Sana: mavzu: 90 dan 99 gacha bo'lgan sonlarni o’qish va yozish. Ularning o’nlik tarkibi darsning ta’limiy maqsadi



Download 90,5 Kb.
Sana05.01.2020
Hajmi90,5 Kb.
#32052
Bog'liq
1-sinf matematika konspekt

Sana: _____________

MAVZU: 90 DAN 99 GACHA BO'LGAN SONLARNI O’QISH VA YOZISH. ULARNING O’NLIK TARKIBI

Darsning ta’limiy maqsadi:

a) 20 dan 29 gacha, 30 dan 39 gacha, 40 dan 49 gacha, 50 dan 59 gacha, 60 dan 69 gacha, 70 dan 79 gacha, 80 dan 89 gacha bo'lgan sonlar yuzasidan o'zlashtirgan bilimlarini boyitib borish;

b) 90 dan 99 gacha bo'lgan sonlar yuzasidan bilim berish, misol, masala yechish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: Insoniyat tarixiy taraqqiyoti jarayonida madaniy, ma’naviy, milliy merosdagi avlod-ajdodlarimizdan qolgan odob-axloq haqidagi bilimlardan boxabar qilish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi; Darsda o’quvchilarning faol ishtirok etishlarini ta’minlash.

O`quv jarayoniga oid kompetetsiyalar: TK1 matematikaga oid turli axborotlarni tinglab, ko‘rib tushunish; sodda matematik matn ma’nosini so‘zlab bera olish.TK3 o‘qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqish. FK2 o‘qituvchi bilan hamkorlikda o‘quv va amaliy masaladagi maqsadni ifodalay oladi, o‘z fikrini ifodalay oladi, boshqalar fikrini tinglab, tushuna oladi.

FK10 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni o‘qiy oladi, yoza oladi, to‘g‘ri va teskari tartibda sanay oladi;0 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni taqqoslay oladi, tartibga sola oladi, modellarda ko‘rsatib bera oladi;0 dan 100 gacha sonlar ketma-ketligini tarkib topish qonuniyatini aniqlay oladi va berilgan yoki tanlangan qonuniyat asosida (sonni bir nechta birlikka oshirish-kamaytirish) ketma-ketlikni tuza oladi;

Darsning turi: Aralash, savol-javob, o'yin.

Darsning jihozlanishi: a) 1-sinf «Matematika» darsligi; b) magnit taxtacha, qalin qog'ozdan yasalgan qayiqcha; d) mavzuga mos rasm, varaqlarga yozilgan misollar.

Darsning borishi: Tashkiliy qism: O’tgan mavzuni mustahkamlash:

1. O'quvchilar diqqatini darsga jalb etish.2. Uy ishini tekshirish. 78-bet 5-misol:

69 - 9 = 60 57 - 7 = 50 80 + 2 = 82 68 - 8 = 60

78+8 = 78 65-5 = 60 29-0 = 29 39 + 0 = 39

3. O'tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida «Estafeta» o'yinini tashkil etish. O'qituvchi o'yinni sharti bilan tanishtiradi. O'qituvchi magnitli taxtachaga misollarni yopishtirib qo'yadi.

1-guruh: 20 + 30 50-10 40 + 40 80-20 60 + 30

Sinfdagi o'quvchilarni ikki guruhga bo'lib qo'yiladi. Ularga misollarning javobini topayotganlarida birining javobi ikkinchi qayiqdagi sonning boshlanishiga to'g'ri kelishi kerakligi tushuntiriladi.

Yangi mavzuni bayon etish. 90, 91, 92, 93, 94, 95, 96, 97, 98, 99 sonlarini to'g'ri va teskari sanash hamda yozilishi bilan tanishtirish.

Saksondan sakrab Alqissa, bu sonning

O'tgan pallamiz. Salobati zo'rda.

To 'qsonga to 'qnash Tutgan o 'rni ham

Bo'lib qolamiz. Barchadan to'rda.

Ikki xonali To'qsonda turib

Qanchalik son bor, Bir zum o'ylaymiz.

Bari to'qsonga, Unga tegishli

Chin itoatkor. Shartlar so'ylaymiz-

1-misolni og'zaki va yozma ravishda bajarish. Albatta jadvaldan foydalanib birliklar, o'nliklar xonasini ajrata bilish.

90 + 4 = 94





O’nlik

birlik

91

92

93



94

95

96



97

98

99



9

1

2

3



4

5

6



7

8

9


90 + 6 = 96

98 - 8 = 90

97 - 7 = 90

90 + 8 = 98

90 + 9 = 99

95-5 = 90

94-4 = 90


2-masalani og'zaki va yozma ravishda bajarish.

Oq atirgul — 90 tup

Qizil atirgul — 8 tup

Jami-? tup Yechish: 90+8=98 (tup). Javob: Issiqxonada hammasi bo'lib 98 tup atirgul bor.




3-misol. Bo'sh kataklarni to'ldirish vazifasi bajariladi:

9

1




9

2




9

3




9

4




9

5




9

6




9

7




9

8




9

9




9

9




9

8




9

7




9

6




9

5




9

4




9

3




9

2




9

1


4-misol. 97, 83, 79, 69, 91 sonlarining har birida nechta o’nlik va nechta birlik bor?

97=9 ta o’nllik 7 ta birlik;

83=8 ta o’nlik 3 ta birlik;

79=7 ta o’nlik 9 ta birlik;

69=6 ta o’nlik 9 ta birlik;

91=9 ta o’nlik 1 ta birlik.



5-misol. Bo’sh kataklarga kerakli sonlarni qo’yib, misollar ishlanadi.

Qo’shiluvchi

90

70

90

90

80

90

Qo’shiluvchi

1

9

3

2

5

4

Yig’indi

91

79

93

92

85

94

Darsni yakunlash.

O'quvchilar bilimini baholash, faol qatnashgan o'quvchilarni rag'batlantirish.



Uyga vazifa. 80-sahifa 6-misol.

80+2=82 90+5=95 80+8=88 69-9=60



70+6=76 99-9=90 75-5=70 96-6=90




Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana________




Download 90,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish