Radiokanal tarixi O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «O`zbekiston»



Download 1,34 Mb.
bet1/3
Sana16.03.2022
Hajmi1,34 Mb.
#497018
  1   2   3
Bog'liq
Radiokanal tarixi



Radiokanal tarixi
O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «O`zbekiston» teleradiokanali» davlat muassasasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mustaqil teleradiokanallarni isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida» 2005 yil 8 noyabrdagi PF-3678-son Farmoni bilan tashkil etilgan bo`lib, 2005 yil 27 dekabrdagi «O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi faoliyatini tashkil etish bo`yicha tadbirlar haqida»gi Qarori asosida faoliyat ko`rsatadi.
Respublikamizda ilk marotaba 1927 yil 11 fevral kunida soat 18.00 dan boshlab 6 soatlik radioeshittirishlar efirga uzatilgan. 1930 yillarga kelib radioeshittirishlar yanada takomillashgan.
1962 yil O`zbekiston Radiosida birinchi marotaba stereo turdagi musiqiy asarlar ovoz yozish rejissyori Nabi Xasanov ishtirokida yozildi. Keyinchalik eshittirishlarning professional va badiiy saviyasi yanada oshirilib 1959 yilda efir hajmi 12 soatni tashkil etgan.
1960 yillargacha poytaxtimizda va Respublikada bo`ladigan anjumanlar, voqea-hodisalar avval yozib olinib, so`ngra shu yozuvlar asosida tayyorlangan eshittirishlar efirga uzatilgan. 1960 yilda O`zbekiston Radiosi futbol reportajini stadiondan birinchi marotaba, 1961 yilda davlat ahamiyatiga ega bo`lgan mehmonlarning kutib olinishi Toshkent aeroporti binosidan bevosita efirga uzatiladi.
O`tgan asrning elliginchi yillarida oxirida musiqiy va adabiy Badiiy Kengash faoliyat boshlagan va efirga beriladigan musiqiy va adabiy asarlar ushbu badiiy kengash tomonidan saralangan va radio fonotekasi xazinasiga topshirilgan. Ushbu Badiiy kengashlarning samarali faoliyati natijasida bugungi kunda radioning oltin fondida qirq to`rt mingga yaqin musiqiy asarlar, ikki mingdan ortiq radiosahna asarlari saqlanadi.
Radiokanal salkam 90 yillik mo`jaz tarixi davomida mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari orasida o`zining etakchi maqomini saqlab kelmoqda. Ijodiy jarayonning izchil takomillashuvi samarasida professional radiojurnalistlar avlodi shakllandi. Bunda adabiyot va san’at, radiojurnalistika sohasida ko`zga ko`ringan, atoqli ijodkorlarning ulkan hissasi bor.
Yutuqlari 
Radiokanal ijodiy jamoasining mashaqqatli mehnati munosib e’tirof etilib kelinayapti. Keyingi o`n yilda ichida tajribali jurnalistlar Anvar Abduvaliev va Ahmadjon Buzrukov, Sultonposhsha Yoqubovalar «O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan jurnalist», taniqli radio rejissyori Gulchehra G`iyosova «O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi» unvonlariga sazovor bo`lishdi. Ustoz jurnalistlar Mahkam Rixsiev, Tal’at Soliev, Muxtor Murodovlar «Mehnat shuhrati», Muattar Usmonova «Sog`lom avlod uchun», Viktor Rudakov, taniqli diktor Ernazar Yorbekovlar «Do`stlik» ordenlari bilan taqdirlandi.
Radiokanal ijodkorlari orasida turli ijodiy tanlovlarning g`olib va sovrindorlari ham bor. Sharofiddin To`laganov, Azim Po`latov, Shuhrat Suyunov, Shohida Abdualimova, Gulbahor Davirova, Davlatmurod Mo`minov, Mavjuda Oppoqxo`jaeva, Obidjon Berdaliev, Saida Zokirova, Sahobiddin Xo`janovlar «Oltin qalam» milliy mukofoti tanlovi g`olib va sovrindorlaridir.
Iste’dodli jurnalistlar Rohila Yusupova, Hamidulla Qarchig`aev, Nozima Toshpo`latova kabi jurnalistlarimiz «Yilning eng faol jurnalisti» tanlovida birinchi o`rinni egallashgan. Tajribali jurnalist Berdirahmat To`xliev «Eng ulug`, eng aziz» tanlovi g`olibi bo`lgan.
Radiojurnalistlar Sayyora Alaberdieva, O`rol Pardaev, Parda Xolmatova, Feruza Siddiqova, Nilufar Po`latova, Abduxoliq Marayimovlar, radio rejissyorlar O`tkir Toshmurodov, Sadriddin Muhiddinovlar O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «MTRK SOVRINI» an’anaviy ko`rik-tanlovi g`olibligini qo`lga kiritishgan.
Shuningdek, radiokanalda faoliyat yuritayotgan yoshlar ham qator yutuqlarni erishayapti. Yosh jurnalistlar Jamshid Rasulov, Dilshoda Hamdamovalar «Yilning eng faol yosh jurnalisti» tanlovi g`oliblaridir.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish