Qo‘qon xonligida kitobat va kutubxonachilik tarixi bob. Qo‘qon xonligida ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlar


 BOB. QO‘QON XONLIGIDA QOG‘OZ HUNARMANDCHILIGI



Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/28
Sana07.11.2022
Hajmi0,86 Mb.
#861755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
Bog'liq
QO‘QON XONLIGIDA KITOBAT VA KUTUBXONACHILIK TARIXI

 


2. BOB. QO‘QON XONLIGIDA QOG‘OZ HUNARMANDCHILIGI, 
XATTOTLIK SAN’ATI 
2.1. Xonlikda qog‗oz ishlab chiqarishini yo‗lga qo‗yilishi. 
 
Qog'oz ishlab chiqarishning paydo bo'lishi dunyo madaniyatining oqibatidagi 
taraqqiyotda qadim va o'rta asrlarda suratli ideografik shakllardan alfavitlargacha 
turli-tuman yozuvlaming kashf etilishi kabi hodisa bilan bir qatorda turadi. Qog‗oz 
ishlashni o‗z ahamiyatiga ko'ra to'qimachilik, poroh, qiblanamo. qo‗l tegirmon. suv 
tegirmon. soat, yog'ochga o 'yib tushirilgan qoliplar vositasida kitob nusxalash. Erkin 
surila oladigan yog‘ochdan ishlangan yo'nma harf shakllari va matbaa kitob bosish 
kabi olamshumul kashfiyotlar bilan qiyos qilgulikdir. Qog‗oz ayni yozuv ashyosi, 
madaniyat va kitobat belgisi, ikki ming yildan ortiq vaqt davomida insoniyat 
ma'naviy dunyosining rang-barang ko'rinishlarini qayd etish vositasi sifatida paydo 
bo'lganligi shubhadan holi tarixiy hodisadir
25

O‘rta Osiyolik hunarmand ustalar qadim davrlardan buyon qog‘oz ishlab 
chiqarish hunarini egallab olib, ushbu hunarni san‘at darajasida yuksaltira olgan 
edilar. Hunarmadchilikning bir tarmog‘i sanalmish qog‘oz ishlab chiqarish, Qo‘qon 
xonligida ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, qo‘qonlik qog‘ozgar hunarmandlar tomonidan 
fanda mashxur ―Qo‘qon qog‘ozi‖ deya nom qozongan qog‘oz turi tayyorlanar edi. 
Qo‘qon xonligida qog‘oz ishlab chiqarish qachon paydo bo‘lganligi xususida aniq 
ma‘lumotlar topilmagan. Bu haqida xonlik tarixiga oid manbalarda ham ma‘lumotlar 
uchramaydi. Shu sababdan haligacha Qo‘qonda qo‘g‘oz qachon va qaysi xon davrida 
ishlab chiqarila boshlangan degan savolgan aniq javob berish qiyin. Ushbu mavzu 
bo‘yicha izlanishlar olib borgan olimlarimizning ham fikrlari bir-birini inkor etadi. 
Xususan tadqiqotchi Erkin Axunjonov Qo‘qon xonligida qog‘oz ishlab chiqarishning 
yo‘lga qo‘yilishi haqida quyidagilarni yozadi. ―XVIII asrning boshlarida Qo'qonda 
dastlabki qog‗oz ustaxonalari paydo bo‘ligan. Ulami Samarqanddan Farg'ona 
25
Axunjonov E. Kutubxonashunoslik, arxivshunoslik, kitobshunoslik nazriyasi va tarixi. - Toshkent: Tafakkur – 
bo‘stoni, 2011. 150-b.
 


vodiysiga feodal nizolar, xalqni azob-uqubatlarga solgan bitmas-tuganmas jabr-zulm, 
bosqinlar tufayli qochib kelib joylashgan hunarmandlar tashkil qilishgan edi. XVIII 
asr oxirida Samarqand va Buxoroda qog 'o z ishlab chiqarish tushkunlikka uchragach
Turonzaminda uning markazi Qo‘qon bo‘lib qoldi. XIX asr davomida va XX asrning 
boshlarida Qo'qon Turkiston o‘lkasiningg hamma joylariga qog'oz yetkazib berar, 
Qo'qon qog‘ozi chet ellarga ham chaqirilar edi.
26
O‘rta Osiyoda qo‘g‘oz ishlab chiqarilishi haqida maxsus izlanishlar olib borgan 
olim A.A.Semyonov esa Qo‘qonda qog‘oz ishlab chiqarilishini quyidagicha 
ta‘riflaydi: ―Samarqand va Buxoro singari qadimgi markazlarda qog‗oz ishlab 
chiqarish mutlaqo to'xtab qolganidan so'ng Xitoydan Orol dengizigacha sobiq rus 
Turkistonning barcha markazlarini qog'oz bilan ta'minlashda Qo'qon yakka hokimlik 
qila boshladi. (Qo'qon qog'ozi Qashqarga, hatto Shimoliy Afg'onistonga ham olib 
chiqilgan)‖
27
G.Isaboyevaning 2008-yilda tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun 
tayyorlagan dissertatsiyadida ham qo‘qon qog‘ozi haqidagi ayrim ma‘lumotlarni 
ko‘rsatib o‘tadi. Olima ushbu ma‘lumotlarni tarix fanlari doktori H.Bobobekovning 
Qo‘qon tarixi va qo‘qon xonligiga tashrif buyurgan rus sayyoh olimlarining 
esdaliklaridan olganligini izoh sifadida qayd etadi. Quyida biz Bobobekov va boshqa 
ko‘plab shu mavzu doirasida qilingan ishlarda ko‘rsatilgan va bir biriga yaqin bo‘lgan 
ma‘lumotlarni G.Isaboyeva qaydlari bo‘yicha bayon etamiz: ―Qo‗qon xonligida 
hunarmand-kosibchilikning alohida tarmog‗i bu qog‗oz ishlab chiqarish edi. Bu 
tarmoqni 1871 yili o‗z ko‗zi bilan ko‗rgan A.P.Fedchenko batafsil yozib qoldirgan. 
Uning so‗ziga qaraganda O‗rta Osiyo bo‗yicha faqat Qo‗qon xonligidagina qog‗oz 
ishlab chiqariladi
28

Qog‗oz ishlab chiqaradigan fabrikalar Qo‗qon shahrining Mo‗y Muborak 
darvozasining orqasida, shu nom bilan ataladigan ariq bo‗yida, Muhammad 
payg‗ambarning muqaddas ―mo‗y‖lari saqlanayotgan mozor (machit) yonida 
26
Axunjonov E. Kutubxonashunoslik, arxivshunoslik, kitobshunoslik nazriyasi va tarixi. - Toshkent: Tafakkur – 
bo‘stoni, 2011. 150-b. 
27
234Semenov A.A. O srcdncaziatskoy bumagc (Sorta srcdncaziatskoy bumagi, cc proizvodstvoi sposobo' okraski). - 
Izvestiya otdeleniya obhestvenno'x nauk AN Tadiikskoy SSR.Dushanbe, 1963.
28
Федченко А.П. В Кокандском ханстве. − Б. 246. 


joylashgan edi. Tashqi ko‗rinishi murakkab emasdi: tashqaridan oddiy objuvoz 
ko‗rinardi, ichki qismi esa oddiy tor saroy bo‗lib, taxminan 10-12 kvadrat sajenga 
teng edi. Ayvonning bir tomoni objuvoz bilan band bo‗lib, boshqasi qog‗oz xamiri 
uchun katta moslama, o‗rtasi esa maydalangan lattani yuvish uchun xizmat qilgan. 
Lattalar esa qog‗oz uchun ishlatilgan. Qog‗oz uchun ishlatilgan turli lattalar, ayniqsa 
eskirib ketgan to‗n va choponlar xom ashyo bo‗lib xizmat qilgan, ularning bir 
botmoni (10,5 pud) bozordan bir tilloga (3 rub. 80 kop.) sotib olinardi. Lattalar 
sortlarga ajratilmasdi. Faqat ranglariga qarab, bo‗yoqlarini alohida yig‗ib ulardan 
o‗ram uchun rangli ko‗k qog‗oz ishlab chiqilgan. Bunday rangli qog‗ozlar sifatsiz 
bo‗lib dog‗lar va qizil chiziqlari ko‗rinib turgan. 
Lattalar avval maxsus qutilarga tashlanar va objuvozda rosa ezib maydalangan. 
So‗ngra ular ro‗molga o‗ralib tez oqimli suvda yuvilgan. YUvilgandan so‗ng yana 
objuvozda ezilgan. Bu uch marta takrorlanishi lozim edi. Uchinchi martadan keyin u 
oq-sarg‗ich rangda bo‗lib xamirga o‗xshab qorilgan. Tayyor bo‗lgan xamir boshqa 
qog‗oz varaqlarini tayyorlaydigan ustalar qo‗liga o‗tgan. CHorkuda bu ikki jarayon 
qishloqning turli joyida bitta xonada tayyorlangan. Varaqlarni tayyorlaydigan usta 
taska (mutovka) dan foydalangan. Bu qo‗l bilan ishlash uchun qulay moslama bo‗lib 
suvdagi qog‗oz asoslarini aralashtirishga moslangan. Bu aralashma atala deb aytilgan. 
Atala aralashtirilib turilmasa, qog‗oz asoslari cho‗kib qolgan. Usta maxsus halfadan 
foydalanib qog‗oz varaqlarini tayyorlardi. Usta bir kunda 300 varaq qog‗oz 
tayyorlagan. Varaqlar ustma-ust taxlanib ustiga og‗ir yuk, tosh bosilgan. Ikkinchi 
kuni qog‗oz quritilgan. Buning uchun janub tomonga qaratilgan devor sirtidan 
foydalanilgan. Devor gipslangan va silliqlangan bo‗lib issiq kunlarda qog‗oz tez qurir 
edi. Ular 24 varaqdan to‗plab qo‗yilar va bu ―dasta‖ deb atalagan. SHu bilan 
objuvozda qog‗oz tayyorlash jarayoni tugagan. 
Qog‗oz bozorida sotilgan. Bunday qog‗oz odatda usta murakashlar qo‗liga 
o‗tgan. Ular qog‗ozni shira bilan surkab glyanslagan. Bu jarayon esa maxsus 
silliqlangan tosh yordamida bajarilgan. Bozorda objuvoz qog‗ozining bir dastasi 15 
tiyindan sotilsa, murakashlar qo‗lidan o‗tgan bir dasta qog‗oz esa 20-30 tiyindan 
sotilgan. 


Qog‗oz bozorida bronzadan yasalgan chiroyli ko‗zalarni uchratish mumkin edi. 
Bu buyumni tayyorlashda qo‗qonliklar mashhur bo‗lgan. Qo‗qon bilaguzuklari butun 
kumushdan tayyorlanib o‗rta asrlardagilarga o‗xshar edi. Qadimgi emallangan 
zargarlik namunalari avvallari bu erda zargarlik yuksakligidan dalolat beradi
29

Bozorlarda yana ipak va jun (mo‗y) dan tayyorlangan buyumlar, teridan qilingan 
go‗zal narsalar, turli egar, qamchi va boshqa chavandozlar anjomlari poytaxt 
ustalarining mohirligidan dalolat beradi va ular juda mashhur edilar
30

Qo‘qon xonlida qog‘oz ishlab chiqarilishi haqida O‘rta Osiyoga tashrif 
buyurgan g‘arblik sayohatchilarning dastlabki vakili, AQSH hukumatining 
dipolamtik vakili Yujin Skaylerning esdaliklari ham muhim manbalardan biridir. 
Xususan u ―Turkiston: Rossiya Turkistoni, Qo‘qon, Buxoro va G‘uljaga sayohat 
qaydlari‖ asrida qo‘qon qog‘ozi haqida shunday deydi: … Qo‘qonning benazir 
yuksakligidan biri – shundoqqina yonginasida qog‘oz ishlab chiqaruvchi Minyatchi-
varak joylashgan. O‘rta Osiyoda ishlatiladigan qog‘ozning hammasi bo‘lmasa ham, 
ko‘pi shu yerda yoki Chorku qishlog‘i hamda Qo‘qonda tayyorlanadi.
31
Bozorboy Ibragimov va Ziyodjon Esonovlarning hammualiflikda tayyorlagan 
―Farg‘ona hunarmandchilik maktabi risolasi‖da ham hunarmandchilikning bir 
tarmog‘i sifatida qo‘g‘oz ishlab chiqarish hunari haqida ma‘lumotlar berib o‘tishadi. 
Tadqiqotchilar risolada yuqorida nomlari keltirilgan sayyohlarining esdaliklaridan 
foydalangan holda, o‘zlarining ham bu boradagi ayrim qarashlarini bayon etib 
o‘tishadi. Qo‗qonda qog‗oz ishlab chiqarish hunarmandchiligi XVIII asrda 
samarqandlik ustalarni bu erga ko‗chib kelishlari bilan vujudga keladi va XIX asr 
ikkinchi yarmida ravnaq topadi. Qog‗oz tayyorlash usuli qachonlardir o‗zlashtirilgan, 
Xitoy qog‗ozgarlik maktabi an‘analari asosida yuzaga kelgan. Lekin ayrim mahalliy 
tarixchilar, ziyolilar bergan qiziqarli ma‘lumotlar ushbu masalani kelgusida 
chuqurroq tadqiq etish, Qo‗qonda qog‗oz tayyorlash hunarmandchilik maktabni aniq 
yuzaga kelish sanasini oydinlashtirish vazifasini qo‗yadi. O‗z paytida Qo‗qon 
shahridagi Farg‗ona viloyat adabiyot va san‘at muzeyi rahbari bo‗lib ishlagan 
29
Туркестанский сборник, т. 402. − Б. 98-99. 
30
Вамбери А. Путеществие по Средней Азии. СПб., 1865. − Б. 190. 
31
Yujin Skayler. Turkiston: Rossiya Turkistoni, Qo‘qon, Buxoro va G‘uljaga sayohat qaydlari. – T: O‘zbekiston, 2019. 
255-b 


Sultonxon Satvoldiev bergan ma‘lumotlarga ko‗ra, Qo‗qonda qog‗ozgarlikning 
rivojlanishi Qo‗qon hukmdori Tangriyor Sulton nomi bilan bog‗liqdir. Uning 
so‗zlariga ko‗ra XVII asrning boshlarida qog‗ozgarlik maktabini rivojlantirish 
maqsadida SHarqiy Turkistondagi Xo‗ton shahridan aka-uka Normuhammad va 
Ahmad Oxunlarni Tangriyor Sulton o‗z mulkiga taklif qiladi.4 Ular shundoqqina 
Qo‗qonning biqinida joylashgan Mo‗yi Muborak qishlog‗ining sersuv anhor bo‗yida 
ustaxona qurib qog‗ozgarlikka asos solishgan. Mahalliy yoshlar bo‗lsa, shogirdlikka 
yollanib, keyinchalik mohir qog‗ozgarlar darajasiga ko‗tariladilar. 
Ushbu ma‘lumotlarning tarixiy asosga ega ekanligi to‗g‗risida dalillar etarli 
bo‗lmasada, e‘tiborga molik tomoni – ishlab chiqarish usulini xitoy qog‗ozgarligi 
an‘analari asosida rivoj topganligini yana bir bor ta‘kidlaganligi va Qo‗qonda qog‗oz 
tayyorlash XVII asrda vujudga kelganligini bildirishi, kelgusida bu fikr-mulohaza 
xususida zarur izlanish olib borishni talab etadi.
32
Bozorboy Ibragimov va Ziyodjon 
Esonovlarning qo‘qon qo‘g‘ozini paydo bo‘lish asri haqidagi fikrlarini Qo‘qon 
adabiyot muzeyi mudiri, filologiya fanlari nomzodi Abdulatif Turdaliyevning 
quyidagi bergan ma‘lumotlari yanada to‘ldiradi: ―XVII asrda qo‘g‘oz ishlab chiqarish 
mavjud bo‘lganligini O‘zbekiston FA qo‘lyozmalar institute jamg‘armasida 
saqlanadigan alohida qo‘lyozmalar tasdiqlaydi. Chunonchi, Hofiz ―Devon‖ining 
XVII asrda ko‘chirilgan deb hisoblanayotgan nushasi Qo‘qon qog‘oziga ko‘chirlgan; 
Husayn ibn Ali al Voiz al Koshifiyning ― Ravzat ash shuxado‖ asari ham 1672 yilda 
qo‘qon qog‘oziga ko‘chirilgan‖.
33
Yuqorida berilgan ma‘lumotlardan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, Qo‘qonda 
qog‘oz ishlab chiqarish hunarining paydo bo‘lishi haqida aniq bir manba bo‘lmasada, 
lekin mavjud qo‘qon qog‘oziga ko‘chirilgan qo‘lyozma asarlardan ushbu qog‘ozning 
paydo bo‘lish asirini XVII asr deb hisoblash mumkin. Kelgusida qo‘lyozmalarni 
yanada chuqurroq tadfqiq etish orqali bu masalaga yanada aniqlik kiritish biz 
tadqiqotchilarning vazifalarimizdan biri bo‘lib qolmoqda. 
32
Ibragimov B., Esonov Z. Farg‘ona hunarmandchilik maktabi. – Toshkent: 2010. 56-57-b. 
33
Xo‘qandiy M. Xo‘qandi latif hunarmandchiligi. – Toshkent:G‘ofur G‘ulom 2021. 168-b. 


O‗rta Osiyoda juda ko‗p qo‗lyozmalarni abri qog‗ozi bilan bezatish rasm 
bo‗lgan. Bu sohada eng mohir ustalarning so‗ngisi taniqli shoir va hattot Mirza 
Xayrullo Xo‗qandiy bo‗lgan. 7 Uning vafotidan so‗ng (1942 y.) abri qog‗ozini 
tayyorlash sirini biladigan birorta usta qolmadi. Binobarin bu san‘at hozirgi kunda 
Turkiya va boshqa SHarq mamlakatlarida hamon saqlanib, e‘zozlanib kelmoqda. 
Abri 
qog‗ozni 
tayyorlash 
texnologiyasi, 
ishlatiladigan 
xom 
ashyolar, 
foydalaniladigan asbob-uskuna va jihozlar to‗g‗risidagi umumiy ma‘lumotlar ayrim 
ilmiy adabiyotlarda, jumladan, A.YU.Kazievning asarlarida uchraydi.8 Keyingi 
vaqtda O‗zbekiston Fanlar Akademiyasi Qo‗lyozmalar institutining ilmiy xodimi 
T.Zufarov bu borada muayyan yutuqqa erishdi. U 1983 yilda «Abri qog‗ozi 
xususida» maqolasida bunday qog‗ozni tayyorlash usullarini oydinlashtirib berdi. 
Abri qog‗ozining sochma abri, tarama abri, marmar abri, bulbul abri, kelket 
(archasimon) abri kabi turlari bor. 
Hashaki, o‗rama, uvada, jaydari kabi qog‗oz turlari past navli qog‗ozlar bo‗lib, 
ular buyumlarni o‗rash uchun foydalanilgan. Tappi qog‗oz esa karton vazifasini 
bajargan. Hattot Rojiy Xo‗qandiyning tim qora qog‗ozga oq upa bilan ko‗chirgan 
qit‘alari bu fikrni tasdiqlaydi. Qo‗qon qog‗ozi foydalanish maqsadiga ko‗ra, turli 
usullarda ishlab chiqarilgan. Xususan, devonxona uchun oliy navli, yaxshi navli, quyi 
navli kabi qog‗oz turlari ishlab chiqarilgani fikrimiz dalilidir. 
XIX asrda nas‘taliq xatida «Devoni Lutfiy» nomli she‘rlar to‗plami, hattot 
Mirza SHarif Dabir tomonidan «Devoni Fuzuliy» asari, hattot mulla Sarimsoq 
Xo‗qandiy tomonidan «CHohar devoni Mir Alisher Navoiy» asari qalin Qo‗qon 
qog‗ozi (ikki varaq bir-biriga yopishtirilgan)ga yozilganligi bu fikrni tasdiqlaydi. 
Qo‗qon qog‗ozgarlari tayyorlagan qog‗oz xamiri zargarlikda, muqovasozlikda ham 
keng foydalanilganligini tarixiy manbalar tasdiqlaydi.
34
Qo‘qon qog‘ozining tayyorlanish jarayonlari va uning turlari haqida yuqorida 
ayrim ma‘lumotlarni keltirib o‘tildi. Bu haqida ko‘plab tadqiqot ishlarida 
ma‘lumotlar mavjud bo‘lib, aksar qismi bir-birini takoror etadi. Shu sababli bu 
borada so‘ngi yillarda jiddiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilardan biri 
34
Ibragimov B., Esonov Z. Farg‘ona hunarmandchilik maktabi. – Toshkent: 2010. 67-68-b. 


X.Begmatovning ma‘lumotlarini keltirib o‘tsam: XIX asrda Qo‗qonda qog‗ozgarlik 
ishlarini ravnaq topganligi to‗g‗risida Qo‗qon xonligi arxivi materiallalari, Qo‗qon 
hattotlik maktabi vakillari adabiy merosidagi ma‘lumotlar ham guvohlik beradi. 
Bu davrda qog‗oz ishlab chiqarishda YOdgorboy, Madaminboy va Mamadali 
kabi objuvoz egalari butun O‗rta Osiyoda mashhur bo‗lib ketgan edilar. Qo‗qon 
qog‗ozi hatto Misrgacha tanilgan edi. Xudoyorxonning farmoniga muvofiq, 
qo‗qonlik qog‗ozgarlar shahardan 70-80 chaqirim uzoqda joylashgan So‗x hududiga 
qarashli Qalacha, Tul qishloqlariga ko‗chirib yuboriladi. Mo‗yi Muborak qishlog‗ida 
istiqomat qiluvchi keksa o‗qituvchi Ehsonali Tursunov so‗zlariga ko‗ra, zikr etilgan 
Mamadali usta daryo sohilida avval Qalachada, so‗ng G‗aznov qishlog‗ida qog‗oz 
ishlab chiqaruvchi korxona qurib, o‗z kasbini farzandlariga o‗rgatadi. Uning 
korxonasi Turkistondagi beqaror siyosiy davrlargacha mahsulot bergan. 
Usta YOdgorboy esa o‗g‗li Qodirali bilan Buxoro amiri taklifiga ko‗ra, Buxoro 
vohasining SHofirkon tumaniga borib qog‗ozgarlikni yo‗lga qo‗ygan edi. U ishlab 
chiqargan qog‗oz amirga ma‘qul kelgan. Hatto Amir YOdgorboy o‗g‗li Qodiraliga 
o‗z kanizaklaridan birini nikohlab bergan degan ma‘lumot ham mavjud. 1920 yil 
Buxoro amirligi tugatilgach, usta YOdgorboy o‗g‗li Qodirali bilan Qo‗qonga 
qaytgan. Qog‗ozgarlarning Qalacha qishlog‗idagi hayoti va faoliyati haqida mahalliy 
aholining keksa kishilari xotiralari ham ayrim ma‘lumotlarni beradi. Jumladan 
Qalacha qog‗ozgar ustalarning nabiralaridan Mirzali, SHarifjon, Bobojon ota 
hikoyalari muhim ahamiyatga ega. Bobojon ota Latipovning so‗zlariga ko‗ra, uning 
yoshligi o‗tgan 1930 yillarda ham So‗x daryosi bo‗yida objuvozlar tunu kun ishlab 
turgan.Bobojon 
otaga 
bu 
objuvozlarni 
Qo‗qondan 
kelgan 
ustalardan 
Solihboyvachcha, Karimchaboy, Madaliboylar qurganliklarini bildirgan. SHu tariqa 
butun O‗rta Osiyoga dong‗i ketgan Qo‗qon qog‗ozgarligi ham qatag‗on yillarining 
qurboni bo‗ldi. 
Ikkinchi jahon urushi yillarida qog‗oz taqchilligi tufayli qishloqda kolxoz 
ehtiyoji uchun ba‘zi-ba‘zida qog‗oz tayyorlangan. 
O‗rta Osiyoda o‗z qog‗ozi bilan mashhur bo‗lgan Qo‗qon qog‗ozgarlari ham 
har xil qog‗ozlarni tayyorlashni yo‗lga qo‗yganlar. Qo‗qon qog‗ozi o‗zining yuqori 


sifati bilan mashhur bo‗lib, Qashqar, SHimoliy Afg‗oniston va Misrga ham olib 
borilgani ma‘lum. Ayrim ma‘lumotlarga ko‗ra, bu qog‗ozdan Buxoro amirligi pullar 
muomalasida foydalangani haqida Afg‗onistonda chiqadigan «Farhangi mardum» 
jurnalida ilmiy maqola berilgan. 
Qo‗qon qog‗ozi sifati, chidamliligi, nafisligi jihatidan Xitoy qog‗ozi bilan 
bemalol bellasha olgan. CHunki Qo‗qon qog‗ozlaridek shaffof va nafis kog‗oz 
dunyoda bo‗lmagan deb hisoblanadi. Nafisligi shundaki, unga matn yozilsa, bu 
yozuvni qog‗ozning orqa tarafidan ham bemalol o‗qish mumkin bo‗lgan. Qo‗qon 
qog‗ozi suvda tez ivimagan, tortilganda yirtilish o‗rniga cho‗zilgan. Pilta qilinsa 
(eshib arqon shakliga keltirilsa) ancha-muncha yukni ko‗tara olgan. U do‗ppi 
bezaklariga ham ishlatilgan. Mutaxassislarning ta‘kidlashicha, Qo‗qon qog‗ozining 
o‗nga yaqin turi bo‗lgan. Xususan, abribahor, abrishem, haftrang kabi oliy navli 
qog‗oz turlari bo‗lib, ular turli xil xom ashyolardan tayyorlangan. Masalan, abribahor 
Misr paxtasidan tayyorlanib, asosan kitob muqovalari tayyorlashda ishlatilgan. 
CHiroyli bo‗lishi uchun unga tuxum sarig‗i bilan sayqal berilgan. SHaharda muqova 
yasovchi sahhoflarning alohida do‗konlari bo‗lib, abribahor ular do‗konidagi eng 
qimmat qog‗oz turi bo‗lgan. Xattot Rojiy Xo‗qandiy abri qog‗oz turlarini rang-barang 
ishlashda tengi yo‗q usta edi. Haftrang qog‗ozni ishlab chiqarish esa ustadan alohida 
mahoratni talab qilgan. Qo‗lyozmalarning varaqlari haftrang qog‗ozdan tayyorlansa, 
har bir varaq turli rangda tovlanib turgan. Natijada bu xislat mutoalachini 
charchatmay, zavqiga zavq qo‗shgan. Qo‗qonda abrishem qog‗oz navi ham ipak va 
ipakli matolarning chiqindilaridan tayyorlangan. Qo‗qonlik ustalar tayyorlagan shoyi 
qog‗oz qimmat turganligi va hayot og‗irliklari bois bu qog‗ozga talab kam bo‗lgan. 
Ko‗pincha bu qog‗oz turi boy-badavlat kishining buyurtmasiga ko‗ra tayyorlangan. 
Oliy navli qog‗ozlar xonlik yozishmalari, farmoni oliylar, hujjat va maktublari uchun 
ham.
35
Qo‘qonda tayyorlangan qog‘ozlar savdogarlar orqali boshqa mamlakatlarga 
ham olib borib sotilar edi. Xususan Buxoroga Qo‗qon qog‗ozining ―ishtarxoni‖ turi 
35
Begmatov X. Қўқон қоғози ва унинг ишлаб чиқариш тарихи. Сборник статей по материалам XXVIII 
международной научно-практической конференции № 12 (21) Декабрь 2019 г. 108-110-b. 


Qo‗qondan, ―abreshim‖ nomli qog‗oz turi esa Qo‗qon orqali Xitoydan ko‗p miqdorda 
keltirilgan. Sifatli Qo‗qon qog‗oziga talabning yuqoriligi sababli buxorolik ijod ahli 
asosan ushbu qog‗ozdan foydalangan va hukmdorlar ham o‗z maktublarini ko‗proq 
Qo‗qon qog‗oziga bitganlar. Xususan, amir Haydar (1800–1825)ning 139 varaq, 279 
maktubdan iborat Qo‗qon qog‗oziga nastaliq xatida yozilgan maktublar to‗plami 
bizning davrimizgacha saqlanib qolgan. SHuningdek, Buxoro amiri Muzaffarning 
1868 yil 7 fevralda turk sultoni Abdulazizga yozgan maktubi ham xattot Mulla Vohid 
tomonidan Qo‗qon qog‗oziga nastaliq xatida bitilgan edi.
36
Xiva xonligi adabiy muhiti namoyondalari ham qo‘qon qog‘ozidan keng 
foydalangan bo‘lib, o‘zlaring turli mavzularga oid asarlarini qo‘qon qog‘oziga bitgan 
edilar. Xususan: Xivada yaratilgan qo‗lyozmalarning kodikologik xususiyati, matn 
asosan qo‗qon qog‗oziga yozilgan, bu turdagi qog‗ozlar esa xonlikning o‗zida ishlab 
chiqarilgan. Qo‗qon qog‗ozlari ancha sifatli va nihoyatda nafis bo‗lib, xat tiniq va 
ravon yozilgan. Keyinchalik Rossiya fabrikalarida ishlab chiqilgan qog‗ozlardan 
foydalana boshlangan. Nasta‘liq xatining Xorazm turi, ya‘ni Xiva nasta‘liqining 
namunasi sifatida qo‗qon qog‗oziga ko‗chirilgan «Firdavs ul-iqbol», «Riyoz ud-
davla», «Zubdat ut-tavorix», «Jome‘ ul-vaqeoti sultoniy», «SHajarayi 
Xorazmshohiy», «Tarixi Xorazm», «Ravzat us-safo», «Tarixi jahongushoyi Nodiriy», 
«Jome‘ ul-voqeoti sultoniy» asarining yana bir nusxasi Rossiya FA SHarqshunoslik 
institutining Sankt-Peterburg bo‗limida saqlanmoqda. Bu nusxa ham qora siyoh va 
nasta‘liq xati bilan qo‗qon qog‗oziga yozilgan. Bayoniy Ali ibn Muhammad al-
Hiraviy Binoiyning «SHayboniynoma» asarini fors tilidan o‗zbek tiliga tarjima 
qilgan. Ushbu tarjima Xiva xoni Asfandiyorxon farmoyishiga binoan bajarilgan. 
Tarjima 1915 yilda amalga oshirilgan. Nusxa yupqa qo‗qon qog‗oziga oddiy 
nasta‘liqda ko‗chirilgan. Matn zarrin va havorang chiziqlar bilan hoshiyalangan. 
Qo‗lyozma tarjimonning dastxati bilan 1915 yilda ko‗chirilgan. 53 varaq + 3 
(boshida) toza varaq. O‗lchovi 21,5x30,5 sm.
37
36
Мадраҳимов З. 
Қўқон хонлигида савдо муносабатлари. 
Тарих фанлари номзоди илмий даражасини олиш 
учун тақдим этилган дисс. Наманган 2009. 83-б.
 
37
Matyakubova M. XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning boshlarida Xiva xonligida kitobat va kutubxona tarixi. 
Tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun diss. Urganch: 2008. 


Xulosa qilib aytganda Qo‘qon xonligida qog‘oz ishlab chiqarish hunarining 
paydo bo‘lishi va rivojlanishi xonlikda kitobat ishining yanada tezroq rivojlanishiga 
turtki bo‘lgan edi. Bu vaqtda qo‘qon qog‘ozi nafaqat Qo‘qon xonligida balki, Buxoro 
amirligi va Xiva xonligi kitobat san‘ati taraqqiyotiga ham ijobiy ta‘sir ko‘rsatgan edi. 



Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish