O’zbekiston respulikasi sog‘liqni saqlash vazirligi


BO’G da me’yorlashtirishning asosiy negizlari



Download 10,34 Mb.
bet6/140
Sana27.03.2022
Hajmi10,34 Mb.
#513220
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
Bog'liq
3 kurs 6 semestr majmua

BO’G da me’yorlashtirishning asosiy negizlari quydagichadir:
1.Tashqi muhit omilining ta’siri (zaruriy ruxsat etilgan) me’yor chegarasini aniqlashning dastlabki sharti bo‘lib, o‘sib kelayotgan organizmning butun funksional jihatdan tayyorgarligi hisoblanadi.
2.BO’G me’yorlari doimiy emas, ular turli yosh davrlarida o‘zgarib turadi.
3. Bolalar sog‘ligini saqlash va uni mustaxkamlash bilan birga ularning yaxshi rivojolanishlarini ta’minlashdan iborat.
5.2 Bolalar va o’smirlar gigiyenasini rivojlanishi. 19 asr o‘rtalarida BO’G «maktab gigiyenasi» sifatida rivojlanadi. O‘sha davr shifokorlari maktab o‘quvchilari orasida ba’zi bir patologik xolatlar va kasalliklarning (yakindan ko‘rish ,skolioz, nevrasteniya, anemiya) keng tarqalganligini aniqladilar va buning sabablarini o‘qish va yashash sharoitlarining qoniqarsiz darajada ekanligi bilan bog‘ladilar
Inqilobgacha bo‘lgan davrdagi maktab gigiyenasi asosan o‘sib kelayotgan avlodning maktab yoshidagi qismining salomatligini saqlash masalalarini xal etishga qaratilgan edi. F.F.Erisman maktab gigiyenasi yagona bir gigiyenik fanning bir qismi ekanligini ta’kidlab, uni tarbiya gigiyenasi deb nomlashni tavsiya etgan.
1919 yildan maktab gigiyenasi fan va sog‘liqni saqlash tarmog‘idagi amaliy soxaga aylanib, tarbiyalash va o‘qitishning ijtimoiy turlari bilan qamrab, olingan barcha yoshdagi bolalar gigiyenasi sifatida rivojlana boshladi.
1
M.V.Lomonosov


S.P.Botkin
954 yildan maktab gigiyenasi- bolalar va
o‘smirlar gigiyenasi nomi bilan atala boshladi. Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi deb, o‘sib kelayotgan avlodga turmush, tashqi muxit sharoitlarining ta’siri bola organizmining rivojlanishini dinamik tartibida o‘rganuvchi maqbul ko‘rinishdagi yoshga oid gigiyenaga aytiladi. (S.M.Grombax)
Rossiyada maktab gigiyenasining asoschilari F.F.Erisman va A.V.Molkov hisoblanadi.Uzbekistonda BO’G ning rivojlanishiga atoqli professorlar V.SHirokova-Divayeva, A.Z.Zoxidov, G.M.Maxkamov, S.N.Bobojonov va boshqalar katta xissa qo‘shganlar.



N.M.Ambodik


Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi kafedrasi Toshkent tibbiyot oliy bilimgoxi sanitariya-gigiyena fakultetida 1932 yilda tuzilgan va shu vaqtgacha mutaxassislar tayyorlab keladi.


Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi fanining asosiy maqsadi: o‘suvchi organizmning o‘sish va rivojlanishining asosiy qonuniyatlarini, maktabgacha bolalar muassasalari va maktablarda tarbiyalash, o‘qitish sharoitlarining gigiyenik asoslarini, kasbiy maktablar va litseylarda o‘quv ishlab chiqarish jarayoni tashkillashtirishning gigiyenik mezonlari, bolalar va o‘smirlar ovqatlanishining gigiyenik mezonlarini, maktab jihozlari, o‘quv qo‘llanmalari (jihozlar, darsliklar, o‘yinchoqlar va kiyimlarini) gigiyenik baholash usullari; bolalar va o‘smirlar muassasalarida Davlat sanitariya nazoratini amalga oshirishga qaratilgan amaliy ko‘nikmalar va nazariy bilimlarga ega bo‘lgan yetuk kadrlar tayyorlashdan iborat.
Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi fanining asosiy vazifalari:

  • bolalar va o‘smirlar salomatlik holati va jismoniy rivojlanishi, ovqatlanishi, sanitar – gigiyenik nazorat usullarini tadbiq etishni, tarbiyalash va o‘qitish sharoitlarini, bolalar va o‘smirlar muassasalarini loyihalashtirish va qurish loyihalarini sanitar – gigiyenik ekspertiza qilish va amaliy faoliyatda ko‘nikmalarni o‘rgatish;

  • bolalar va o‘smirlar muassasalarida Davlat sanitariya nazorati o‘rnatish;

  • o‘suvchi organizmning salomatlik holatini himoyalash va mustahkamlashga qaratilgan sog’lomlashtiruvchi chora – tadbirlar ishlab chiqish.

Sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi va Jamoat Salomatligi Xizmati boshqarmasidagi bolalar va o‘smirlar bo‘limida bajarilgan shifokorlarning asosiy vazifalari va ularni amaliyotga qanday tadbiq etishlari quyidagidan iborat:
bolalar – o‘smirlar salomatlik holati va kasallanishning tahlili, ularni jismoniy rivojlanishining sanitariya nazoratini va sog’lomlashtiruvchi kompleks chora – tadbirlarni amalga oshirish;

  • maktabgacha va maktab muassasalarida, litsey va kollejlarda bolalarning salomatligi va ishlash qobiliyatlarini yaxshilashda ta’lim – tarbiya va o‘qitish jarayoni gigiyenasi ustidan kundalik sanitariya nazoratini tashkillashtirish;

  • bolalar va o‘smirlar muassasalarida jismoniy tarbiya darslarini turli shakllarda olib borishni tashkil qilishda bolalar organizmining funksional holati va salomatligini hisobga olgan holda tashkillashtirish ishlarini nazorat qilish;

  • bolalar va o‘smirlar salomatligini kuchaytirishda yozgi sog’lomlashtirish ishlarini rejalashtirish va amalga oshirish, yozgi sog’lomlashtirish muassasalarida tibbiyot xodimlarini anjomlashtirish, epidemiyaga qarshi olib boriladigan tadbirlarni amalga oshirishda sanitariya nazoratini kuchaytirish;

  • bolalar muassasalarini loyihalashtirishda, qurilishida va ularni rekonstruksiya – qayta ta’mirlashning hamma bosqichlarida ogohlantiruvchi sanitariya nazoratini olib borish;

  • bolalar va o‘smirlar muassasalarida kundalik sanitariya nazoratini o‘tkazish, instrumental va laborator uslublarini qo‘llab bolalar muassalarida ratsional ovqatlanishini tashkil qilish;

  • yillik reja va hisobatlarni, kompleks va kelajak rejalarni va bolalar muassasalarining sanitariya holatini yaxshilashtiruvchi reja – topshiriqlarni tashkillashtirish;

  • bolalar o‘smirlar aholisi orasida sanitariya va epidemiyaga qarshi olib boriladigan tadbirlarni kuchaytirish borasida qarorlar, uslubiy qo‘llanmalar, xatlar va boshqalar tayyorlash va ishlab chiqarish.


Download 10,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish