlarni bilishining ilmiy-nazariy asoslarini hamda ularni ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qo‘llay olishni, ilmiy va ta‘lim jarayoniga tatbiq qilishning ilmiy-metodik imkoniyatlarini yoritishdan iborat.
Fanning vazifasi – talabalarni imlo qoidalari, ish yuritish hamda mutaxassislik terminologiyasi bilan tanishtirish.
Dunyodа yetti minggа yaqin til mаvjud, lеkin bаrchа tillаrgа hаm dаvlаt tili dеgаn shаrаfli mаqоm nаsib etmаgаn. Аksаriyat tillаr impеriya dаvlаtlаrning hududidа mа`lum millаtlаrgаginа uy-ro‘zg‘оr tili sifаtidа xizmаt qilаdi. Yer yuzidа o‘z suvеrеn huquqigа egа bo‘lgаn (ikki yuz аtrоfidа)nеchtа dаvlаt bo‘lsа, shungа yaqinroq dаvlаt tili mаvjud bolar ekan. Milliy qomusimizning maʻlumotiga ko‘ra, Yer yuzidаgi yetti ming tildаn аtigi 116 tаsi dаvlаt tili mаqоmigа egа. O‘zbеk tilining bu mo‘`tаbаr minbаrdаn o‘rin оlishi, ya`ni dаvlаt tili mаqоmigа egа bo‘lishi - bu bir bаxt!
Shundаy ekаn, qоnun yo‘li bilаn himоyagа оlingаn оnа tilimizni ko‘zimizgа surtishimiz, аsrаb-аvаylаshimiz, uni hаr tоmоnlаmа rivоjlаntirishimiz, uning rаsmiy dоirаdаgi nufuzini yanаdа оshirishimiz vа tаkоmillаshtirishimiz biz uchun fаrzdir.
Rаsmiy hujjаtlаr tаyyorlаshni hаm ko‘ngildаgidеk dеb bo‘lmаydi. Hаr kim o‘z bilgаnichа rаsmiy hujjаtlаr tuzаdi. Аksаriyat rаsmiy hujjаtlаr аdаbiy til mе`yorlаri vа ekstrаlingvistik tаlаblаrgа riоya qilinmаsdаn tаyyorlаnаyotgаnligini оqlаb bo‘lmаydi.
Shu nuqtаi nаzаrdаn qаrаgаndа, mаzkur fan bo‘lаjаk kаdrlаrning rаsmiy hujjаtlаr tаyyorlаsh ko‘nikmаlаrini rivоjlаntirish vа yanаdа tаkоmillаshtirishni o‘z оldigа mаqsаd qilib qo‘yadi.
Til va tafakkur. Tafakkur va til bir-biri bilan chambarchas bog'liq ijtimoiy hodisalardir. Inson nutqi, til vositalari bo’lmasa, fikrlash ham bo lishi gumon. Tafakkur va til aynan bir xil hodisa emas. Tafakkur zohiriy olamning inson miyasida umumlashgan.til bilan ifodalanadigan in'ikosi. Til esa fikrni ifodalash usuli.uni qayd etib boshqa kishilarga, avlodlarga yetkazish vositasi. Boshqacha aytganda.til — tafakkurning borliq shakli. Til milliy madaniyatning shakli sifatida tafakkurning mevalari va ma'naviy boyliklarini zamon va makonda abadiylashtiradi. Ular doimo bir-birini taqozo qiladi.bir-birining yashashi va rivojlanishiga yordam beradi.
Tafakkur faqat insonlarga xosdir. U kishining mehnat va nutq faoliyati bilan bog'liq holda mayjud. Inson tafakkuri nutq bilan yuzaga chiqadi va uning natijalari tilda qayd etiladi.
Demak, tafakkur jarayonining natijasi hamisha biror-bir fikrdan iborat bo'lib, bu fikr tushuncha, hukm, xulosa tarzida til vositasida namoyon bo'ladi.Til fikrni reallashtiradi, kishilarning fikr almashishlariga imkon tug'diradi.
l.Har bir millatning dunyoda borlig'in ko'rsatadurg'on oyinayi hayoti til va adabiyotdir. Milliy tilni yo'qotmak millatning ruhini yo'qotmakdir (A. Avloniy).
2.Tildagi har bir so'z, uning har bir shakli inson tafakkuri va tuyg'usining natijasidir, o'sha tafakkur va tuyg'ular orqali so'z yordamida mamlakat tabiati va xalq tarixi ifoda etilgan (K. D. Ushinskiy).
3.Ki har neni bilmish odamizot Tafakkur birla qilmish odamizot (A. Navoiy).
4.Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili — bu millatning ruhidir (I. A. Karimov).
5.Kim ravshan fikrlasa, u ravshan bayon etadi (N. Bnalo).
6.Til fikrni yaratuvchi organdir. Aqliy faoliyat va til yaxlit butunlikni tashkil etadi (V.fon Gumboldt).
7.So'zlash qobiliyati — hodisalar ichiga kirishning yagona va bebaho vositasi (L. N. Tolstoy).
Inson faoliyatida til borliqni bilish va fikr almashish vositasi vazifasini bajaradi. Til vositasida insoniyat tomonidan jamg'arilgan bilimlar nainki qaydetiladivasaqlanadi, balki avloddan-avlodga ham yetkaziladi.
Til millat ruhining ko'zgusidir. Tilda millatning boryo'g'i, o'yfikri, dunyoqarashi, orzu-umidlari, Vatani, his-tuyg'ulari aks etadi. Tildagi har bir so'z, uning har bir shakli inson tafakkuri va tuyg'usining natijasi bo'lib, uning yordamida bu tafakkur va tuyg'ular orqali Vatan va xalq tarixi ifodalanadi.
Ona tiliga hurmat va uning bebaho so'z xazinasidan o'rinli foydalanish, til vositasida ravshan va ta'sirchan so'zlab yoza olish, nutqiy savodxonlikka erishish shu til vakili bo'lgan har bir shaxsning burchidir.
So'zda ikki jihatni – tashqi va ichki, belgi va ma'noni ajratish mumkin.
Belgi— bu aytilgan so'zning yozuvdagi ifodasi yoki tovush qobig'i. Har bir belgi nimanidir anglatadi. So'z belgi va ma'noning birligidir. Masalan, bayroq so 'zini tashkil etgan harflar, tovushlar (bayroq) kabi ongimizda tasavvur etilgan moddiy belgi bo'lib, o'zbek tilida muayyan ma'noni ifodalaydiki, u hissiy-ruhiy, g'oyaviy jihati bilan boshqa belgilardan farq qiladi. Bunda tashqi — moddiy belgi (harf, tovush) va ichki belgi — yozilgan yoki aytilgan so'zning hissiy-ruhiy timsoli farqlanadi.
Biz muayyan nutq jarayonida u yoki bu so 'zni eshitmasakda, shu so 'zning qanday yozilishi va aytilishini tasavvur qila olamiz. Xuddi ana shu holat so 'zning ichki, hissiy-ruhiy belgisidirki, u tashqi belgi va shunga mos ma'no bilan chambarchas bog'liq.
Ichki belgilar va ularning ma'nolari orqali biz o'z fikrimizni shakllantiramiz, o 'ylaymiz, mushohada yuritamiz. Tashqi belgilar orqali esa fikrlarimizni (og'zaki, yozma) nutqqa ko'chiramiz, ularni boshqalarga yetkazishga harakat qilamiz, nutqiy aloqa uchun zarur sharoit yaratamiz.

Download 270,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish