Qo‘qon xonligida kitobat va kutubxonachilik tarixi bob. Qo‘qon xonligida ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlar


 BOB. QO‘QON XONLIGIDA IJTIMOIY-SIYOSIY VA MADANIY



Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/28
Sana07.11.2022
Hajmi0,86 Mb.
#861755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
QO‘QON XONLIGIDA KITOBAT VA KUTUBXONACHILIK TARIXI

 


1. BOB. QO‘QON XONLIGIDA IJTIMOIY-SIYOSIY VA MADANIY 
JARAYONLAR 
1.1. QO‘QON XONLIGIDA MADANIY HAYOT VA UNING KITOBAT 
BILAN BOG‘LIQ JIHATLARI 
O‗rta Osiyo davlatlari kabi Qo‗qon xonligida ham islom dini jamiyatning 
tayanch mafkurasi edi. Ilk va o‗rta asrlarda islom dini doirasida mavjud bo‗lgan 
hurfikrlilik tafakkurni tabiiy fanlar va dunyoviy falsafaga yo‗llagan va bu o‗z o‗rnida 
aniq, tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar rivojini ta‘minlab bergan bo‗lsa, so‗nggi 
o‗rta asrlarga kelib, an‘anaviy islom, aqidaparastlikning ta‘siri kuchaydi. Ilm-fan, 
ta‘lim va ma‘rifat sohalarida diniy ta‘limotlar hukmronlik qila boshladi. Ruhoniylar 
o‗z manfaatlaridan kelib chiqib, ma‘naviy hayotning barcha sohalarini islom 
aqidalariga tobe qilishga, din va shariat tamoyillarini yanada chuqurroq singdirishga 
intilar edilar. Madaniy hayotda yuzaga kelgan bunday vaziyat XIX asrda Qo‗qon 
xonligida ilm-fanning ahvoliga, ayniqsa bu soha rivojining bir yoqlamalilik 
xususiyatiga sabab bo‗ldi. 
Xonlikda ilm-fanning shu davrdagi holati butun O‗rta Osiyoda bo‗lganidek 
Evropada erishilgan darajadan ancha orqada bo‗lib, omma fanlarning barcha 
sohalarida qo‗lga kiritilgan yangilik va kashfiyotlardan bexabar edi. Aniq va tabiiy 
fanlarda mutaasiblik va jaholat hukmron bo‗lgan. Masalan, 1873 yilda Mavlaviy 
Rishtoniy (u Mavlaviy cho‗bin nomi bilan mashhur edi) arkda quyosh soatini 
yasaganida olomon uni sehrgarlik va jodugarlikda ayblagan va g‗alayon davrida uni 
urib o‗ldirgan
13
. Mirzo Olim Maxdum hoji «Tarixi Turkiston» asarida ilmiy muhit 
haqida: «Ilmu maorifda bo‗lsa, Turkistonda o‗tgan Ibn Sino, Forobiy, Ulug‗bek, Ali 
Qushchi o‗rniga o‗lturg‗on olim, faylasufi zamon deganlarimiz izzatu nafs va 
riyokorlikka tabdil bo‗lub, jahl balosig‗a mubtalo bo‗lg‗an edilar…ilmi dinsiz oxirat 
13
Isaboyeva G.S. XIX asrda Qo‘qon xonligida madaniy hayot: Tarix fan. nomz…diss. – Toshkent: O‘zMU, 2010. 79-b. 


yo‗li topilmagandek, maorif va kamolotsiz dunyo yo‗llari ham topilmas» deb 
yozadi
14

Bu davrda aniq va tabiiy fanlarning xo‗jalik va maishiy hayotda, ya‘ni 
amaliyotda qo‗llaniladigan sohalarigagina e‘tibor qaratilgan. Kundalik turmushda 
tibbiyot, me‘morchilikda matematika va handasa, sug‗orma dehqonchilikda 
o‗simlikshunoslik, gidrologiya va muhandislik ilmidan foydalanilgan. SHunga ko‗ra, 
xonlikda aniq va tabiiy fanlardan faqat tibbiyot, geografiya, tabiatshunoslik fanlari 
bilan shug‗ullangan olimlarnigina ko‗rsatish mumkin. Ayrim kamchiliklar bo‘lishiga 
qaramay xonlikda adabiy muhit, madaniy hayot anchayin ravnaq topgan edi. Ayniqsa 
qo‘qon xonligi madaniy hayotida maktab, madrasalar faoliyati muhim o‘rin 
egallaydi.
15
XIX asrning o‗rtalarida Qo‗qon xonligida 350 dan ortiq madrasa va shunchaga 
yaqin maktab bor edi. Madrasalar ijtimoiy hayotda katta o‗rin egallab, murakkab bir 
uslubda idora qilinardi. Madrasalarning qatorida kutubxona, qiroatxonalar ham 
bo‗lib, har xil guruhlarning ilmiga bo‗lgan qiziqishlariga javob berardi. Madrasalarda 
talaba (tolib al-ilm)lar o‗qib, ularga mudarrislar (domulla, oxund) dars berardilar. 
Mudarrislar, domla va oxundlarning har xil martabalari bo‗lgan. «Banoraspo‗sh» 
mansabli mudarrislar xon qabulida bo‗lish huquqiga ega edilar. 
Madrasa o‗z vaqflarining daromadiga qarab mu‘idlar, muqarrir, kitobdor, 
farrosh, imom, so‗fi, mujovir, sartarosh, posbon, oshpazlarni ishga olib ularga maosh 
berardi. Madrasa ishlariga mutavakkil boshchilik qilardi. Vaqf ishlari sudur qo‗lida 
edi. 
Rossiya imperiyasining bosqini arafasida O‗rta Osiyoda ta‘lim va maorif
an‘anaviy tarzda davom etgani ma‘lum. Turkiston bosib olingach rus imperiyasining 
yangi ma‘muriyati ta‘lim va maorif sohasida ham ba‘zi o‗zgarishlarni amalga 
oshirmoqchi bo‗lgan. Biroq, ijtimoiy munosabatlardagi qoloqlik, xurofot va diniy 
mutaasiblik bu sohada katta o‗zgarishlar qilishga yo‗l bermagan. 
14
Мирзо Олим Махдум ҳожи. Тарихи Туркистон... − Б. 22.
15
Bobobekov H.N. Qo‘qon tarixi. T.: Fan, 1996. – b. 123. 


Qo‗qon xonligida ta‘lim tizimi, ya‘ni maorif o‗rta asr an‘analari bo‗yicha 
davom etgan. Boshlang‗ich ta‘lim 6-7 yoshdan boshlanib, o‗g‗il bolalar maktablarda, 
qizlar esa otinoyilarning uylarida ta‘lim olganlar. 
Aksari maktablar mahalla masjidlari qoshida ochilgan bo‗lib, alohida xususiy 
maktablar ham mavjud bo‗lgan. XIX asr o‗rtalarida Qo‗qon xonligida 350 taga yaqin 
maktablar faoliyat ko‗rsatgan. Maktablar shahar va qishloqlardagi masjidlar yonida 
faoliyat yuritib, ularning asosiy vazifasi bolalarga boshlang‗ich bilimlar berishdan 
iborat edi. 
Maktablarda yetti yil davomida bolalarga, ularning tushunish-tushunmasligidan 
qat‘iy nazar alifbe, Qur‘on, abjad, farzi ayn, Chor kitob, Xo‗ja Hofiz, Sa‘diy Sheroziy 
she‘rlari, So‗fi Allohyor va Mirzo Bedil asarlaridan savod o‗rgatilishi lozim edi.
16
O‗zbek bolalari ko‗proq bo‗lgan maktablarda yana besh kitob – «Fuzuliy 
kitobi», «Lison ut-tayr», «Alisher Navoiy devoni», «Fuzuliy», Mashrabning ijodi 
o‗tilgan. O‗g‗il bolalar birinchi kun maktabga borganda non, shirinlik, domlaga 
sarupo yoki uning matosi (surp yoki chit) olib borganlar. Ta‘lim jarayonida ta‘lim 
berayotgan domlaga har payshanba kunlarida, bayram yoki bolaning muayyan 
kitobni o‗qib bitirgani munosabati bilan hadyalar, sarpo va pul (20 tanga) berilgan. 
Tolibning bir bosqichdan (bir kitob xatmidan so‗ng) keyingi bosqichga o‗tgani 
munosabati bilan maxsus ziyofat berish odat tusiga kirgan. 
Xonlikning ma‘naviy va madaniy hayotida madrasalarning ahamiyati katta 
bo‗lgan. XIX asr o‗rtalarida Qo‗qon xonligida 350 dan ortiq madrasa bo‗lgan.
17
Jumladan, Qo‗qonda- 52, Toshkentda - 17 ta, Xo‗jandda – 49 ta madrasa faoliyat olib 
borgan.
18
Qo‗qondagi Oliy madrasasi, Modarixon madrasasi, Toshkentdagi 
Ko‗kaldosh, Baroqxon va Abulqosim Shayx madrasalari, Xo‗janddagi Muslihiddin 
madrasasi, Marg‗ilondagi Sayyidahmadxo‗ja madrasalari, yuqorida ta‘kidlanganidek, 
xonlikdagi eng mashhur madrasalardan hisoblangan. Xonlikda ayollarning 
16
Alixojiyev M. Qo‘qon xonligining madaniy hayotida maktab va madrasalarning tutgan o‘rni. (1800-1876): Tarix fan. 
nomz…diss. – Toshkent, 2012. 86-b 
17
Воҳидов Ш. Қўқон хонлиги тарихи (хонлик тарихи – манбаларда). – Тошкент: 2014, 60-б. 
18
Xudoyorxonzoda. Anjum at-tavorix. T: 2014. 265-b 


madrasalarda o‗qishi mumkin bo‗lmagan va ular otinoyilardan hususiy tahsil 
olganlar.
19
O‗smirlar 13-15 yoshdan boshlab madrasada o‗qiy boshlaganlar. Madrasalarda 
o‗qish muddati 15-20 yil bo‗lib, madrasa ta‘limi aniq bir yo‗nalish va reja asosida 
olib borilmagan. Madrasada 15-20 yil davomida talabalarga 137 dan ortiq o‗quv fani 
yoki kitoblar o‗qitilgan. Fanlardan Qur‘on qiroati ilmi (retitatsiya, tajvid), «Kalom 
ilmi», «Hadis ilmi», «Fiqh ilmi», «Payg‗ambarlar tarixi», falsafa, arab tili 
grammatikasi, mantiq, notiqlik ilmi (ritorika), islom aqoidi, meros va boylik 
taqsimoti, savdo-sotiq munosabatlari uchun «Faroiz ilmi» (matematikaning 4 amali 
hajmida) va yuqoridagi ilmlarga oid kitoblar, nazm va nasrda bitilgan asarlar 
o‗qitilgan. 
Madrasalarda birinchi navbatda «Qur‘on» va uning turli tafsirlari, «Hadis»lar 
to‗plamlari, Imom ut-Termiziyning «SHamoyil an-nabaviy», So‗fi Allohyorning 
«Odob-as-solihin», «Maslak al-muttaqin», «Sabot al-ojizin», G‗azzoliyning «Kimyoi 
saodat», «Maorij an-nubuvvat fi madorij al-futuvvat» (Siyari sharif), Xiyoliyning 
«Hikmat al-ayn», «Al-viqoya» kabi asarlar va sharhlar o‗rgatilgan. 
Madrasalarda dunyoviy bilimlar deyarli o‗qitilmagan bo‗lsa-da unda aniq 
fanlardan riyoziyot, tabiiy fanlardan nujum ilmi, geografiya, ijtimoiy fanlardan tarix, 
falsafa, mantiq ilmlari, gumanitar fanlardan arab tili, bayon o‗tilgan. Bundan tashqari 
she‘r va husnixatdan ta‘lim berilgan, Sa‘diy, Hofiz, Bedil, Jaloliddin Rumiy, Jomiy, 
Navoiy va boshqa Sharq ma‘naviyatining ilg‗or vakillarining asarlari o‗rgatilgan. 
XIX asrning birinchi yarmida Qo‗qon xonligida o‗ziga xos ilmiy-madaniy 
muhit yaratgan ma‘rifatparvar hukmdor Amir Umarxon ilm, madaniyat, san‘at, 
adabiyot va turli kasb-hunarlarning rivojiga katta e‘tibor bergan. Umarxonning bu 
boradagi rag‗batini Ibrat o‗zining ―Farg‗ona tarixi‖
20
asarida Jome‘ madrasasi 
poydevoriga g‗isht qo‗yish marosimi tavsifida quyidagicha ta‘riflaydi: ―Umarxon 
asrinda madrasa qilmoq rasm o‗rninda bo‗lub, xon o‗zi boshlab, Xo‗qanddagi 
madrasai Jome‘ni binosiga urunub, asosga tosh qo‗ymoq bo‗lganda, ulamo va fuzalo 
19
Xudoyorxonzoda. Anjum at-tavorix. T: 2014. 265-b 
20
Ibrat Ishoqxon Junaydulloxo‘ja o‘g‘li. Farg‘ona tarixi. T.: Kamalak, 1991. 


va umarolarni akobiri viloyati Xo‗qand jam bo‗lganda, asosga tosh qo‗yadurgon 
kishiga balog‗atdan buyon tarki mustahab sodir bo‗lmagan kishi bormu, tosh 
qo‗yodur deganda, hech kim qodir bo‗lmay ojiz kelganda, xon o‗zi: ―Alhamdulilloh, 
man tarki mustahab qilganim yo‗q ekan!‖ – deb, asosga toshni o‗zi qo‗yganda, 
ulamoyi asr ittifoq ilan ―jannatmakon‖ laqabini bergan ekanlar‖. Darhaqiqat, 
Umarxonning 
madaniy-ma‘rifiy 
hayotni 
rivojlantirish 
yo‗lidagi xizmatlari 
keyinchalik Rossiya imperiyasi ma‘murlari tarafidan ham e‘tirof etilgan. Jumladan, 
Turkiston general-gubernatori S.M.Duxovskoy qayd qilganidek: ―...taxtga Umarxon 
o‗tirganidan so‗ng, Qo‗qon xonligi o‗zining oltin davrini boshidan kechirgan va 
birinchi marta Turkiya bilan diplomatik munosabatlar o‗rnatgan, bundan tashqari, u 
erda yangi musulmon markazi vujudga kelganki, u madrasalarining binolari, 
mudarrislarning bilimdonligi va tahsil oluvchi mullalarning soni bo‗yicha Buxoro 
markazi bilan bellasha olardi‖. Ma‘lumki, jahon sivilizatsiyasida shahar 
madaniyatining o‗rni katta hisoblanadi. Shu jumladan, Qo‗qon xonligining Qo‗qon, 
Toshkent, Andijon, Namangan, Marg‗ilon, O‗sh va boshqa shaharlari qadimdan 
siyosiy, iqtisodiy, madaniy markaz sifatida nom qozongan. Ushbu shaharlar madaniy-
ma‘naviy hayotida, iqtisodiy munosabatlarda vaqf mulklari o‗zining munosib o‗rniga 
ega bo‗lgani shubhasiz. Shu jihatdan xonlikdagi madrasalar soni XIX asrdayoq 
sayyohlar va tadqiqotchilar bilan birga imperiya ma‘murlarini ham doimo qiziqtirib 
kelgan. Qo‗qon xonligi boshqaruvi yillarida madrasalarning umumiy sonini aniqlash 
maqsadida ularni ro‗yxatga olish ishlari bajarilgani haqida ma‘lumotlar yo‗q. Tarixiy 
asarlarda ham xonlik shaharlaridagi madrasalarning umumiy soni bilan bog‗liq aniq 
ma‘lumotni olish qiyin.
21
Faqatgina u yoki bu shahar xususida to‗xtalgan mahalliy 
mualliflar ayni shu shaharlardagi madrasalarni tilga olib o‗tgan. Masalan, toshkentlik 
muarrix Muhammad Solihxo‗ja o‗z shahridagi yigirmaga yaqin madrasa nomi, 
joylashgan o‗rni, binosi va qurilishi hamda vaqf mulklari bilan bog‗liq ma‘lumotlarni 
keltirib o‗tadi. Shu sababli ulardagi mavjud ma‘lumotlar tahliligina bu borada 
taxminiy tasavvurni bera oladi. Tarixchi olim Sh.Vohidov Qo‗qon xonligi 
21
Xudoyqulov T.D. XIX asrda Qo‘qon xonligining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti: Tarix fan. 
nomz…diss. – Toshkent: O‘zMU, 2009. 78-b. 


tarixnavisligiga bag‗ishlangan tadqiqotlarida mahalliy tarixiy asarlar va boshqa 
turkum manbalardagi ma‘lumotlarning qiyosiy tahlili asosida XIX asr o‗rtalarida 
Qo‗qon xonligining o‗zida 350 dan ortiq madrasa mavjud bo‗lgani haqida yozadi. 
Tabiiyki, bu madrasalarning aksariyati xonlik shaharlari, qisman yirik qishloqlari 
hissasiga to‗g‗ri kelgan. 
Yuqorida ta‘kidlab o‘tilganidek Qo‘qon xonligidagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy 
barqarorlik, xonlik madaniy hayotining ham yuksalishiga zamin bo‘lgan. Ayniqsa 
ming sulolasi vakillari ichidan o‘z davrining bilimdon shaxslarini yetishib chiqqanligi 
ham xonlikda madaniy hayotning yanada ravnaq topishiga imkon beradi. Yaratilgan 
shart-sharoit va xonlarning homiyligi sababli tez orada qo‘qonda ilm ahlining kata 
guruhi to‘plandi. Albatta ularining ijodi kitobat san‘atining rivojlanishiga asos bo‘ldi. 
Kitobat qilingan asarlar esa kutubxonalarni boyitib bordi. 
Qo‘qon xonligi kitobat san‘ati haqida so‘z borar ekan albatta, ma‘rifatparvar 
shoira Nodirabegim haqida to‘xtalmasdan bo‘lmas. Zero Umarxon vafotidan keyin 
shoiraning rahnomoligida qo‘qonlik usta hunarmandlar tomonidan ko‘plab ijod 
namunalari kitobat qilindi, yana ko‘plab asarlardan nusxa ko‘chirildi. Nodira Andijon 
hokimi Rahmonqul biyning qizi bo‘lib, Rahmonqul biy Ming urug‘i o‘zbeklarining 
ko‘zga ko‘ringan vakillaridan edi. Qo‘qon xoni Norbo‘tabiy ming urug‘dan bo‘lgan 
Faxrinniso (Ming oyim)ga uylangan edi. Olimxon va Umarxonlar ularning farzandi 
bo‘lib, Faxrinniso oyim bilan Rahmonqul biy aka-singil edilar. 1808-yil Qo‘qon xoni 
Olimxon ukasi Umarxonga Marg‘ilon hokimligini beradi. So‘ngra Umarxonni tog‘asi 
Rahmonquli biyning qizi Nodiraga uylantirishga qaror beradi. Bu qizning aqilliligi, 
odobi va go‘zalligi tegra yoqqa doston bo‘lgan edi. Shunday qilib Mohlar oyim 
Umarxon bilan turmush quradilar.
22
Mohlar oyim Umarxon nikohiga o‘tgach avval 
Marg‘ilonga, so‘ngra Qo‘qonga keladi. 1810-yil Olimxon o‘ldirilgach Qo‘qon taxtiga 
Umarxon o‘tiradi. Mana shu davrdan boshlab Nodiraning xonlik hayotidagi ro‘li 
faollashib boradi. Umarxon davrida ayollar huquqlari ma‘lum borada himoya qilina 
boshlandi. Bunda uning rafiqasi Nodirabegimning xizmatlari benihoya kattadir. U 
ayollarning o‘qish, yozishni o‘rganishlari uchun madrasalarda dars tashkil etib, 
22
Qayumov. A. Qo‘qon adabiy muhiti. T.: O‘zfanakadnashr, 1961. 185-b 


otinoyilarning saboq berishni yo‘lga qo‘ygan. Shu bilan birga, Nodira ayollarning 
haq-xuquqlari poymol bo‘lishiga juda qattiq qarshi turgan hamda xuquqlari 
cheklanib, uy ishlari bilan tamomila band bo‘lib qolgan ayollarga savodli bo‘lishlari 
uchun sharoit yaratib berishga uringan.
23
Avvaliga Umarxonni davlat ishlarida va ijod 
bobida maslahatdoshi bo‘lgan Mohlaroyimni 1822-yil turmush o‘rtog‘i Umarxon 
vafotidan so‘ng siyosiy hokimyatdagi o‘rni ortib boradi. Jumladan 14 yoshli o‘g‘li 
Muhammad Alixon taxtga o‘tiradi. Muhammad Alixon (hukmronlik davri 1822-
1841, noyabr) dastlabki yillarda yosh bo‘lganligi uchun davlatni boshqarishda unga 
ko‘maklashadi. Zahiriddin Muhammad Bobur mirzoni taxtga o‘tirgan dastlabki 
yillarni eslaylik, endigina 12 yoshga kirgan Bobur mirzo yosh bo‘lganligi uchun 
davlat ishlarini boshqarishda volidasi Qutlug‘ Nigorxonim ko‘maklashgan edi. 
Shunday holat Mohlaroyim faoliyatida takrorlanadi. O‘g‘li Muhammad Alixon ham 
taxtga o‘tirgan vaqtda bor yo‘g‘i Bobur mirzodan ikki yosh katta edi xolos.
Nodirabegimning zamondoshi, saroy shoiri Hotif shunday deydi: ―Umarxon 
vafotidan so‘ng bu iffat sadafining injusi Farg‘ona, Toshkent, Andijon va boshqa 
shaharlardan fozillar, olimlar, xattotlar, naqqoshlarni o‘z xizmatiga chaqirtirib keldi‖. 
Shuningdek, Nodirabegim bozor va rastalar, masjidu madrasalar, karvonsaroylar 
qurilishiga ham e‘tibor beradi. Takagarlik rastasidagi Mohlaroyim madrasasini bino 
ettiradi.
24
Xulosa qilib aytganda Qo‘qon xonligi madaniy hayotida maktab madrasalar 
muhim o‘rin egallagan bo‘lib, ushbu ta‘lim maskanlarining faoliyat yuritishida 
qo‘lyozma kitoblar va kutubxonalar tashkil etishga alohida ahamiyat berilgan. 
Yuqorida ta‘lim jarayonida foydalaniladigan ayrim asarlar nomlari keltirib o‘tildi. 
Shubxasiz ushbu asarlar qo‘qonlik mohir kitobat san‘ati namoyondalari xizmatlari 
tufayli yuzaga kelgan edi. 
23
Qayumov. A. Qo‘qon adabiy muhiti. T.: O‘zfanakadnashr, 1961. 185-b 
24
Xudoyorxonzoda. Anjum at-tavorix. T: 2014. 275-b 



Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish