O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi sh. Shodmonov, T. Jo'Rayev



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/202
Sana09.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#487037
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   202


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA 
MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
 
 
 
 
SH. SHODMONOV, T. JO'RAYEV
 
 
 
 
 
 
 
IQTISODIYOT NAZARIYASI
 
 
Ma'ruzalar matni
 
 
O'quv dasturlari, darsliklar va o'quv qo'llanmalarini qayta
ko'rib chiqish va yangilarini yaratish bo'yicha Respublika 
muvofiqlashtirish komissiyasi tavsiya etgan 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent — 2000 yil. 
 
 
 


KIRISH
O'zbekiston Respublikasi Prezidentimiz I.A. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan o'zining mustaqil 
taraqqiyot yo'liga asoslangan holda bozor iqtisodiyotiga to'la ishonch bilan o'tib bormoqda. 
Mustaqillikning o'tgan qisqa davri ichida iqtisodiyot inqiroz holatidan chiqarildi, uning ko'pgina 
sohalarida barqaror iqtisodiy o'sish boshlandi. Bozor munosabatlarining tarkibiy qismlari, 
infratizilmalari vujudga keltirildi. 
Lekin Prezidentimiz I.A. Karimovning asarlaridan, uning nutqlari va turli yig'ilishlarda, 
ayniqsa Oliy Majlisning 2-chaqiriq I va II sessiyalarida, Vazirlar Mahkamasidagi yig'ilishlarda 
qilgan ma'ruzalaridan bizga shu narsa ma'lum bo'lib turibdiki, erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda 
bugungi kunda o'z yechimini topmagan muammolar, hal qilinishi lozim bo'lgan vazifalar ham 
mavjud. Ko'pgina korxonalarning zarar qo'rib ishlayotganligi, ularning moliyaviy ahvoli 
qiyinlashib, bankrotga uchrayotganligi, mayda va o'rta tadbirkorlarning, mulqdorlar sinfining sekin 
shakllanayotganligi, qishloqda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish qiyinchiliklari, tovar, xizmat 
va kapital eksportining sekin o'sayotganligi va boshqalar shular jumlasidandir. 
Agar oldimizda «Milliy boylikning ko'payishini, Respublikaning mustaqilligini, 
odamlarning munosib turmush va ish sharoitlarini ta'minlaydigan qudratli, barqaror va jo'shqin 
rivojlanib boruvchi iqtisodiyotni barpo etish» kabi buyuk vazifa turganligini, bunday iqtisodiyot — 
I. Karimov ayttanlaridek, strategik maqsadimiz bo'lgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik 
jamiyatini barpo qilishning asosi ekanligini e'tiborga olsak, iqtisodiy muammolarimiz naqadar 
ko'pligi va murakkabligi yanada ayon bo'ladi. 
Ana shu va boshqa muhim iqtisodiy masalalarni tezroq hal qilish, ularning yechimini izlab 
topish, milliy istiqlol mafkurasining mazmushshi va xususiyatlarini tushunish ko'p jihatdan 
kishilarning iqtisodiyot sirlarini, ayniqsa bozor va bozor iqtisodiyoti munosabatlarining mazmunini, 
ularning talablari va xususiyatlarini, qonun-qoidalarini, amalga oshirilayotgan iqtisodiy 
islohotlarning maqsadi va mohiyatini chuqurroq bilishlariga bog'liqdir. Iqtisodiyot nazariyasi fani 
iqtisodiyot tushunchalarini, uning qonun-qoidalarini, tejamli xo'jalik yuritish sirlarini, turli kishilar 
va xo'jaliklarning bir-birlari bilan manfaatli iqtisodiy aloqada bo'lib, unumli mehnat qilish yo'llarini 
va shakllarini o'rgatadi. iqtisodiyot nazariyasi fani mamlakatimizda yashayotgan hamma 
kishilarning daromadlari, ularning turmush darajasi fakrt milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga 
bog'liqligini, shu yurtda mehnat qilayotgan kishilarning ijodiy mehnati bilan vujudga kelgan milliy 
mahsulotning ko'payishi, uning to'g'ri taqsimlanishi va foydalanilishi, milliy pul barqarorligi bilan 
bog'liqligini ham o'rgatadi va milliy istiqlol mafkurasining odamlar ongida shakllanishida, ularning 
intelektual kamolotga erishuvida muhim rol o'ynaydi. 
Lekin o'zbek tilida hozirgi davrdagi bozor iqtisodiyoti ichki sir-asrorini, uning haqiqiy 
qiyofasini sinchiklab o'rganishga intilayotgan o'quvchi va talabalarimiz uchun mo'ljallangan 
iqtisodiyotning muammoli tugunlarini yechishga harakat qilayotgan rahbar xodimlar, iqtisodchi 
mutaxassislar, bozor iqtisodiyoti bilan qiziqayotgan keng kitobxonlar ommasi talablariga javob 
beradigan adabiyotlar, qo'llanmalar, ayniqsa, darsliklar yetarli emas. Yurtboshimiz ayttanidek: 
«...birinchi galda, taraqqiyotimizning har bir yo'nalishi jamiyatimizdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, 
ma'naviy munosabatlarning rivoji haqida maxsus darsliklar, qo'llanmalar, ommabop adabiyotlar 
yaratish zarur». Darsliklar va o'quv qo'llanmalari yetishmasligi bo'yicha oliy o'quv yurtlari va 
kollejlardagi ahvolni, shuningdek, kadrlar tayyorlash milliy dasturida hamda Prezidentimiz 
I.A.Karimovning «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga bergan javoblarida qo'yilgan muxim 
vazifalarni hisobga olib, biz iqtisodiyot nazariyasi fani bo'yicha ushbu ma'ruzalar matnini 
tayyorlashga jazm qildik. 
Biz bozor iqtisodiyotiga kirib kelayotganligimizni, bu sharoitda yashayapmiz, faoliyat 
ko'rsatishimiz, iqtisodiy munosabatda bo'lishimizni hisobga olib, bozor iqtisodiyoti muammolarini, 
uning sabab-oqibatlarini, qonun-qoidalarini, tushunchalarini, ularning bizning sharoitimizda qay 
darajada, qanday shaklda amal qilayotganligini batafsilroq yoritishga harakat qiddik. Ushbu 
to'plamda iqtisodiy jarayonlarning faqatgana yuzaki, ko'rinib turgan tomonlarigagina emas, balki 
ularning ichki mohiyati, ziddiyatlari va bog'lanishlariga, iqtisodiy jarayonlarning sabab va 
oqibatlariga alohida e'tibor berildi. Ushbu to'plamda O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tish 
davrida respublikamiz iqtisodiy taraqqiyotining muammolari, ayniqsa, Prezidentimiz kitoblarida, 
ma'ruza va nutqlarida, qabul qilingan qonun va qarorlarda bayon etilgan tamoyillar, xususiyatlar 


ham qamrab olindi hamda nazariyani amaliyotga yaqinlashtirish maqsadida bozor iqtisodiyotining 
ko'pgina umumiy qonun-qoidalari bevosita O'zbekiston hayoti misolida yoritildi. 
Asosiy iqtisodiy tushunchalarni soddaroq qilib, oddiy tilda, misollar, jadvallar, grafiklar 
asosida tushuntirishga harakat qilindi. 
Ushbu ma'ruzalar to'plami yangi standart talablari bo'yicha tuzilgan dastur asosida yozildi. 
To'plamda dasturdagi asosiy va zaruriy mavzular qamrab olingan. Lekin hajm cheklangan 
bo'lganligi uchun ko'pgina materiallar iloji boricha qisqartirib berildi. Shuning uchun to'plamda 
kamchilik va munozarali jihatlar ham bo'lishi mumkin. 
To'plamda o'qitishning yangi texnologik xususiyatlari hisobga olinib, har bir mavzuda 
ma'ruza rejasi, asosiy tayanch tushunchalar va atamalar, takrorlash va munozara uchun savollar, 
asosiy va qo'shimcha adabiyotlar ro'yxati keltirildi. 
Iqtisodiyot nazariyasi bo'yicha mazkur ma'ruzalar matni oliy o'quv yurtlari talabalari uchun 
mo'ljallangan bo'lib, undan o'rta-maxsus o'quv yurtlari va tinglovchilari, litsey o'quvchilari, 
aspirantlar va iqtisodiyot nazariyasi sohasidagi bilimlarga qiziquvchi barcha kitobxonlar ham 
foydalanishi mumkin. 
Mualliflar to'plamning tuzilishi, mazmuni, muammolarning bayon qilinish tartibi va uslubi 
bo'yicha bildirilgan har qanday taklif-mulohazalarni minnatdorchilik bilan qabul qiladilar va 
keyinga o'quv qo'llanma, darsliklar tayyorlashda hisobga oladilar. 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish