O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi samarqand davlat tibbiyot universiteti mustaqil ish



Download 39,64 Kb.
bet1/2
Sana26.02.2022
Hajmi39,64 Kb.
#466196
  1   2
Bog'liq
mustaqil ish



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI

MUSTAQIL ISH
Mavzu: ‘’Surunkali sepsis va oits’’

Bajardi: Rahmonov Ulug`bek


Tekshirdi: Boysariyev Shavkat

REJA:
1. Surunkali sepsis


2. Sepsis turlari
3. Sepsisni davolash
4. OITS
5. OITS yuqish yo`llari

Sepsis- (yunoncha: sepsis – cherish ,irish ) qonga mikroblarni kirishi , umumiy yiringli infeksiya qonga yiringni tushishi , yiringlatuvchi mukrobning mahalliy infeksiya o`chog`ida qon oqimiga , limfa yo`llariga ulardan esa bemorning hamma to`qima va a`zzolariga tarqalishidan kelib chiqadigan umumiy infeksion kasallik.


Umumiy nospetsifik yiringli infeksiya turli mikroblar toksinlar tufayli kelib chiqadigan og`ir kasallik hisoblanadi. Patologik jarayon organism muayyan reaksiyasi va spetsifik klinik manzarasi bilan birga kichadi.
Infeksiya tushgan jarohat va turli sohada joylashgan yiringli kasalliklar (masalan, chipqon, xo‘ppoz, flegmona) sepsis manbai bo‘lishi mumkin. Odatda stafilokokk, streptokokk, ba’zan pnevmokokk, gonokokk, ichak tayoqchasi singari mikroblar ham sepsisni qo‘zg‘atadi. Aslida sepsis organizmdagi jarohat yoki yallig‘lanish jarayonining asorati hisoblanadi. Uning rivojlanishida og‘ir kasalliklar, jarrohlik operatsiyalari, ko‘p qon yo‘qotish, birdaniga ozib ketish, vitamin yetishmovchiligi, yetarli ovqatlanmaslik natijasida organizmning himoya kuchlari susayishi muhim rol o‘ynaydi.
Sepsisda pathogen mikrobning qonda tarqalishi xosdir. Xirurguk sepsisning rivojlanishida infeksiya tushish darvozasi va birlamchi septik o`choq muhim ahamiyatga ega.
Turli mikroblar – stafilokokklar , streptokokklar , enterobakteriyalar , anaeroblar hatto soxta monadalar va zamburug`lar ham sepsis kasalligiga sabab bo`ladi.
Kasallik patogenezida quyidagi 3 asosiy component muhim o`rin tutadi: 1) mikrobiologik omil (sepsis qo`zg`atuvchisi) , 2) infeksiya kiradigan darvoza (birlamchi yallig`lanish o`chog`i) 3) organizmning sepsis mikroflorasi, reaktivligi , uning alergizatsiyasi va sensibilizatsiyasi.
Sepsis og‘ir kechganda qondagi mikroblar juda tez ko‘payadi va ular qonni o‘z zaharli mahsulotlari (toksinlari) bilan zararlaydi, ya’ni qizil qon hujayralari (eritrotsitlar)ni yemiradi. Sepsis rivojlanganda bemorning tana harorati 39-40 darajaga ko‘tariladi, eti uvishadi, ba’zan qattiq terlaydi. Ayrim paytda esa teri sarg‘imtir tusga kirib, unga toshmalar toshadi.
Sepsis birmuncha yengil o‘tganda mikroblar qonda ko‘paymaydi, balki qon oqimi bilan turli a’zo va to‘qimalarga tarqaladi, natijada ularda ko‘p sonli yiringli o‘choqlar hosil bo‘ladi. Bunday vaqtda sepsis uzoqroq kechadi va yiring to‘planayotganda bemorning ahvoli bir oz og‘irlashib, madda yorilgandan so‘ng (yoki operatsiyadan keyin) esa bir qadar yengillashib turadi. Sepsisning har ikki holatida ham bemorning tana harorati ko‘tariladi, boshi og‘riydi, ko‘p terlaydi, arterial bosimi pasayadi, holsizlanadi, ishtahasi yo‘qoladi, ko‘pincha uyqusizlikdan aziyat chekadi. Bundan tashqari, jigar va taloqning kattalashishi, shishishi, yurak va buyraklar faoliyatining yomonlashishi kuzatiladi. Bemorning oyoq-qo‘llarida mayda qora dog‘lar paydo bo‘lib, bo‘g‘im va mushaklarida yallig‘lanishlar ro‘y beradi. Yosh bolalarda esa sepsis ko‘pincha zotiljam (pnevmoniya) shaklida kechadi.
Sepsisning paydo bo‘lishida tashqi va ichki omillar muhim rol o‘ynaydi. Masalan, u ba’zida hasharotlar (chivin, pashsha, kana, burga, o‘rgimchak) chaqqandan so‘ng ham yuzaga keladi. Shuningdek, ba’zan teridagi ochiq jarohatlarga infeksiya tushganda, yaralarning bitishi kechikkanda, turli gangrenozlar (asosan oyoq gangrenasi)da, qorin bo‘shlig‘i a’zolaridagi jarrohliklardan so‘ng va o‘tkir xirurgik kasalliklar asorati sifatida paydo bo‘ladi.Hozirgi kunda yuz-jag‘ sohasidagi yallig‘lanish kasalliklari, ayniqsa bolalardagi bunday jarayonlar ko‘pgina holatlar septik asoratlar bermoqda. Odontogen sepsis milk yoki jag‘lardagi yiringlash tufayli yuzaga kelib, ko‘p hollarda jag‘ osti limfa tugunlari yiringlashi va og‘iz bo‘shlig‘i flegmonasi bilan birga kechadi.Ba’zan oyoqdagi yara-chaqalar va badanning turli joylaridagi shikastlanishdan keyingi jarohatlar tuzalishi kechiksa yoki ularga o‘z vaqtida davo qilinmasa, sepsis rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Umuman, sepsis ko‘zi yorigan va bola oldirgan ayollarda, bir yoshgacha bo‘lgan go‘daklarda hamda turli xil jarrohlik xastaliklari bilan og‘rigan bemorlarda tez-tez uchrab turadi.Qorin va ko‘krak bo‘shlig‘i a’zolaridagi yiringli yaralarda, ayniqsa, chipqon va katta chipqon (karbunkul) chiqqanda, ularni qo‘l bilan ezganda sepsis yuzaga keladi. Ba’zan arzimagan jarohatlar (ehtiyotsizlik tufayli tananing biror joyi shilinsa yoki kesilsa) ham sepsis rivojlanadi.
Ayrim paytlarda ayollarda sut bezlarining yallig‘lanishi (mastit)dan so‘ng sepsis kelib chiqishi mumkin.

Sepsis turlari:



Download 39,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish