Reja Ishlab chiqarish texnologiyasi



Download 1,71 Mb.
bet1/12
Sana26.02.2022
Hajmi1,71 Mb.
#465685
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
4 - mavzu. Ishlab chiqarish nazariyasi. Ishlab chiqarish xarajatlari


4 - mavzu. Ishlab chiqarish nazariyasi. Ishlab chiqarish xarajatlari
Reja
1. Ishlab chiqarish texnologiyasi.
2.Izokvantlar. Qisqa va uzoq muddatli ishlab chiqarish
3.O`rtacha va chegarali mahsulot. Ishlab chiqarish omillari bir-birining o`rnini bosishi
4. Ko`lam samarasi
5.Umumiy daromad, umumiy xarajat va foyda. Doimiy va o`zgaruvchan xarajat-lar.
6. Xarajat egri chiziqlari va ularning shakllari.Qisqa muddatli va uzoq muddatli xarajatlar


Tayanch so`z va iboralar: Izokvanta, izokosta, omillar mahsuldorligini kamayish qonuni, ishlab chiqarish omillari, chekli mahsulot, umumiy daromad, umumiy xarajat-lar, foyda, iqtisodiy foyda, chekli xarajatlar, o`rtacha umumiy xarajat, doimiy xarajatlar, o`rtacha doimiy xarajatlar, o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlar, iqtisodiy samara

1. Ishlab chiqarish texnologiyasi.
So`nggi uch bobda biz e’tiborimizni bozor talabi — iste’molchilarning afzal ko`-rishlari va xatti-harakatiga qaratdik.
Endi taklifga murojaat qilamiz va ishlab chiqaruvchilarning xatti-harakatini ko`rib chiqamiz. Biz firmalar qanday qilib ishlab chiqarishni samarali tashkil qila olishlarini va ishlab chiqarish omillarining hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning qiymati o`zga-rishi bilan ishlab chiqarish sarflarining o`zgarishini ko`ramiz. Shuningdek, firmalar va iste’molchilar qo`llayotgan optimal yechimlar o`rtasida o`xshashlik borligini ko`ramiz, iste’molchi xatti-harakatini o`rganish bizga ishlab chiqaruvchi xatti-harakatini tushu-nishda yordam beradi.
Firmani iqtisodiy boshqarishda ishlab chiqarish va sarflar nazariyasi markaziy o`rin egallaydi. Ayrim muammolar, masalan, «General motors» kompaniyasi muntazam duch keladigan muammolar bilan tanishib chiqamiz. Yig’uv liniyalarining texnikaviy ta’min-langanlik darajasi qanday bo`lishi va uning yangi avtomobil zavodlariga qancha miq-dorda mehnat resurslari jalb etilishi kerak? Agar kompaniya ishlab chiqarishni ko`pay-tirmoqchi bo`lsa, ishchilarni ko`proq yollashi lozimmi yoki yangi zavodlar qurish ham zarurmi? Nima maqsadga muvofiq: bitta avtomobil zavodi turli modellar ishlab chiqar-ganimi yoki har bir model alohida zavodda ishlab chiqarilganimi? «General motors» o`zining ishlab chiqarish sarflarini kelgusi yilda qanday rejalashtirmoqda va vaqti kel-ganda bu ishlab chiqarish sarflari qanday tarzda o`zgaradi, ularga ishlab chiqarish hajmi
qanday ta’sir ko`rsatadi? Bu savollar faqat sanoat firmalariga qo`llanib qolmasdan, bal-ki tovarlar ishlab chiqaruvchi, xizmatlar ko`rsatuvchi, hukumatga qarashli va notijorat muassasalarga ham tegishlidir.
Ushbu mavzuda biz firmada ishlab chiqarish texnologiyasini o`rganib chiqamiz, bu jarayonda ishlab chiqarish omillari (mehnat va kapital kabilar) ning birgalikda amal qi-lishi tayyor mahsulot (avtomobillar va televizorlar) ishlab chiqarish bilan yakunlanadi. Biz buni bir nechta bosqichda amalga oshiramiz. Birinchidan, ishlab chiqarish texnolo-giyasini ishlab chiqarish funktsiyasi shaklida tasavvur etamiz. Keyin, ishlab chiqarish funktsiyasidan foydalanib firmada ishlab chiqarish omillari o`zgarganda mahsulot ish-lab chiqarish qanday o`zgarayotganligini ko`rsatamiz.
Firma faoliyatining miqyosiga alohida e’tibor qaratamiz.
Firma ishlab chiqarish hajmini uning ko`lami oshgan sari ko`paytiruvchi texnolo-gik afzalliklar mavjudmi?
Shuningdek, biz ko`p tarmoqli firmalardagi ishlab chiqarishni ham o`rganamiz. Masalan, ikki xil mahsulot ishlab chiqaruvchi firma rahbari har ikkala mahsulot ishlab chiqarish hajmini (maksimumlashtirish) uchun taqchil ishlab chiqarish omillarini qan-day joylashtirishini ko`rishimiz mumkin.
Nihoyat, biz firmaning ishlab chiqarish jarayoni to`g’risidagi empirik axborotni, jumladan, ishlab chiqarish miqyosining o`sishi natijasida mahsulot tannarxining pasayi-shi to`g’risidagi axborotni qanday olinishi va undan qanday foydalanilishini ko`ramiz.
Ishlab chiqarish firma faoliyatining asosiy sohasidir. Firmalar ishlab chiqarish omillarini qo`llaydilar, bular, shuningdek, jalb etiladigan (kiritiladigan) ishlab chiqarish omillari deb ataladi. Masalan, non pishiruvchi korxona egasi kiritiladigan ishlab chiqa-rish omillari bo`lmish — ishchilar mehnati, un va shakardan iborat xomashyo, shuning-dek, pech, xamirqorgich va boshqa asbob uskunalarga qo`yilgan kapitaldan non, gumma va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalanadi.
Ishlab chiqarish omillarini yirik toifalar — mehnat, materiallar va kapitalga ajrati-shimiz mumkin, bularning har biri kichikroq guruhlarni o`z ichiga oladi. Masalan, meh-nat ishlab chiqarish omili sifatida mehnat sig’imi ko`rsatkichi orqali ham malakali (du-radgorlar, muhandislar), ham malakasiz mehnat (qishloq xo`jaligi ishchilari)ni, shuning-dek firma rahbarlarining tadbirkorlik faoliyatini birlashtiradi.
Po`lat, plastik ashyolar, elektr quvvati, suv va boshqa turli ashyolar borki, ular fir-ma sotib olib tayyor mahsulotlarga aylantiradigan materiallar hisoblanadi. Binolar, us-kunalar va tovar-moddiy buyumlar kapitalga taalluqlidir. Kiritiladigan omillar, ishlab chiqarish jarayoni va pirovard mahsulot yaratish o`rtasidagi o`zaro munosabat ishlab chiqarish funktsiyasi orqali ifodalanadi.
Ishlab chiqarish funktsiyasi firma ishlab chiqarish omillarining har biri alohida nis-batda qo`llanganda Q mahsulotni maksimal ishlab chiqarishini ko`rsatadi.
Soddalashtirish uchun ikkita kiritiluvchan omil — mehnat L va kapital K mavjud deb faraz qilamiz. Bunda ishlab chiqarish funktsiyasini
Q = F(L,K) (9.1)
tarzida yozishimiz mumkin.
Tenglamadan ko`rinadiki, mahsulot ishlab chiqarish hajmi ikki ishlab chiqarish omi-lining miqdoriga bog’liq. Masalan, ishlab chiqarish funktsiyasi bir yilda kattaligi ma’-lum bir zavodning mavjud texnologiya va yig’uv konveyerida band bo`lgan muayyan miqdordagi mehnat resurslari yordamida ishlab chiqariladigan shaxsiy kompyuterlar maksimal sonini aniqlash imkonini beradi. Fermer u yoki bu ob-havo sharoitida, meh-natning fondlar bilan ta’minlanganlik darajasi va ishda band ish kuchi bilan oladigan maksimal hosil hajmini hosil ishlab chiqarish funktsiyasi yordamida aniqlash mumkin. Demak, ishlab chiqarish funktsiyasi muayyan hajmda mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish omillarining turli usullarda birlashtirishni ifodalaydi.
Masalan, vinoni ko`p mehnat talab qiluvchi qo`lda tayyorlash usulida yoki uzumni ezish uchun mashina, asbob-uskunalardan foydalanib ko`p kapital sarflash usuli bilan tayyorlash mumkin. Ta’kidlash zarurki, tenglamani (9.1) ma’lum texnologiyaga (ya’ni, mahsulot ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish omillarini o`zaro bog’lanishning turli usullari to`g’risidagi muayyan bilimga ega bo`lgan holat uchun) qo`llash mumkin. Chunki, texnologiya borgan sari takomillashib bormoqda, firma mahsulot ishlab chiqa-rish hajmini ishlab chiqarish omillarini qat`iy belgilangan tarkibda ko`paytirishi mum-kin.
Ishlab chiqarish funktsiyasi nuqtai nazaridan «mahsulotni maksimal ishlab chiqa-rish» iborasi juda muhim hisoblanadi. Ishlab chiqarish funktsiyalari serchiqimlik yoki samarasiz ishlab chiqarish jarayonlariga yo`l qo`ymaydi — ular firmalarning iqtisodiy samaradorligini e’tiborda tutadi, ya’ni, firmalar ishlab chiqarish omillarining har qanday o`zaro bog’lanishidan maksimal darajada samarali foydalanadilar.Ishlab chiqarish funk-siyalari ishlab chiqarish omillarining o`zaro ma’lum nisbatda bo`lishi mahsulotni mak-simal ishlab chiqarilishiga erishish bilan bog’liq bo`lgani uchun, hech qachon mahsulot ishlab chiqarishni pasaytiruvchi kombinatsiyalar qo`llanilmaydi.
Ishlab chiqarish har doim ham iqtisodiy samarali deb o`ylash hamma vaqt ham ha-qiqatga to`g’ri kelavermaydi, lekin shuni kutish mumkinki, maksimal foyda olish uchun intilgan firmalar hech qachon resurslarni behuda sarflamaydi.
Ko`pgina savollarni ko`rib chiqishda biz firmalar bitta aniq mahsulot turini ishlab chiqaradi, degan farazga amal qilamiz.


Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish