Reja: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati. Konstitutsiyaning asosiy prinsiplari. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati



Download 70 Kb.
bet1/4
Sana13.07.2022
Hajmi70 Kb.
#791010
  1   2   3   4
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi inson huquq va erkinliklarining kafolati


O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi inson huquq va erkinliklarining kafolati

Reja:

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati.
2. Konstitutsiyaning asosiy prinsiplari.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov Konstitutsiyaning 8 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda shunday degan edi: “Men Konstitutsiyani bolalar bog‘chasidan boshlab o‘rganishni, maktablarda darslik tariqasida o‘qitishni, oliy o‘quv yurtlarida mahsus bir dars sifatida o‘rganishni bugun barcha mutassaddi raxbar va tashkilotlarimizga topshiriq tariqasida aytmoqchiman. Toki unib – o‘sib kelayotgan yosh avlodimiz Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini, u xalqimizning istiqlol yillarida erishgan ulkan tarixiy yutuq ekanini teran anglab yetsin”. Maqsad yagona, o‘sib kelayotgan yosh avlodning huquqiy savodxonligi qancha erta shakllantirilsa, huquqiy madaniyati ham shunchalik yuqori bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
“Konstitutsiya” atamasi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, “o‘rnatish”, “belgilash” degan ma’nolarni anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev Asosiy qonunimizning ahamiyati haqida gapirib, quyidagilarni ta’kidlagan edi: “Xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi va butun hayotini tubdan o‘zgartirgan ushbu muhim siyosiy hujjatni ishlab chiqishda Islom Abdug‘aniyevichning konseptual ahamiyatga ega, teran fikrlari mustahkam zamin bo‘ldi.
Oliy Kengash deputati sifatida men ham Konstitutsiyaviy komissiya tarkibida Bosh qomusimizni yaratish va qabul qilish jarayonida bevosita ishtirok etganimni doimo faxrlanib eslayman. Konstitutsiyamizning qanday qilib hozirgi mazmun va shaklga kelgani, bu murakkab jarayonda kechgan qizg‘in tortishuv va bahs-munozaralar bugungidek yodimda.
Haqiqatan ham, 90-yillardagi o‘ta og‘ir davrda Asosiy qonunimiz loyihasini ishlab chiqishda Islom Abdug‘aniyevichdek keng miqyosda, strategik fikrlaydigan, uzoqni ko‘ra oladigan buyuk siyosiy arbobning bu ishga rahbarlik qilgani hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.
Yosh davlatimiz endigina oyoqqa turib kelayotgan qaltis va nozik bir vaziyatda turli tor manfaatlar, mahalliychilik, separatizm va millatchilik kabi salbiy holatlarga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmasdi.
Asosiy qonunimizda umume’tirof etilgan demokratik prinsiplar bilan birga, xalqimizning bebaho qadriyatlari va boy davlatchilik tajribasini ifodalash muhim edi. Aynan Birinchi Prezidentimizning sa’y-harakatlari bilan Konstitutsiyamizda “Inson va uning qadr-qimmati” degan ulug‘ tushuncha markaziy o‘ringa qo‘yildi. Muhtaram Islom Abdug‘aniyevich Konstitutsiyamizning loyihasi bo‘yicha 1992-yil 8-dekabrda, Oliy Kengashning tarixiy sessiyasida so‘zlagan nutqida quyidagi fikrni alohida ta’kidlagan edilar: “Biz so‘nggi yetmish yil mobaynida davlatga qaramlik va sig‘inish holatida yashadik. Mamlakatning, undagi barcha boyliklarning, mulkning egasi davlat, deb hisoblab keldik. Ana shu masalada ham Konstitutsiyada tub burilish yasalgan. YA’ni, Asosiy qonunimizga “davlat, uning idoralari va mansabdor shaxslari jamiyat va fuqarolar oldida masuldirlar”, degan modda kiritilgan. Endilikda inson, uning hayoti, ozodligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquq hamda erkinliklari muqaddas sanalib, ular davlat tomonidan kafolatlanadi”.
Birinchi Prezidentimizning ana shu fikrlari u kishining davlat, jamiyat va inson hayoti bilan bog‘liq har bir masalaga naqadar teran yondashganidan, shu asosda Konstitutsiyamizda eng murakkab savollarga ham javob topish mumkin ekanidan dalolat beradi. Bir so‘z bilan aytganda, Islom Karimovni haqli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muallifi, deb e’tirof etish uchun barcha asoslarga egamiz.
Mustaqil taraqqiyot yillarida Konstitutsiyamiz yurtimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni qurish, xalqimiz uchun tinch, obod va farovon hayot barpo etish, O‘zbekistonning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.
Asosiy qonunimiz fuqarolik jamiyatining tarkibiy qismi bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlari va siyosiy partiyalarning shakllanishi, ularning erkin faoliyat yuritishi uchun keng imkoniyatlar yaratdi, saylov tizimining asosiy tamoyil va qoidalarini mustahkamladi. Bosh qomusimiz Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va boshqa asosiy xalqaro hujjatlar talablariga to‘la mos holda, inson va fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini kafolatlab berdi. Insonning ma’naviy kamol topishi va har tomonlama uyg‘un rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
O‘tgan davr mobaynida Konstitutsiyamizda muhrlab qo‘yilgan tamoyil va qoidalar negizida yurtimizda milliy qonunchilik tizimi barpo etildi. Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyati yuksalishiga, hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilgan samarali islohotlarga asos bo‘ldi.
Fuqarolarimiz huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularning siyosiy faolligini oshirishda ham Konstitutsiyaning o‘rni va ahamiyati beqiyos ekanini alohida ta’kidlash joiz”.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda davlat rahbari - Prezident Shavkat Mirziyoyev: “To‘la ishonch bilan aytish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. U hech kimga qaram bo‘lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati bo‘lib kelmoqda. Bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish borasida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.
Konstitutsiyamiz asosida mamlakatimizda milliy qonunchilik tizimi, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari shakllandi. Bugungi kunda barcha jabhalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiyiqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyatimiz yuksalib, fuqarolarimizning dunyoqarashi tobora o‘sib bormoqda. Bularning barchasi, eng avvalo, Bosh qomusimizning hayotbaxsh kuch-qudrati natijasidir”,- degan fikrni bildirdi.
O‘zbekiston Prezidentining ushbu ma’ruzasi “Konstitutsiya— erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir” deb nomlangan bo‘lib, ma’ruzada Konstitutsiyaning qabul qilinish tarixi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, mamlakatimizda Konstitutsiya va qonunlar asosida amalga oshirilayotgan islohotlar va istiqboldagi vaziflar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tilgan.
Jumladan, “Yigirma besh yil – tarix uchun bir lahza, xolos. Shu qisqa davrda jonajon O‘zbekistonimiz mustaqil va suveren davlat sifatida shakllanib, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egalladi, tom ma’noda ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi.
Ana shu mashaqqatli va sharafli yo‘lda erishgan barcha yutuqlarimizni, eng avvalo, Konstitutsiyamiz bilan bog‘lashimiz, albatta, bejiz emas. Nega deganda, Asosiy qonunimiz xalqimiz uzoq yillar orzu qilgan milliy mustaqilligimiz va rivojlanish yo‘limiz, inson huquq va erkinliklari kafolatlarini belgilab berdi”, - deyiladi ma’ruzada.
Shuningdek, ma’ruzada Konstitutsiya yaratilishda unutilmas xizmat qilgan inson – Birinchi Prezident Islom Abdug‘aniyevich Karimov tilga olingan.
Ushbu ma’ruzada: “1990 yil iyun oyida tuzilgan Komissiyaning ikki yillik mashaqqatli mehnati natijasida Konstitutsiyaning birinchi, ikkinchi va so‘ngra uchinchi loyihalari ishlab chiqildi. Ushbu Komissiya a’zosi sifatida men ana shu tarixiy jarayonda bevosita ishtirok etganimni doimo faxr bilan eslayman. Konstitutsiyaning yaratilishi bilan bog‘liq qizg‘in bahs-munozaralar, turli g‘oya va fikrlar hali ham xotiramda.
Asosiy qonunimiz ikki marta – 1992 yil sentabr va noyabr oylarida umumxalq muhokamasiga olib chiqildi. Loyihalar muhokamasida keng jamoatchilik, butun xalqimiz faol ishtirok etib, mamlakatimizning taraqqiyot yo‘li, uning kelajagiga daxldor ko‘plab fikr-mulohazalar va takliflar bildirdi.
Umumxalq muhokamasi yakunlariga ko‘ra, Bosh qomusimiz loyihasiga 100 ga yaqin tuzatishlar kiritildi va 1992 yil 8 dekabr kuni Oliy Kengash sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident o‘z ma’ruzasida Konstitutsiyaga amal qilinishining kafili sifatida jamiyatimizda qonun ustuvorligini ta’minlashni, har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini himoya qilishni o‘zining nafaqat vazifasi, eng avvalo, muqaddas burchi, deb hisoblashini ta’kidlagan.

Download 70 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish