O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’lim rivojlantirish markazi


Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkilotining (JSST)  sog’liqni saqlash



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/196
Sana12.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#335953
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   196
Bog'liq
JAMOAT SALOMATLIGI, SOG’LIQNI SAQLASHNI

Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkilotining (JSST)  sog’liqni saqlash 
sohasidagi xalqaro faoliyati 
 
Tibbiy yordam ko’rsatishning yagona yo’nalishini aniqlash bo’yicha tajriba 
almashish ishlarini umumlashtirish maqsadida turli xil xalqaro tashkilotlar tashkil 
etiladi. Hozirgi vaqtda jahonda 200 dan ortiq  tibbiyot bilan bog’liq tashkilot va 
uyushmalar faol ishlamoqdalar, shu jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti 
(BMT) va uning bo’limi Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti (JSST), Xalqaro 
Mehnat Tashkiloti (XMT), Xalqaro Bolalar Jamg’armasi (YuNISEF) va boshqalar. 
Bular orasida tibbiyot sohasida eng yirigi va ahamiyatlisi JSST bo’lib, u 190 
xalqaro tibbiyot tashkilotlarii va uyushmalari bilan hamkorlik qiladi. 
O’zbekiston mustaqil davlat sifatida 1992 yilda JSST a'zosi bo’ldi. 
Birinchi tibbiyot xalqaro tashkilotlari XIX asrda paydo bo’ldi. 1839 yilda 
Oliy Konstantinopol Sog’liqni Saqlash Kengashi tashkil etilgan, uning tarkibiga 
turk amaldorlari, Buyuk Britaniya, Fransiya, Gretsiya, Rossiya va Yevropaning  
boshqa dengiz hukmdor davlatlari  elchilari kirishgan. 
Kengashni tashkil etishda ko’zda tutilgan maqsad - Turkiya portlaridagi chet 
el kemalarining sanitariya holatini nazorat qilish, epidemiologik kasalliklar (xolera, 
vabo va boshqalar) to’g’risida axborot berish va zaruriyat bo’lgandaa karantin 
holatlarini tashkil etishdan iborat edi. 
XX asr boshlarida 2 ta doimiy hukumatlararo sog’liqni saqlash tashkiloti 
tashkil etilgan edi: 
a) Panamerika Sanitariya Byurosi (1902 y.) 
b) Yevropada Xalqaro Jamoatchilik Gigiyena Byurosi (1907 y.) 
1923 yilda BMT milliy ligasi tashkiloti qoshida bezgak, saraton, moxov, 
tifga qarshi kurashish, qishloq gigiyenasi, uy-joy gigiyenasi, ovqatlanish, tibbiyot 
xodimlarini tayyorlash va boshqalar bo’yicha komissiyalar tashkil etilgan.      
1946 yilda Nyu-Yorkda BMT huzuridagi iqtisodiy va maishiy kengash 
qaroriga binoan, sog’liqni saqlash bo’yicha xalqaro konferensiya chaqiruvi 
tashkillashtirilgan va unda Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkilotining (JSST) Ustavi 
muhokama etilgan.  Ustav 1948 yil 7 aprelda kuchga kirgan va bu sana Jahon 
Sog’liqni Saqlash kuni deb e'lon qilingan. 
Bugungi kunda 200  ga yaqin mamlakat JSST a'zosi hisoblanadi. 
Tashkilotning  asosiy  maqsadi - "Barcha  xalqlarni salomatligini  imkon qadar   
yuqori darajaga erishishini ta'minlashdir" (band 1 JSST Ustavi). 
JSST ta'kidlagan ta'rif bo’yicha, JSST Ustavi kirish qismida yozilishicha - 
salomatlik faqat kasallik va jismoniy nuqsonlarning yo’qligi emas,  balki to’liq 
jismoniy, ruhiy va maishiy  qoniqish holati hisoblanadi.    
JSSTning asosiy vazifasi - xalqaro sog’liqni saqlash ishlarini boshqarish va 
muvofiqlashtirishdir. 


10 
 
JSST ehtiyojga qarab 10 yilda bir marta kasalliklar, jarohatlar va o’lim 
sabablari xalqaro statistik klassifikatsiyalarini qayta ko’rib chiqiladi, oziq-ovqat, 
biologik, farmatsevtik va boshqa dori-darmonlarga standartlar o’rnatiladi hamda 
BMT va boshqa tashkilotlar bilan aloqalar olib boriladi. 
- BMT bolalar jamg’armasi (YUNISEF) 
- oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi masalalari tashkiloti (FAO) 
- nodavlat xalqaro tashkilotlar (Qizil Krest Jamiyati ligasi, Xalqaro 
Reabilitasiya Tashkiloti, Jahon Tibbiyot Uyushmasi va boshqalar). 
Ustavga binoan JSST oliy organi deb Jahon Sog’liqni Saqlash Assambleyasi 
hisoblanadi va har yili Jenevada sessiyasi o’tkaziladi. Sessiyalar oralig’ida JSST 
a'zolari bo’lgan 30 davlat vakillaridan iborat 3 yil muddatga saylanuvchi Ijroiy 
Qo’mita  oliy organ hisoblanadi. JSST Ustaviga binoan 6 hududiy byurolar tashkil 
etish ko’zda tutilgan (Afrika va Amerika mamlakatlari, Janubiy-Sharqiy Osiyo, 
Yevropa, Sharqiy O’rtayer dengizi, Tinch okeani). Hududiy byurolar vazifalariga 
milliy sog’liqni saqlash xizmatlarini rivojlantirish, salomatlik holatini o’rganish, 
mutaxassislar tayyorlash kiradi.  
Hududiy byurolar sog’liqni saqlash xizmatlari, stipendiyalar, axborotlar va 
boshqaruv-moliya bo’limlariga ega. BSST dasturlarini ijrosi uchun xalqaro 
brigadalar tashkil etiladi, ular milliy sog’liqni saqlash xizmatlari ishlariga rahbarlik 
qiladilar. 
"JSST Byulleteni" asosiy davriy ilmiy nashr hisoblanadi. 
Jahon Sog’liqni Saqlash tashkiloti jahonda davlatlar va hududlar miqyosida 
salomatlik va sog’liqni saqlash ishlari ahvoli bilan shug’ullanadi, u aholilar 
salomatligini aniqlaydi va  yaxshilash yo’llarini izlaydi.  Bu maqsadlarda 
seminarlar,  majlislar,  simpoziumlar,  konferensiyalar o’tkaziladi va  ularda 
salomatlikni yaxshilash dasturlari (yo’nalishlari) ishlab chiqiladi.  
1977 yilda Assambleya sog’liqni saqlash (yig’ini) "2000 yilda barchaga 
salomatlikka"  erishish  maqsadini  qo’ygan  va  keyinchalik  ijtimoiy-iqtisodiy  
vaziyat o’zgarishini hisobga olgan holda maqsadga erishish uchun uzaytirilgan  
maxsus dasturlar ishlab chiqilgan.  
To’qqizinchi dastur asosiy dasturlardan biri va uning 2 vazifasi mavjud: 
1) 1977-2000 yillarga butunjahon harakati siyosatini aniqlash; 
2) JSSTning shu davrlar uchun dasturini ishlab chiqish. 
Ishlab chiqilgan dasturlardagi asosiy kuch muhtoj mamlakatlarni qo’llab-
quvvatlashga qaratilgan. Shu sababli, dastur 3 bobga bo’lingan: 
1- sog’liqni  saqlash sohasi ahvoli va tendensiyasi
2- umumsiyosiy va JSST dasturlari doiralari; 
3- dasturlar boshqaruvining umumiy tamoyillari. 
1. "Sog’liqni saqlash sohasi ahvoli va tendensiyasi"ning  birinchi bobida 
ta'kidlanishicha, jahon xalqlari salomatligi ahvoli, aholini sog’liqni saqlash 
xizmatlari tomonidan qamrab olinishi yaxshilandi, biroq barcha insonlar ulardan 
teng foydalana olmaydilar. 
Tibbiy yordam oluvchi va ko’rsatuvchi shaxslar orasida yetarlicha hamkorlik 
yo’q. Sog’liqni saqlash rivojlanishi hamma yerda va har doim salomatlik 


11 
 
yaxshilanishiga yordam bermaydi, shuning uchun atrof-muhit sog’lomlanishiga 
e'tibor qaratish zarur, faqat tibbiy yordam ko’rsatish emas, ko’proq salomatlikni 
mustahkamlash va qo’riqlash lozim. 
Dastur ijrosi uchun bor resurslardan foydalanish, tibbiy-sanitar yordamni 
haqqoniy ta'minlashga ko’proq e'tibor berish maqsadga muvofiq bo’lar edi. 
Ko’plab  mamlakatlarda sog’liqni  saqlash muammolari  xalqaro  harakatlar 
yordamida hal etilmoqda.  
Fojialar, tabiiy ofatlar mamlakatlar iqtisodi va rivojlanishiga jiddiy zarblar 
yetkazmoqda. Afsuski, fojialar soni ko’paymoqda,   natijada qurbonlar va 
jarohatlanganlar soni oshmoqda. Yer qimirlashi, to’fonlar, suv toshqinlari, 
shuningdek, xavfli kimyoviy moddalarni tashlanishi va boshqa sanoat avariyalari,  
milliy va xalqaro tashkilotlarning o’z vaqtida e'tibor berishini qiyinlashtirmoqda. 
2. "Umumsiyosiy va JSST dasturlari doiralari" bir nechta bo’limlarga ega: 
Birinchi bo’limda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami to’g’risidagi Olma-
Ota konferensiyasi (1978 y.) eslatiladi. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami barcha 
uchun salomatlikka erishish umumstrategiya asosini tashkil etadi.               
Ikkinchi bo’limda ta'kidlanishicha, JSST bosh vazifalari quyidagilar: 
1) texnikaviy hamkorlik; 
2) xalqaro sog’liqni saqlash ishlarini muvofiqlashtirish. 
Bu ish axborot tarqalishi, me'yor va standartlarni ishlab chiqish, rejalar va 
siyosat, mutaxassislar tayyorlash, ilmiy izlanishlarga yordam, to’g’ridan-to’g’ri 
texnik maslahatlar va resurslarni jamlashni o’z ichiga oladi. 
Shu bilan bir qatorda davlatlar imkoniyatlari, milliy va xalqaro darajada olib 
borilayotgan ishlar hisobga olinadi. 
- JSST Ustavida (1946 y.) barcha xalqlar oliy darajada salomatlikka erishishi 
yakuniy maqsad qilib ko’rsatilgan, ya'ni bu har bir odamning asosiy huquqi 
hisoblanadi. 
- 1977 yilda Sog’liqni Saqlash Assambleyasi bu xuquqlarni "2000 yilga 
qadar salomatlik hamma uchun" deb e'lon qildi. JSST bunday salomatlik darajasiga 
erishishni o’z zimmasiga oldi. 
Ustav- barcha uchun salomatlikka erishish maqsadi, barcha odamlar o’z 
salomatliklarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo’lishlari kerak. 2001 yilda bu 
masala yuqori yo’nalishni qabul qildi. 
- 1978 yildagi Olma-Ota xalqaro konferensiyasi birlamchi tibbiy-sanitariya 
yordamni hamma uchun salomatlikka erishish  maqsadi vositasi sifatida aniqlab 
berdi. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordam strategiya va falsafasi harakatlanishi 
davom etmoqda. 
- 1981 y. BMT bosh Assambleyasi tasdiqlagan "Salomatlik hamma uchun" 
dasturi qabul qilindi. 
3. Dasturlarni boshqarishni umumiy tamoyillarini ishlab chiqish uchun 
avvalombor,   aniq maqsad va vazifalar qo’yiladi - sog’liqni saqlash rivojlanishini 
mamlakatlar va mamlakatlardagi aholi guruhlari orasidagi farq o’rganidladi. Bu 
maqsad va vazifalar xalqaro hamjamiyat tomonidan belgilangan yo’nalishlarga 


12 
 
asoslangan. Belgilangan 10 ta maqsad va vazifalarni bajarilishi hayot uchun 
muhim deb qaraladi. 
1. 
Maqsad
 - barcha odamlar uchun sog’lom hayot davom etishini 
ko’paytirish va ijtimoiy guruhlar o’rtasidagi salomatlik ahvoli farqini kamaytirish. 

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish