Reja: Kirish Ishlab chiqarish korxonalarini konsentratsiyalash



Download 40,11 Kb.
Sana03.03.2022
Hajmi40,11 Kb.
#480527
Bog'liq
korxonani tashkil qilish


Mavzu: Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish
Reja:
Kirish
1. Ishlab chiqarish korxonalarini konsentratsiyalash.
2. Ishlab chiqarish korxonalarining ixtisoslashuvi va kooperatsiyasi.
3. Sanoat korxonalarini kombinatsiyalashtirishning iqtisodiy asoslari. Korxonalarni kombinatsiyalashuvi
4. Boshqaruv jarayoni mazmuni va maqsadlari
1. Korxonalarni yiriklashuvi - yirik korxonalarda ishlab chiqarishni jamlanishi hisoblanib, u mehnat qurollarini ilmiy texnik taraqqiyoti va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning o’sishi orqali aniqlanadi. Ishlab chiqarishning o’ta yiriklashuvi ham o’z vaqtida kutilgan natijani bermasligi mumkin. Shuning uchun sanoatning har bir tarmog’idagi korxonalar ishlab chiqarish hajmi, xom ashyoni yetkazib kelish va tayyor mahsulotni tashish bo’yicha optimal miqdorni belgilab oladi. Ishlab chiqarishning optimal miqdori deganda, belgilangan muddatda kam xarajat qilgan holda yuqori samaraga erishib shartnoma shartlarini bajarilishi tushuniladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik va o’rta korxonalar nisbatan yuqori suratlar bilan rivojlanadi. Yiriklari esa asosan tabaqalashadi. Kichik va o’rta korxonalar ishlab chiqarishni yangi mahsulotlar bo’yicha qayta ko’rishga, qo’shimcha ish o’rinlari ochishga hamda bandlik masalasini hal etishga yaxshi moslashgan bo’ladi. Korxonalarni yiriklashtirishni quyidagi har xil shakllar orqali rivojlantirish mumkin:
 bir xil tipdagi mahsulotlarni (ixtisoslashgan korxonalar shaklida) ishlab chiqarishnii ko’paytirish orqali;
 har xil tipdagi mahsulotlarni (har xil mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalar shaklida) ishlab chiqarishni ko’paytirish orqali;
 korxonalarni kombinatsiyalash asosida kengaytirishni rivojlantirish orqali (korxona-kombinatlar shaklida);
 ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash asosida kengaytirishni rivojlantirish
 Bu ishlab chiqarishning qiyin shakli bo’lib, buncha korxonaning eng yiriklashgan shakli orqali erishish mumkin.
 Ishlab chiqarish korxonalarini yiriklashga quyidagi yo’llar orqali erishish mumkin:
Iqtisodiy nuqtai nazardan ishlab chiqarishni yiriklashtirishning eng maqsadli yo’li bu korxonaga katta quvvatdagi yangi mashina va uskunalarni jalb qilishdir. Korporatsiya darajasini tahlil qilganda absolyut va nisbiy ko’rsatkichlar tahlil qilinadi. Ishlab chiqarish korxonalarining kengaytirishning alohida o’lchami bilan harakterlanadi, uning darajasi esa quyidagi ko’rsatkichlar orqali aniqlanadi: mahsulot ishlab chiqarish hajmi, o’rtacha yillik asosiy ishlab chiqarish fondlari, ishlovchilarning o’rtacha yillik soni. Bo’lardan eng faoli mahsulot ishlab chiqarish hajmidir. Nisbiy kengaytirish har xil o’lchamdagi korxonalar o’rtasida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining taqsimoti bilan harakterlanadi. Shuning uchun nisbiy kengaytirish darajasi esa shu yildagi ko’rsatkichlar orqali aniqlanadi. Butun bir korxonada qandaydir mahsulot ishlab chiqarish hajmida korxonaning miqdori, bozorda mahsulotlarni sotilishidan korxonaning haqi va hokazolar.
Korxonalarni yiriklashuvini xarakterlovchi ko’rsatkichlar:
 Yirik mahsulot ishlab chiqarish hajmi;
 Хodimlarning o’rtacha yillik soni;
 Asosiy fondlarni o’rtacha yillik qiymati;
 Yillik foydalanilgan elektr energiya miqdori;
 Yirik korxonalarning umumiy mahsulotdagi ulushi; %
 Тarmoqdagi korxonalarning o’rtacha miqdori.

2. Ishlab chiqarish korxonalarining ixtisoslashuvi va kooperatsiyasi.


Korxonalarni ixtisoslashuvi deb, bir turdagi ishlab chiqarishni o’zida mujassamlashtirgan korxonalar yig’indisiga aytiladi. Korxona ixtisoslashuvining uch shakli mavjud: predmet, detal va texnologik. Ishlab chiqarishni tashkil etish va ijtimoiy mehnatning shakli bu ishlab chiqarish korxonasining ixtisoslashuvidir. Sanoatda ixtisoslashuvning quyidagi shakllari mavjud:
Buyumlar bo’yicha ixtisoslash. Buning mohiyati shundaki ishlab chiqarish korxonasi tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashadi ya’ni ayrim korxonalarni texnologik jihatdan bir-biriga o’xshash bo’lgan va cheklangan miqdordagi mahsulot turlarini ishlab chiqarishga moslashtirishdir;
Qismlar (agregatlar) bo’yicha ixtisoslashish-korxonalarni texnologik jihatdan bir-biriga o’xshash bo’lgan cheklangan miqdorda qismlarni ishlab chiqarishdir;
Тexnologik ixtisoslashish-korxonaning ayrim texnologik jarayonlarni bajarishdir. Ayrim hollarda ular alohida korxonalar miqyosida uyg’unlashtiriladi. Korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulot turlarining kengayishi ixtisoslashishning doimo rivojlanishi va mukammallashuvining zarurligini ifodalaydi. Masalan, mashinasozlikda buyumlar bo’yicha ixtisoslashish – ma’lum ishlab chiqarish tarmoqlari yoki ish turlari (paxta terish, yul qurilishi) uchun mashinalar ishlab chiqarishni mujassamlashuvi yunalishida rivojlanmoqda. Bunday ixtisoslashish konstruktorlarga ayrim tarmoqlarda mashinalarning ishlash sharoitlarini chuqurroq o’rganish hamda mukammalroq texnika yaratish imkonini kengaytiradi. Bir korxona miqyosida tugallangan holatda mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etilishi unga doimo xizmat qilib, zarur qismlarni yetkazib beruvchi ixtisoslashgan korxonalarni tashkil etilishini taqazo etadi. Chunki barcha xil mahsulot ishlab chiqarishni bir korxonaga to’plash mumkin emas. Shu tufayli 110 qismlar yoki mahsulotning bo’laklarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy korxonalar tashkil etilgan. Korxonalarning texnologik ixtisoslashuviga mashinasozlik zavodlari uchun tayyor qismlar ishlab chiqaruvchi, quyuvchi va temirchi-presslovchi zavodlar, to’qimachilik fabrikalari uchun ip-yigiruv fabrikalari misol bo’la oladi.
Ixtisoslashgan darajsining asosiy ko’rsatkichlari:
 ixtisoslashgan korxonalarning ishlab chiqargan mahsulotini shu mahsulot turining umumiy hajmidagi salmog’i. Korxonalarning ixtisoslashish darajasining muhim ko’rsatkichlaridan yana biri-bu ishlab chiqaradigan, texnologik jihatdan o’xshash bo’lgan assotimentida buyumlarning gruppalari, turlaridir. Korxona ishlab chiqaradigan mahsulotlarning turlari qancha kam bo’lsa, uning ixtisoslashuv darajasi shuncha yuqori bo’ladi. Korxona tarkibidagi ixtisoslashuvni ta’riflash uchun quyidagi ko’rsatkichlardan foydalanish mumkin;
 Dastgohlarning ilg’or turlarini maxsus, avtomatik va boshqa ushbu korxona yoki sex dastgohlarining umumiy miqdoridagi salmog’i.
 Potok liniyalarida o’rnatilgan dastgohlarning salmog’i. Masalan, potok usulida ishlab chiqarishda band bo’lgan metall qirquvchi dastgohlarning hamma asbobuskunalarga nisbati(%).
 Korxona ishlab chiqaradigan turli mahsulotlarda yoki bir shaklga keltirilgan detallar va qismlarning salmog’i. Korxonalarni ixtisoslashuvini xarakterlovchi ko’rsatkichlar:
 Ixtisoslash korxonalarning yillik mahsulotdiga ulushi;
 Хodimlarning o’rtacha yillik soni;
 Asosiy fondlarni o’rtacha yillik qiymati;
 Ixtisoslashuv darajasi;
 Ixtisoslashuvning yillik samarasi.
Korxonalarning kooperatsiyalashuvi - bu malum bir mahsulotlarni ishlab chiqarishda bir necha korxonalarning hamkorlikda ishtirok etishi. Kooperatsiyalashuv tarmoq-territorial tamoyilda amalga oshiriladi. 111 Kooperativlashtirish korxonalarning qaysi tarmoqqa taaluqliligi nuqtai nazardan tarmoq va tarmoqlararo ishlab chiqarish kooperatsiyasi shakllangan. Sanoatda ixtisoslashishning shakllangan turlariga muvofiq kooperativlashtirishning quyidagi turlari mavjud:
 buyumli (agregatli) kooperativlashish-mashina va asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi bosh korxonada turli (elektradvigatellar, nasoslar, generatorlar va boshqa) buyumlarni yetkazib beruvchi korxonalarning faoliyatlarini ifodalaydi.
 texnologik kooperativlashish-bir korxona ikkinchisiga ma’lum yarimfabrikatlar yoki alohida jarayonlar yirik qurilmalar, bolg’alovchi qismlarni, to’qimachilik korxonalari uchun ip yetkazib berishni bajarishini ifodalaydi. Kooperativlashning bu turlari ishlab chiqarishni ixtisoslashning iqtisodiy afzalliklaridan foydalanishga imkon beradi. Kooperativlashish darajasi turli ko’rsatkichlarda ifodalanadi.
 texnologik kooperativlashtirish bosh korxonada ishlab chiqarilgach yarim tayyor mahsulotlar bilan ta’minlab turish demakdir. Ishlab chiqarish korxonalarini ixtisoslashtirish va kooperativlashtirishning samardorligini aniqlashda quyidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi:
 asosiy fondlar birligiga to’g’ri keluvchi mahsulot miqdori;
 mehnat unumdorligining o’sishi;
 mahsulotning tannarxi;
 mahsulot birligiga sarflanadigan kapital mablag’larning kamayishi;
 aylanma mablag’larni ishlab chiqarishdagi aylanish tezligi;
 mahsulotni iste’molchilarga yetkazish bo’yicha xarajatlarning kamayishi;
 mahsulot sifatining yaxshilanishi;
Ixtisoslashtirish va kooperativlashtirishning samaradorligini umumlashtiruvchi ko’rsatkich – sanoat ishlab chiqarishni ixtisoslashtirishgacha hamda kooperativlashtirishgacha qilingan xarajatlar miqdorini ixtisoslashtirilgandan so’ng kamayishidir. Mahsulot tannarxining kamayishini hisoblashda ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kooperativlashtirishdan oldin 112 hamda keyin materiallarni, yarimfabrikatlarni va tayyor mahsulotlarni tashish, ayniqsa, xarajatlarining o’zgarish miqdoriga e’tibor beriladi.
Korxonalarni kooperatsiyalashuvini xarakterlovchi ko’rsatkichlar:
 Ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxida butlovchi materiallar, yarim fabrikatlar ulushi;
 Ushbu korxona qoshida kooperatsiyalashgan korxonalar soni;
 Тashqariga tayyorlanayotgan mahsulotlar umumiy hajmida yarim fabrikatlar ulushi;
 Kooperatsiyalashuv darajasi

3. Sanoat korxonalarini kombinatsiyalashtirishning iqtisodiy asoslari.


Korxonalarni kombinatsiyalashuvi — mehnat taqsimotining bir shakli hisoblanib, har xil ishlab chiqarishni bir korxona doirasiga birlashuvi, Bir korxonaning tayyor mahsulotidan ikkinchi korxona xomashyo sifatida foydalanadi. Masalan, kombinat tuzilishi kombinatsiyalashuvga misol bo’la oladi. Unda:
 har xil turdagi ishlab chiqarishni birlashuvi;
 ular orasidagi proporsionallik;
 ishlab chiqarish orasidagi texnik-iqtisodiy birlik;
 yagona energiya taminoti;
 xizmat ko’rsatish va yordamchi sohalarning yagonaligi mavjud bo’ladi.
Kombinatsiyalashtirish natijasida xom ashyodan, ishlab chiqarish chiqindilaridan to’liq foydalanish imkoniyati yaratiladiki, bu esa sanoatning xom ashyo manbaini kengaytiradi. Kombinatsiyalashtirish sanoat ishlab chiqarishda jarayonlarni uzluksiz olib borish, ularni qisqartirish, ishlab chiqarishni jadallashtirish va antijada ish kuchini tejash mehnat unumdorligini oshirishga yordam beradi. Bunday ishlab chiqarish sharoitida bir qator qurilish obe’ktlari uchun kapital xarajatlari, mahsulotni va xom ashyoni uzoqqa tashish, umumzavod xarajatlari qisqaradi, mahsulotni ishlab chiqarish hajmi ortadi, tannarxi kamayib, sifati esa ancha yaxshilanadi va iste’molchilar talabi to’laroq qondiriladi. Kombinatlashtirishning ta’rifiga asosan uning quyidagi yo’nalishlari mavjud:
 xom ashyoni tayyor mahsulot olguncha ketma-ket bosqichlarda qayta ishlash;
 ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanishga asoslangan holda mahsulot tayyorlash;
 xom ashyoni yoppasiga qayta ishlash.
Kombinatsiyalashning izohlangan shakllari ko’p hollarda har xil ishlab chiqarishlarning o’zaro aloqadorligiga asoslanadi. Kombinatsiyalashgan korxonalarda texnologik jarayonlar uzluksiz boradi, bir korxonaning mahsuloti ko’pincha boshqa korxona yoki ishlab chiqarish uchun chala mahsulot, yoqilg’i yoki xom ashyo sifatida foydalaniladi. Ishlab chiqarishni zamonaviy talablarga hamda fan-texnika taraqqiyotining yo’nalishini e’tiborga olgan holda tashkil etish uning samardorligin oshirishdagi sezilarli omildir.
Korxonada kombinatsiyalashning rivojlanish darajasini aniqlash uchun quyidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi:
 korxonalarda umumiy ishlab chiqarilgan mahsulot hajmidan ishlab chiqarishni kombinatsiyalash natijasida olingan mahsulot miqdori;
 xom ashyo chiqindilardan ajratilgan foydali komponentlar darajasi va xokazolar. Korxonalarni kombinatsiyalashuvini xarakterlovchi ko’rsatkichlar:
 Kombinatlarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi;
 Хodimlarning o’rtacha yillik soni;
 Asosiy fondlarni o’rtacha yillik qiymati;
 Kombinatlarning o’rtacha yillik soni;
 Хom ashyo tarkibida foydali elementlarning ulushi, %.

4. Boshqaruv jarayoni mazmuni va maqsadlari


Menejment (boshqaruv) butun boshqaruv tizimining uzluksiz amal qilishi jarayonini ifodalaydi. U mehnat jarayonining barcha xususiyatlariga ega. Umuman menejment jarayonini texnologiya (qanday amalga oshiriladi), tashkil etish (kim va qanday tartibda) nuqtai nazaridan tavsiflash mumkin. Boshqaruv jarayoni mazmunining uch jihatini ajratish mumkin: texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy va ijtimoiy.
- Texnikaviy jihatdan bu mahsulot ishlab chiqarish, metall yoki neft ajratib olishni boshqarish;
- ishlab chiqarishda - bu ishlab chiqarishni tashkil etish jarayoni, ya’ni bo’linma, sex, korxonalar o’zaro ta’sirini boshqarish;
- iqtisodiy jihatdan ishlab chiqarish, ish kuchi va butun iqtisodiy munosabatlar tizimiga rahbarlik qilish;
- ijtimoiy jihatdan - bu mehnat jamoasi ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, insonni tarbiyalashdir.
Boshqaruv jarayoni texnologiyasi boshqaruv xodimlari tomonidan bajariladigan operatsiya va amallardan iboratdir.
Shunday qilib, menejment jarayoni rahbar va boshqaruv apparatining qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun kishilarning birgalikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha maqsadli harakat qilishidir.
U tizimning holatini baholash, uni yaxshilash yo’llarini izlash yoki undagi salbiy xislatlarni bartaraf qilish bilan bog’liq ishlarni tavsiflaydi. Muammo bosqichida tizimning hozirgi holatining uni rivojlantirish maqsadiga nisbatan mavjud qarama-qarshiliklarini aniqlash ko’zda tutiladi. Qaror qabul qilish bosqichi rahbarning amalda tashkiliy faoliyatiga o’tishini ifodalab, qaror qabul qilish bilan boshqariladigan tizimga ta’sir o’tkazila boshlanadi.
Boshqaruv operatsiyasini amalga oshirish usullari - axborot-tahlil va tashkiliy faoliyatdir. Axborot-tahlil faoliyat axborot yig’ish, saqlash, tarqatish va qayta ishlash; tahlil, hisob, qarorlar variantlarini ishlashdan iborat; tashkiliy faoliyatga - tushuntirish, ishontirish, rag’batlantirish va vazifalarni taqsimlash usullari, faoliyatni nazorat qilish, majburlash va hokazolar kiradi. Boshqarish uchun faqat nimani qanday qilishni hal etish emas, balki tashkil etish, qiziqtirish, ishontirish, tushuntirish, nazorat qilish ham zarur. Ayni shu operatsiyalar yig’indisidan rahbarning tashkiliy faoliyati tashkil topadi.
Boshqaruv jarayonini tashkil etishda biznes-reja va ta’minot, moliyalashtirish va biznes-reja; narxni belgilash va kredit berish funksiyalarini bog’lashni ta’minlash, boshqaruv tizimi ayrim unsurlarini (maqsad-usul, maqsad va kadrlar, qarorlar va usullar, usullar va tarkib) muvofiqlashtirish, boshqaruv kadrlarini tayyorlash, fan-texnika yutuqlarini joriy etishni ta’minlash zarur.
Korxonalarga erkinlik va mustaqillik berilishi bilan hal qilinishi lozim bo’lgan boshqaruv jarayonini tashkil etish bilan bog’liq muhim muammo rasman bir-biri bilan bog’liq bo’lmagan boshqaruv tashkilotlari o’rtasidagi gorizontal aloqalarni amalga oshirish bo’lib qoldi (masalan, korxona va mahsulot iste’molchilari, xom ashyo bilan ta’minlovchilar va korxona o’rtasida va h). Hamma boshqaruvning uzluksiz ishlash jarayoni menejmentdir. Bu boshqaruv apparatining mehnat jarayonidir. Umumiy holda menejmentni quyidagicha tavsiflash mumkin: texnologiya nuqtan-nazaridan (qanday bajariladi), tashkillashtirish (kim tomonidan va qanday tartibda) va mazmunan (aniq nima qilinadi).
Menejment iqtisodiy nuqtai-nazaridan - bu, avvalo, hamma iqtisodiy muammolarni boshqarish tizimi, insonlarni boshqarish, mehnat jamoalari ijtimoiy talablarini qondirish, insonni tarbiyalash. Menejment jarayoni texnologiyasi esa boshqaruv apparati xodimlarining bajarayotgan amaliy ishlaridir.
Shunday qilib, menejment jarayoni qo’yilgan masalaga erishish uchun boshqaruv apparati rahbari va odamlarning kelishilgan holda hamohang faoliyat ko’rsatishidir.
Muammolar bosqichida tizimni joriy holatidagi asosiy qarama-qarshiliklar, tizim ishini yaxshilash uchun nimalar qilish kerakligi aniqlanadi. Yechim bosqichi rahbarning amaliy ishlarga o’tish faoliyatidir. Qaror qabul qilinishi bilanoq boshqariluvchi tizimlarga aniq ta’sir ko’rsatiladi, alohida oddiy boshqaruvga oid harakatlar bajariladi. Menejment jarayoni uslubi quyidagilar: axborot-analitik va tashkiliy ishlar.
Axborot-analitik ishlar quyidagilardan iborat: axborotlar yig’ish, tahlil etish, axborotni qayta ishlash va uzatish, boshqaruv qarorlari variantlarini ishlab chiqish, boshqaruv qarorlari variantlariga doir axborotlarni saqlash va boshqalar.
Tashkiliy ishlar quyidagilardan iborat: tushintirish, ishontirish, rag’batlantirish, topshiriqlarni taqsimlash, ijroni nazorat qilish, ta’sir etish va boshqalar.
Insonlarni boshqarish nafaqat qarorlar qabul qilish bilan, balki uni bajarilishni nazorat qilishni ham taqozo etadi. Afsuski, ko’p holatlarda hayotimizda menejment jarayoni bajarilishi har taraflama tashkil etilmaydi, uni tashkiliy, mazmunan, texnik tomonlari o’zaro bog’lanmaydi.
Download 40,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish