Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/72
Sana18.02.2022
Hajmi2,37 Mb.
#455037
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Bog'liq
2 5285267968547098640

M va KT fakulteti
Ilmiy-uslubiy kengash raisi 
prof. Xamroqulov G’.X.
 
 
 


O‘QUV-USLUBIY MAJMUANING TARKIBIY 
 TUZILISHI 
 
№ 
Majmuaning tarkibiy qismlari 

Fanning o‘quv dasturi 
2
Ma’ruzalar matni 

Glossariy 

Mavzular bo‘yicha taqdimot slaydlari 

Fanga doir test savollari 

Mustaqil ta’limga oid topshiriqlar 

Fan bo‘yicha tavsiya etiladigan xorijiy adabiyotlar 
va elektron jurnallar 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Fanning o‘quv dasturi 
 
 
 
 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ma’ruzalar matni
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Mundarija:
 
1.
“Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti” kursining maqsadi va vazifalari 
2.
Kimyo va oziq-ovqat sanoati korxona va firmalari. 
3.
Kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonalarining asosiy kapital- 
asosiy fondlari. 
4.
Kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonalarining aylanma kapital- 
aylanma mablag‘lari. 
5.
Korxona mexnat resurslari-kadrlari. 
6.
Mexnat unumdorligi. 
7.
Mexnat xaqi tizimi. 
8.
Kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonalarining ishlab chiqarish 
sarflari. 
9.
Korxona moliya resurslari. 
10.
Bozorga o‘tish sharoitida baxolanish tizimi. 
11.
Ishlab chikarishning ijtimoiy va iktisodiy samaradorligi. 
12.
Menejment (boshqaruv)ning mohiyati va asoslari. 
13.Menejment (boshqaruv) tamoyillari va funksiyalari. 
14.Boshqaruv usullari. 
15.Marketing. 
16. Menejerlar (boshqaruvchi kadrlar) ni tayyorlash jarayonini 
tashkil qilish. 


1-ma’ruza
“Korxona iqtisodiyoti va menejmenti” kursining vazifasi va maqsadi
 
Reja:
1.
Iqtisodiy fanlarning vazifalari. 
2.
Iqtisodiy tizim turlari. 
3.
Makro - va mikroiqtisodiyot tushunchalari. 
4.
“Korxona iqtisodiyoti va menejmenti” kursining mohiyati va maqsadi. 
1.
Iqtisodiy fanlar inson hayotining moddiy, ma’naviy, fiziologik va boshqa 
ehtiyojlari bilan bog‘lik bo‘lgan masalalarni qamrab oladi. Oila qurish, kelajak 
avlodni tarbiyalash, zaruriy turmush tarzini ta’minlash uchun insonlarga oziq – ovqat, 
kiyim - bosh, turar – joy va boshqa vositalar kerak bo‘ladi. Ular esa xalq ho‘jalikning 
turli tarmoqlaridagi korxonalarda ishlab chiqariladi. Iqtisodiy fanlar tabiatda hamda 
inson, jamoa va jamiyat hayotida vujudga keluvchi xar xil iqtisodiy jarayon va 
xodisalarni o‘rganish bashorat qilish, taxlil etish va baholash bo‘yicha bilimlar 
majmuasidir, ya’ni moddiy va ma’naviy ne’matlarni tayyorlash va taqsimlash usul va 
jarayonlarni o‘z ichiga oladi. 
Hozirgi zamon bozor munosabatlari shakllanish davrida iqtisodiy masalalar katta 
ahamiyat kasb etadi, chunki rejalashtirish, boshqarish, iqtisodiy rag‘batlantirish, 
takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyotini va halk farovonligini ko‘tarish, korxonalar 
o‘zini-o‘zi boshqarishi va xo‘jalik hisobiga o‘tishi oliy o‘quv yurtlarining 
bitiruvchilaridan boshqaruvchi sifatida iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lishlari 
zaruriyatini tug‘diradi. 
Ishlab chiqarish ikki tomonlama o‘rganiladi: 
Tabiiy va texnik fanlar ijtimoiy ishlab chiqarishni inson va tabiat orasidagi jarayon 
sifatida, mehnat buyumlari (ashyolar)ning xossalari, fizikaviy va kimyoviy 
o‘zgarishlarini o‘rganadi; 
Ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy fanlar esa ishlab chiqarishni odamlar orasidagi 
munosabatlar, ya’ni ishlab chiqarish munosabatlarini ishlab chiqarish kuchlari bilan 
uzviy bog‘liqligi orqali o‘rganadi. 
“Iqtisodiyotni o‘rganishning nima keragi bor?” – degan savolga muhim bo‘lgan bir 
qancha sabablari bor. Bu sabablarning ayrimlari insonga shaxs sifatida, ikkinchilari 
pul ishlab topadigan va sarflaydigan odam sifatida, uchinchidan fuqaro sifatida 
taaluqlidir. 
Inson jamiyat a’zosi sifatida iqtisodiy bilimlarsiz yashay olmaydi. Ovqat, uy- 
joy, kiyim, bo‘sh vaqtni o‘tkazish usuli – bularni hammasi u yoki bu tarzda iqtisodiy 
kuchlar bilan bog‘liq. 
Iqtisodiyotni 
o‘rganish ushbu kuchlarni yaxshiroq anglab olishda 
ko‘maklashadi va jo‘shqinroq xayot kechirish imkonini beradi. 
Iqtisodiy fanlar xo‘jalik yuritishni qanday qilib eng kam mablag‘ sarf qilgan 
xolda amalga oshirish mumkinligini ilmiy jihatdan o‘rgatadi, tejamli sarflar orqali 
eng yaxshi, afzal, yuqori natijalarga erishishni ta’minlaydigan sharoit va omillarni 
izlab topishga undaydi. 


Bugungi kunda KOOS aksari korxonalar AJ lari, xolding va moliya -sanoat 
guruhlari tuzish yo‘lidan bormoqda. Davlat korxonalarining tashabbuskorligi, ijodiy 
izlanish va tadbirkorligi uchun keng yo‘l ochib ularning ho‘jalik faoliyatini rejali 
iqtisodiyoti davridagi kabi nazorat, limit, va qattiq me’yorlar bilan qo‘yayotgani yo‘q. 
Korxonalar faoliyatida eng asosiy xususiyat bu, korxonalarning mustaqilligi va 
erkinligidir. Malakaviy mutaxassis korxona iqtisodiyotini va uni boshqarishini yaxshi 
bilishi, ko‘p echimli variantlardan qay biri afzal? Qanday yo‘l bilan foydani oshirish 
va rentabenlikkni ko‘tarish mumkin? Korxonaning ishchi kuchiga ehtiyoji qancha va 
ularga qanday haq to‘lashi kerak? CHiqarilayotgan mahsulot yoki tovarga bo‘lgan 
talabni qay tarzda oshirish mumkin? Korxona kredit olishi zarurmi, agar olsa qanday 
shartlar bilan kabi savollarga o‘z vaqtida va to‘g‘ri javob bera olishi lozim? Demak 
yosh mutaxasislar 
nazariy bilimlarini 
amaliy tajriba va ko‘nikmalar 
bilan 
uyg‘unlashtirib, turli xo‘jalik sharoitlarida tez, to‘g‘riva aniq qaror qabul qilishi zarur. 
Ayrim shaxs ham, jamiyat ham xoxlagan narslarni hammasiga ega 
bo‘lolmaydi, chunki hamma narsa hammaga etmaydi. Iqtisodchilar aytganidek, 
moddiy extiyojlarni xilma-xilligi cheksiz. Ammo resurslar – ana shu talablarni 
qondiruvchi ne’mat va va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan va 
«resurslar» deb ataladigan narsalarning chegarasi bor. Demak, inson ehtiyoji cheksiz, 
ularni qondirish uchun resurslar esa cheklangandir. Binobarin, har bir jamiyat bir xil 
muammoga – imkoniyatlar cheklanganligi muammosiga duch keladi. 
Barchaning cheksiz talablarini qondirish imkoniyati bo‘lmaganligi sababli, 
har bir odam, korxona (firma) yoki davlat istagan narslardan ayrimlarini tanlashi 
kerak. Bunda u mumkin qadar ko‘proq narsa olish uchun tejashga xarakat qiladi. 
SHuni nazarda tutib, biz iqisodiyotni cheklangan resurslar sharoitida ehtiyojlarni 
qondirish uchun jamiyat tanlaydigan narsalarni bayon qiluvchi va tahlil etuvchi 
ijtimoiiy fan deb ta’riflashimiz mumkin. 
Tanlash zaruriyati daromadlar, badavlatlik va qarz olish imkoniyatlari bilan 
belgilanadi. Har bir oilani daromadi, jamg‘argan pulining miqdori va qarz olish 
imkoniyati cheklangandir. SHunga o‘xshash, korxona o‘z daromadlari, jamg‘armasi 
va qarz to‘lash jihatdan, davlat esa soliq solish va kredit olish imkoniyati jihatdan 
cheklangan. SHu sababli, ayrim odamlar, firmalar va xukumat o‘z istaklaridan 
ayrimlarini tanlashga majburdirlar, bunda ular mavjud resurslardan foydalanib, eng 
ko‘p foyda olishga intiladilar. 
CHeklangan istaklar va cheklangan imkoniyatlar sharoitida har bir jamiyat 
quyidagi asosiy savollarga javob olishi kerak: 
Qaysi tovarlar va xizmatlar qancha miqdorda ishlab chiqarilishi kerak? 
Bu tovarlar va xizmatlar qay tariqa ishlab chiqarilishi kerak? 
Bu tovarlarni kim oladi va ulardan foydalana oladi? 
Bu asosiy savollarga javob berish usulini iqtisodiy tizim belgilaydi. 
2.
Iqtisodiy tizimlar an’anaviy, markazlashgan(buyrukbozlik), bozor iktisodiyoti 
kabi turlardan iborat. 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish