O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti o‘zbekiston-finlandiya pedagogika instituti xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti


Mustaqil so‘z turkumlariga xos bo‟lgan grammatik belgilar



Download 50,06 Kb.
bet7/8
Sana08.07.2022
Hajmi50,06 Kb.
#755957
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi. soz turkumlaridan

1. Mustaqil so‘z turkumlariga xos bo‟lgan grammatik belgilar.
Milliy istiqlol sharofati bilan o‘zbek tilshunosligi fani mustaqil taraqqiyot yo‘liga o‘tdi. Milliy tilshunosligimizda mustaqil ilmiy yo‘nalish — formal- funksional (shakl-vazifaviy) tahlil usuli shakllandi va oliy ta'limdan umumiy o‘rta ta'limgacha filologiya yo‘nalishlarida tadbiq etildi. Bugungi kunda o‘zbek tilshunosligida shaxdam qadamlar bilan uch yo‘nalish rivojlanmoqda:
 formal tahlil yo‘nalishi
 formal - funksional tahlil yonalishi
 semantik - sintaktik tahlil yonalishi.

Har uchala yo‘nalish ham sistemaviy, ya'ni tilni sistemada deb tushunadi. Lekin har bir yo‘nalish bu sistemani o‘zicha tushunadi va tayanch birliklari o‘ziga xosdir. Har bir yo‘nalish tilga, ya'ni til tizimiyligiga turli tomondan yondashadi va ma'lum bir qirrasini ochishga, tavsiflashga xizmat qiladi. Alisher Navoiy ma'rifat deganda xuddi mana shuni—bir ma'noga, maqsadga turli yo‘llar bilan yondashish mumkinligini tushunadilar va "Lisonut tayr"da yozadilar:


…Yuz tuman rahrav ko‘rarsan beqaror
Har biri bir yo‘lni aylab ixtiyor…
O‘z borur yolida har kim muftaxir,
Yo‘lni aylab o‘z yo‘liga munhasir.
Darhaqiqat, formal (an'anaviy) yo‘nalish fanimizda eng rivojlangan va keng ommalashgan tahlil usuli bo‘lib, u tilimizning barcha sath birliklarini o‘rganish jarayonida ommaviy amaliyotdadir. Zakiy tilshunos professor A.G`ulomov maktabining tilshunosligini formal tilshunoslik deb atashimiz maqsadga muvofiqdir. Chunki Moskva tilshunoslik maktabi namoyondalari N.Dmitriyev4,
A.Borovkov va ularning shogirdi bo‘lgan ustoz A. G'ulomov lisoniy va nutqiy hodisalarni keskin ajratmaganlar. Bu tahlil yo‘nalishi tadqiq va tahlilning ilk bosqichida falsafiy mohiyatga ega bo‘lgan shakl (forma), ya'ni tadqiq manbaining tashqi, moddiy, formal tomoniga tayanib, undan shaklning mazmun va vazifasi tahliliga o‘tganlar. Ustoz va izdoshlari lisoniy (UMIS1 tabiatli) va nutqiy (YAHVO2 tabiatli) hodisalarni bir-biridan ajratib, o‘zaro bog'lanishda ko‘rmaganlar, xolos. Chunki o‘sha davrda taraqqiyot o‘zbek tili hodisalarini Evropa grammatik talqinlari asosida sistemalashtirishni talab qilar edi. Fanimiz ham shu vazifaga xizmat qildi. Tilimizning sistemaviy tabiatini tavsivlash va ochishda fanimizda yana bir ilmiy yo‘nalish mavjud va bu yo‘nalish N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Berdialiyev, M.Boshmonov, A.Mamajonov kabi olimlar tomonidan rivojlantirilayotgan semantik - sintaktik tahlil yonalishidir.
1 UMIS-umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab
2 YAHVO-yakkalik, hodisa, voqelik, oqibat
Formal-funksional yo‘nalish (asoschisi S.Ivanov) oldingi (formal) yo‘nalishning bevosita davomi bo‘lib, uning tahlil va tavsif materiallariga tayanib ish ko‘radi. Formal-funksional atamasi tarkibidagi birinchi qism mana shunga ishora qiladi. Bu yo‘nalishning maqsadi sistemalashtirish emas, balki sistemani yechish, munosabatlarni sharhlashdir. Bu yo‘nalish lison va nutq hodisalarini izchil farqlovchi Praga strukturalizmi bilan yaqinlashadi, lekin lisoniy hodisalarga dialektikaning umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab, nutqiy hodisalarga esa yakkalik, hodisa, voqelik, oqibat kategoriyalari me'yorlari bilan yondashishi jihatidan undan farq qiladi. Qisqasi, formal tilshunoslik tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar formal-funksional tilshunoslik uchun poydevor vazifasini o‘taydi.
Ma’lumki, nazariy yondashuvda leksemaning atash (denotativ) semasi deganda borliqdagi harakat/holat, narsa-predmet, miqdor, belgi – xususiyatini atovchi, nomlovchi sema tushuniladi. Bu semaning har birini mustaqil so‘z turkumi – fe’l «harakat/holatni atash» semasi, ot «narsa-predmetni atash», son «miqdorni atash», sifat va ravish «belgini atash» semasi sifatida bevosita xususiylashtiradi. Atash semasi obyektiv borliq parchasiga muvofiq kelgani bois leksema sememasi tarkibidagi boshqa semalar (vazifa, ifoda)dan muhimroq ahamiyatga ega. Har bir so‘z turkumining muayyan atash semasi mutlaq va doimiymi yoki mustaqil so‘z turkumlari orasidagi so‘z turkumlarining bir-biriga ko‘chish hodisasi (transpozitsiya)ning bunga daxli bormi?
So‘z turkumining ko‘chishi – transpozitsiya deganda, ma’lum bir turkumga mansub so‘zning o‘ziga xos bo‘lgan atash, vazifa semasini kuchsizlantirib, boshqa so‘z turkumiga xos semantik va grammatik belgiga ega bo‘lishi tushuniladi. Turkiy tillarda so‘z turkumi bir-biridan qat‘iy chegaralanmaydi, ular uzviy aloqada, bir butun sistemani tashkil etadi. Bu sistema qismlari dialektik mantiqdagi «oraliq uchinchi» qonuniyatidan kelib chiqqan holda g i b r i d so‘z sifatida baholanadigan, har ikki siraga xos semantik-grammatik belgini o‘zida saqlovchi, bir turkumdan ikkinchi turkumga ko‘chish bosqichida turuvchi so‘zlar bilan uzviy bog‘lanadi.
Mustaqil so‘zlar orasidagi o‘zaro munosabat va ularning bir-biriga ko‘chishi leksema sememasidagi taraqqiyot natijasida yuzaga kelib, ko‘chishning nutqiy va lisoniylashgan ko‘rinishi farqlanadi. Nutqiy ko‘chishda nutqiy ko‘chma ma’no ifodalanadi. Masalan, Birni ko‘rib fikr qil, birni ko‘rib shukr qil gapida son turkumiga mansub (bir) so‘zi vaqtincha ot turkumi vazifasida kelmoqda va bu o‘tkinchi, nutqiy hodisa. Lisoniy ko‘chishda so‘z bir turkumdan boshqa turkumga butunlay o‘tib ketadi, transpozitsiya hodisasi yuz beradi. Transpozitsiya deyarli barcha mustaqil so‘z, hatto mustaqil va yordamchi so‘zlar orasida ham kuzatiladi:
1) [odam], [kishi], [inson] otlari (zerikib ketdi odam (men), hayron qolasan kishi (men), dardimni eshitadigan inson (hech kim) topilmadi), [bir] soni (bir kishi (kimdir)), [ba’zi] sifati (ba’zilar (allakimlar) unday deydi, ba’zilar bunday) olmoshga;
2) [yigit], [qiz], [o‘g‘il], [qari], [yer], [xotin], [ko‘r], [issiq-sovuq] (issiq-sovug‘idan xabar olmoq) sifatlari, [bordi-keldi], [keldi-ketdi], [oldi-berdi], [ur-yiqit] juft fe’llari, [o‘qish], [yozish], [o‘tmish], [qilmish], [qidiruv] harakat nomi 28

shakllari, [o‘qituvchi], [bog‘lovchi], [kuzatuvchi] sifatdoshlari, [uch], [yetti], [yigirma], [qirq] sonlari otga;


3) [kelajak], [bo‘lajak] sifatdoshlari, [tilla], [kumush], [taxta] (tilla uzuk, asal bola) otlari sifatga;
4) [charchamasdan] (ishlaysan), [o‘ylamasdan] (gapirdi), [indamasdan], [bilinar-bilinmas] sifatdoshlari, [osha], [o‘ta], [ura], [qayta], [qo‘yarda-qo‘ymay], [ura-sura] ravishdoshlari, [erta], [indin], [kecha], [kech], [kechqurun], [savat-savat], [navbatma-navbat] otlari ravishga;
5) [bir] soni, [yakka], [yolg‘iz] sifatlari yuklamaga;
6) [haqiqatdan], [chamasi], [mazmuni] otlari, [yaxshi], [so‘zsiz], [tuzuk], [to‘g‘ri], [tabiiy] sifatlari, [qani], [qalay] olmoshlari modal so‘zga;
7) [bir] soni, [ba’zan] ravishi, [ham] yuklamasi, [bilan] ko‘makchisi bog‘lovchiga;
8) [ost], [ust], [old], [orqa], [tomon], [tag], [tepa], [ich], [ora], [qosh], [lab], [yoqa], [og‘iz] otlari, [qarab], [boshlab], [ko‘ra], [deya], [deb], [o‘xshab] ravishdoshlari, [boshqa], [bo‘lak], [o‘zga] sifatlari, [avval], [oldin], [ilgari], [keyin], [so‘ng] ravishlari ko‘makchiga ko‘chganligi tegishli adabiyotlarda qayd etilgan. Sanalganlarning ayrimi bugungi kunda lisoniylashgan, ayrimi hali o‘tish bosqichida – nutqiy hodisa sifatida qaralmoqda. Masalan, mavjud grammatikalarda son turkumining tasnifiy belgilari sanalar ekan, predmetning sanog‘i, tartibini bildirishi, (qancha), (nechta), (nechanchi) so‘rog‘idan biriga javob bo‘lishi, ot turkumiga mansub so‘z bilan erkin aloqada bo‘lishi va gapda, asosan, sifatlovchi-aniqlovchi vazifasida kelishi ta’kidlanadi. Son lug‘aviy mazmun guruhiga kiruvchi jamlovchi son shaklida son umumiy grammatik ma’nosidan chetlashish kuzatiladi.
Ayni paytda jamlovchi sonning [-ov], [-ala], [-ovlon], [-ovlab], [-ovlashib] shakllari ajratiladi. Qayd etilganlardan [-ovlab], [-ovlashib] shakllari jamlovchi son shakli emas, balki jamlovchi son o‘zagidan yasalgan ravishdosh shakli: ikki+ov+lash+ib sifatida qaralmoqda.
Demak, so‘nggi ikki shakl jamlovchi son shakllari sirasidan chiqariladi. Asosiy shakl sifatida [-ov], [-ala], [-ovlon] ko‘rsatkichi ajratilishi mumkin. Ma’lumki,
bundan [-ov], [-ala] shakli boshqa son ma’no turidan farqlanib, deyarli har doim egalik shakli bilan qo‘llanadi. [-ovlon] shaklli jamlovchi son atash semasi bugungi kunda miqdor emas, balki «qanchadir miqdordagi shaxs» deb qaraladi: Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar. [-ov], [-ovlon] shaklli son ot bilan birikmaydi, gapda sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelmaydi, sonning so‘roqlariga javob bo‘lmaydi, hatto mazkur shakl hosil bo‘ladigan qolip ham nihoyatda unumsiz bo‘lib, barcha son o‘zaklaridan jamlovchi son shakli hosil qilinmaydi. Ular ko‘proq otga xos tasnifiy belgini o‘ziga qabul qilmoqda. [-ala] shakli esa sonlik belgicini ham o‘zida birmuncha saqlab turibdi: Uchala bola ham qo‘shni qishloqdan ekan. Jamlovchi son shakllaridagi semik taraqqiyotni chizmada quyidagicha aks ettiramiz:
[-ala] - [-ov] - [-ovlon]
Кo‘rib o‘tilganidek, ushbu shakllar orasida [-ala] shaklida sonlik belgilari birmuncha saqlangan, [-ovlon] shaklida otlik belgisi yaqqol, [-ov] shaklida har ikki jihat uyg‘un bo‘lib, mazkur shakllarga gibrid birlik sifatida qarash mumkin. [-ov] shakli jamlovchi son shakli orasida, jamlovchi son shaklli so‘z esa ot va son so‘z turkumi orasida «oraliq uchinchi» maqomiga ega bo‘ladi.
Demak, aytish mumkinki, so‘z turkumi orasida muntazam aloqa mavjud, bu aloqa til tizimining doimiy o‘zgarish, taraqqiyotdagi jonli jarayon ekanligidan dalolat beradi. Shu boisdan ayrim so‘zlarning qaysi turkumga mansubligi ularning semantik, morfologik va sintaktik xususiyatlarini tegishli tadqiq usullari bilan tadqiq qilish asosida belgilanishi lozim. Bu tilshunosligimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
2. Yordamchi so‘zlarning grammatik tabiati
Leksemalar tasnifidagi «ma‟noviy nomustaqillik» tushunchasi. Ma’lumki, leksik sath birliklari ikki katta guruhga bo‘linadi: mustaqil so‘z va yordamchi so‘z. Ular orasidagi zidlanishni «ma’noviy va vazifaviy nomustaqillik» tashkil etadi. Bu ziddiyat belgisiga ko‘ra yordamchi so‘z belgili, mustaqil so‘z esa belgisiz a’zo mavqeini egallaydi. Yordamchi so‘z hech qachon mustaqil qo‘llanmaydi, bog‘liq qurshovdagina kela oladi. Mustaqil so‘z esa mustaqil qo‘llanilish va ma’no ifodalash qobiliyatiga ega.
Leksemalarning ma’noviy tasnifida ilk bosqich belgisi «ma’noviy mustaqillik» emas, «ma’noviy nomustaqillik» bo‘lishining sababi – mustaqil leksemaning bu belgiga nisbatan betarafligi. Chunonchi, katta guruhni tashkil etuvchi atoqli ot (Tesha, Anora, Yoqut) guruhida, mavhum otda mustaqil ma’noning mavjudligi kishini shubhaga soladi. Mustaqil so‘zda «ma’noviy mustaqillik» belgisi shartli. Shuning uchun leksemaning ma’noviy tasnifida ilk bosqichning belgisi – «ma’noviy mustaqillik» emas, balki «ma’noviy nomustaqillik». Ushbu belgi asosidagi noto‘liq ziddiyatda ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama kuchli (belgili) a’zoni tashkil etadi. Sof ko‘makchi, sof bog‘lovchi, sof yuklama hech qachon mustaqil ma’noli so‘z xususiyatiga ega bo‘la olmaganligi tufayli uning guruhiga o‘ta olmaydi.
Yordamchi so„zning «oraliq uchinchi» tabiatiga egaligi. Tilshunoslikda yordamchi so‘zning leksema va qo‘shimcha orasida «oraliq uchinchi» bo‘lib, ham leksema, ham grammatik morfema xususiyatini o‘zida mujassamlashtirishi aniqlangan [14]. Ular shaklan leksema, mazmunan qo‘shimcha (qiyos: Кitobni akamga/akam uchun oldim.) Shu tufayli bo‘lsa kerak, til tizimida yordamchi so‘zning o‘rni turlicha baholanadi  ayrim olimlar ularni qo‘shimchaga, ayrimi nutq bo‘lakchasiga, ba’zisi yordamchi so‘zga nisbat beradi. Yordamchi so‘zning so‘zmi, qo‘shimchami yoki mustaqil so‘zning yordamchi so‘z bilan bog‘lanishi so‘z birikmasimi ekanligi hanuzgacha munozara mavzui bo‘lib qolmoqda. Chunki yordamchi so‘z guruhi ichida shunday birliklar borki, ular ham «ma’noviy mustaqillik», ham «ma’noviy nomustaqillik» xususiyatiga ega (ot-ko‘makchilar, yordamchi va ko‘makchi fe’l). Chunonchi, [tortib] mustaqil so‘z sifatida ravishdosh kabi qo‘llaniladi: Baliq qarmoqni bir tortib, qochib ketdi. Shu so‘z Farhod tog‘idan tortib Shirin yayloviga qadar Sirdaryo bo‘ylab tizilib ketgan yetmish ming xalq bu sovuqlarni pisand qilmaydi. (Oyd.). gapida yordamchi so‘z vazifasida kelgan. [Tortib] mustaqil va yordamchi ma’noga ega bo‘lishiga qaramay, mustaqil leksema tipiga kiradi. [Uchun], [sayin], [uzra], [kabi], [va] ga o‘xshagan yordamchi so‘z aniq bir tushunchani ifodalay olmaydi, ammo turli munosabatni yuzaga chiqarib, yordamchi so‘z guruhidan joy oladi. Yuqoridagilardan anglashiladiki, «alohida qo‘llanila olish yordamchi leksemani mustaqil leksema bilan yaqinlashtirsa, turli-tuman munosabatni ifodalash kabi umumlashgan ma’no uni morfemaga, qo‘shimchaga yaqinlashtiradi, leksema va morfema ziddiyatida «oraliq uchinchi» vazifasida keladi.
Yordamchi so‘zni mustaqil so‘zga quyidagilar yaqinlashtiradi:
a) shaklan alohida ajralib turish;
b) lug‘aviy ma’noning mavjudligi (ot-ko‘makchi, fe’l-ko‘makchida);
d) ko‘pincha ularning mustaqil so‘zlarga yaqinlashishi, ulardan kelib chiqishi.
Yordamchi so‘zning grammatik morfemaga o‘xshash tomoni ularning morfema kabi mustaqil nominativ funksiya bajarmasligi ([ammo], [va], [sayin], [kabi]), qo‘shimchasimon shaklda bo‘lishi ([-u], [-yu], [-da]; [-ki/-kim]; [-dek/-day], [-cha]) va boshqalar. Biroq yordamchi so‘zning grammatik morfemadan farqli tomoni shundaki:
1) ular ajralgan holda gap bo‘lagi, so‘z birikmasi va gapda sintaktik xarakterdagi vazifa bajaradi. Bu xususiyat, ayniqsa, ko‘makchi uchun xos.
2) gap bo‘lagi yoki gapni o‘zaro bog‘laydi. Bunday funksiyada, asosan, bog‘lovchi va yuklama keladi.
3) so‘roq, inkor kabi gap ma’nosini ifodalashga xizmat qiladi (yuklama).
Yordamchi so‘z mustaqil so‘z va so‘z-gap oralig‘ida «oraliq uchinchi» maqomini oladi. O‘z navbatida, yordamchi so‘z ham o‘z ichida umumiy belgisiga ko‘ra oraliq uchinchini ajratib chiqaradi.


Xulosa
Tarixiy tilshunoslikda so‘z turkumlarini aniqlashning semantik kriteriy - berilgan so‘zni keng ma`noli kategoriyaga belgilash; morfologik kriteriy - moddiy jihatdan ifodalangan morfologik kategoriyalarning mavjudligi; sintaktik kriteriy -so‘zlashuv zanjirida berilgan so‘zning vazifasi; moslashuv kriteriysi - bir so‘z turkumidagi so‘zlarning boshqa so‘z turkumlaridagi so‘zlar bilan moslasha olishi;
so‘z yasovchi kriteriy - bir so‘z turkumidagi so‘zlarning ma`lum tur bo‘yicha yangi so‘z yasay olishi qobiliyatlari xususida qimmatli fikrlar bildirilgan.
Leksema serqirra mohiyatli lisoniy birlik, uning tasnifida bu jihat asosiy diqqat markazida turishi lozim. Chunki leksemaning har bir qirrasi alohida bir tasnifga asos bo‘ladi. Uning har biri o‘z o‘rnida ahamiyatli.
So‘z turkumi soni va tarkibini aniqlashda dunyo tilshunosligida bo‘lgani kabi, o‘zbek tilshunosligida ham, so‘zlarning semantik, morfologik va sintaktik xususiyatini inobatga olish keng tarqalgan va tasnifning o‘zbekona hamda milliy guruhlanishi amalga oshirilgan. O‘zbek tili leksemalarining semantik-morfologik-sintaktik belgilar majmuidan iborat serqirra mohiyatini ifodalovchi tasniflar o‘quv darsliklaridan o‘rin olgan. Yuqorida bayon qilingan fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, jamiyat doimo taraqqiyotda ekan, til ham taraqqiy qilib boraveradi. Jamiyatda bo‘lgan o‘zgarishlar tilga ta`sir etmay qo‘ymaydi. Mustabid tuzum (sho‘ro)davri madaniyatimizga keskin ta`sir o‘tkazgan edi.O‘zbek tili mavqeyi pasaygan(rus tiliga e`tibor kuchaygan davr) bir bosqichda grammatikadagi milliy xoslikka ahamiyat berilmadi. Yaratilgan darslik, o‘quv qo‘llanmalarda ilmiy qarashlar rus tili grammatik talqinlari asosida berilar edi. Jumladan, so‘zlarni turkumlarga ajratishda ham an`ana bo‘lgan tamoyillar, miqdor(6ta mustaqil so‘z turkumi...) kabilarga tayanildi. Zero har bir tildagi so‘zlar o‘zining grammatik belgisi va semantik xususiyatiga qarab turli guruhlarga bo‘linadi. Grammatik qurilishi jihatidan har xil bo‘lgan tillardagi so‘zlarning semantik-grammatik xususiyatlari, qo‘llanish doirasi, o‘zaro birikishi, boshqa belgilari doimo bir xil bo‘lmaydi. Qolaversa, so‘zlarni turkumlarga ajratishda hamma tillar uchun umumiy bo‘lgan yagona bir tamoyil bo‘lishi mumkin emas. Muayyan bir tilda so‘zlarni turkumlash shu tilda so‘zning o‘ziga xos ma`nosi, grammatik xususiyati, so‘z yasalish tizimi va so‘zlarning o‘zaro birikish qobiliyati asosida ishlab chiqilishi lozim. Zeroki, hatto qardosh tillar orasida ham so‘z turkumlari va ularning ichki guruhlarini ajratishda ham jiddiy farq bo‘lishi mumkin.
O‘zbek tilshunosligida bugungi kunda so‘z turkumlarini ajratishning mantiqiy, lisoniy mezonlarini aniqlash bo‘yicha ma`lum yutuqlarga erishildi, deb aytish mumkin. Har bir turkumning turkona lisoniy talqini, boshqa lug‘aviy hamda grammatik kategoriya bilan semantik-funksional o‘xshashligi va farqi bo‘yicha ancha ma`lumotlar qo‘lga kiritildi .
So‘z turkumlari ichida ravish, taqlidlarning o‘rni alohida tadqiqot ishlarida o‘rganildi. Ravishlarning o‘zgarmaslik tabiati, lug‘aviy ma`no guruhiga kiritilgan so‘zlar qatlami qayta yangi tamoyillar asosida o‘rganilib chiqildi. Olmoshning, sifatning grammatik vazifa bajarish imkoniyatlari kengaytirildi. Taqlidlarning MSTlari tizimidagi o‘rni, uning lug‘aviy-morfologik-sintaktik tabiati ochib berildi.



Download 50,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish