Qo‘qon xonligida kitobat va kutubxonachilik tarixi bob. Qo‘qon xonligida ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlar


 QO‘LYOZMA KITOBLARNI BEZASH VA ULARNING TURLARI



Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/28
Sana07.11.2022
Hajmi0,86 Mb.
#861755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
QO‘QON XONLIGIDA KITOBAT VA KUTUBXONACHILIK TARIXI

1.2. QO‘LYOZMA KITOBLARNI BEZASH VA ULARNING TURLARI
 
O‗rta Osiyoda kitobxonalarning paydo bo‗lishi, juda qadim davrlarda borib 
taqaladi. X asrda Samoniylar saroy kutubxonasida buyuk olim Abu Ali ibn Sino 
ishlagan. Kitobat san‘ati O‗rta Osiyo Buxoro, Xiva va Samarqand kabi shaharlariga 
mahalliy va chet eldan kuplab qo‗lyozma kitob keltirilar edi. Amir Temurning 
mashhur kitobxonasida turli tillarda yozilgan kitoblar orasida ohu terisiga yozilgan 
Xalifa Usmonning katta Qur‘on kitobi saqlangan. 
XIX asrda ham O‗rta Osiyoda ko‗plab kitobxonalar mavjud bo‗lgan. Jumladan 
Buxoro Amiri kutubxonasi haqida Vyatkin ma‘lumot beradi. 
Xiva xoni Said Muhammad Rahim katta katta kutubxonaga ega bo‗lganligi, 
A.N.Samaylovich quyidagi ma‘lumotni keltiradi: ―Muhammad Rahim 2 ta 
qo‗lyozmalar kitobxonasiga ega edi, biri Arkda, ikkinchisi yozgi Saroy toza bog‗da 
joylashgan bo‗lib, ular muntazam ravishda yangi qo‗lyozma va nusxalar bilan 
to‗lg‗ozilar edi. Xonni xususan, she‘riyat, tarix va tabobat alohida qiziqtirar edi‖. 
O‗tmish asrlardagi kabi XIX asrda ham qo‗lyozma kitoblar yaratilishida turli 
kasb vakillari ishtirok etishardi. CHunonchi, uning asosiy yaratuvchisi xattot 
kitobning barcha bezak va shaklini belgilar edi. Uning oldida nozik tabli SHarq 
kitobxonini 
talablarini 
qondirishdek 
vazifa 
turardi. 
Qo‗lyozmani faqat 
mazmuninigina emas, balki, xattotning nafis san‘ati xarflarning uyg‗unligi va 
unsurlarning nisbatlari va chiziqlardan uyg‗unligini estetik zavq bag‗ishlardi. SHarq 
shoirlari ―Alif va Lomlarni behudaga go‗zal qizni nafis gavdasiga qiyoslashmagan. 
Xattotlik san‘ati tabiiy kobiliyatdan tashkari katta chidam, mehnatsevarlik va 
muntazam mukammallikni talab qilgan. Yuksak badiiy darajada qo‗lyozma kitobni 
yaratishda, oylar emas balkim yillar ketgan. 
O‗rta Osiyoda XIX asrning ikkinchi yarmi –XX asr boshlarida yuksak 
mahoratli xattotlar bo‗lgan. Ular kuchirgan kuplab kitoblar bizni davrimizgacha etib 
kelgan. 
Mahalliy qog‗ozdan qo‗lyozmalarni yaratish hali davom etar va asosan diniy 
mavzudagi qo‗lyozmalardan keng foydalanishar edi. Mahalliy qog‗ozni ishlab 


chiqarish XIX asr oxiri XX asr boshlaridan Qo‗qonda va Toshkentda ishlab chiqarilar 
edi, ammo ―Qo‗qon joydori‖, ―Qo‗qon nimkonobi‖ qog‗ozlari biroz dag‗al va notekis 
edi. VIII asrdan buyon ishlab chiqarib kelayotgan Buxoro va Samarqand qog‗oz 
ishlab chiqarishi butunlay yo‗qqa chiqdi. Kitob yaratishda yuqorida aytganimizdek 
ko‗plab ixtisoz vakillari ishtirok etishgan. Ulardan biri qo‗lyozma kitobni muqovali 
yaratib bezagani saxxoflar san‘ati qadimiy an‘anaga ega edilar. Muqovasozlik 
qadimdan amaliy san‘atning bir turi hisoblangan va ko‗plab ustalar bu sohada yuksak 
mahorat cho‗qqisiga ko‗tarilgan, ulardan biri Qavmiddin Tabrizi bosma muqovaning 
ixtirochisi bo‗lgan. 
Alohida qimmatbaho qo‗lyozmalarni bezashda zargarlar ham ishtirok etishgan. 
Ular oltin va kumushdan kitob belbog‗i va muqova shabaqalar yaratishgan. 
XX asr boshlarida kichik muqovasozlik ustaxonalari mavjud bo‗lib, usta bir 
yoki ikki shogirdi bilan eski usulda muqova yaratgan. Ularning mehnati past 
baholanib, toshbosma bilan jiddiy raqobat har bir qog‗oz yoki terini bo‗lagini iqtisod 
qilishga majbur bo‗lishgan. 
Bu davrda Qo‗qon muqovasozlari mashhur bo‗lishgan. Qo‗qondlik ustalar 
boshqa mintaqa ustalari uchun asbob-anjom yasashgan. Buxorolik muqovasozlar 
orasida Qori Odil Abduxoliqlar mashhur bo‗lishgan. 
SHarq kitoboti muqovaga bosma yozuvni qo‗llamas edi, ammo nafis 
o‗simliksimon va ba‘zan geometrik shakldagi va hajmdagi medalonlar o‗rin olardi. 
Ular muqovani bezabgina qolmay muqovasozni muhri vazifasini bajarar va ba‘zi 
hollarda uni nomini bizgacha etkazardi. 
Qo‗lyozma kitob muqovalari teri va nimterilari qatori boshqa materiallardan 
muqovalanardi. Jumladan, Buxorolik xattot Qori Ahmad Mullo SHofiy Buxoriy 
ko‗chirgan qo‗lyozma Qur‘on (1891 yil) yashil rus parchasi bilan muqovalangan. 
Boshqa bir qo‗lyozma ―Shayton va Odam Ato manzarasi‖ qo‗lyozmasining 
muqovasini asosi faneradan bo‗lib, muqovaning ikki tomoni teri bilan qoplangan, teri 
yuzasiga chitgarlik usulida qizil bo‗yoq bilan naqsh tushirilgan. 
Qo‗lyozma betlari ilgari teridan foydalanib forzats yordamida birlashtirlar edi, 
ammo XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab yashil va kulrang qog‗ozdan 


foydalanib forzatslar yaratilgan. Ba‘zi qulyozmalarda forzats bezagida oddiy rus gul 
kogozidan, hind litografiya muqovasi va ba‘zan mahalliy qog‗ozdan foydalanilgan. 
Qo‗lyozma kitobning badiiy bezakchisi lavvoh bulib, unga qo‗lyozma 
xattotdan o‗tgan. Ko‗plab o‗rganayotgan davr qo‗lyozmalarida har bir sahifa matni 
mayin gulli va oltin chiziqli ramkalarga olingan, ba‘zi xollarda qo‗lyozmani matnini 
sahifasi ochiq qoldirilganlari ham uchraydi. 
Matn sahifada bitta, ikkita katorda joylashtirilgan bulib, xususan nazmiy 
asarlarda ko‗plab bulaklarga bo‗lingan. Sahifada matnni joylashuvi turfaligi 
uygunligi nafis did bilan joylashtirilganligi bilan xarakterlidir. 
Kitob boshlanishi va tugallanish sahifalari o‗ziga xos bezaladi. Kitob 
boshlanishida chiroyli naqshlangan oltin xolva bo‗yoq bilan bajarilgan. Unvon 
joylashadigan qo‗lyozma alohida mustaqil qismlardan tashkil topgan bo‗lsa, ularning 
har biri unvon bilan boshlanadi va zastavkalar har biri rangi va shakli bilan bir-
biridan farq qiladi. Unvonlar tepadan ochiq qoldirilgan ramkalarga olinadi va tepa 
qismi madoxil bilan tugallangan naqshin kompozitsiyadan iborat bo‗ladi. Ba‘zi 
unvonlarda chekasi ramka chizig‗i bilan kesilgan yarim unvonlar joylashadi. 
Unvonlar kompozitsiyasi turlicha bo‗lib, gullar, mevalar, barglar bilan to‗ldirilgan 
naqshlardan tashkil topgan. Ammo ularni tasviri musulmon olami san‘atiga xos tekis 
va buyoqlari sof. 
Qo‗lyozmalarda ishlatilgan o‗simliksimon ―islimi‖ naqshi turfa xil bo‗lib, 
xuddi me‘morchilikdagi va dekorativ san‘atdagi kabi katta rol o‗ynaydi. Kitob 
bezagida eng ko‗p qo‗llaniladiganlari islimi naqshlaridan sipiralsimon ―islimi jangi‖ 
va navdasi, gullari erkin simmetriya prinsipida joylashgan ―islimi sekor‖dir. 
1886 yilda Muhammad Siddiq tomonidan qayta yozilgan Jomiyning ―Bahoriy 
bog‗‖ kitobi frontispisi juda boy bezatilgan. U ipak qog‗ozda oltin, yashil, ochiq, 
ko‗k, binafsha va pushti ranglar bilan bajarilgan. 
Barcha sahifalar atrofi keng oltin ornamental ramka bilan o‗ralgan, undan 
tashqari to‗lqinsimon mayin tanacha uzun ilk kurtaklari ramka ichiga kiritib 
tasvirlangan. Sahifaning markazida- yirik feston medalon, belgili fonda bo‗yalmagan 
turli shakldagi kartush matn bilan tasvirlangan. 


Qo‗lyozmaning oxirgi qatorlari cho‗ziq uchburchak ramkaga olingan. Ba‘zi 
kitoblar chekkasi esa ramkadagi matn qatori o‗simliksimon naqsh bilan to‗ldirilgan. 
Sahifalarning kompozitsiyasi zargarona nafis naksh bilan ba‘zida yumshoq va 
ba‘zida tarang arab imlosining uyg‗un bog‗liqligi evaziga tugallanganlik kasb etadi. 
Arab imlosiga xos naqshinkorlik xattotlikni naqqoshlik san‘atini davomidek taassurot 
uyg‗otadi. 
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida yaratilgan qo‗lyozmalarni ko‗pchiligi Temur 
davrida yashab ijod qilgan Mir Ali Tabriziy ixtiro qilgan va keyinchalik turli 
mintaqalarda o‗ziga xoslikka ega bo‗lgan nasx va nas‘taliq xusnixatida ko‗chirilgan. 
Ba‘zi qo‗lyozmalar yoki ularning bir qismi shikasta xusnixatida bajarilgan. 
XIX asr oxiri - XX asr boshlariga oid qo‗lyozma kitoblarni o‗rganish shuni 
ko‗rsatadiki, bu davr u xattotlar, nakkoshlar muqovasozlar san‘ati bo‗lib, mahalliy 
aholini estetik ehtiyojlarini qondirishda davom etgan qo‗lyozma bezagida ba‘zi 
an‘analar saqlangan holda uning badiiy qiyofasi garchi nafisligini yo‗qotmagan 
bo‗lsada kamtarona ko‗rinishga ega bo‗ladi. Qo‗lyozma kitob o‗zini so‗nggi davrini 
kechirayotgan bo‗lsada Turkistonda bosma kitob paydo bo‗lgandan keyin ham to‗liq 
yo‗q bo‗lmadi. 
Qo‘qon xonligida kitobat qilingan asarlarni mazmuniga qarab quyidagi 
guruhlarga bo‘lish mumkin.
 
Diniy kitoblar, Falsafiy kitoblar, Filologik kitoblar, 
Jo‗g‗rofiy kitoblar, Tarixiy kitoblar. 
Diniy kitoblar turlari: Musulmonlarning muqaddas kitobi - Qur‘oni 
karimning o‗n minglab nusxalaridan. Qur'oni karim matniga yozilgan 
tafsirlardan. uni mutolaa qilishning har xil usullari - qiroatga, Qur'oni karim 
orfografiyasi va matni masalalari-tajvidga bag'ishlangan asarlardan. hadis 
to‗plamlari hamdahadisshunoslikasoslari yoki usullariga,mumtoz hadis 
to'plamlarini qayta ishlash va yangilarini tuzishga bag'ishlangan asarl ardan, 
maqomat 
(avlivolar 
hayoti)ga 
oid 
adabivotlardan. 
sufizm, 
islom 
qonunshunosligi 
Худоѐрхон саройи кутубхонасида мавжуд бўлган Қуръони Карим 
нусхаларидан яна бири Фарғона вилоят Ўлкашунослик музейида ҳам 


сақланмоқда. ―Худоѐрхоннинг сарой кутубхонасидан келтирилган ушбу китоб 
муқоваси теридан тайѐрланган ва сарғиш тусдаги рангда қопланган. Бу қўлѐзма 
куфий хатида санъаткорона кўчирилган бўлиб, 75 жойига Худоѐрхоннинг 
―вақф фисабиллуллоҳ‖ ѐзувли муҳри босилган. Шунингдек, 36 та кичик мухр 
бўлиб, унга ҳам ―вақф фисабилуллоҳ 1287‖ деб, унинг ѐзилган санаси ҳам 
кўрсатилган. Оятлар ўртасида 36 жойга ой шаклидаги тамға, ѐй, қуѐш рамзлари 
тилло рангда босилган‖. 
Қирғизистонлик тарихчи Қияс Молдоқасимов томонидан интернет 
тармоғига жойлаштирилган мақолада бугунги кунда Қирғизистоннинг Баткен 
вилоятида яшаѐтган Маҳмуд исмли шахснинг шахсий кутубхонасида оғирлиги 
16 кг ни ташкил этувчи Қуръони Карим нусхаси мавжудлиги айтиб ўтилган. 
Мақолада айтилишича ушбу китоб Худоѐрхон мамлакатдан чиқиб кетиши 
вақтида Тошмат қозига ҳадя қилинган бўлиб, қози бу китобни авайлаб асраган 
ва фарзандларига ҳам бу муқаддас китобни асрашларини айтган. Маҳмуд 
Тошмат қозининг учинчи авлоди экан. Ушбу Қуръони Карим китобини сўнгги 
бетида кўчирилган йили 1277-йил Ҳижрий йил кўрсатилган бўлиб, уни 
милодий йилга айлантирсак 1856-йилга тўғри келади. Унинг ҳар 7-бетида 
Худоѐрхоннинг 1-хон бўлганлигидаги ва 2-3-марта хон бўлган вақтидаги 2 
турли муҳрлари босилган. Мухр Худоѐрнинг ўзига тегишли. Кичкина мухрда 
Худоѐрхоннинг ўзининг номи яна отасининг номи бор. Бу мухрнинг устида
«фаттах» деган ѐзув бўлиб, бу бир неча марта хон бўлганлигини далиллайдиган 
мухрдир. Китобдаги яна бир мухрга ―вақихун хий сабийбиллоҳ‖ (бу нарса ҳеч 
қандай пулга, ҳеч қандай нарсага сотилмайди) деб ѐзиб қўйган.
Мақола муаллифининг айтишича диний мазмундаги китоблар хонлик 
кутубхонасида кўплаб нусхаларда сақланган.
Falsafiy kitoblar: Falsafiy adabiyotlar ham yuqorida zikr etilgan 
davrdagi kitob repertuarining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. 
Qo‘qon xonligi maktab, madrasalarida ushbu turdagi adabiyotlarni asosiy 
darslik sifatida o‘rgatilganligi bois, bugungi kunga qadar ham falsaviy ruhda 
yozilgan qo‘lyozmalar ko‘plab topilgan. 


Filologik kitoblar. Umumiy ta‘limning muhim tarkibiy qismi hisoblangan. 
maktab va madrasalarda asosiy fanlardan biri sifatida o'qitilgan arab tiliga oid 
kitoblar ijtimoiy fanlar majmuida alohida o‘rin tutadi. Arab, keyinchalik fors 
va turkiy filologiyasi Turonzaminning o'rta asrlar kitob repertuaridan 
grammatika, leksikologiya, leksikografiya, prosodiya, metrika, poetika, 
stilistika singari fan sohalariga oid ilmiy monograf iyalar, risolalar, ularning 
ommabop talqinlari va o‘quv qo‘lanmalari shaklida o‘rin olgan edi. 
Jo‗g‗rofiy kitoblar.
 
Jo'g'rofiy adabiyotlar. Mazkur fandagi ikki yo‗nalish - 
matematik va tavsifiy vo'nalishlarga muvofiq, Turonzamin kitob repertuarida 
adabiy-badiiy janrlar va kitob janrlarining bir necha turlarida yaratilgan: 
«yo‘llar va mamlakatlar (davlatlar)ning» izchil tavsifi, mamlakatlar va aholi 
yashaydigan joylaming koordinatalari iadvallari (zijlar), ularning nazariy 
tavsifi va sharhlari; muayyan sayohatlar, pochta va savdo vo'llari 
marshrutlarining tavsiflari; uzunlik va kenglik haqidagi ma‘umotlarni o'z 
ichiga olgan nazariy qismdan hamda er yuzasining aholi yashaydigan joy 
larining tavsifi, butun olam tuzilishining tavsifi (kosmografiya). alohida 
mintaqalaming tarixiy-jug'rofiy tavsifi shaklidagi tavsifiy qismdan iborat
aralash xususiyatga ega asarlar. 
Tarixiy kitoblar. Qo‘qon xonligi kitobat san‘ati namunalarining salmoqli 
qismini tarixiy kitoblar tashkil etadi. Bugungi kungacha xonlik tarixiga oid 4 0 
dan ortiq tarixiy qo‘lyozma asarlar mavjud bo‘lib, ularning batafsil tahlilini 
keying boblarimizda bayon etganmiz.

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish