Sana yil Geofrafiya fani Sinf: 9



Download 1,23 Mb.
bet1/69
Sana31.03.2022
Hajmi1,23 Mb.
#519971
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Bog'liq
9 sinf gegrafiya fanidan konspekt (1)


Sana ___ ______”_________-yil Geofrafiya fani Sinf: 9_______


1- Mavzu: Kirish. Jahon iqtisodiy – ijtimoiy geografiyasining maqsad va vazifalari.
I. Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy: O`quvchilarga jahon iqtisodiy – ijtimoiy geografiyasi fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.
b) Tarbiyaviy: O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish
v) Rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.
II. Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV. Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar, globus, xarita.
V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran.
VII. Dars uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa:
Darsning texnik chizmasi:

Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.

daqiqa

Yangi mavzuni boshlashga hozirlik

daqiqa

Yangi mavzuni yoritish

daqiqa

Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish

daqiqa

Darsni yakunlash

daqiqa

Uyga beriladigan topshiriqlar

daqiqa


VIII. Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi.
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.

IX. O’tilgan mavzuni takrorlash


X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni: Jahonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi jamiyat bilan tabiatning o’zaro munosabatlari natijasida kelib chiqqan iqtisodiy-ijtimoiy tizimlarining jahon bo’yicha, shuningdek, uning ayrim regionlari va mamlakatlari bo’yicha shakllanishi va rivojlanishiga xos xususiyatlar va qonuniyatlarni o’rganadi.Shunday ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar qatoriga jahon xo’jaligi, ayrim mamlakat yoki regionlar iqtisodiyoti, aholisining hududiy joylashishi va shaharlari, transport tizimlari va boshqalar kiradi.Tarixiy, hududiy, tizimli va tipologik yondashuvlar hamda tamoyillar o’quv fanining metodologik poydevorini tashkil etadi.


«Jahonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi» fanida asosiy e’tibor quyidagi vazifalarning yechimini topishga qaratilgan:
1. Jahon siyosiy kartasining shakllanishi va uning o’zgarishlarini ifodalovchi qonuniyatlarni tavsiflash.2. Jahon tabiiy resurslarining hududiy taqsimlanishiga xos xususiyatlarni aniqlash, ulardan foydalanishning hozirgi holatini tahlil etish va xulosalash.3. Jahon aholisining soni, dinamikasi, joylashishi va tarkibiga oid qonuniyatlarni tatqiq etish.4. Fan-texnika inqilobining jahon xo’jaligiga ko’rsatgan ta’sirini tavsiflash.5. Jahon xo’jaligini tarmoqlar tarkibining shakllanishi va o’zgarishiga xos jihatlarini aniqlash.
6. Yevropa, Osiyo regionlari va davlatlarining, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasiga qo’shni davlatlarning jahon iqtisodiy va siyosiy hamjamiyatida egallagan o’rinlarini iqtisodiy-geografik nuqtayi nazardan baholash.
7. Afrika regionlari tabiiy resurslari, aholisi va xo’jaligiga xos xususiyatlarni aniqlash.
8. Avstraliya va Okeaniyani, Shimoliy Amerika va Janubiy Amerika davlatlarini iqtisodiy-geografik nuqtayi nazardan tahlil qilish.
9.Insoniyatning global muammolari, ularning tarkibida bo’lib o’tgan o’zgarishlarni tavsiflash.Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasining asosiy maqsadi yuqorida qayd qilingan ko’p qirrali vazifalarni chuqur o’rganish va ularni qiyosiy tahlil qilish, mamlakatimizda yangi ijtimoiy jamiyat qurayotgan yoshlarimizga dunyoviy bilimlarni berish orqali ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir.
XI.Yangi mavzuni mustahkamlash:
1. Fanning metodologik poydevonr, nima tashkil etadi?
2. Fanning maqsadini ta’riflab bering.

XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish Yozuvsiz xaritaga tushurib


XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: Geografiya 9-sinf darsligi, qo`shmcha adabiyotlar.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish