О‘zbekistonda xuquqiy adabiyotlar bibliografiyasi Xuquqiy adabiyotlar



Download 83,7 Kb.
Sana28.06.2022
Hajmi83,7 Kb.
#715951
Bog'liq
bibliografiya seminar


О‘zbekistonda xuquqiy adabiyotlar bibliografiyasi
1. Xuquqiy adabiyotlar haqida umumiy tushuncha.
2. Xuquqiy adabiyotlar bibliografiyaning о‘ziga xos xususiyatlari.
3. Xuquqiy adabiyotlar mazmundagi bibliografik manbalarni asosiy tizimi.
Davr talabidan kelib chiqib, huquqiy axborotni internet takmog‘i orqali yetkazib berish amaliyoti ham keng yо‘lga qо‘yildi. Internet takmog‘ida “О‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlarining milliy bazasi” — “Lex.uz”ning yaratilgani aholiga huquqiy axborot yetkazib berish borasidagi ishlarni yanada jonlantirdi. О‘zbek va rus tillaridagi 34 mingga yaqin hujjat jamlangan ushbu bazadan rо‘yxatdan о‘tgan foydalanuvchilar soni 49 mingtani tashkil etgan bо‘lsa, bir kunda о‘rtacha 6 ming nafardan ortiq yuridik va jismoniy shaxslar bepul foydalanmoqda.
Shu bilan birga hozir mamlakatimizda huquq sohasiga ixtisoslashgan 5 ta jurnal va 40ga yaqin gazeta kо‘p ming nusxada chop etilmoqda. О‘tgan davr mobaynida Konstitusiya, qonunlar va xalqaro huquq normalarini sharhlashga qaratilgan jami 342 ming nusxadan ortiq darslik, qо‘llanma va ommabop yuridik adabiyotlar nashr etildi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, yuqoridagi huquqiy jurnal va gazetalar huquq sohasidagi о‘zgarishlar, yangiliklar, g‘oyalar, nuqtai nazar va fikrlar xilma-hilligini ta’minlnishiga xizmat qilmoqda. Bir tomondan mazkur jurnalar kakdemik doiradagilar uchun bо‘lsa, gazetalar esa keng jamoatchilikka mо‘ljallanganligi bilan ajiralib turadi. Yuridik sohaga ixtisoslashgan gazetalarda ham huquqqa oid materiallar kо‘plab chop etilmoqda. Bundan tashqari, gazetalarda “Sizning advokatingiz”, “Savol bering – javob beramiz”, “Yurist maslahati” kabi kо‘plab ruknlarida fuqarolarni qiziqtirgan savollariga doimiy ravishda mutaxassislar tomonidan javob berilmoqda.
Tahlil natijalari shuni kо‘rsatmoqdaki, mazkur jurnallarda kо‘plab huquqiy dolzarb masalalarga e’tibor qaratilmoqda. Xususan:
· rivojlangan demokratik huquqiy davlatlarda qonun ijodkorligining о‘ziga xosligi va xususiyatlari;
· xorijiy davlatlarda senat, parlament, davlat, sud-huquq, prokuratura, advokatura, politsiya, soliq, notarial organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatini о‘ziga xos jihatlari;
· qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlarning qiyosiy tahlili;
· yangi qonunlarning implementatsiyasi;
· fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyati masalalari;
· jamiyatda huquqiy munosabatlar tizimidagi о‘zgarishlar;
· davlat va nodavlat tashkilotlarining huquqiy sohadagi hamkorligi;
· davlat va nodavlat tashkilotlar faoliyatini huquqiy tartibga solinishi
Xuquqshunoslik bо‘yicha retrospektiv bibliografiya ana shu soha ayrim bо‘limlari qо‘llanmalarini chiqarish yо‘li bilan tashkil qilinadi. Xuquqshunoslik qо‘llanmalarini Rossiya Fanlar akademiyasi «Davlat va xuquq» institutining kutubxonasi tayyorlagan. Odatda 1917 yildan buyon chiqarilgan davlat hujjatlari va xuquqiy adabiyotning muhim nashrlari hisobga olingan. «Davlat va xuquq nazariyasi», «Davlat va xuquq umumiy tarixiga oid bibliografiya» 82 kо‘rsatkichlari, shuningdek xuquqiy takmoqlari bо‘yicha «Davlat (konstitusion) xuquqi», «Mehnat xuquqi», «Grajdan xuquqi", "Oila xuquqi», «Jinoyat xuquqi», «Xalqaro xuquq» kо‘rsatkichlari va boshqa kо‘rsatkichlar mavjud. Retrospektiv yuridik bibliografiyani tuzishda bazi bir regional markazlari ham qatnashadilar. 1917 yildan buyon chiqarilayotgan pedagogika adabiyoti kо‘p juzlik kо‘rsatgichida aks ettirilgan.
Milliy kutubxona tomonidan “О‘zbekistonda 2010-2014 yillarda nashr qilingan yuridik adabiyotlar” ning tavsiya bibliografik kо‘rsatkichi tuzildi. Ushbu kо‘rsatkich Milliy kutubxona fondida mavjud bо‘lgan sohaga doir о‘zbek, ingliz, qoraqalpoq va rus tillaridagi adabiyotlarni о‘z ichiga olgan.
Maxmudov R. Shaxs huquqiy ijtimoiylashuvining nazariyasi va amaliyoti / О‘zbekiston Resp. Ichki ishlar vazirligi Akad. – Toshkent : Fan, 2010. – 210 b.. – ISBN 978-9943-19-052-8. – [10-1632] Monografiya shaxs huquqiy ijtimoiylashuvi nazariyasi va amaliyotiga bag‘ishlangan bо‘lib, unda bu masala pedagogika va huquqshunoslik fanlari nuqtai nazaridan о‘rganilgan. Kitobda muallif tarafidan shaxs huquqiy ijtimoiylashuvi bilan bog‘liq muammolar yaxlit ilmiy-amaliy jihatdan tahlil etilishi orqali bu boradagi amaliy tajribalar umumashtirilishga erishilgan.
Saidov A. X. Immanuil Kantning falsafiy-huquqiy merosi va zamonaviy yurisprudensiya / Inson huquqlari bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Fridrix Ebert nomidagi jamg‘KAMasining О‘zbekistondagi vakolatxonasi ; tarjimon M. Akbarov. – Tо‘ldirilgan va qayta ishlangan 3-nashr. – Toshkent : Inson huquqlari bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasi Milliy Markazi, 2012. – 320 b. – [N1- 31640/3] Mazkur kitobda I. Kantning falsafiy-huquqiy merosiga oid asosiy qoidalar bugungi kun g‘oyalari bilan bog‘liq holda yoritib berilgan. Globallashuv sharoitida xalqaro tartibotning shakllanishida I. Kantning davlat va huquq haqidagi ta’limotining ahamiyati, uning davlat va huquq falsafasiga doir asosiy qarashlari bayoni hamda halqaro huquq va dunyoda abadiy tinchlikka erishish yо‘llari tо‘g‘risidagi eng muhim g‘oyalariga asosiy e’tibor qaratilgan. Shuningdek, kitobda I. Kantning dunyo hikmatlari xazinasidan о‘rin olgan xikmatona g‘oyalari, hayotiy tamoyillari hamda fikr va mulohazalari berilgan.
Saidov A. Kafka-yurist. – Toshkent : О‘zbekiston, 2013. – 192 b. – [YU-42161/2] Professor Akmal Saidovning mazkur kitobidan Frans Kafkaning ixlosmandlari uchun u qadar yaxshi ma’lum bо‘lmagan yuristlik faoliyati va huquqshunoslikning eng murakkab muammolari yuksak mahorat bilan tasvirlangan ayrim asarlari, adib badiiy ijodining nozik qirralari xususida taniqli yozuvchi va olimlarning fikrlari, F. Kafka asarlari, mashhur kundaliklari va xatlaridagi hikmat darajasiga kо‘tarilgan aforizmlar о‘rin olgan.
Saidov A. X.Fransuz yurist-adiblari / muharrir ; M. Xolbekov ; tarj. L. Isoqov. – Toshkent : Yangi asr avlodi. – 2013, 552 b. – [N 131818/3] Mazkur kitobda fransuz tilida ijod qilgan buyuk huquqshunos adiblarning hayoti va ijodidan lavhalar, ularning huquqiy qarashlari hamda hikmatli sо‘zlari jamlangan. Shuningdek, ushbu adiblarning о‘zbek tiliga tarjima qilingan asarlaridan ayrim parchalar ham berilgan.
Tо‘ychiyeva H. Shaxs huquqiy ongi va huquqiy ta’lim / О‘zbekiston Resp. Vazirlar mahkamasi huzuridagi Toshkent islom un-ti, islomshunoslik ilm.-tadqiqot markazi. – Toshkent : Muharrir, 2010. – 126 b.. – ISBN 978-9943-386-49-5. – [YU-38483/2; 11-21] Monografiyada shaxs huquqiy ongini shakllantirishda huquqiy ta’limning о‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Xususan, huquqiy ongni shakllantirishning nazariy asoslari, mohiyati, shaxs huquqiy psixologiyasi va mafkurasiga xos xususiyatlar yoritilgan. Shunindek, huquqiy ta’lim tizimining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari, shaxs ijtimoiy – huquqiy faolligiga ta’siri, huquqiy ta’lim nazariyasiga doir tushunchalarning mazmuni, konstitusiyaviy huquqiy bilimlarning huquqiy ong rivojidagi о‘rni bilan bog‘liq masalalar tizimli tadqiq etilgan.
Karimova O. Huquqshunoslik : akad. litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik / О‘zbekiston Resp. oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi, О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi. – 4-qayta ishlangan, tо‘ldirilgan nashri. – Toshkent : Sharq , 2010. – 174, [1] b.. – Bibliogr.: b. 171–172 (22 nomda). – ISBN 978-9943-00-033-9. – [YU-37256/2; 10-1219] Ushbu darslikda talabalarga davlat va uning kelib chiqishi, jamiyat taraqqiyotida ularning о‘rni, davlat, huquq, davlat shakllari, Konstitusiya huquqi, uning maqsadi, vazifasi, boshqa huquq sohalari, ularning inson hayotidagi о‘rni tо‘g‘risidagi bilim asoslarini berish nazarda tutilgan.
Matkarimov K. J. Avtotransportda qonunchlik asoslari : kasb-hunar kollejlari uchun о‘quv qо‘llanma / О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi ; О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi. – Toshkent : Davr nashriyoti, 2012. – 336 b.. – ISBN 978-9943-4017-0-9. – [YU-40553/3] О‘quv qо‘llanmada avtotransport huquqi tо‘g‘risida tushuncha, avtomobilьь transporti boshqarishning huquqiy asoslari, avtomobilda yо‘lovchi, yuk, bagaj, pochtalarni tashish bо‘yicha shartn omalar tuzish, transport-ekspeditsiya operatsiyalari va xizmatlari, yо‘lovchi tashishni tashkil qilishning huquqiy masalalari, xalqaro avtomobilьь qatnovini huquqiy tartibga solinishi va zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar, davolarni taqdim qilinishi va kо‘rib chiqilishi haqidagi huquqiy meyorlar keltirilgan.
E’tiboringiz uchun raxmat
Download 83,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish