O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
5210200 – Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)
ta’lim yo‘nalishi negizidagi:
5A210201 – Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)
5A210201 – Psixologiya (ijtimoiy psixologiya)
5A210201 – Psixologiya (oilaviy munosabatlar psixologiyasi)
magistratura mutaxassisliklariga kiruvchilar uchun
maxsus (umumkasbiy va ixtisoslik) fanlaridan
D A S T U R
Toshkent – 2021
2
ANNOTATSIYA
Dastur 5A210201 – Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha), 5A210201 –
Psixologiya (ijtimoiy psixologiya), 5A210201 – Psixologiya (oilaviy munosabatlar
psixologiyasi) magistratura mutaxassisliklariga kiruvchilar uchun 5210200 –
Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishining 2017/2018 o‘quv
yilida tasdiqlangan o‘quv rejasidagi asosiy fanlar asosida tuzilgan.
TUZUVCHILAR:
Muhamedova D. G.
— O‘zMU, «Psixologiya» kafedrasi mudiri, p.f.d.,
professor
Rasulov A. I.
— O‘zMU, «Psixologiya» kafedrasi dotsenti, p.f.d.
Dastur Ijtimoiy fanlar fakultetining 2021 yil 7 iyuldagi navbatdan tashqari
10-sonli Kengashi yig‘ilishida muhokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan.
3
KIRISH
Hozirgi kunda mamlakatimizda psixologiya sohalariga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Umumiy psixologiya fani psixologiya yo‘nalishlarida asosiy
vazifalaridan birini egallaydi. U boshqa fanlarni o‘qitishda asos sifatida xizmat
qilishi mumkin.
Umumiy psixologiya fani jamiyat hayotida muhim o‘rin tutadi. Psixologik
tadqiqotlar, insonlarni holatlarini (emotsiyalarini, ehtiyojlarini, motivlarini)
boshqarish ularni yo‘naltirish umumiy psixologiyaning asosiy vazifalari sirasiga
kiradi. Umumiy psixologiya fani ijtimoiy gumanitar, tabiiy va aniq fanlar bilan
uzviy bog‘langan. Ularning metodologiya va ilmiy prinsiplaridan foydalanadi.
5210200 – Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi
bakalavriat ta’lim yo‘nalishi psixologiya fanining vazifalari, tarixi, zamonaviy
holati, zamonaviy yo‘nalishlari kabilarni qamrab oladi. Shuningdek, umumiy
psixologiya fani predmeti, maqsadi va vazifalari. Umumiy psixologiya bo‘limlari,
umumiy psixologiyaga bo‘lgan bugungi talablar. Umumiy psixologiya tarixi, eng
ahamiyatli yo‘nalish va tarmoqlari. Umum psixologik holatlar va jarayonlari.
Umumiy
psixologiyaning
zamonaviy
tuzilishi, umumiy
psixologiyaning
zamonaviy usullari kabi muhim kategoriyalar majmuasini tashkil etadi.
Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) magistratura mutaxassisliklariga
kiruvchi talabalar uchun ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasiga asosan “Umumiy
psixologiya”,
“Sotsial
psixologiya”,
“Eksperemental
psixologiya”,
“Psixodiagnostika”, “Psixogenetika” kabi fanlardan test savollari shakllantirilgan.
Bu fanlar o‘z negizida qamrab olingan ma’lumotlar quyida batafsil keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |