Reja: Sivilizatsiya va madaniyat tushunchalari, ularning ma’naviyat bilan aloqadorligi Ma’naviyat va madaniyat munosabatlari. Madaniyat tafsiflari. Elitar madaniyat va ommaviy madaniyat. Tayanch tushuncha va iboralar



Download 35,16 Kb.
bet1/2
Sana10.11.2022
Hajmi35,16 Kb.
#863160
  1   2
Bog'liq
5-mavzu

5-Mavzu: Manaviyat, madaniyat va sivilizatsiya tushunchalari nisbati

Reja:

  1. Sivilizatsiya va madaniyat tushunchalari, ularning ma’naviyat bilan aloqadorligi

  2. Ma’naviyat va madaniyat munosabatlari.

  3. Madaniyat tafsiflari.

  4. Elitar madaniyat va ommaviy madaniyat.

Tayanch tushuncha va iboralar: Sivilizatsiya,madaniyat, elitar madaniyat, ommaviy madaniyat, iste’mol va texnologik madaniyat.
Sivilizatsiya tushunchasi madaniyat tushunchasi bilan chambarchas bog‘liq. Ayrim olimlar, masalan, SHpengler sivilizatsiyani madaniyatning antipodi, deb biladi va «sivilizatsiya madaniyat tanazzuli ifodasi» degan xulosaga keladi.
Sivilizatsiyani madaniyatga qarama-qarshi qo‘yishning asoslari bor. Sivilizatsiya ziddiyatli ijtimoiy jarayonlar tarzida kechgan va bu jarayonlar oqibatida taraqqiyot bilan bir qatorda madaniyatlarning emirilishi, boylik va qashshoqlik kabi ijtimoiy hodisalar yuzaga kelishi kuzatilgan.
Sivilizatsiya muammosiga turlicha qarashlarni inkor etmagan holda, uning madaniyat bilan aloqadorligini alohida ta’kidlash, sivilizatsiya insoniyatning yovvoyilik va varvarlikdan keyingi madaniy taraqqiyot boskichi ekanligini e’tiborga olmoq lozim.
Sivilizatsiya madaniyatlar xilma-xilligi asosida shakllanadi. Madaniyatlarning turli-tumanligi ular orasidagi umumiylikni inkor etmaydi. Madaniyatning insonparvarligi tamoyili ularni bir-biriga yaqinlashtiradi. Ayni vaqtda madaniyatlar o‘zaro bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi va bu ta’sir madaniyatlar taraqqiyotida o‘z ifodasini topadi.
Sivilizatsiya insonning tashqi olami, madaniyat uning ichki olami. Madaniyat inson va jamiyatning boyligi. Sivilizatsiya inson va jamiyat taraqqiyotini ifodalaydi. sivilizatsiya inson va jamiyatning o‘zgartuvchilik faoliyati maxsuli.
1. Sivilizatsiya jamiyatni ijtimoiy tashkil etish usuli hisoblanadi.
2. Sivilizatsiya avval boshdanoq progressiv taraqqiyot sifatida yuzaga kelgan. Bu taraqqiyot ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan bog‘liq tarzda kechgan. Agar varvarlik davrida eng qadimgi odamlar uyushuvi tabiiy asosga tayangan bo‘lsa, sivilizatsiya odamlarning ijtimoiy jihatdan uyushuvini keltirib chiqaradi.
3. Sivilizatsiya ijtimoiy boyliklarni ishlab chiqarish va tobora ko‘paytirib borishdan iborat murakkab ijtimoiy jarayon.
Sivilizatsiya ortiqcha mahsulotning ijtimoiy boylikning vujudga kelishi bilan bogliq ravishda amalga oshdi. Aynan ortiqcha mahsulot, boylikning paydo bo‘lishi oqibatida mehnat taqsimoti chuqurlashdi, aqliy mehnat jismoniy mehnatdan ajralib chiqdi, ilmiy bilimlar shakllandi, fan, falsafa, san’at vujudga keldi. Ijtimoiy boylik deganda moddiy ne’matlar ko‘rinishdagi boylik bilan bir qatorda ma’naviy qadriyatlarni ham hisobga olmoq lozim. moddiy boyliklarning tobora ko‘payib borishi bo‘sh vaqt boyligining shakllanishiga olib keldi. Bo‘sh vaqt jamiyat va inson taraqqiyotining muhim omili bo‘lib hisoblanadi. Jamiyat taraqqiyoti, boyliklarning tobora ko‘payib borishi madaniyatli ijtimoiy munosabatlarning qaror topishi uchun imkoniyat yaratdi. Jamiyat boyligini ishlab chiqarish kishilar orasidagi munosabatlar taraqqiyotiga olib keldi.
4. Jamiyatning tarkibida jiddiy o‘zgarishlar kuzatila boshlandi. Jamiyatning ijtimoiy tarkibida xilma-xil sinflar, ijtimoiy guruhlar, tabaqalar shakllandi.
5. Sivilizatsiyaning eng muhim belgisi jamiyat hayotini tashkil etish va boshqarish bilan bog‘liq. Boshqaruvning jamoa usulidan farqlanuvchi maxsus boshqaruv – davlat xokimiyati shakllandi.
6. Sivilizatsiya jamiyatning asosi, subatomi hisoblangan oila va oilaviy munosabatlarning takomillashuviga olib keldi.
7. Sivilizatsiya ma’naviy madaniyat takomili bilan bevosita bog‘liq. YOzuvning kashf qilinishi ajdodlar bilimlari va tajribalarini avlodlarga meros sifatida qoldirish imkoniyat berdi. YOzuv sivilizatsiyaning muhim omili bo‘lib hisoblanadi.
Sivilizatsiya umumbashariy ahamiyatga molik murakkab ijtimoiy hodisa va bu hodisa jamiyatlar taraqqiyotida namoyon bo‘ladi.
Hozirgi zamon sivilizatsiyasi jamiyatlar taraqqiyotida yangi sifat bosqichi mavjudligi bilan harakterlanadi. Hozirgi zamon sivilizatsiyasi uzida jahon miqyosida kechayotgan globallashuv jarayonlari, yangi axborotlashgan jamiyatning shakllanishi bilan bevosita bog‘liq.
Ma'naviyat va madaniyat munosabatlarini ko‘rib chiqish uchun avvalo madaniyat nima degan savolga javob berish zarur. Madaniyat tushunchasi eng murakkab, chalkash, oxirigacha barchaga ma'qul ta'rifi topilmagan tushunchadir. Ushbu tushunchaga olimlar har xil ma'no yuklatib kelgan va hozirgacha uni har xil talqin qilish davom etmoqda. Masalan, arxeologiyada “madaniyat” ibtidoiy odamlar manzili qoldiqlarini, unda topilgan barcha narsalarni – suyakdan yasalgan ignalar, tosh pichoqlar, qirg‘ich toshlar, o‘q uchlari, mehnat qurollaridan tortib, maishiy chiqindilargacha, o‘sha manzil odamlarining turmushi, ovlagan hayvonlari-yu, yeydigan o‘t-o‘lanlarigacha ma'lumot beradigan barcha topilmalar – madaniyat deyiladi. Ashel madaniyati, muster madaniyati kabi iboralar (shu nom bilan ataladigan joylarda birinchi topilgan va keyin boshqa joylarda aniqlangan) ibtidoiy odamlar manzili qoldiqlarini anglatadi. Madaniyatli inson deganda, odatda, biz odob-axloqli, ozoda kiyingan, o‘zini boshqalar orasida yaxshi tutadigan, xushmuomalali, hushfe'l kishini nazarda tutamiz.
Madaniyat so‘zini juda ko‘p iboralarda qo‘llaymiz: nutq madaniyati, muloqot madaniyati, kiyinish madaniyati, ovqatlanish madaniyati, dam olish madaniyati, mehmon kutish madaniyati, ishlab chiqarish madaniyati, texnologik madaniyat. Xullas, inson faoliyatining, odamlar munosabatining biror yo‘nalishi yoki shakli yo‘q-ki, madaniyatga taalluqli bo‘lmasa. Atamaning yevropacha ma'nodoshi lotincha “kultura” – yerga ishlov berishni, ekinni parvarishlashni hamda qishloq xo‘jaligi ekinining o‘zini anglatadi. Masalan, rus tilida ozuqa o‘simliklari – “kormovыe kulturы”, moy olinadigan o‘simliklar – “maslichnыe kulturы”, dukkakli o‘simliklar – “bobovыe kulturы”, don o‘simliklari – “zernovы kulturы” deyiladi. Keyinchalik inson faoliyati bilan yaratilgan, tabiatda uchramaydigan har qanday moddiy va ma'naviy mahsulotlar madaniyat deb atala boshlagan. Bizda, o‘zbeklarda, madaniyat tushunchasi shahar tushunchasi bilan bog‘liq.
Madaniyatga ilk ta'riflardan biri G.V. Plexanovga tegishli. G. Plexanovning bergan ta'rifida madaniyat inson va jamiyat yaratgan moddiy va ma'naviy boyliklar (qadriyatlar) yig‘indisi ekanligi ta'kidlanadi. Shunday qilib, u fanga moddiy va ma'naviy madaniyat tushunchalarini kiritadi. Madaniyatni ikkiga – moddiy va ma'naviyga ajratish bugun ham fanda keng tarqalgan. Ammo G. Plexanov ta'rifida madaniyat faqat qo‘lga kiritilgan yutuqlar, bilimlar, asarlar, mehnat qurollari, mashina va uskunalar, inshootlar va h.k.lar to‘plami bo‘lib qolayapti. Jonli jarayon, odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar, moddiy va ma'naviy qadriyatlarni yaratish, insonning kamol topishi va umuman jamiyatning ma'naviy-madaniy rivojlanishi va shu kabilar chetda qolib ketyapti. Axir odamlarning o‘zaro muloqoti, bir-birini qo‘llab-quvvatlashi, mehr-oqibati, umuman faoliyati yoki ta'lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish texnologiyalari, ilmiy va badiiy tadqiqotlar jarayonning o‘zi, OAV, inson huquqlarini ta'minlash, muhofaza qilish va h.k.-h.klar ham madaniyatdir.
Madaniyatning ba'zi ta'riflarida tabiiy-biologik faoliyatdan tashqarida kechadigan ijtimoiy faoliyat va uning mahsulotlari ekanligiga urg‘u beriladi. Tabiat emas, inson va jamiyat yaratgan har qanday narsa – ishlab chiqarish qurollari, vositalari, zavodlar, fabrikalar, davlat tuzilmasi, iqtisodiyot, ilm-fan, axloq, din va diniy idoralar, jamoat tashkilotlari va h.k. va h.k. – hammasi madaniyat. Chunki ularning asosida inson faoliyati, yaratuvchiligi yotibdi. Ammo bunday yondashuvda madaniyat jamiyatga teng va jamiyat bilan bir narsani anglatuvchi tushunchaga aylanib qoladi. Ba'zi olimlar moddiy madaniyatni sivilizatsiya tushunchasi tarkibiga kiritib, madaniyat deganda faqat ma'naviy madaniyatni nazarda tutishini tavsiya etadilar.Xullas, madaniyat atamasi juda murakkab va ziddiyatli tushunchadir. Olimlar bir narsada yakdil fikr bildiradilar: madaniyat bevosita inson faoliyati va intilishlari bilan bog‘liq hodisadir. Shu sababdan K.Marks o‘z vaqtida madaniyat inson zotining belgisidir, degan edi. Chunki tabiatda, hayvonot olamida ongli faoliyat va uning mahsulotlari yo‘q. Hayvonlarning qaysi turini, qaysi zotini olmaylik u tabiat mahsulotini qayta ishlab, yangi buyum, mahsulot, biror g‘oya yoki ta'limot yaratmaydi. Ushbu ma'noda madaniyatni inson zotining belgisi deyish haqiqatan o‘rinlidir. Madaniyat inson bilan birga o‘sdi, takomillashdi. Aytish mumkinki, inson madaniylashish jarayonida o‘z insoniy tabiatini mustahkamladi, haqiqiy insonga aylanib bordi. Va, aksincha, insonning insoniy tabiati mustahkamlanib, rivojlanish jarayonida u madaniyatning yangi-yangi sohalarini, shakllarini kashf etdi va rivojlantirdi. Madaniyat qay darajada inson mahsuli bo‘lsa, inson ham shu darajada madaniyat mahsulidir. Kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyot bosqichlariga va davrlariga mos ravishda biz madaniyatni tasniflashimiz mumkin: ibtidoiy jamiyat madaniyati, qadimgi dunyo (Misr, Bobil, Xitoy, Hindiston, Eron) madaniyati, antik davr (Qadimgi Yunoniston, Rim, Karfagen, Finikiya), o‘rta asrlar, islom uyg‘onishi, yevropa uyg‘onish va ma'rifatparvarlik madaniyatlari va h.k. Ijtimoiy-iqtisodiy tuzum xususiyatlaridan kelib chiqib, madaniyatni yana ibtidoiy jamiyat, quldorlik, feodalizm, kapitalizm, sotsializm jamiyatlari madaniyatlariga bo‘lish mumkin. Texnologiyalar qo‘llanishiga muvofiq madaniyatni ibtidoiy, agrar jamiyat, industrial jamiyat, postindustrial jamiyat madaniyatlariga ajratsa bo‘ladi.
Aholi o‘rtasida tarqalishga, mahorat saviyasiga ko‘ra madaniyatni xos (xavos) va avom (omma) madaniyatlarga ajratish qabul qilingan. Chunki jamiyatda ijtimoiy tabaqalashuv yuz berishi natijasida o‘ziga to‘q yuqori tabaqalar turmushi, yashash sharoiti, savodxonligi, adabiyot va san'atdan, ta'lim va ilm-fandan xabardorligi bilan savodsiz oddiy avom xalq, qora mehnat bilan mashg‘ul tabaqalardan ajralib turgan. Xos va avom madaniyatlarning g‘arbliklar elita (elitar) va omma (ommaviy) madaniyat deb ataydi. Bular haqda keyingi mavzuda batafsil to‘xtalamiz. Madaniyatning mavjudlik va namoyon bo‘lish shakllari rang-barangdir. Madaniyatning voqye bo‘lish mezonidan kelib chiqib, uning tizimida biz alohida shaxs madaniyatini, ma'lum manfaatlar va qiziqishlar tufayli birlashgan jamoa madaniyatini (korporativ madaniyatni), alohida sinflar, tabaqalar va ijtimoiy guruhlar, madaniyatini, ular orasida masalan, yoshlar, xotin-qizlar va sh.k. madaniyatini (submadaniyat), kasb madaniyatini (professional madaniyat), millat madaniyatini, jamiyat madaniyatini ajratamiz.
Madaniyatning barcha voqyelik shakllari, albatta, bir biri bilan yaqindan, uzviy bog‘langan. Lekin har qaysi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Sotsiumning nisbatan kichik birliklari o‘zidan yuqoriroq birlik madaniyatining teranligini, mazmunan va shaklan mavjud barcha boyliklarini aks ettira olmaydi. Ijtimoiy guruh yoki bir kasbga mansub kishilar korporativ madaniyati milliy madaniyatining barcha qirralari, teranliklarini qamray olmaydi. Alohida shaxs madaniyati na o‘zi mansub ijtimoiy guruh yoki jamoa madaniyatini, na milliy madaniyatning barcha boyliklarini, qirralarini to‘liq aks o‘zlashtirolmaydi. Chunki alohida shaxs milliy san'at, adabiyot, ilm-fan va boshqa yutuqlarning hammasini, shuningdek o‘z kasbining barcha sir-asrorlarini, mahorati va tajribasini to‘liq egallay olmaydi. Jamoaning manfaatlari, qiziqishlari va imkoniyatlari, ularni yuzaga chiqarish, amalga oshirish usullari ham bir kishi tomonidan egallanishi amri mahol. Lekin sotsiumning kichik birliklari madaniyati katta birliklar va milliy madaniyatga nisbatan o‘zining konkretligi, aniq detallarga boyligi, takrorlanmasligi, individual belgilari bilan ajralib turadi. Yuqoriroq tashkillashgan sotsium madaniyati uning tarkibiga kiruvchi sotsiumlar madaniyatining mexanik yig‘indisi emas. Masalan, jamoa madaniyati uning a'zolari madaniyatining oddiy yig‘indisi emas. Chunki jamoaning o‘z korporativ manfaati, uni yuzaga chiqaradigan va himoya qiladigan faoliyat yo‘nalishi, ichki qaror topgan munosabatlari, an'analari bor. Ular jamoa madaniyatida o‘z aksini topadi. Milliy madaniyat mamlakatning turli mintaqalari, viloyatlari madaniyati yig‘indisigina emas, balki umumiy manfaatlarni, umummilliy maqsadlarni ifodalovchi g‘oyalar, qadriyatlar va ularni yuzaga chiqaruvchi vositalar, umummilliy faoliyatni ham o‘z ichiga oladi. Madaniyatning har bir bosqichi o‘zidan avvalgi bosqichlardan sifat jihatdan farq qiladi.
Shaxs madaniyati boshqa sotsiumlar madaniyatidan ancha ilg‘or bo‘lishi, ilgarilab ketishi, yoki ancha – muncha ortda qolib ketishi mumkin. Ayrim shaxslar, guruhlar madaniyati mazmuni va maqsadiga ko‘ra radikal, keskin o‘zgarishlar tarafdori. Ayrim shaxslar, guruhlar madaniyati, aksincha, ancha konservativ, yangiliklarni unchalik xushlamaydigan bo‘ladi.
Aslida madaniyat uchun radikallik ham, konservativlik ham samarali emas. Birinchisi o‘tmish madaniyatini ko‘proq inkor qilishga, nigilizmga, barcha narsalarni tezroq yangilab tashlashga moyil, ikkinchisi esa turg‘unlikka, dogmatizmga, umrini o‘tab bo‘lgan urf-odatlar, qoloq badiiy, ilmiy usullarni saqlab qolishga intiladi. Madaniyat rivojlanishida tarixiy vorisiylik ta'minlanishi kerak. Bunga mo‘tadillik asosida zamonaviylik va tarixiylikni, yangiliklar va an'analarni uyg‘unlashtirish orqali erishiladi. Madaniyat tushunchasi to‘g‘risida umumiy tasavvurlarga ega bo‘lganidan keyin, endi madaniyat va ma'naviyat dialektikasiga – o‘zaro birligi, qarama-qarshiligi, bir-birini taqazo etishi, bir biriga aylanishi masalasiga qaytamiz. Agar madaniyat inson zotining sifat belgisi (shakli) bo‘lsa, ma'naviyat insonning o‘z-o‘zini yaratish va o‘zgartirish faoliyatining mazmunidir. Bas, shunday ekan, madaniyat va ma'naviyat bir butunlikni tashkil etadi: madaniyat – voqyelik, ma'naviyat mohiyat bo‘ladi. Ma'naviyat madaniyatda «moddiylashadi», mujassamlanadi, to‘planadi va avloddan-avlodga uzatiladi. Ma'naviyatsiz madaniyat, madaniyatsiz ma'naviyat yo‘q. Ular bir birini taqozo etadi. Insondagi insoniylikni madaniy hodisalarni mexanik iste'mol qilish emas, balki, eng avvalo, madaniyat mazmunida aks etgan ma'naviyat shakllantiradi. Turmushda o‘qimishli, keng bilimli, jamiyatda rasm-rusum bo‘lgan talablarni yaxshi o‘zlashtirgan, ammo tamagir, vijdonsiz, xudbin – ma'naviy qashshoq kishilar kam uchramaydi. Demak, ma'naviyat shunchaki tashqi «madaniylik» darajasi emas, balki madaniyatning insonning ichki e'tiqodiga, dunyoqarashiga, ichki ehtiyojiga, ijobiy fazilatlariga aylangan, o‘zlashtirilgan asl mazmunidir. Masalaga bunday yondashsak, ma'naviyat madaniyatning g‘oyaviy, mohiyatli mazmuni, madaniyat ma'naviyatning ichki tashkillashgan va tashqi mushtaraklashgan universal shaklidir. Zero, ezgulik, insonparvarlik, adolat, axloqiylik, go‘zallik kabi tushunchalar madaniyatning asl, umuminsoniy (mohiyatli) mazmunini tashkil qiladi. O‘z navbatida bu g‘oyalarning madaniyatda ifodalanishi ma'naviyatni muayyan ko‘rinishda voqye qiladi, yuzaga chiqaradi, “predmetlashtiradi”.Shu bilan birga madaniyat hodisalarida insonning ongi, amaliyoti, intilishlari, irodasi birlashadi, mushtaraklik kasb etadi, sintezlashadi. Bundan tashqari, alohida olingan bir san'at asarida jamiyatning axloqiy, estetik, ilmiy, diniy, falsafiy, siyosiy qarashlari, badiiy tajribasi aks etishi mumkin. Ushbu ma'noda madaniyat ma'naviyatning nafaqat voqyelik shaklini, shuningdek nisbatan mustaqil faoliyat ko‘rsatuvchi funksional shaklini ham tashkil etadi. Haqiqatan, fan, adabiyot, san'at, axloq, huquq ijtimoiy ong shakllarigina bo‘lib qolmasdan, ular ayni paytda ijtimoiy faoliyat turlaridir. Ya'ni ma'naviyatning muayyan aniq ijtimoiy vazifani bajaruvchi nisbatan alohidalashgan shakllaridir. Bu madaniyatning manaviyatga aylanishiga ham misoldir. Masalan, A. Oripovning «Jannatga yo‘l» dramatik dostonini olaylik. Unda bir qator axloqiy, falsafiy muammolar ko‘tarilganini, umuminsoniy g‘oyalar: yashashdan maqsad nima, do‘stlik va unga sodiqlikning hatto ota-ona mehridan ustunligi, savob va gunoh tushunchalarining yangi talqini (iste'dod insonga yuklatilgan burch, shunchaki ilohiy marhamat emas, undan xalq manfaati uchun samarali foydalanmaslik Olloh oldidagi gunoh va h.k.) olg‘a surilganini ko‘ramiz.«Jannatga yo‘l»da bevosita ijtimoiy amaliyot, turmush tarzi, diniy tasavvurlar, jamiyatda mavjud illatlar ham qalamga olingan. O‘z-o‘zidan ma'lumki, asar o‘zbek adabiyotining ma'lum tajribasini umumlashtiradi va imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Badiiy asar sifatida u biz uchun ijtimoiy amaliyotning mustaqil nafosat durdonasi, qadriyatidir, ma'naviyatimizning bir bo‘lagidir va har tomonlama estetik jihatdan tahlil qilinishi, baholanishi mumkin, chunki u adabiy asar sifatida mustaqil faoliyat ko‘rsatadi. Asar bizning go‘zallikka, so‘z san'atiga, badiiylikka bo‘lgan talablarimizni – estetik ehtiyojimizni qondiradi. Bu uning birinchi ijtimoiy vazifasidir. Asar bizning tuyg‘ularimizni, hissiyotimizni tarbiyalaydi, axloqiy va estetik jihatdan ongimizni, tafakkurimizni takomillashtiradi. Boshqacha aytganda, tarbiyaviy vazifani bajaradi. Bu uning ikkinchi ijtimoiy vazifasidir. Va, nihoyat, uning uchinchi ijtimoiy vazifasi – bu bilim berishidir. Biz kishilar o‘rtasidagi munosabatlar, insonning ichki kechinmalari, ezgulik va yovuzlik, mardlik va xudbinlik, inson xarakterlari, fe'l-atvorlari to‘g‘risida muayyan bilimga ega bo‘lamiz, ya'ni asar voqyelikni badiiy bilish vazifasini bajaradi.Shunday qilib, san'at asarida (fanda ham, urf-odatlarda ham), umuman madaniyatda ma'naviyat o‘zining, bir tomondan, sintezlashgan tashkiliy shaklini topadi, ikkinchi tomondan, san'at (fan, urf-odatlar va sh.k.) ma'naviyatning tarkibiy qismi, nisbatan mustaqil funksional (vazifa bajaruvchi) shakli sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Ma'naviyat madaniyat mazmunida umuminsoniy qadriyatlarni xalqning tarixiy tajribasi bilan o‘zaro uyg‘unlashtirib hozirgi zamon taraqqiyoti zaruriyatini anglash (to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri) darajasidan kelib chiqib talqin qilinishi va zohir bo‘lishidir. Madaniyat ma'naviyatning ro‘yobga chiqishi, tashkiliy shakli hamda amaliyotga aylanishidir (funksional shakli). Madaniyatda – moddiy buyumlarda, mehnat qurollari, mashina va mexanizmlarda, ishlab chiqarish texnologiyalarida hamda ma'naviy mahsulotlarda – ilm-fan yutuqlarida, san'at va adabiyot asarlarida, odamlarning o‘zaro aloqalari va munosabatlarida – ma'naviyat predmetlashadi, ob'ektivlashadi. Yozuvchining miyasidagi g‘oya adabiy asarga aylanadi, ya'ni predmetlashadi, ob'ektiv madaniy mahsulotga aylanadi. Endi uni o‘qib - o‘rganish, undan zavq-shavq olish mumkin. Konstruktor miyasidagi g‘oya mashina, mexanizm yoki boshqa bir qurilma sifatida predmetlashadi. Shu sababdan madaniyat ma'naviyatning tizimli predmetlashtirish, jamiyatga, insonga xizmat qildirish vositasidir.Ma'naviyat, kelib chiqishiga, avloddan-avlodga o‘tishiga va ijtimoiy hodisa sifatidagi roliga ko‘ra, individual hodisa emas, alohida shaxs ongi va faoliyatining mahsuli emas. U ijtimoiy hodisadir. Alohida shaxs ongida ma'naviyat u yoki bu darajada aks etadi, alohida shaxs, ayniqsa u daho ijodkor bo‘lsa, uning rivojlanishiga katta hissa qo‘shishi mumkin. Alohida shaxsning (hattoki yirik ijtimoiy guruhning) individual tajribasi jamiyat ma'naviyatini bekor ham qilolmaydi, tubdan o‘zgartira ham olmaydi, faqat bunga turtki bo‘lishi mumkin. Ma'naviyat o‘zgarishi uchun xalqning katta qismi bunga moyil bo‘lishi lozim. Bu esa xalqning turmush tarzida, siyosiy tuzumida, ijtimoiy ahvolida keskin yoki sezilarli o‘zgarishlar bilangina bog‘liqdir. Boshqacha aytganda, ma'naviyatning o‘zgarishi umummilliy tajriba orqali amalga oshadi. Lekin ma'naviyat rivojlanishiga, yangi g‘oyalar bilan boyishiga daho shaxslar, yuqorida aytilganidek, katta hissa qo‘shadilar. Ularning ilmiy va badiiy kashfiyotlari, asarlari butun insoniyatning mulkiga aylanadi. Antik davr olimi Evklid geometriyasi, buyuk ajdodimiz o‘rta asrlik al-Xorazmiy algebrasi, XVIII asr dahosi Isaak Nyuton klassik mexanikasi, XX asr dahosi Eynshteynning nisbiylik nazariyasi butun insoniyatning ma'naviy-madaniy boyligidir. Xuddi shunday, Homerning “Iliada” va “Odessiya”si, Firdavsiyning “Shohnomasi”, Nizomiyning “Hamsa” si, Navoiyning dostonlari va g‘azallari, Shekspir tragediyalari, Balzak, Tolstoy, Dostoevskiy romanlari, Lenardo da Vinchi, Mikelandjelo, Rafael, Dyurer, Rembrand, Roden va boshqa daholar kartinalari, skulpturalari (haykallari) o‘z xalqining badiiy ongini boyitish qatorida umuminsoniy ma'naviy qadriyatlarga aylandi. Zamonlar o‘tishi bilan ularning yangi qirralari, mazmuni ochiladi. Alisher Navoiy ijodining milliy ma'naviyatni rivojlantirishdagi ahamiyatini to‘liq ochib berish qiyin. Har bir avlod, har bir davr Navoiy ijodining yangi qirralarini, ularda ifodalangan g‘oyalarni kashf etaveradi. Madaniyat ma'naviyatning o‘ziga xos voqyeligi sifatida uning ontologik va rivojlanish xususiyatlarini aks ettiradi. Madaniyat uchun ma'naviyat kabi umumiylik, xususiylik, yagonalik xos. Milliy madaniyatni, umumiylik deb hisoblasak, sinflar, tabaqalar, ijtimoiy guruhlar madaniyati xususiylik, shaxs madaniyati yagonalik bo‘ladi. O‘z navbatida milliy madaniyat umuminsoniy madaniyatga nisbatan xususiylikdir. Korporativ (muayyan jamoa, kasb) madaniyati va submadaniyatlar ham xususiylikka misoldir. Madaniyat rivojlanishi vorisiylik, tarixiylik va zamonaviylik asosida kechadi. Masalan, Alisher Navoiyning badiiy obrazlari, usuli, g‘oyalari, mahorat bobidagi kashf etgan yangiliklari, ijtimoiy va estetik ideallari bugungacha o‘zbek adabiyotiga ta'sir ko‘rsatib kelmoqda, bundan keyin ham shunday bo‘lib keladi. O‘zbek shoirlari va yozuvchilari Navoiyning gumanistik va poetik an'analarini davom ettirdilar. Navoiy ijodi ular uchun ulkan badiiy mahorat maktabi vazifasini o‘tadi, ilhom manbaiga aylandi. Ular o‘zlarini Navoiyning vorislari va davomchilari deb hisoblaydilar. Ayni paytda vorislar oddiy taqlidchilik qilmasliklari kerak. An'anani davom ettirish uni shaklan va mazmunan to‘liq takrorlashni bildirmaydi. Har bir avlod ajdodlardan o‘rgangan holda, ularning buyuk insonparvarlik va vatanparvarlik, ezgulik va go‘zallik g‘oyalariga sodiqlik, xolis va mohirona xizmat qilish an'analarini o‘z davri, zamonasining dolzarb muammolarini yoritish, zamonaviy yangi usullar bilan boyitish orqali davom ettiradi. Mumtoz adabiyotni, she'riyatni zamonaviy adabiyot va she'riyat bilan qiyoslasak bu yaqqol ko‘rinadi. Cho‘lpon davri uchun milliy ozodlik, istiqlol buyuk orzu va oliy maqsad edi. Shu sababdan u o‘z she'riyatini, hayotini milliy ozodlik kurashiga bag‘ishladi. U Navoiy g‘oyalarini, badiiy an'analarini o‘z davri talablari tarixiy zaruratidan kelib chiqib davom ettirdi. Alisher Navoiy turkiy tilning adabiyotdagi imkoniyatlari fors tilidan kam emasligini ko‘rsatish uchun aruzning turli vaznlarida ijod qilgan bo‘lsa, Cho‘lpon xalq ommasiga she'riyati yanada yaqinroq, g‘oyalari xalqqa tushinarliroq bo‘lishi uchun ko‘proq barmoq vaznida ijod qildi.Kishilik jamiyatida adolat g‘oyasi hamisha dolzarbdir. Navoiy ijtimoiy adolat g‘oyasini turli tabaqalar, kasb egalari, davlat boshqaruvi (podshohlar, vazirlar, beklar, qozilar faoliyati va h.k.), odamlar xulq-atvori, ishlari va niyatlari, imon-e'tiqodi, o‘zaro munosabatlari misolida har tomonlama badiiy va falsafiy tahlil qiladi. Adolatli podshoh g‘oyasini ilgari suradi. Bu, bir tomondan, islom ijtimoiy fikrining an'analaridan biri edi. Ikkinchi tomondan, temuriylarning markazlashgan davlatini saqlab qolish, toj-taxt talashlarning, ayirmachilik kayfiyatining odini olishga harakat edi. Navoiy an'aviy “adolatli podshoh” g‘oyasini o‘z zamonasining konkret-tarixiy talablari bilan bog‘lagan edi. Cho‘lpon yashagan davrda “adolatli podshoh” g‘oyasi o‘z umrini yashab bo‘lgan edi. Cho‘lpon ijtimoiy adolatga inson va millat erkinligi g‘oyasi sifatida qaraydi. O‘tmishdan kelayotgan tarixiy an'ana (adolat g‘oyasi) zamonaviy, yangicha talqin qilinishi zarur edi. Cho‘lpon shu yo‘ldan bordi. Shunday qilib, madaniyat rivojlanishida tarixiylik va zamonaviylik, an'anaviylik va novatorlik (yangilik kashf etish) mushtarakdir.
Industrial jamiyat bozor va kapitalistik munosabatlar rivojlanishi jarayonida o‘rta asrlar jamiyatiga xos tuzilmalar, hunarmand-kosiblarning kasbiy guruhlari, korporativ tashkilotlari va shu kabilarni yakson etdi. Yuqori tabaqalar (dvoryanlar, ruhoniylar) imtiyozlari bekor qilindi. Hamma qonun oldida tenglashtirildi. Shaxsning obro‘-e'tibori, martabasi ijtimoiy kelib chiqishiga, ajdodlari mavqyeiga qarab emas, balki aql-zakovatiga ishbilarmonligi va kuch-g‘ayratiga qarab belgilanadigan bo‘ldi. Zavod va fabrikalarda bir biridan ajratilgan, har qaysi alohida yollangan individlar ommasi mehnat qila boshladi. Shahar aholisi biror kasbga ixtisoslashgan mahallalarda emas, ko‘p qavatli uylardan iborat kvartallarida aralash yashay boshladi. Ilgari kasbiy jihatdan birlashgan mahallalar va jamoalar, yoki imtiyozli yuqori tabaqalar endi turli fuqarolar aralash yashaydigan kvartallar va qonun oldida tenghuquqli individlar ommasi bilan almashdi. Avvalgi hunarmand ustaxonasi uning oilasiga tegishli edi. Ustaxonada u otasi va aka-ukalari bilan ishlagan. Otasining bir ikki shogirdi ham bo‘lgandir. Lekin ular ko‘pincha o‘zlarining qarindoshlari yoki qo‘ni-qo‘shnilarining bolalaridan tanlangan. Ustaxonadagilar bir tan bir jon bo‘lib, bir yagona jamoaga aylanib ahil mehnat qilgan. Har bir ustaning, ustaxonaning takrorlanmas usuli, mahorati uning mahsulotlarini boshqalarnikidan ajratib turgan. Ishlab chiqiladigan mahsulot individual qiyofaga ega bo‘lgan. Zavod va fabrikalardagi mahsulot bir ustaning, unga tegishli shogirdlarning mahsuloti emas. Hammasi o‘xshash, takrorlanmas individual qiyofasini yo‘qotgan. Mahsulotning individual qiyofasi yo‘qolishi uni ommaviy mahsulotga aylantiradi. Ularni ishlab chiqaruvchilar ham individual qiyofasini va jamoaviylik tuyg‘usini yo‘qota boshlaydi. Haqiqatdan endi ishlab chiqaruvchi jamiyatda mijozlari, kasbdoshlari orasida tan olingan, hurmat-izzatga sazovor qo‘li gul usta emas, balki hamma qatori yollanma ishchi. Agar u o‘zini o‘ylamasa, mehnat bozorida o‘zi kabi ishchilar bilan raqobat qilolmasa, yashab qolishi qiyin. Jamiyatning va odamlarning ommaviylashuvi, odamlarning o‘zaro begonalashuvi tufayli jamoaviylikning individualizm bilan almashishi boshlandi. Ushbu holat tanqidi E.Byork, J. de Mestr, L.T.A. Bonald asarlarida XIX asrning birinchi yarmidayoq o‘z aksini topdi. Ularning asarlarida ommaviy jamiyat konsepsiyasining ilk namunalarini uchratamiz. Ommaviy jamiyat xuddi o‘ziga o‘xshagan bir xil andozali, bir xil qiyofali ommaviy insonga va ommaviy madaniy mahsulotlarga, bir qolipli turmush tarziga ehtiyoj tug‘dirdi. Yana bir bor diqqatni jalb qilamiz: ilgari har bir usta yasagan buyum takrorlanmas bo‘lib, ustaning mahoratini, didini, dunyoqarashini o‘zida aks ettirar edi. Endi esa fabrikada ishlab chiqilgan buyumlar bir biridan farq qilmaydi. Moddiy madaniyatda, moddiy iste'molda boshlangan ommaviylik ma'naviy madaniyatga tezda kirib keldi. Fanda ommaviy madaniyat ommaviy jamiyatning ichki xususiy belgisidir (immanentidir), degan qarash qaror topdi. F. Nitsshe O.Shpengler, Ortega-i-Gasset, Adorno, Berdyaev kabi faylasuflar o‘z davri madaniyatini ommaviy jamiyat konsepsiyasi bilan bog‘ladi. Ularning xulosasi tushkun edi – yuksak madaniyat omma va olomon bilan to‘qnashuvda vayron bo‘ladi!Ta'kidlash joizki, kapitalizm bilan birga ommaviy jamiyat nazariyasi rivojlandi. Postindustrial jamiyatda u endi ijobiy, demokratik nuqtai nazardan talqin qilina boshladi (D.Martindeyl, D.Bell, E.Shills). Nazariya “xalq kapitalizmi”, “umumiy farovonlik davlati”, “yagona o‘rta sinf” konsepsiyalari ta'sirida boyidi. Ushbu konsepsiyalarga binoan, ommaviy jamiyatda ijtimoiy-sinfiy qarama-qarshilik va keskin tafovut yo‘qoladi, odamlarga teng imkoniyatlar yaratiladi.
G‘arb olimlaring ommaviy madaniyatga munosabati o‘ta rang-barang, ikki qutbli. Ommaviy madaniyatni to‘la inkor qilish bir qutbi bo‘lsa, ikkinchisi to‘la oqlashdir. Bu ikki qarama-qarshiliklar o‘rtasida yana qancha har xil yondashuvlar, baholar mavjud. Ba'zi olimlar ommaviy madaniyatning “ijobiy” va “salbiy” jihatlarini tahlil qilib, uning zamonaviy sivilizatsiyada yetakchilik rolini ta'kidlaydi. Unga an'anaviy tushunchadagi qadriyatlar va estetik baholar nuqtai nazaridan yondashib bo‘lmasligi, u mutlaqo boshqa bir ijtimoiy hodisa ekanligiga urg‘u bermoqdalar:ommaviy madaniyat mahsuloti – bu iste'mol buyumi, xizmat turi, muloqot va aloqa shakli, dam olish va ko‘ngil ochish vositasi. Unga estetik nuqtai nazardan baho berib bo‘lmaydi. Ba'zi olimlar ommaviy madaniyatning jahon xalqlari turmush tarzi, mentaliteti, iste'moli, ijtimoiy munosabatini va shu kabilarni g‘arblashtirish vositasi ekanligini, uning “madaniy mustamlakachilik” rolini e'tirof etmoqdalar. Hatto yevropani “amerikalashtirish” ommaviy madaniyat orqali amalga oshmoqda. Kapitalistik jamiyatda aristokratiya va boshqa elitar tabaqalarning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy mavqyei tushib ketdi. “Elitar madaniyat” tushunchasi odamlar ongida sobiq aristokratiya madaniyatini anglatuvchi atamaga aylana boshladi. Shu bois hozir fanda ko‘proq “yuksak madaniyat” tushunchasi qo‘llaniladi. Ommaviy madaniyat atamasi mazmuni o‘zgardi. Yuqorida ta'kidlanganidek, u zamonaviy texnologiyalar va OAV yordamida yaratiladigan madaniyatni, ko‘ngilochar industriya va hordiq chiqarish hamda axborot olish (birja kotirovkalari, narx-navo, jahondagi iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy yangiliklar, tovarlar va xizmatlar reklamasi, turli “yulduzlar” va siyosatchilar hayoti, sport yangiliklari va h.k.) va turmushning boshqa qulayliklarini anglatadi. Zamonaviy mazmundagi ommaviy madaniyatga xalq madaniyati kirmaydi, chunki unga yorqin ifodalangan milliylik va ijodiy individuallik xos. Xalq madaniyati o‘zi mansub bo‘lgan mamlakat yoki mintaqadagina tarqaladi. Ommaviy madaniyat esa milliy va mintaqaviy chegaralardan osongina oshib o‘tib, global miqyosda tarqalishga intiladi, kosmopolitik tabiatga ega bo‘ladi. Bu mahsulotni ushbu sohaga ixtisoslashgan professionallar guruhi – yozuvchi, ssenariynavis, rejissyor, bastakor, reklamachi, dizaynchi, aktyor va hokazolar yaratsa-da, u o‘zining betakror ijodiy qiyofasiga ega emas, balki seriyalab chiqarilgan mahsulotdir. Xalq og‘zaki ijodining esa aniq muallifi yo‘q. Folklor asarlari asrdan-asrga, avloddan-avlodga o‘tib keladi. Har bir avlod uni o‘zicha talqin qiladi. O‘z davri va ijtimoiy-tarixiy zaruratga ma'qul variantlarini yaratadi. Umumiy mohiyat-mazmun, syujet barqaror qolaveradi. Bunday asarlar turli versiyalarda tarqalsa-da, ularning har biri boshqasidan ozmi-ko‘pmi farq qiladi, takrorlanmas xususiyatlarga ega bo‘ladi, chunki o‘zida baxshining, ijrochining ijodiy induvidualligini aks ettiradi. Shu bois folklorning har bir varianti va versiyasi nusxa emas, original asar hisoblanadi. Ommaviy madaniyat mahsulotlari esa faqat oddiy nusxa bo‘lib, hyech qachon asllikka da'vo qilolmaydi.
Zamonaviy ommaviy madaniyatning shakllanishi industrial jamiyatda boshlanib, alohida ijtimoiy fenomenga (hodisaga) aylanishi postindustrial jamiyatda yuz berdi. Uning vujudga kelishining, tabiiyki, o‘z moddiy-iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, mafkuraviy omillari bor. Eng avvalo bu jarayonga jamiyat rivojlanishining umumiy tendensiyalari ta'siri to‘g‘risida gapirish lozim. Kapital milliy chegaralardan chiqib, transmilliy kompaniyalar vujudga keldi. Bank-kredit, savdo-sotiq, statistik va buxgalter hisobotlarining, ishlab chiqarish texnologiyalarining, iste'mol buyumlarining birxillashuvi, standartlashuvi yuz berdi. Bu dunyo miqyosida odamlar turmush tarziga, jamiyat hayotining boshqa sohalariga, jumladan madaniy hayotga ta'sir ko‘rsatdi, jahon miqyosida urbanizatsiyaning kuchayishiga olib keldi. Shaharlarda standartlashgan turmush tarzi qaror topa boshladi. Turmush uchun zarur ro‘zg‘or buyumlarning standart jamlanmasi bo‘lishiga ehtiyoj tug‘ildi. Hozir deyarli barcha shaharlar kvartiralarida va qishloq xonadonlarining aksariyatida shunday jamlanmalar – mebel, muzlatgich, gaz (elektr) plitasi, mikroto‘lqinli pech, TV, radio, telefon (mobil telefon), kompyuter va h.k.lar bor. Birxillashgan turmush tarzi, sanoat usulida behisob miqdorda ishlab chiqiladigan rang-barang standart tovarlarni, xizmatlarni iste'mol qilish ommaviy jamiyatni, u bilan birga zamonaviy ommaviy madaniyatni vujudga keltirdi. Yuqoridagilarni umumlashtirib, xulosa qiladigan bo‘lsak, ommaviy madaniyatning asosiy belgilari - uning mahsulotlari sanoat usulida ko‘pnusxada ishlab chiqiladi, texnologik jihatdan qulay; standartlashgan; mazmunan sodda va sayoz, shaklan ixcham, yaltiroq va ommabop; milliy va ijodiy individual xususiyatlari o‘ta zaif yoki tamomila yo‘q. Ommaviy axborot va kommunikatsiya vositalari orqali tarqatishga moslashtirilgan. Shu sababdan uning ma'naviyat yuksalishiga ta'siri o‘ta past, ba'zan esa ancha salbiy.
Ommaviy madaniyat mahsulotlari ko‘proq bir marta foydalanishga mo‘ljallangan. Tez unutiladi, bozor va moda talabi asosida o‘zgarib turadi. Shu sababdan tinimsiz yangilanib, ko‘payib, texnologik jihatdan zamonaviylashib, modernizatsiyalashib boraveradi. Uning ushbu jihati ham moddiy buyumlarnikiga o‘xshaydi. Texnologik eskirganlari yoki modadan chiqqanlari ikkilanmasdan tashlab yuboriladi. Masalan, bugungi kunda gramplastinkalarning, patefon va radiolalarning, tasmali magnitofon va plyonkali fotoapparatlarning, mexanik yozuv mashinkalarining vaqti o‘tdi. Ular o‘rnini raqamli texnologiyalardan foydalanadigan yangi buyumlar egalladi. Bugungi uyali telefon apparatlarining axborot saqlash xotirasi va har xil operatsiyalarni bajarish tezligi o‘n-o‘n ikki yil burungi personal kompyuterlardan qolishmaydi. Ommaviy madaniyat asrdan asrlarga o‘tib keladigan asl qadriyatlarni yaratmaydi, inson ma'naviy olamini boyitmaydi, balki joriy ehtiyojlarini qondiradi. O‘zbekistonda ommaviy madaniyat tushunchasini ko‘pchilik olimlar salbiy mazmunda qo‘llaydilar. Urg‘u asosan ommaviy madaniyatning kamchiliklariga beriladi, yoki ommaviy madaniyat uni niqob qilib olgan aksilmadaniyat bilan chalkashtiriladi. Ba'zi olimlar ommaviy madaniyat tushunchasiga shunchalik tor va salbiy yondashadilarki, xatto uni olomon yoki to‘da madaniyati sifatida talqin qiladilar. Bu xato yondashuvdir. Ommaviy madaniyat hozirgi zamon sivilizatsiyasining ijtimoiy hayotda voqye bo‘lishining, faoliyat ko‘rsatishining asosiy shaklidir. Radio, TV, internet, zamonaviy axborot vositalari, muloqot, aloqa, hisob-kitob qulayliklari va h.k. va h.k. barchasi zamonaviy ommaviy madaniyatga daxldor. Shu sababdan ommaviy madaniyatga faqat salbiy yondashish xato bo‘ladi.

Download 35,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish