Reja: Aholisining ko`pchiligini musulmonlar tashkil etadigan mamlakatlarni geografik tavsifi



Download 32,92 Kb.
Sana16.01.2022
Hajmi32,92 Kb.
#375034
Bog'liq
O`zbekistonning diniy ekstremizm va halqaro terrorizmga qarshi kurashi


O`zbekistonning diniy ekstremizm va halqaro terrorizmga qarshi kurashi


REJA:
Aholisining ko`pchiligini musulmonlar tashkil etadigan mamlakatlarni geografik tavsifi. Musulmon dunyosining diniy- ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashi eng dolzarb vazifalardan biri ekanligi.
Diniy-ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning halqaro siyosiy-huquqiy asoslari. 
O`zbekistonning diniy-ekstremizm va halqaro terrorizmga qarshi kurashi. 
Milliy istiqlol g`oyasi va fuqarolarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish. 

1. Ma`lumki islom so`zi – arabchada itoat, bo`ysunish, e`tiqod qilmoq ma`nolarini anglatadi. Islomda Ollohning yagonaligi e`tirof etilib, Ollohdan boshqa iloh yo`qligiga ishonmoqlik va unga bo`ysunmoqlik, butun qalbi bilan unga ixlos qilmoqlik va Olloh buyurgan diniy e`tiqod (ishonch) ga iymon keltirmoqlikdir. 
Islom dini jahon dinlari ichida eng yosh dindir. Dunyoda e`tiqod qiluvchilar soni jihatidan xristianlikdan keyin ikkinchi o`rinda turadi. Islom dini dunyoda geografik jihatdan juda keng tarqalgan yakkaxudolik – monoteistik dinlardan biridir. Hozirgi vaqtda bu din dunyoning 172 mamlakatiga tarqalgan bo`lib, jahondagi 6 milliard aholining 1 milliard 300 milliondan ortiqrog`i islom diniga e`tiqod qiladi. Bu esa jahon aholisining 20 foizdan ortiq qismini tashkil etadi. 

22 ta arab mamlakatlarida 300-350 million musulmon yashaydi. Masalan, Misrda 60 million aholisining 48 millioni musulmon. Shundan Kohira shahrida 16 million aholi yashaydi. Afrikadagi Liviya, Tunis, Marokash, Jazoir, Sudan, Mavritaniya, Uganda, Somali kabi mamlakatlarda ham musulmonlar yashaydi. Yaqin Sharqda Livan, Suriya, Iordaniya, Iroq, Falastinda, Arabiston yarim orolida Saudiya, Yaman, Umal sultonligi, Fors ko`rfazida esa Birlashgan Arab Respublikasi, Qatar, Baxrayn, Quvayt kabi davlatlarda ahlining 98-99 % ini musulmonlar tashkil qiladi. 
Turkiyada 61 million, Eronda 63 million, Pokistonda 125 million, Janubiy – Sharqiy Osiyo mamlakatlari bo`lgan Bangladesh 61 mln, Hindistonda 150 mln, eng ko`p musulmonlar Indoneziyada 165 millionni tashkil etadi. Dunyoning boshqa mamlakatlarida ham musulmonlar yashab islomga e`tiqod qiladilar. Yevropa qit`asida Bolqon yarim orolidagi Albaniya, Kosova, Bosniya-Gersogovina kabi mamlakatlarida ham musulmon xalqlari yashaydi. 

Qisqaroq qilib aytganda, 2001 yil 11 sentabr AQSH dagi dahshatli terroristik voqealar nafaqat musulmon mamlakatlarida, balki butun dunyoda terrorizm balosidan qutulish birinchi darajali yechilishi lozim bo`lgan muammo ekanligini ko`rsatdi. Bu masalada jahonda murakkab vaziyat kelib chiqayotganligini O`zbekiston Prezidenti I.Karimov halqaro hamjamiyatga tinmay murojaat qilib kelgan bo`lsa-da, bu masalada terrorizmga qarshi kurashish bo`yicha halqaro umumiy strategiyani belgilashda o`z vaqtida e`tibor berilmadi. Terrorizmga qarshi kurash bugun global muammoga aylandi va unga qarshi kurash butun insoniyat vazifasi bo`lmog`i darkor. Shu nuqtai nazardan O`zbekiston rahbari jahondagi yirik mamlakatlarni birlashtirish maqsadida murojaat qilib, muloqot olib borish natijasida terrorchilikka qarshi kurashda o`zaro kelishib harakatlarni muvofiqlashtirib hamkorlikda ish olib borish imkoniyati to`g`ildi. Buning sababi terrorchilik butun jahonga xavotir o`yg`otayotganligida edi. Qolaversa, halqaro terrorizmga qarshi kurash bir yoki bir necha mamlakat ishi emas edi. 
2. 2001 yil 11 sentabrda AQSH dagi mudhish voqealardan keyin yurtboshimiz takliflari asosida jahondagi taraqqiyparvar davlatlarning yovuzlikka qarshi birlashgani eng muhim ahamiyat kasb etdi. Bugungi kunda terrorizmga qarshi kurashuvchi koalitsiya tarkibiga kiruvchi davlatlar soni kundan-kunga ko`paymoqda. Xususan, uning tarkibida Italiya, Ispaniya, AQSH, Angliya, Shveytsariya, Turkiya, Rossiya va boshqa ko`plab mamlakatlar bor. Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasining navbatdagi sessiyasida ham asosiy masalalar orasida terrorizm muammosi ko`rib chiqildi va unda terrorizmni qoralovchi halqaro qarorlar qabul qilindi. Unda O`zbekiston tashqi ishlar vazirligi bevosita qatnashdi. 
Bundan tashqari, BMT ning Bosh qarorgohida 6+2 guruhiga a`zo bo`lgan Afg`onistonga chegaradosh davlatlar va Rossiya, AQSH tashqi ishlar vazirlari uchrashuvlarida muhokama qilinib, hamkorlikda terrorizmga qarshi kurashish haqida siyosiy-hukukiy hujjatlar qabul qilindi
«Hozirgi vaqtda terrorizmning tajovuzidan o`zini holi xis qiladigan birorta qit`a yoki davlatning o`zi yo`q. Xuddi vabo singari yer yuzining ko`plab mamlakatlariga yoyilib borayotgan bu balo-qazo ertaga kimni nishonga olishini oldindan aytish qiyin», - deb ta`kidlaydi. 
I. Karimov o`zining «Vatanimizning tinchligi va havfsizligi o`z kuch qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog`liq» nomli ma`ro`zasida. 
Yurtboshimiz davrimiz vabosi bo`lgan terrorizmga qarshi kurashda halqaro hamjamiyatni jipslashtirishning ahamiyatini yana bir bor eslatib, O`zbekiston Parlamentining Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma yig`ilishidagi ma`ro`zasida «Bugungi kunda halqaro terrorizm, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurash dunyo mamlakatlarini birlashtiradigan asosiy omil bo`lib qolmokda. XXI asr vabosi bo`lgan ushbu illatga qarshi jahon hamjamiyatining murosasiz kurashini O`zbekiston to`la qo`llab-quvvatlaydi» deb o`qtiradi. 

3. Islomdan siyosiy maqsadlarda foydalanib, islomni niqob qilib olib, yurtimizdagi tinchlik, totuvlik, bunyodkorlikni ko`ra olmayotgan yovuz kuchlar ham borligi sir emas. Prezident I.Karimov bu borada ikkinchi chaqiriq O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o`n to`rtinchi sessiyasida «Vatanimizning tinchligi va havfsizligi o`z kuch – qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog`liq» nomli nutqida: «Barchamizga ayon bo`lishi kerakki, g`animlarimizning asosiy niyati Odamlarimizning yuragiga vahima va qo`rquv solish hisobidan ularning ertangi kunga bo`lgan ishonchini yo`qotish, bir biriga qarshi qo`yish, yurtimizda, mintaqamizda o`z manfaati, o`z siyosatini o`tkazishdan iborat» deb ta`kidlaydi. Bu harakatlar 1999 yil 16 fevral voqealari, 2004 yil 29-30 mart va 1 apreldagi mudhish terrorchilik harakatlari hamda 30 iyul 2004 yildagi terroristik portlatishlar, 2005 yil 13 mayda Andijon shahrida amalga oshirilgan terrorchilik natijasida qon to`kilishi, shuningdek, Surxondaryo viloyati va Toshkent viloyatidagi bosqinchiliklarda namoyon bo`lmoqda.

I.A.Karimov so`zlariga e`tiborni qarataylik: «Oq-qorani, do`st - dushmanni taniydigan xalqimiz din nima-yu, soxta aqidalar nimaligini, kim pok niyatli xudojuy insonu, kim munofiq riyokor ekanini yaxshi biladi. Taassufki, ba`zan islom dini va islom fundamentalizmi haqida gapirganda bu ikki tushunchani bir-biriga aralashtirib yuborish hollari uchramoqda. Ma`lumki, hozir dunyoda 1 milliard 300 million odam islom diniga e`tiqod qiladi. Muqaddas islom dinini niqob qilib, manfur ishlarni amalga oshirayotgan allaqanday mutaassib kuchlar, tabiiyki, yer yuzidagi barcha musulmonlarning ruhiy olami va dunyoqarashini belgilay olmaydi». Prezidentimiz I.Karimov o`z asarida ta`kidlaganidek, bular mamlakatimiz tashqarisidagi tajovuzkor, aqidaparast kuchlar bo`lib, ular islom dinining xalqimiz uchun muqaddas qadriyat ekanidan foydalanib, O`zbekistonni demokratik-ma`rifiy taraqqiyot yo`lidan og`dirishga, uni orqaga qaytarishga urinmoqdalar. Bu fikrning tasdig`ini O`zbekistonda so`nggi yillarda paydo bo`lgan, bizning dinimizga yot turli aqidaparastlik oqimiga mansub vahhobiylik «Hizbut-tahrir» «Musulmon birodarlar» harakatlari misolida yaqqol ko`rish mumkin (Ma`rifat gazetasi, 1999 yil, 24 iyun). 
». Prezidentimiz I.Karimov Oliy Majlisning 1999 yil 14 aprelidagi sessiyasida, «O`zbekiston XXI asrga intilmoqda» deb nomlangan ma`ruzasida qo`yidagilarni alohida ta`kidladilar: «16 fevral kuni Toshkentda ro`y bergan fojiali voqealar ko`p narsalarga ko`zimizni ochib berdi, demak, o`ylaymizki sizlar mening bu fikrimga qo`shilasiz. Biz o`zimizning achchiq tajribamizdan O`zbekiston mustaqilligiga haqikiy havf-hatarlar borligiga qayta - qayta amin bo`lmoqdamiz. Bunday kirdikorlardan maqsad, mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, fuqarolar va millatlararo totuvlikni izdan chiqarishga o`rinishdir. Boshqacha aytganda, bundan maqsad xalqimizning farovon hayot qurishga bo`lgan intilishlarini izchil rivojlantirishimiz va jahon hamjamiyatiga qo`shilish yo`lidagi ezgu niyatlarimiz poydevorini barbod etishdan iboratdir. Ana shu fojeali voqealarning asosiy sabablari haqida to`xtalar ekanman, men shularni e`tiboringizni ochiqdan-ochiq turgan ikkita havf-hatarga qaratmoqchi edim: Birinchidan, mamlakat tashqaridagi tajovuzkor aqidaparast kuchlar islom dini xalqimiz uchun muqaddas qadriyat ekanidan foydalanib, O`zbekistonni demokratik, ma`rifiy taraqqiyot yo`lidan og`dirishga intilmoqdalar. 

«Ayni zamonda, - deya qayd qilgan edi Prezidentimiz, - barchamiz bir tanu bir jon bo`lib, terrorizm va ekstremizm havfiga qarshi qat`iyat bilan kurash olib borishimiz, «O`z o`yingni o`zing asra» degan shiorning ma`nosini keng va chuqur anglab, go`zal va betakror Vatanimizning tinchligini, xalqimiz osoyishtaligini ko`z qorachig`iday saqlashimiz zarur». I. Karimov O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2005 yil 28 yanvarda qo`shma majlisidagi «Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir» nomli ma`ro`zasida qayd etganidek, «Ayni paytda, biz faqat terrorizmning tashqi ko`rinishlariga, begunoh odamlarni garovga oladigan, portlatadigan va o`ldiradigan kimsalarga qarshi kurashish bilangina bu ofatni bartaraf etib bo`lmasligini bir necha bor ta`kidlaganmiz. Hayotning o`zi shuni ko`rsatmoqdaki, avvalambor, ushbu balo-qazoning birlamchi manbalariga qarshi kurashish darkor. YA`ni islom dinini siyosatga aylantirayotgan, yovuzlik va terrorchilik mafkurasini yaratayotgan ko`plab radikal va ekstremistik markazlarning, birinchi navbatda, yoshlar ongini zaharlab, zombiga aylantirib, ulardan terrorchilar tayyorlash bo`yicha konveyyer tashkil etayotgan, halifalik tuzishdek turli xom hayollarni amalga oshirishga o`rinayotgan kabih kuchlarning ildizini qirqib tashlash kerak» - deb vazifa qo`ydi. 

Diniy mutaassib (fanatik) oqimlar va ulardan yoshlarni himoya qilish uchun, eng avvalo ularga kirib qolish sabablarini anglab olmoq darkor. Ko`pincha hayotda o`z o`rnini topaolmaslik natijasida yuzaga keladigan bo`shliq sababli ruhiy tushkunlik (stress) holatdagi kishilar tezroq beriladi. Chunki diniy radikal (mutaassib) oqimlar o`z ta`limotlarni kishilardagi hayotiy ehtiyojlarini inobatga olgan holda, juda bir jozibador, insonparvar qilib ko`rsatishga o`rinadi. 
Diniy mutaassib oqimlar a`zolarini qanday alomatlari bilan harakterlanishini bilish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ular asosan oilaviy hayot va mehnat faoliyati jarayonida kuchli ruhiy ezilishi, oiladan ajralishi, ishsiz qolishi kabi hayotiy hodisalar va tushkunlik, umidsizlikka berilishi natijasida ularga kirib qolishga sabab bo`ladi. 
Bundan tashqari, yoshlarda hayotiy tajriba, shukronalik, sabr-toqat yetishmasligi, soddadilligi yoki atrofdagi sodir bo`layotgan adolatsizliklarni ko`rib, ularga nisbatan nafrat o`yg`onishi ham diniy mutaassiblik yo`liga kirishiga sabab bo`ladi. 

4. Ma`lumki, kishilik jamiyati tarixida ham, bugunida ham kelajagida ham mafkurasiz ijtimoiy guruh, millat va davlat bo`lmagan va bo`lmaydi ham. Odamlar qaysi davrda, qanday jamiyatda yashamasin, nimagadir ishonish, e`tiqod qilish, ma`lum bir g`oyaga, ilmiy ta`limotga asoslanib ish ko`radi. 
Mamlakatimizda demokratik, huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qaror topishi uchun milliy jipslik (milliy konsolidatsiya) ni taqazo etadi. Shu asosda mahalliychilik, urug`-aymoqchilik, turli guruhbozlikni oldini olish uchun umummilliy, umumxalq manfaatlarni tor sinfiy, mintaqaviy, partiyaviy manfaatlardan ustun qo`yadigan jamiyatning hamma a`zolarini jipslashtiradigan, oliy maqsad sari safarbar qiladigan milliy istiqlol g`oyasi ishlab chiqildi.
Prezidentimiz I.Karimov 1998 yilda «Tafakkur» jurnalini bosh muharriri savollariga javobida «Jamiyatimiz mafkurasi xalqni xalq, millatni millat qilishga hizmat etsin» nomli asarida mafkuraga baho berib, «Mafkura bo`lmasa odam, jamiyat, davlat o`z yo`lini yo`qotishi muqarrar»,- deb qayd qiladi.

Mamlakatimizda diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmga qarshi kurashda, yoshlarimiz ongiga milliy istiqlol mafkurasini singdirib, uni ma`naviy fazilat darajasiga ko`tarish natijasida mafkuraviy immunitetni shakllantirishni taqazo etadi. 
Immunitet tushunchasi, umuman olganda, tibbiy tushuncha bo`lib, tirik organizmning ichki mo`ayyanligini saqlashga, turli kasallik va infeksiyalardan himoya qilishga qodirligini o`zida aks ettiradi. 
. Buning uchun, birinchidan, mafkuraviy immunitet tizimidagi bilimlar obyektiv, voqelikni to`g`ri aks ettiradigan, Vatan va xalq manfaatiga hizmat qiladigan umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligini ta`minlaydigan bo`lishi lozim. 
Ikkinchidan, millat, jamiyat, davlat, qadriyatlar tizimi mafkuraviy imkoniyatlarini belgilab beradi va qadriyatlar, urf-odatlar mustahkam bo`lsa, mafkuraviy tajovuzlarga berilmaydigan qalqon bo`lib hizmat qiladi
Uchinchidan, ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma`rifiy sohalardagi millat, jamiyat, davlatning aniq maqsadi bo`lishi kerak va shu maqsadni amalga oshirishda sobitqadamlik va irodali bo`lishi zarur. Shundagina har qanday mafkuraviy tazyiqga bardosh bera oladi. 
Xulosa qilib aytganda, mustaqil O`zbekistonda voyaga yetayotgan har bir yoshni diniy ekstremistik va terroristik g`oyalarga qarshi kurashda va ularni g`oyaviy himoyalashda ma`naviy barkamol, irodasi baquvvat, iymoni butun, milliy istiqlol g`oyasi bilan qurollangan kuchli mafkuraviy immunitetga ega shaxs sifatida tarbiyalash ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish hamda uni himoya qilishning asosiy shart-sharoitlaridan biri bo`lib hizmat qiladi. 
Prezident I.Karimov Oliy Majlis Qonunchiligi palatasini 1- yig`ilishi 2005 yil 27 yanvardagi «Parlament – jamiyat hayotining ko`zgusi» nomli nutqida ta`kidlaganidek, mamlakatimizda hokimiyat tarmoqlarini va xalq ommasini «birlashtiradigan narsa bu - milliy g`oya. Buni barchamiz yaxshi tushunib olishimiz kerak. Bizning milliy g`oyamiz esa yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq forovonligi kabi yuksak tushunchalarni o`z ichiga olishi» ekan, bu borada hamjihat bo`lib, har bir kishi har qanday ekstremistik va bizga yot g`oyalarga qarshi kurashmog`i lozim bo`ladi. 

Tarixdan ma'lum bo‘lgan real mustabid tuzumlarni qiyosiy tahlil etish ular amal qilgan mafkuralarning quyidagi umumiy xususiyatlarini hamda bu g‘oyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq qator salbiy oqibatlarni aniqlash imkonini beradi.
Avvalo, mustabidchilik mafkuralari o‘z davlatlarida ijtimoiy va shaxsiy hayotning barcha sohalarini to‘liq qamrab olishga, yagona dunyoqarash tizimi hukmronligini o‘rnatishga intiladilar. Bu mafkuralar buyuk va yorqin o‘tmishni inkor etadilar. 

Ular jamiyatni inqilobiy yo‘l bilan yoppasiga qayta tuzish zarur va uni amalga oshirish mumkin, deb hisoblaydilar, o‘zlarigacha bo‘lgan qadriyatlarning barchasini yohud ko‘pchiligini bekor qilib, ularni faqat o‘z tamoyillari bilan almashtirmoqchi bo‘ladilar. Masalan, birinchi qarashda, uzoq o‘tmishga qaytishga chaqiruvchi islom fundamentalizmi go‘yoki bundan mustasnodek tuyuladi. Biroq, aslida bunda ham o‘sha andoza saqlanib qoladi. 
Islom fundamentalizmi
Islom fundamentalizmi tarix g‘ildiragini o‘rta asr jaholati davriga qaytarish niqobi ostida, «ijtimoiy kazarma» tipidagi bir xillashtirilgan mustabid «kelajak»ning o‘ziga xos andozasini taklif etadiki, unda inson fuqarolik huquqlaridan to‘liq mahrum qilinadi, haqiqatda diniy terrorga duchor etiladi. Biz yuqorida bunday g‘oyaning qanday ayanchli oqibatga olib kelishini O‘rta asr yevropasidagi inkvizitsiya misolida ko‘rib o‘tdik.
Inson va jamiyat hayotida g‘oya va mafkuralarning o‘rni
G`oyaning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati juda muhim falsafiy masaladir. Inson o‘zi g‘oyalarni yaratadi, ulardan kuch-quvvat oladi. O‘zi yaratgan g‘oyalar insonning ongi va shuurini, tafakkuri va e'tiqodini egallab, uning sohibiga aylanadi. Yuksak g‘oyalar odamlarni olijanob maqsadlar sari yetaklaydi. G`oyasi yetuk, e'tiqodi butun, qadriyatlari yuksak insongina mardlik namunalarini ko‘rsata oladi.
Mafkuraviy plyuralizm
Mafkuraviy plyuralizm (lot. Pluralis - xilma-xillik, rang-baranglik) - ijtimoiy-siyosiy hayotda turli qatlam, guruhlar manfaatlarini ifoda etuvchi g‘oyaviy rang-baranglikni, qarashlar va fikrlar xilma-xilligini ifodalaydi. Inson va jamiyat hayotida g‘oyalar va mafkuralar xilma-xilligining namoyon bo‘lishi ijtimoiy-ma'naviy ehtiyoj ifodasidir. 
Bunyodkorlik g‘oyalari
Bunyodkorlik g‘oyalari yurtni obod, xalq hayotini farovon qilishdek olijanob maqsadlar bilan ajralib turadi. Ular insoniyat sivilizatsiyaga erishgan davrlardan buyon jamiyat hayotining eng ezgu g‘oyalari sifatida yashab kelmoqda. Prezident Islom Karimovning «O‘zbek tom ma'noda bunyodkordir», degan so‘zlarida ham ana shu boqiy g‘oyalarning ma'no-mazmuni o‘z ifodasini topgan. Bunday bunyodkorlik xalqimizga ota-bobolaridan merosdir.

Sharqda, jamiyat rivoji va bunyodkorlik g‘oyalari xususida Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Alisher Navoiy qarashlari o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ular asarlarida olijanob jamiyat, adolatli tuzum haqidagi o‘z fikr-mulohazalarini bayon qilib, o‘z davri uchun izchil ta'limot yaratdi. U har tomonlama yetuk, barcha aholini baxt-saodatga, ilm-ma'rifatga olib boruvchi ideal jamoa haqidagi g‘oyalarni olg‘a surdi.

O‘z tarixini asosan XIX asrdan boshlagan ana shunday mafkuralardan biri - sinfiy antogonizm g‘oyalarini mutlaq-lashtirgan va hokimiyatni qurol kuchi bilan egallab olgan sobiq kommunistik tuzum mafkurasi edi. 
Sinfiy kurash g‘oyasi
Sinfiy kurash g‘oyasi asosiga qurilgan va millionlab kishilar taqdirida mash'um iz qoldirgan bu mafkura jamiyatni bir-biriga qarama-qarshi taraflarga ajratib yubordi. Sinfiy kurash chizig‘i nafaqat ijtimoiy guruh va qatlamlar orqali, hatto oilalar va insonlar ruhiyati orqali ham o‘tdi. Oqibatda grajdanlar urushiga nazariy poydevor qo‘yildi. Inson tabiatiga, uning mohiyati va ruhiyatiga zid bo‘lgan birodarkushlik holati vujudga keldi. 
Bunyodkor g‘oyalar va mafkuralarning jamiyat hayotidagi ijobiy ta'siri 
G`oya va mafkuraning tarixiy shakllarini, mazmun-mohiyatini azal-azaldan ezgulik va yovuzlik, bunyodkorlik va vayronkorlik o‘rtasidagi kurash dialektikasi belgilab keladi, ya'ni bosqinchilik, boshqalar hisobidan boyish, tajovuzkorlik, aqidaparastlik mafkuralariga qarama-qarshi o‘laroq, ozodlik, mustaqillik va adolat g‘oyalari uzluksiz maydonga chiqib, xalqlarning muzaffar bayrog‘iga aylangan. Bunyodkorlik g‘oyalari insonni ulug‘laydi, uning ruhiga qanot bag‘ishlaydi.
BUNYODKOR G‘OYA
Bunyodkor g‘oya deb, insonni ulug‘laydigan, uning kuch-g‘ayrati va salohiyatini oshirib, xalqi, Vatani, butun insoniyat uchun foydali ishlar qilishga safarbar etadigan, o‘zida mehnat, taraqqiyot, do‘stlik, tinchlik, adolat, halollik kabi ezgu maqsadlarni mujassam etadigan g‘oyaga aytiladi.

Diniy ekstremizm-muayyan diniy konfessiya va tashkilotlardagi ashaddiy mutaassib, fanatik unsurlarning faoliyati mafkurasi.

         Fanatizm O`z aqidasining shak-shubhasiz tO`g`riligiga ishonib, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etgan holda ularni tan olmaslik, balki ularni diniy asoslarni buzushda ayblab, ularga qarshi urush ochishga olib boradigan omillardandir. Diniy fanatizm diniy ekstremizm va terrorizmga zamin tayyorlaydi.

         Islom modernizmi-islom diniy va ijtimoiy ta`limotini yangi zamon sharoitlariga muvofiqlashtirish, islom dinining siyosiy, huquqiy, ijtimoiy muammolarga taaluqli aqidalarini yangicha talqin etish, xO`jalik hayotini tartibga solish va islom prinsiplari asosida yangi taraqqiyot modellarini ishlab chiqishini islom modernizmi O`z oldiga asosiy maqsad qilib oladi. Keng ma`noda-islom modernizmi hozirgi ijtimoiy hayot va ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga islom ta`limotini moslashtirish harakati-dan iborat. Islom modernizmi dinda “ijtihod eshiklari ochiq” degan prinspga amal qiladi. Modernistlar “g`ayriislom” olami bilan hamkorlik qilishni, hatto islom va “g`ayri islom” madaniyatlarini biriktirishni yoqlab chiqadilar.

         Islom traditsionalizmi tarafdorlari O`rta asr aqidalariga izchil amal qilib, dinni har qanday isloh qilishlarga qarshi chiqadilar. Ularning fikricha dinda “ijtihod eshiklari yopiqdir”. Islom traditsionalizmi milliy ong sohasida islomni millatchilikka qarshi qO`yadi, yani musulmonlar qaysi millatdan bO`lishiga qaramay islom aqidalariga sO`zsiz amal qilishi kerak, ijtimoiy ong sohasida esa musulmon jamoasi a`zolari-ummatlar teng huquqli, ularni bir-biridan ajratish mumkin emas degan konsepsiyani ilgari suradilar   

         Islom fundamentalizmi. I.Karimov  “O`zbekiston XXI asr bO`sag`asida; xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” degan chuqur mazmunli kitobining “diniy ekstremizm va fundamentalizm” nomli bO`limida mazkur muammo sarlavhasidagi masala ham batafsil yoritilgan.

   Haqiqatan ham diniy fundamentalizmning kelib chiqishi O`zining uzoq tarixiga ega bO`lsa-da, bu jarayonning jonlanishi XX asrning oxirgi choragida yuz bergan edi.

         HO`sh, diniy fundamentalizm, shu jumladan islom fundamen-talizmi va uning kelib chiqishi, mohiyati deganda nimani tushunmoq kerak? Bu savolga qisqa javob quyidagilardan iborat:

         Fundamentalizm tushunchasining asl kelib chiqish ildizini respublikamiz olimlaridan prof. H. Karomatov O`zining “Funda-mentalizm yohud tO`qlikka shO`xlik” degan maqolasida juda O`rinli dalillar bilan asoslab bergan. Bu olimning ta`kidlashicha, hozirgi vaqtda fundamentalizm deganda aksariyat hollarda islom fundamen-talizmi nazarda tutilyapti. “Aslida,-deb yozgan edi u, -fundamentalizm 20 asrda xristian “modernizmi”ning rivojiga qarshi vujudga kelgan O`ziga xos xristian oqimiga berilgan nomdir. Mazkur modernizm turli sohalarda aks ta`sir tug`dirib, Amerika QO`shma Shtatlarida ayniqsa shiddatli tus oldi”[1].

     Maqola muallifi bu fikrni davom ettirib, yozadiki, 20 asrning oxirgi choragida islomning qayta jonlanishi jarayoniga uzviy bog`liq bO`lgan oqimlar, harakatlar shu nom bilan ataladigan bO`ldi. Islom fundamentalizmi, musulmon fundamentalistlari degan atamalar shu tarzda ishlatila boshlandi; bu atama ortodoksal islomning tiklanishi va shu xususdagi tadqiqotlarning tarkibiy qismiga aylanib qoldi. Shu tariqa u hozirgi zamon islomidagi uch oqimning biriga aylandi. Qolganlari islom traditsionalizmi va modernizmidir.

         Olimlarimizning fikricha, an`anaviy islom tarqalgan mamlakatlar-Misr, Jazoir, Tunis, Liviya, Turkiya, Eron, Pokiston, Saudiy Arabistoni, Suriya, Iroq kabi mamlakatlar jahon mustam-lakachilik sistemasi parchalangandan sO`ng mustaqil rivojlanish yO`liga O`tgan edilar. Natijada asrimizning 80-90 yillarida ularda yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy siljishlar negizida butun dunyoda diniy omil, ayniqsa islom omili faollashgan edi. Bu davrda ikki bir-biriga zid mayl dunyoga kelgan edi. Bir tomondan, butun dunyoda diniy e`tiqodning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma`naviy hayotdagi mavqei tiklana boshlagan edi; ikkinchi tomondan bu maylga qarshi mafkuralarga moyillik shakllangan edi: bu ikki mayl orasida ziddiyatlar yuzaga kelgan edi.

         Mazkur ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma`naviy ziddiyatlar asosida “islom omili”, “islom uyg`onishi”, “islom fenomeni”, islom fundamentalizmi degan atamalar, “islomlashtirish”, “siyosiylashti-rilgan islom” kabi tushunchalar va ular bayrog`i ostida turli oqimlar paydo bO`ldi. Bular qatoriga “musulmon birodarlari”, “Xizbullox”, “vahobiylik” “Hezbi islomiya”  kabi O`nlab tashkilot, partiya, uyushmalar kirardi. Bular ekstremistik, terroristik xususiyat kasb etgan edi.

         Vahhobiylar fundamentalizmda, binobarin, aqidaparastlikda Ibn Hanbal ta`limotidan ham sO`llashib, maqsad va ta`limotlari O`tmagan hududlarda kuch, hatto qilich ishlatishga jahdu-jadal qilganlar. Ularning ta`limoticha payg`ambar, musulmon olamining azizlari qabrlarini ziyorat qilish bid`at hisoblangan, faqat Ollohga sig`inish farzdir deb targ`ib qilingan. Ular sufiylar ta`limotini islomga zid deb da`vo qilganlar. Haj safarini tO`xtatganlar, unga hohishi bO`lgan talabgorlarni faqat katta tO`lovlar evaziga amalga oshirganlar.

         Fundamentalistlar va ularning izdoshlari islom madaniyatiga katta shikast yetkazganlar. Ular tamaki  chekish, ipak kiyim-bosh kiyish, tasbeh O`girib yurishni man qilganlar, erkaklardan soqol oldirmaslikni, ayollardan hijobga bosh-oyoq O`ralib yurishni talab etganlar. “Vahhobiylar,-deb yozgan A.Begmatov,-iymoni-shariatdagi asosiy usullaridan birini ham inkor qilishadi. Ijmo musulmon jamoasining yakdillik bilan chiqargan fikri, hukmi asosida ish kO`rilishidir.”[1]

         Aqidaparast vahhobiylar, umuman fundamentalistlar nisbatan uyushgan, jangovar, siyosatda ham, dinda ham ekstremist bO`lganlari uchun O`zga mazhab va harakatlar ustidan harbiy va mafkuraviy jihatlardan tez, oson g`alaba qilib, butun Arabiston yarim .oroliga tarqalganlar, hokimiyatni qO`lga olganlar. Oybek Hamdamovning “Ezgulikka chog`lanmagan musulmon emas” degan maqolasida qayd qilganidek, “vahhobiylar O`tgan asrda hokimiyat tepasiga kelish uchun 3000 odamni Ka`baning oldida shahid qilganlar”[1].

         Bunday yovuzliklar haqida tarix tajribasidan    kO`plab  misollar keltirish mumkin. Xulosa shuki, fundamentalizm harakati xanbaliya mazhabi doirasidan kelib chiqqan va turli kO`rinishda rivojlangan.

2.Vahhobiylik va boshqa diniy ekstremistik harakatlar,  uning ijtimoiy-siyosiy g`oyalari, maqsadlari, kO`rinishlari.

         Ma`lumki, sunizm oqimida faqat 4 mazhab musulmon faqih-lari, mufassirlari, muhaddislari, eng nufuzli ulamolari e`tirof qilgan mazhab deb hisoblanadi. Bular xanafiya, molikiya, shofiiyya, xanbaliya bO`lib, ularning ichida eng keng tarqalgani xanafiya mazhabidir. Olimlarimizning fikricha, dunyoda 1,2 milliard musul-mon aholisi bO`lib, shundan 92,5 foizini sunniylar tashkil etadi. Jami sunniylardan xanafiylar 47 foiz, shofiiylar 27 foiz, moliykiylar 17 foiz va xanabiylar 1,5 foizni tashkil etadi. Qolgan 7,5 foizi shialar, ibodiylar va xorijiylardan iborat.

         Islomning 14 asrlik tarixi tajribasi shuni kO`rsatadiki, unda ham qanday yangi bir mazhabni targ`ib qilib, toifachilikka berilish yoki biror oqim yaratishga intilish doimo siyosiy va g`arazgO`ylik maqsadlariga xizmat qilgan. Hatto musulmon dunyosining muayyan bir qismida rasmiy islom oqimi deb e`tirof qilingan shiizm ham dastlabki shakllanishida ma`lum siyosiy maqsadlar tufayli vujudga kelgan.

         Vahhobiylar  sunniylarning faqat 1,5 foizini tashkil etuvchi xanbaliylar mazhabiga mansub bO`lib, ular asosan Saudiya Arabisto-nida yashaydi. Ular dunyoviy qadriyatlarga nisbatan O`ta murosasiz diniy mafkuraga asoslangan. Vahhobiylar sunniylikdagi juda ozchilikni tashkil etuvchi xanbaliylar oqimiga mansub bO`lishiga qaramay, musulmon aholisining kO`pchiligini tashkil etuvchi xana-fiylarni islom dinidan chekinuvchilar deb O`rinsiz hisoblaydilar.

         Vahhobiylik harakati hozirgi Saudiya Arabistoni hududida, VIII asrda, shu maqsadda vujudga kelgan. Uning g`oyaviy asosini islomning dastlabki holatiga qaytishni maqsad qilib olgan aqidaparastlik tashkil qiladi; siyosiy sifatini jamiyatning ma`naviy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy hayotini shu aqidaparastlik asosiga qurilgan siyosiy tuzumni barpo qilish g`oyasi tashkil qiladi.

         Asrimizning boshlarida tashkil topgan xorijiy musulmon davlatlarida yuzaga kelgan bunday diniy oqim, tashkilot, partiyalar esa O`z oldiga asosan milliy mustaqillikka erishish vazifasini qO`yganlar.

         Ammo islomdagi bunday oqimlarning deyarli barchasi ham bu harakatlarga vosita deb qaramasdan, oxirgi maqsad deb qaraganlari uchun yo muvaffaqiyatsizlikka uchraganlar, yo muayyan bir darajadagi salbiy oqibatlarga olib kelganlar.

         O`rta asrlar tarixi shuni kO`rsatdiki, bu harakatlarning aksariyati faqat xayoldagina (utopiya) bO`lib qolgan; ayrim hollarda esa butun bir mamlakatlar va xalqlar O`rtasida dahshatli, beqiyos bO`lgan qonli urushlarga olib kelgan. Masalan, XVI asrda boshlangan shiizm (safaviylik) va sunnizm (shayboniylar) O`rtasidagi gO`yo haqiqiy din uchun kurash niqobidagi urushlar butun bir Xuroson va Movarounnahr O`lkalarini bir necha asr davomida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan tanazzulga tushishining asosiy sabablaridan biri bO`lgan edi.

         Islomni vosita deb emas, maqsad qilib olgan O`tgan asrda vujudga kelgan turli oqimlar esa oqibatda islom fundamentaliz-miga olib keldi. Buning isboti uchun uzoqqa borishning hojati yO`q. KO`pchilik xorijiy musulmon mamlakatlaridagi terroristik harakatlar, yaqin qO`shni O`lkalardagi qonli tO`qnashuvlar bunga misol bO`la oladi. I.Karimov O`zining “O`zbekiston XXI asr bO`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolat-lari” kitobida bu haqda bunday deb yozgan edi: “Afsuski, insoniyat tarixida diniy ongning ajralmas qismi bO`lgan odamlardagi e`tiqoddan faqat bunyodkor kuch sifatida emas, balki vayron qiluvchi kuch, hatto fanatizm (O`taketgan mutaassiblik) sifatida foydalan-ganligini kO`rsatuvchi misollar kO`p”[1]. Bu fikrning g`oyat tO`g`riligini Namangan shahrida vahhobiylar uyushtirgan din niqobi ostidagi mash`um jinoyatchilik misolida ham kO`rib, tO`la ishonch hosil qildik.

         Vahhobiylar harakati XVIII asrning boshlarida vujudga kelgan bO`lib, u XIX asrda yana ham kuchaydi. XX asrning birinchi, xususan ikkinchi yarmida turli musulmon mamlakatlarida (Tojikiston, Afg`oniston, Checheniston, Dog`iston, Jazoir va boshqalarda) yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatdan foydalanib vahhobiylar O`z ta`sirlarini kuchaytirdilar va natijada salbiy oqibatlarning kelib chiqishiga, hattoki, qonli tO`qnashuvlarning yuzaga kelishiga sabab bO`ldilar.

         Vaxxobiya-siyosiy-diniy ta`limot, ideologiya ekanligini ta`-

kidlamoq darkor.  Bu ta`limotda diniy, siyosiy, ijtimoiy masalalar

jipslashib ketgan.  Shuning uchun,  masalalar majmuasini yoritishda bu ta`limot asoschisining  tarjimai  xoli,  diniy-ilohiy qarashlari, saudiylar oilasi bilan munosabati, mazkur targ`ibotchining  shaxsiy manfaatlari, ta`limotning Saudiya  Arabistoni davlatining vujudga kelishi va uni kengaytirish yO`lida olib borilgan bosqinchilik  urushlaridagi rahnamolik roli, hozirgi davrdagi kO`rinishi, Saudiya Arabistoni ichki va tashqi siyosatidagi ahamiyati kabi guruhlarga bO`lgan xolda kO`rib chiqish maqsadga muvofiqdir.

         Muhammad ibn  Abdulvahhob 1115 xijriy (1703-04 milodiy) yilda Arabiston yarim orolining Najd O`lkasining al-Uyayna  degan  joyida tavallud topdi.  Bu  shahar  al-Arid  mintaqasining  ad-Dir`iya  va ar-Riyod shaharlari yonida joylashgan. Mazkur shaharlar yangi Saudiylar davlatining vujudga kelishida katta rol O`ynagan.  Bu davrda uning otasi Abdulvahhob ibn Sulaymon mustaqil mahalliy amir hokimiyatida qozilik lavozimida  xizmat qilar  edi.  Muhammad yoshligidan diniy ilmlarni O`z otasi rahbarligida O`rgana boshladi.  Abdulvahhob  doimo O`g`lining ruhoniylik  kasbiga  tayyorgarligini diqqat bilan kuzatib bordi. Muhammad an`anaga kO`ra Kur`onni yod oldi,  tafsir va  hadis ilmlari bilan tanisha boshladi.

         Muxammad 12 yoshida voyaga yetgach, otasi Abulvahhob uni uylantirib qO`ydi. Tez orada u diniy ilmlar O`rganish maqsadida turli mamlakatlarga safar qildi. Muhammad ibn Abdulvahhob Arabiston  yarim oroli, Misr,  Suriya, Qurdiston, Iroq, Eron kabi mamlakatlarda bO`lib va olimlar suhbatida kO`pincha Ibn Abdulvahhob ulamolarga  tazyiq O`tkazganligi uchun janjal bilan tugatar edi.

         1726-27 yilda otasi Abdulvahhob Najd vodiylaridan biri Xuraymalaga oilasi bilan kO`chib O`tadi.  Bunga sabab al-Uyayna yangi amir bilan kelisha olmaganligi uchun Abdulvahhob qozilik lavozimidan bO`shatiladi. Ba`zi tadqiqotchilar 1740-41 yilda Abdulvahhob vafotidan sO`ng uyiga qaytgan Muhammad uning O`rniga qozi bO`lganligini tahmin qilishadi. Lekin, u bu mansab bilan cheklanmadi. Muhammad ibn Abdulvahhob kishilarning din masalalarida "notO`g`ri" qarashlarni  tanqid qilib,  O`zi "tO`g`ri" deb tushingan yO`lni targ`ib etishni boshladi.

Uning targ`ibotchilik faoliyatini 2 davrga ajratsa bO`ladi:

         1) 1730-1745 yillar;

         2) 1745 yildan sO`ngi davr.

         Birinchi davrda Ibn Abdulvahhob turli kichik davlatlar-amirliklar ichida O`ziga  munosib homiy  izladi.  U 1150 (1737-38) yil al-Uyaynaga uning amiri Usmon ibn Mu`ammar taklifiga binoan kO`chib O`tadi. Bu yerda targ`ibot ishlarida ziddiyatli vaziyat kelib chiqadi. Natijada, mahalliy islom ulamolarining talabiga binoan Usmon  ibn Mu`ammar yangi targ`ibotchini O`z davlatidan chiqarib yuborishga majbur bO`ldi.

         1745 yili  Muhammad ibn Abdulvaxxob qO`shni ad-Dir`iya vodiysiga uning amiri Muhammad ibn Sa`ud taklifiga binoan kO`chib O`tadi. Tez orada Usmon  ibn Muhammad katta xatoga yO`l qO`yganligi tushunib qoladi. Ibn Sa`ud vahhobiylar misolida shaxsiy  hokimiyatini  mustahkamlashda kuchli qurolga ega bO`ldi. Birinchidan, kO`shni qabila, amirliklarga qarshi uyushtiriladigan bosqinchilik  urushlarini  oqlaydigan ta`limot hamda ulamolar uning e`tiboriga O`tdi. Chunki, vahhobiylar xohlagan muxoliflarni bid`atda, shirkda ayblab, ularga qarshi jihod urushini e`lon qilishlari mumkin edi.  Ikkinchidan, Ibn Sa`ud vahhobiylar sa`y-harakatlari natijasida "TO`g`ri yO`ldagi"  musulmonlar imomi, amir unvoniga ega bO`ldi.

         Vahhobiylar harakatining maqsadi va mazmunini tahlil etadigan bO`lsak, u xanbaliyya mazhabidan boshqa bir mazhabni tan olmagan va islom dinidagi har qanday yangilikni rad etgan; ayni paytda bu dinning rivojlanishiga katta hissa qO`shgan aziz-avliyolarning xizmatini inkor  etib, yodgorliklar, qabrlarni vayron qilishga chaqirgan.

         Dalillarga murojaat qilaylik. Islomshunos olimlarning ber-gan ma`lumotlariga kO`ra, vahhobiylar davstavval Rasuli Akram sa-hobalaridan birining Jubayilidagi qabrini vayron qildilar. 1802-1803 yillarda Muhammad payg`ambarning nabiralari-Imom Hasan va Imom Husaynlarning qabrlarini vayron qildilar. Qabr maqbaralaridagi qimmatbaho bezaklarni, oltin suvi yuritilgan g`ishtlarni tuyalarga ortib O`lja sifatida olib ketdilar. Bu vahshiy-liklarga qarshi chiqqan mO`ysafidlar, ayollar, hatto bolalar shafqat-sizlarcha qirib tashlangan. Qabrlardagi talon-taroj 8 soat davom etgan. Shu vaqt ichida qarshilik kO`rsatganlardan tO`rt ming odam qilichdan O`tkazilgan.

         Tarixiy voqealar shuni kO`rsatadiki, vahhobiylar islom dini “asl holatiga keltirish” da`vati ostida bosqinchilik, talonchilik bilan shug`ullanishgan.

         1803 yili vahhobiylar Makkani, keyin Madina shahrini bosib olishdi. U yerdagi barcha qabrtoshlarni, hatto Bibi Fotima va saho-balar sog`anasidagi qabr toshlarni buzib tashlashdi. 1810 yilga kelib Muhammad payg`ambarning masjidini ham talon-taroj qilishdi.

         Bunday xunrezliklarga chiday olmagan Misr hukmdori Muhammad Ali 1811 yili bu yovuzlikka qarshi chiqib, O`z qO`shinlari bilan avval Xijozni, sO`ng 1818 yili Dir`ani vahhobiylardan tozaladi. Shundan sO`ng hokimiyat misrliklar qO`liga O`tsa ham, baribir, vahhobiylar vaqti bilan O`sha davlatni tiklashdi. Uning poytaxti Ar-riyod bO`ldi[1].

         Ibn Sa`ud shu davrdan boshlab Markaziy Najdda O`zining  yakkahokimligi O`rnatishini boshladi. Mushrikiylikda ayblangan qO`shni mamlakatlar amirlari uchun, yoki Saudiylarga tO`liq bO`ysunish yoki  ularga harbiy qarshilik kO`rsatish yO`llarigina qolar edi.  Qariyb chorak asr davom etgan bu kurash Saudiylarning tO`liq g`alabasi  bilan  tugadi.

         Lekin Ibn Saud Najdni bosib olish bilan cheklanmadi.  Endi Ibn Saud butun Arabistonni O`z tasarrufida birlashtirishni niyat qilib qO`ygan edi. Bu  uzoq davom etgan kurash Usmoniylar imperiyasi va Buyuk Britaniyaning aralashuviga olib keldi.  Pirovard natijada  vahhobiylar bayrog`i ostida Arabistonni birlashtirish harakati Saudiya Arabistoni mamlakati tuzilishi bilan tugadi.  Bu kurash yillarida,  ya`ni  1792 yili Muhammad Ibn Abdulvahhob vafot etadi.

    Ma`lumki, islom dini rivojlanishi Kur`on davri bilan tugamadi. Keyingi  davrda  yashagan  islom olimlari diniy hayotda paydo bO`lgan masalalarni xal etib bordilar. Buning natijasida turli milliy madaniyatlar, tillar mintaqalar xususiyatini hisobga oluvchi mazhablar, yO`nalishlar vujudga keldi. XI asrda islom oqimlarining ichida xanbaliya  oqimi paydo bO`ldiki,  ular diniy masalalarda din fundamenti, ya`ni Payg`ambar davri voqeliklariga qaytishni  talab  etdi.

         Ular  barcha O`z muxoliflarini dinga yangilik kiritganlikda (bid`at) aybladilar.  Faqat O`z karashlarini sof islomiy deb e`lon  etdilar. Lekin  bu davr ulamolari xanbaliylarning ta`limotlarida kO`p bid`atlar topib,  O`z navbatida, ularni kofirlikda aybladilar. Keyingi asrlarda bu g`oyalarni suriyalik olim Takiaddin ibn Taymiya (1328 yil vafot etgan), Ibn al-Kayyim (XIV asr) rivojlantirdilar. Ular islom  manbalari sifatida Kur`oni Karim, Payg`ambar sunnati va avvalgi 3 asr amaliyotida bO`lgan qoidalarnigina tan olishadi.  Jamiyat hayotidagi hamma kamchiliklarni, regressiv mazkur normalarni bajarmaslikdan kelib chiqqan deb hisobladilar.  Faqat  O`z qarashlarini tO`g`ri deb bilish, boshqalar fikri bilan hisoblashmaslik, murosasizlik,  fanatizm bu ta`limotning asosini tashkil etdi.  Muxammad Ibn Abdulvahhob bu fikrlarni tO`lik qO`llab-quvvatladi. U O`z asarlarida shu fikrlarni qaytaradi.

   Vaxxobiylarda jixod  nazariyasi. Vahhobiylar Saudiylar siyosiy

muholiflarni mushrikiylar deb e`lon qildilar.  Islom dushmanlari

sifatida mushrikiylarga qarshi jihod urushiga borishga fatvo berdilar. Bu bilan  Muhammad Ibn Abdulvahhob Saudiylar  bosqinchilik urushlariga qonuniy,  diniy asos yaratib berdilar. Bu urushlar davomida kO`plab gunohsiz musulmonlar O`ldirildi, shaharlar, qishloqlar vayron etildi,  mol-mulklari talandi, ayollar va bolalar qul etib sotildi. Vahhobiylar ularning fikrlariga qO`shilmagan musulmonlarni kofirlar deb e`lon qilar edilar. Vahhobiylar yangi vodiy va shaharlarni bosib olgandan sO`ng u yerda joylashgan muqaddas joylarni buzish, shu mintaqada yashovchi vahhobiylarga qarshi bO`lgan ulamolarning kitoblarini yoqish bilan shug`ullandilar. Ekstremistik din vakillarining harbiy-siyosiy guruhlar bilan ittifoqi shunday og`ir, qonli oqibatlarga olib borishini yana bir bor amalda isbotladi.

         Ahlok ta`limoti. Vahhobiylar nazariyasi jihatidan ahloq masalalarida garchi shaxsiy kamtarlik, mol-mulkka xirs qO`ymaslik, dunyoviy hayotda  toat-ibodatga  aksariyat vaqtni sarflashga targ`ib qilsalarda, lekin amalda  saroy  ahlining  bosqinchilik urushlari, qO`shni qabilalarning mol-mulklarini talash oqibatida boyishi natijasida gap bilan amal O`rtasida ziddiyatlar paydo bO`lishiga olib  keldi. Saudiylar serxasham saroylar, qimmatbaho bisotlar bilan O`zlarini O`rab ola boshladilar. Targ`ibotni kasbga aylantirgan vahhobiylarning qarashlari qiyin islomda ilk aqidalarga zid edi.

         Saudiya Arabistoni davlati shakllanishi Usmoniylar Imperiyasi (1453-1924) xududlarida yuz berilganligi tufayli vaxxobiy ta`limotida turkiy islomiga qarshi bO`lgan kayfiyatlar kuchliroq O`z aksini topdi. Imperiya markaziy mintaqalarida  xanafiya  mazhabi  mutloq hukmron mavqega ega bO`lganligi uchun mazkur maktab qoidalari qattiq tanqid qilindi.

         Islom dunyosini birlashtirish goyalari. Vahhobiylik kichik  amirlikning katta mamlakatiga  aylanish  mafkurasi bO`lganligi sababli unda avvalo Naj, Hijoz, sO`ngra butun Arabiston yerlarini birlashtirish g`oyalari ustuvor O`rinda bO`ldi. Qator islom mamlakatlarida turli din shakllari mavjud bO`lgan bir vaziyatda Payg`ambar davri me`yorlariga qaytish  g`oyalari bu ta`limotning boshqa mamlakatlarda ham tarafdorlari paydo bO`lishiga olib keldi. Ba`zi siyosiy kuchlar, O`z g`arazlari yO`lida bu ta`limotdan foydalana boshladilar. O`z muholiflarini tanqid qilishda ushbu g`oya kO`l keldi.  Bu O`z navabatida vahhobiyaning islom dunyosida  tarqalishiga zamin yaratdi. Turli aholi guruhlarining O`z ahvolidan noroziligi bu ta`limot orqali kimlarnidir  ayblashga, hissiyotlarini kO`zg`atib,  O`zlarining g`arazli maqsadlari yO`lida foydalanishlariga ham vosita bO`ldi. Hijozda haj safarida bO`lgan musulmonlar bu g`oyalarni Indoneziyadan tortib to Atlantika okeani sohillarigacha olib bordilar.

         Mazkur ta`limot, ayniqsa, zaif rivojlangan mamlakatlarda muvaffaqiyat qozona boshladi. Bunday jamiyatlardagi xal qilinmagan iqtisodiy, ijtimoiy, ahloqiy muammolarni mamlakatda ma`lum tartib-islom tartibini O`rnatish orqali yechishga kO`p umid qilinardi.

         Saudiya Arabistonida neft konlarining kashf etilishi,  ularning mamlakat xazinasiga foyda keltirishi bu mamlakat mavqeini O`zgartirib yubordi. Iqtisodiy kuchli davlat avval arab dunyosi, sO`ngra islom olamida yetakchi mamlakat rolini O`ynashini  orzu  qila  boshladi. Tashqi siyosat sohasida vahhobiya sustroq rivojlangan boshqa musulmon davlatlarga tazyiq O`tkazish quroliga aylanadi.

         Ichki siyosat sohasida mamlakat boyliklariga kichik guruh egalik qilishi, hech qanday saylovlar O`tkazmaslik, siyosiy kuchlar muvozanatini O`zgartirmaslikda  vahhobiya  ta`limoti mislsiz xizmat kO`rsatmoqda. Mamlakat rivojlanishida ta`limot ba`zi ziddiyatli  xollarni keltirib chiqardi.  Masalan,  ta`limotdagi  maishiy hayotda kamtarin bO`lish g`oyasi va saroy ahllari,  malik oilasining  dabdabali  hayoti (Saudiylar oilasi jahondagi eng boy oila hisoblanadi),  musulmonlar O`rtasida birodarlik, O`zaro yordam g`oyasi va tashqi siyosatda musulmon davlatlariga qarshi ba`zi /arb, xristian-yaxudiy davlatlari bilan birlashish,  O`rta asr hayotini aks ettiruvchi shariat  qoidalari va oilaviy, ijtimoiy hayotdagi hozirgi zamon voqeligi, shaxs erkinligi prinsiplari O`rtasidagi kelishmovchiliklarni  misol  keltirish mumkin. Bular mamlakat rahbariyati uchun kO`p muammolar keltirib chiqaradi. Mazkur masalalarni yechishda ulamolar katta kO`mak beradilar. Ma`lumki,  ularning  kO`pchiligini imtiyozli Muhammad Ibn Abdulvahhob avlodlari (Ol ash-shayx) tashkil etadi. Ma`lum ma`noda, vahhobiylarning O`zlari ham zamon bilan barobar bO`lishga harakat etib, ta`limotga O`zgartirishlar kiritadilar va O`zlarining  ta`kidlariga  kO`ra bid`atga yO`l qO`yadilar.

         Vaxxobiylarning chet ellarda juda kO`p tashkilotlari mavjud  bO`lib, ular faol harakat olib boradilar. KO`pchilik tashkilotlar yashirin siyosiy faoliyat bilan shug`ullanadilar. Ular O`zlarini muvaxxidun (tavhidchilar) deb ataydilar. Vahhobiylarning  faoliyati musulmon mamlakatlaridagi mavjud konstitutsion tuzumni zO`rlik bilan O`zgartirib, Saudiya  Arabistoniga moyil hukumat tuzishga qaratilgan.  Ish uslublari-diniy hissiyotlari kuchli fuqarolarni jamiyatlariga tortib, ularni qayta tarbiyalash, sO`ng ulardan tashviqot, ijtmoiy tartibbuzarlik, ekstremistik harakatlarda  foydalanish.  Bu  ishlarga, ayniqsa, yoshlarni,  ayollarni,  bolalarni tortish. Shuning uchun balog`atga yetmagan fuqarolar, norozilar O`rtasida ish olib borishga e`tibor beriladi. Xayriya fondlari orqali mayib-majruhlarga, yetim-yesirlarga yordam, din qoidalarini O`rganuvchilarga dars berish, darslik-kitoblar tarqatish kabi propaganda metodlaridan keng foydalanadilar. Kishilarga fanatizm,  murosasizlik, O`zgalar fikrlari va manfaatlariga xurmatsizlik ruxini singdirishga urinadilar.

    XIX asrning  dastlabki yillaridan islom dini tarqalgan mamlakatlar iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy hayotida katta tarixiy O`zgarishlar yuz bera boshladi. Bu O`zgarayotgan yangi sharoitlarga diniy - falsafiy, huquqiy normalarning XIX asr yarmidan  boshlangan  moslashuvi ilmu fanda  "islomiy islohotlar" nomini oldi.  Lekin bu jarayonlar haddan tashqari chO`zilib ketdi va kO`p sohalarda ziddiyatli  hollarni keltirib chikardi va chiqarmoqda. Shunday sohalardan biri-ijtimoiy ong doirasida milliy mafkuraning shakllanishi. Milliy ozodlik kurashining rivojlanishi  jarayonida islomning siyosiylashuvi xodisasi kuzatiladi. Bu xol O`zini siyosiy kurash davomida  islomiy  shiorlardan keng foydalanishda namoyon qiladi.  Ular orasida panislamizm va musulmon jamoalarini boshqa konfessiya vakillaridan  ajratish  (islom millatchiligi) g`oyalari e`tiborga molikdir.

 

         3.O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida milliy va diniy ruxdagi siyosiy partiyalar tuzishning taqiqlanishi.



         1.O`zbekiston Respublikasi demokratik davlat sifatida O`zining qonun yaratuvchilik faoliyatida xalqaro huquq normalari va xalqaro kelishuvlarga tayanadi, jumladan Konstitutsiyaning 57-moddasi Fuqarolik va siyosiy huquqlar tO`g`risidagi xalqaro paktdan kelib chiqadi, chunki unda belgilanishicha:

         birinchidan, urushni har qanday targ`ib etish qonun bilan taqiqlanishi kerak;

         ikkinchidan, kamsitishga, adovatga yoki zO`ravonlikka undovchi milliy, diniy yoki irqiy nafrat ruhidagi har qanday harakat qonun yO`li bilan taqiqlangan bO`lishi lozim(20-modda)[1].

         2. Konstitutsiya 57-moddasining mazmunini rivojlantirib “O`zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari tO`g`risida”gi qonunda bizning jamiyatimizga zid bO`lgan jamoat birlashmalarining rO`yxatini aniq kO`rsatilgan.

         Bu tashkilotlarning faoliyati:

         birinchidan, umumbashariy gumanistik qadriyatlarni buzushga:

         ikkinchidan, O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi hududiy birligini buzushga:

         uchinchidan, O`zbekiston xalqlari ma`naviyatini yemirishga:

         tO`rtinchidan, jamiyatni parchalashga;

         beshinchidan, qonuniy va demokratik yO`l bilan shakllantirilgan hokimiyat organlariga kuch bilan tazyiq O`tkazishga yO`naltirilgan.

         3.O`zbekiston Respublikasi demokratik huquqiy davlat tamoyillarini amaliyotga tatbiq etib, qonunchilik darajasida quyidagi partiyalarni tuzishni man qiladi:

a) konstitutsiyaviy tuzumni zO`rlik bilan O`zgartirishni maqsad qilib qO`yuvchi;

b) millatchilik xarakteriga ega bO`lgan;

v) milliy va diniy mansublikka asoslanib shakllantirilayotgan;



g) ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ`ib qiluvchi.

 
Download 32,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish