Shaxs rivojlanishida faoliyatnig o’rni



Download 46,56 Kb.
Sana14.06.2022
Hajmi46,56 Kb.
#671247
Bog'liq
Nozima


SHaxs rivojlanishida faoliyatnig o’rni.

SHaxs rivojlanishida irsiyat, muhit, tarbiya bilan bir qatorda inson faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu degani inson qanchalik mehnat qilsa, uning rivojlanishi shunchalik yuqori bo’ladi.


Faoliyat o’zi nima? Faoliyat shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy hayotni maqsadga muvofiq tashkil etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko’rinishi. Insonning qobiliyati va yoshi u tomonidan tashkil etilayotgan faoliyat mohiyatiga ko’ra belgilanadi.
Faoliyat jarayonida inson shaxsi, har tomonlama va bir butun, yaxlit holda rivojlanadi. Lekin faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishi uchun uni to’g’ri tashkil etish lozim. Lekin ko’p holatlarda shaxsning rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratilmaydi, tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy mehnat, bilish faoliyatlari cheklangan bo’ladi.
O’smir va o’spirinlar faoliyatining asosiy turlariga o’yin, o’qish va mehnat kiradi. Ular yo’nalishiga ko’ra bilishga doir, ijtimoiy, sport, badiiy, texnik, hunarmandchilik hamda shaxsiy qiziqishga ko’ra tanlangan sohalardan iborat. Faoliyatning asosiy turi – muloqotdir.
Faoliyat faol va passiv bo’lishi mumkin. O’smir faoliyati muhit va tarbiya ta’sirida faollashishi yoki susayishi mumkin. Inson shaxsining rivojlanishida uning butun vujudi bilan sevib, o’z imkoniyatlarini namoyon etib, mehnat qilish, o’zini shaxs sifatida ko’rsata olishi unda o’z faoliyatidan qoniqish hosil qiladi. Uning ijtimoiy mehnatdagi ishtirokida faollik ko’zga tashlanadi.
Ta’lim jarayonida faollik o’quvchiga bilimlarni chuqur va mustahkam egallashga, o’z qobiliyatini namoyon etishga yo’llaydi. Bilishga bo’lgan faollik o’quvchining intellektual rivojlanishini ta’minlaydi.
Faollik ko’rsatishning asosini esa hamma vaqt ehtiyoj tashkil etadi. Ehtiyojlarning xilma-xilligi faoliyatining ham turlarini kengaytiradi. SHunga ko’ra, o’quvchining turli yosh davrlarida ularning faoliyati turlicha bo’ladi. Ta’lim muassasasida hamma vaqt bir xil talab shaxs rivojlanishida ijobiy natija beravermaydi. Turli yosh davrlarida faoliyatning turlari va mohiyati o’zgarib turishi kerak.
Insonning ijtimoiy faolligi, qobiliyati barcha muvaffaqiyatlarining garovidir. CHunki har bir inson o’z mehnati, g’ayrati, intilishi bilangina faollashadi. O’qituvchi qanchalik yaxshi o’qitmasin yoki tarbiya bermasin, tarbiyalanuvchining o’zi harakat qilmasa, rivojlanish muvaffaqiyatli kechmaydi. Zero, barcha ma’naviy-axlohiy kamchiliklarning asosiy sababi ham insonning o’z faoliyatini to’g’ri yo’lga qo’ymaganligidadir.
SHuning uchun ham inson faoliyati uning rivojlanishi natijasi hamdir. Demak, shaxs faolligi asosida ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, ijodkorlik xislatlarini shakllantirish – uning shaxslik imkoniyatlarini namoyon etishi orqali faoliyatini rivojlantirish muhim sanaladi.
Rivojlanishning yosh va o’ziga xos xususiyatlari. Muayyan bir yosh davriga xos bo’lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. SHunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri kuchli bo’ladi.
Bolalarning tarbiyasiga to’g’ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o’qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. CHunki bola orginizmining o’sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo’ladi. Abu Ali Ibn Sino, YAn Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o’tganlar.
Bolaning o’ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. CHunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo’lishi mumkin.
Masalan, ko’rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg’ayrat yoki g’ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, yig’inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi, qobiliyati kabilar nerv faoliyati tizimining ta’siri bo’lib, o’qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur.
Bolaning individual – o’ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning o’ziga xos xususiyatini o’rganish metodikasini bilish muhim. Temperament (lot. «temperamentum» «qismlarning bir-biriga munosabati» ma’nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir.
SHuningdek, turli yosh davrlarining o’ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham mavjud. Masalan, 5-sinf o’quvchilari bilan 10-sinf o’quvchisini tenglashtirib bo’lmaydi. SHuning uchun bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo’linadi:
  • Go’daklik davri – chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha bo’lgan davr.


  • Bog’chagacha bo’lgan yosh davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha.


  • Maktabgacha ta’lim yoshi – 3 yoshdan 7 yoshgacha.


  • Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar –7-11-12 yoshgacha.


  • O’rta maktab yoshidagi o’quvchilar (o’smirlar) 14-15 yosh.


  • Katta yoshdagi maktab o’quvchilari (o’spirinlar) – 16-18 yosh.


Kichik maktab yoshida o’yin faoliyatining o’rnini endi o’qish faoliyati egallaydi. Bu juda qiyin o’tish davri bo’lib, bolaning bo’yi, og’irligi jihatdan uning tashqi ko’rinishi kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez shikastlanadi. Muskullari tez o’sishi tufayli serharakat bo’ladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi.


Jismoniy o’sishiga xos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab etadi. Bu yoshda bola bilim olish va o’rganishga qiziquvchan bo’ladi.
Bolalar qiziqishini qanoatlantiruvchi qiziqarli uchrashuv, sayr va tomosha va ekskursiyalarni tashkil etish zarur. Mazkur yosh davri o’quvchilariga emotsionallik xos, ularning fikrlashi obrazli bo’ladi, his-tuyg’ulari mazmuni o’zgaradi. Ular odamlar bilan aloqa qilishga qiziqadilar.
O’rta maktab yoshi (o’smirlik 12-15 yosh). O’smirlikning murakkabligi anotomik-fiziologik va psixologik xususiyatdagi kuchli o’zgarishlar bilan bog’liqdir. Bolaning o’sishi tezlashadi. Bu davrni o’tish davri ham deyiladi. Bu davrda jinsiy yetilish davri boshlanadi. Bu bolaning fe’l-atvoriga ta’sir etadi. O’smir hayotida mehnat, o’yin, sport va jamoat ishlari katta rol o’ynaydi. Ba’zilarining o’zlashtirishi pasayadi, intizomi bo’shashadi.
Hozirgi davr o’smirlarining ruhiyatida quyidagi holatlar ko’zga tashlanadi:
Intellektual rivojlanish – tafakkur qobiliyati, aqliy faoliyatni yuqori saviyada tashkil etishni talab etadi, bilishga qiziqishi ortadi. Bu davrda to’garaklar, studiya, sektsiya, turli tadbirlar o’tkazish katta ahamiyatga ega. Ularning kitob o’qishga qiziqishi ortadi.
O’z-o’zini anglash, baholash, tarbiyalash shakllanadi. U o’zini boshqalar bilan solishtira boshlaydi.
Ammo yuqoridagilar bilan bir qatorda o’smir xarakterida murakkab qarama-qarshiliklar ham mavjud bo’ladi. Bu o’smir faoliyati, xulqida yangi xislatlar – yosh xususiyatning yangidan boshlanishi sanaladi.
Lekin o’smirlarnig hammasida ham bilishga qiziqish darajasi yuqori emas. 38 foiz o’smir hech qaysi o’quv fanlarini o’qishga qiziqmaydi. Boshqalarining uchta yoki ikkita o’quv fani, aksariyat holatlarda esa bitta o’quv faniga qiziqishi aniqlangan. Kichik yoshdagi o’smirlar qiziqishi o’qituviga bog’liq. Lekin ularning qiziqishlari, shuningdek, kitob o’qishlari ham barqaror emas.
Turli to’garaklarga 21 foiz o’smir qatnashadi, qolganlari sport yoki musiqa bilan shug’ullanadi. 40 foiz o’quvchida sinfdan tashqari ishlarda qatnashishda ham barqarorlik yo’q.
Eng muhim qiziqish – teleeshittirishlarga qaratilgan. TVni har kuni 88 foiz o’smir tomosha qiladi.
Ular oddiy kunni o’z ixtiyorlari bilan qanday o’tkazadilar, degan savolga javob topish uchun o’tkazilgan tadqiqot natijalari quyidagilarni qayd etdi: 85 foiz o’smir vaqtini o’z holicha o’tkazadi, 70 foizi kino yoki televizor ko’radi, 50 foizi sport bilan shug’ullanadi, 45 foizi uxlab yoki yotib dam oladi. SHuningdek, yomon baho olmaslik uchun maktabga bordigan o’smirlarning soni 15 foizni tashkil etadi.
O’smirlarda biror narsaga erishishga nisbatan talab rivojlanadi. Ular tomonidan ijtimoiy talablarning bajarilishi asab tizimining rivojlanishiga ta’sir etadi. SHuning uchun maktab hayoti “qiyin” vazifalarga to’liq bo’ladi.
Bu yoshda o’smirlar kattalar oldida o’zining erkinligini namoyish etishga harakat qiladi. O’z-o’zini tarbiyalashga bo’lgan talab o’sadi. “Dangasa”, “qo’pol”, “bee’tibor”, “qobiliyatsiz” degan kattalarning baholarini ular og’rinib qabul qiladilar.
O’smir yoshida o’g’il va qiz bolalar o’rtasida farq kuchayadi. VII sinfdan intellektual malakalar pasayadi. SHuning uchun bu davrda bolalar rivojlanishiga katta e’tibor berish lozim.
O’z-o’zini tarbiyalash natijasida o’g’il bolalar kuchli, erkin, e’tiborli, jasur; qizlar esa – o’ta ko’nikuvchan, kamtar va jiddiy bo’la boshlaydilar.
SHuning uchun o’smirga o’z vaqtini rejalashtirishda yordam berish zarur. 13-14 yoshgacha o’smirda burch hissi, mas’uliyatni his etish, vazminlik paydo bo’la boshlaydi. Muhimi, o’smir shaxsini hurmat hilish, kamsitmaslik, katta bo’lib qolganligini tan olish zarur.
Katta maktab yoshi – kollej, litsey o’quvchilari (o’spirinlik davri 15-18 yosh). Bu davr o’spirinlarning ilk balog’atga yetgan davridir. Mazkur davrda jinsiy yetilish tugaydi. Ularda mustaqillik sezila boshlaydi. O’spirin yoshlar hayotga kelajak nuqtai nazaridan qaray boshlaydilar. Madaniy darajasini orttirishga intilish kuchaya boradi. his-tuyg’ularida ham o’zgarish yuz beradi. O’z-o’zlarini tarbiyalashga kirishadilar. Ideal tanlash va unga ergashish kuchayadi. Bu davrda ular o’rtasida munozaralar o’tkazish yaxshi natija beradi. O’spirinlar o’z guruhiga intiladi. SHuning uchun ham o’spirinning barcha intilishlari ma’lum maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi zarur. Ularda o’quv fanlarini tanlashga nisbatan ehtiyoj kuchaya boradi.
O’spirinlik bu ahliy faoliyatning ham rivojlanish davri sanaladi. Ular o’z fikrlarini mustaqil ifodalashga harakat qilib, shaxslik xislatlarini namoyish eta boshlaydilar. SHunda o’qituvchilar va katta yoshlilar ularning hali g’o’r fikrlari va dunyoqarashlarini to’g’ri yo’naltirishlari muhim. Zero, bu davrda o’z-o’zini anglash, ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy xislatlari tez shakllanadi.
Bunga uning faoliyati, jamoada va jamoat joylarida o’zini tutishi, odamlar bilan tez muloqotga kirishishi ham turtki bo’ladi. O’zini kattalardek his etish, o’ziga xosligini namoyon etish, boshqalarning diqqatini o’ziga qaratishga harakat qiladi. Axloqiy muammolarni o’z qarashlari nuqtai nazaridan hal eta boshlaydi. Hayot mohiyati, baxt, burch, shaxs erkinligini o’z qiziqishlari bilan o’lchaydilar. SHu bois ularga katta yoshlilarning beg’araz, to’g’ri yo’nalish berishlari o’ta muhim.
Mazkur davrda yoshlar xulqi ham tarkib topa boshlaydi. Bunda shaxsning jamoadagi mavqei, jamoa shaxslari bilan muomala-muloqoti muhimdir.
Albatta, bu borada ta’lim muassasasida faoliyat ko’rsatayotgan yoshlar ijtimoiy harakati ta’siri katta ahamiyatga ega. CHunki o’spirin-yoshlar mustahil hayot ostonasida bo’lib, ularning bu hayotga to’g’ri qadam qo’yishi uning jamiyatning faol fuqarosi bo’lishining muhim shartidir.
SHaxsning ijtimoyilashuvi. SHaxs ijtimoiy munosabatlar jarayonida shakllanadi. CHunki ta’lim jarayonida bolalarga jamiyatda birga yashash bilan bog’liq bo’lgan holat va hodisalar o’rgatiladi. Bu jarayonda o’quvchi jamiyatga «kirishadi» va u bilan o’zaro munosabatda bo’ladi. Ular ma’lum ijtimoiy tajriba (bilim, qadriyat, axloqiy qoida, ko’rsatma) orttiradilar, ya’ni, ijtimoiylashadilar.
Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab jarayon. CHunki har qanday jamiyat rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallr, axloqiy me’yorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni qabul qilib, o’rganib mazkur jamiyatda yashash, uning a’zosi bo’lish imkoniyatiga ega bo’ladi. Buning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq ta’sir etadi. Bu ta’sir ta’lim vositasida amalga oshadi. Ikkinchi tomondan, shaxsning shakllanishiga turli g’oyalar, ijtimoiy muhit ta’sir ko’rsatadi.
Odamlar ijtimiy me’yorlar va axloqiy qoidalar bilan munosabatga kirishadilar va uni o’rganadilar.
Ijtimoiylashuv jarayoni ichki qarama-qarshiliklarga ega. Ijtimoiylashgan inson jamiyat talablariga mos kelishi, unga «kirishib» ketishi, jamiyat rivojlanishidagi salbiy jihatlarga, shaxsning individual rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi hayotiy holatlarga qarshi turishi kerak. Lekin hayotda ba’zan aksi ham bo’ladi: to’liq ijtimoiylashgan, jamiyatga kirishib ketadigan, ammo muhitda ba’zi salbiy holatlarga qarshi kurashishda faollik ko’rsatmaydigan odamlar ham mavjud.
Bu holat ko’p jihatdan butun jamiyat, tarbiya muassasalari, o’qituvchilar hamda ota-onalarga ham taalluqli. Tarbiyada qarama-qarshilik insonparvarlik g’oyasi yordamidagina bartaraf etilishi mumkin.
Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida. Ta’lim tushunchasi va mohiyati. Ta’lim tizimli bilim olishning eng muhim va ishonchli usulidir. Ta’limga ikki tomonlama aloqa (ta’lim olish va ta’lim berish), shaxsni har tomonlama rivojlantirish va boshqa xususiyatlar xosdir. Ta’lim, shuningdek, o’ziga xos xususiyatlar ham ega. Ta’lim o’qituvchi tomonidan boshqariluvchi o’ziga xos anglash jarayonidir. O’qituvchining yo’naltiruvchi sifatidagi roli o’quvchilarning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni ta’minlovchi bilim, ko’nikma va malakalarni to’liq o’zlashtira olishlarida ko’rinadi.
Ta’lim o’qituvchining o’quvchilar bilan muloqoti jarayoni ham sanaladi. U o’quvchilarga o’quv materiali mazmunini tushuntirib beradi, savol va topshiriqlar beradi, ularning faoliyatini nazorat qiladi, xato va kamchiliklarini aniqlaydi, yo’l qo’yilgan xatolarni to’g’rilaydi, qanday ishlash lozimligini qayta ko’rsatadi. Har qanday ta’lim o’zida o’qituvchi va o’quvchining faoliyati, ya’ni, o’qituvchining o’rgatish hamda o’quvchining o’rganishga yo’naltirilgan faoliyati, boshqachai aytganda to’g’ridan to’g’ri, bevosita va nisbiy munosabat aks etadi.
Ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida o’zaro muloqat yuzaga keladi. “Muloqot” tushunchasi “ta’lim” tushunchasidan ko’ra keng ma’noga ega.
Ta’lim o’quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish, ularda amaliy ko’nikma va malakalar, shuningdek, dunyoqarashni shakllantirishga yo’naltirilgan jarayondir.
Ta’lim va ta’lim jarayoni (didaktik jarayon) sinonim tushunchalar emas. Jarayon bu yaxlit pedagogik hodisa, pedagogik faoliyatning tarkibiy qismi sifatida ta’lim tizimining muayyan holatini o’zgartirish hisoblanadi. Jarayon mohiyatini V.P.Bespalko tomonidan taklif etilgan quyidagi formula asosida to’laqonli anglash mumkin:
DJ M O’f B
Bu yerda; DJ – didaktik jarayon;
M – o’quvchilarning o’qish (ta’lim olish) motivatsiyasi;
O’f –o’quvchilarning o’zlashtirish faoliyati;
B –o’quvchilarning bilish faoliyatlarini boshqarish.
Ta’lim jarayonining yaxlit tizim sifatidagi tavsifi. Ta’lim jarayonining “yaxlitligi” “tizimliligi” va “majmuaviyligi”ni bir xilda talqin etish mumkin emas. Biroq, ta’lim jarayonining yaxlitligi uning tizimliligi bilan uzviy bog’liq.
Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) o’zaro bog’langan ko’plab elementlar (tarkibiy qismlar) o’rtasidagi mustahkam birlik va o’zaro yaxlitlikdir. Demak, ta’lim yaxlit tizim sifatida ko’plab o’zaro bog’liq quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi: ta’lim maqsadi, o’quv axborotlari, o’qituvchi va o’quvchilarning ta’limiy faoliyatlari, uning shakllari, pedagogik muloqot vositalari, shuningdek, ta’lim jarayonini boshqarish usullari.Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida quyidagicha namoyon bo’ladi:
Barcha tarkibiy qismlarning o’zaro birligi va yaxlitligi sifatida namoyon bo’luvchi ta’lim jarayonining negizini o’qituvchi va o’quvchilarning ta’limiy faoliyatlari tashkil etadi.
Ta’lim funktsiyalari. “Funktsiya” tushunchasi “ta’lim vazifalari” tushunchasiga yaqindir. Ta’lim funktsiyasi ta’lim jarayoni mohiyatini ifoda etadi, vazifasi esa ta’limning komponentlaridan biri hisoblanadi.
Didaktika ta’lim jarayonining quyidagi uchta funktsiyasini ajratib ko’rsatadi:
ta’lim berish, rivojlantirish va tarbiyalash.
Ta’lim berish funktsiyasi ta’lim jarayonining o’quvchilarda bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Ta’lim natijasi sifatida bilimlarining to’laligi, chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va amaliy xususiyat kasb etishi muhimdir. Bu kabi holatlar ta’lim jarayonining metodik jihatdan to’g’ri tashkil etilganligini ifodalaydi.
Ta’lim jarayonida o’quvchilarda ular tomonidan o’zlashtirilgan nazariy bilimlar asosida hosil qilingan amaliy ko’nikma va malakalarning shakllanishi ham alohida ahamiyatga ega.
Ko’nikma – shaxsning muayyan harakat yoki faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Malaka deganda muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashgan shakli tushuniladi. Umumiy ko’nikma va malakalarga og’zaki va yozma nutqni bilish, axborot materiallaridan foydalana olish, o’qish, manbalar bilan ishlash, referat yozish, mustaqil ishini tashkil etish kabilar kiradi.
Ta’limning rivojlantiruvchi funktsiyasi ta’lim jarayonida bilimlarni o’zlashtirish jarayonida o’quvchining rivojlanishi sodir bo’lishini ko’rsatadi. Rivojlanish quyidagi yo’nalishlarda sodir bo’ladi: nutqi rivojlanishi, fikrlashi, shaxsning sensorli va harakatlanish sohalari, emotsional-irodaviy va ehtiyoj-sababli sohalari rivojlanadi. To’g’ri tashkil etilgan ta’lim shaxsni har doim rivojlantiradi, lekin o’qituvchi va o’quvchining shaxsiy har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan maxsus o’zaro munosabatlarida rivojlantirish funktsiyasi yanada samaraliroqdir.
Ta’limning o’quvchi shaxsini rivojlantirishga yo’naltirilganligi “rivojlantiruvchi ta’lim” tushunchasi bilan ifoladanali. XX asr 60-yillaridan boshlab rivojlantiruvchi ta’limni tashkil etishga nisbatan turli yondoshuvlar yuzaga keldi.
Bularning hammasi ta’limni tashkil etish faqat bilimlarni shakllantirishga emas, o’quvchini har tomonlama rivojlantirish (birinchi navbatda, aqliy rivojlantirish, aqliy faoliyat usullari, analiz qilish, taqqoslash, turlarga ajratish va boshqalarni kuzatish, xulosa chiqarish, ob’ektlarning muhim belgilarini ajrata bilish, faoliyat maqsadi va usullarini aniqlashni bilishga o’rgatish, uning natijalarini tekshirishni bilish malakasini rivojlantirish)ga xizmat qilishini anglatadi.
Ta’lim jarayoni tarbiyalovchi xususiyatga ham ega. Tarbiya va ta’lim o’rtasidagi bog’liqlik ob’ektiv va qonuniy hisoblanadi. Biroq shaxsni ta’lim jarayonida tarbiyalash tashqi omillar (oila, mikromuhit va boshqalar)ning ta’siri tufayli qiyin kechadi.
Tarbiyalash funktsiyasi. Ta’limning tarbiyalovchilik xususiyati turli ijtimoiy tuzum hamda sharoitda ham yaqqol namoyon bo’ladi. Tarbiyalash funktsiyasi ta’lim mazmuni, shakli va metodlarining mohiyati bilan belgilanadi va o’qituvchi hamda o’quvchilar o’rtasidagi munosabatlarni tashkil etish jarayonida yetakchi o’rin tutadi.
Ta’lim jarayonida shaxsning ma’naviy-axloqiy va estetik tasavvurlari, xulq-atvori va dunyoqarashi shakllantiriladi.
Ta’limning tarbiyalovchilik xususiyati, eng avvalo, ta’lim mazmunida aks etadi. Biroq, shuni ham e’tiborda tutish kerak-ki, barcha o’quv fanlari ham birdek tarbiyalovchilik imkoniyatiga ega emas. Gumanitar va estetik fanlarning bu boradagi imkoniyatlari yuqori.
Ta’lim jarayonida tarbiyaning ikkinchi omili o’qituvchi va o’quvchilarning munosabatlari, sinfdagi psixologik muhit, o’qish jarayoni ishtirokchilarining o’zaro munosabatlari, o’quvchilarning idrok etish faoliyatlariga o’qituvchining rahbarligi hisoblanadi. Zamonaviy pedagogika o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi munosabatning eng qulay usuli sifatida demokratik usulini e’tirof etadi. Bu usul ta’lim jarayonida o’quvchilar shaxsini hurmat qilish, ularning xohish-istaklari, qiziqishlarini inobatga olinishini anglatadi.
O’qituvchi va o’quvchilarning ta’lim jarayonidagi faoliyatlari. O’qituvchi faoliyatining vazifasi va tuzilishi. Ta’lim muassasasi (umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalari)da tashkil etiluvchi ta’lim jarayonida o’quvchining faoliyati o’qituvchi rahbarligi ostida kechadi. O’qituvchi faoliyatining vazifasi o’quvchilarning ijtimoiy borliqni ongli va faol idrok etishga yo’naltirilgan faoliyatlarini boshqarishdan iboratdir.
Ta’lim jarayonini boshqarish quyidagi bosqichlardan iborat:
  • rejalashtirish;


  • tashkil etish;


  • boshqarish (rag’batlantirish);


  • nazorat;

  • natijalarni baholash va tahlil qilish.

O’qituvchi faoliyatini rejalashtirish bosqichi kalendar-tematik yoki darslar rejalarini tuzish bilan yakunlanadi. Rejalar, reja-konspektlar yoki konspektlarni tuzish uchun uzoq, jiddiy ishlash kerak bo’ladi. O’qituvchi o’quvchilarning tayyorliklari darajasi, ularning o’quv imkoniyatlari, moddiy baza holati, shaxsiy (kasbiy) imkoniyatlarini o’rganib chiqishi, o’quv materiali mazmunini tanlab olishi, dars olib borish shakli va metodini o’ylab chiqishi kerak bo’ladi.


O’quvchilar faoliyatini tashkil etish o’quvchilar oldiga o’quv masalalarini qo’yishni va uni bajarish uchun imkoniyatlar yaratishdan iborat bo’ladi.
Ta’lim jarayonida o’quvchilarning faoliyati. Bilim olish faoliyatning o’ziga xos ko’rinishi sifatida muayyan tuzilish, rivojlanish va faoliyat qonuniyatlariga ega. Bilim olish borliqni idrok etish, o’rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko’nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni hisoblanadi. Bilim olishning muhim komponenti motiv, ya’ni, ta’limiy xarakterdagi harakat yoki faoliyatni tashkil etishga nisbatan rag’batni his etish, ehtiyojning yuzaga kelishidir.
O’qishning keyingi komponenti o’quv harakatlari (operatsiyalari) sanalaib, ular anglangan maqsadga binoan amalga oshiradi. O’quv harakatlari o’quv jarayonini tashkil etishning barcha bosqichlarida namoyon bo’ladi. Harakatlar tashqi (kuzatiladigan) va ichki (kuzatilmaydigan) ko’rinida bo’lishi mumkin. Tashqi o’quv harakatlariga predmetli harakatlar (yozish, rasm chizish, tajribalar o’tkazish); pertseptiv harakatlar (tinglash, fikrlash, kuzatish, sezish) hamda nutqdan foydalanish kiradi.
Ichki (mnemonik, yunonchadan «mnemonikon» - eslab qolish madaniyati) harakatlarga materialni eslab qolish, uni tartibga solish va tashkil etish, shuningdek, tasavvur va fikrlash harakatlari (intellektual) kiradi.
Har qanday bilimni o’zlashtirishda o’quvchilardan idrok etish madaniyatiga ega bo’lish va o’quv materialini anglab yetish talab etadi. Pedagogik jarayonda o’quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning ma’nosini yetarli darajada tushunmay, faqat tovushlar birligi sifatida qabul qilinishi va yodlab olinishi xavfilidir.
O’quvchilarni ilmiy bilimlarni ularning mohiyatini to’la tushungan holda o’zlashtirish shartlari bilan tanishtirib, ularga o’zini o’zi nazorat qilishning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish maqsadga muvofiqdir. O’zini o’zi nazorat qilishda o’quvchilar ular qo’llayotgan aqliy mehnat vositalarining samaradorligi, shuningdek, o’z mehnati natijalarini baholashi kerak.
Natijalarni baholash, nazorat qilish va tahlil etish o’quv harakatlarining ajralmas qismlari hisoblanadi. Ta’lim jarayonida o’quvchi tomonidan o’zini nazorat qilish, o’zini baholash va o’zini analiz qilish amalga oshirish o’qituvchining shunga o’xshash o’rgatuvchi harakatlarini kuzatish asosida shakllanadi. Bu harakatlarni shakllantirish o’quvchilarni o’z tengdoshlari faoliyatini kuzatishga jalb etish, o’zaro nazoratni tashkil etish, o’rnatilgan mezonlar asosida o’z faoliyati natijalarini o’zaro baholash va tahlil qilishga yordam beradi.
Bilimlarni o’zlashtirish jarayonining tuzilishi. O’quvchilar o’quv idrok etish faoliyatlarini boshqarishga o’rganib olish uchun bilimlarni o’zlashtirish jarayoni tuzilishini yaxshi tasavvur etish, o’quvchilar tomonidan bilimlarning egallash bosqichlarini bilishi zarur: idrok etish, o’quv materialini anglab yetish, mustahkamlash, amaliy faoliyatida bilimlarini qo’llash.
Birinchi bosqich idrok etish hisoblanadi. Psixologiyadan ma’lumki, idrok etish aniq maqsadga yo’naltirilgan anglash jarayoni bo’lib, u tanlash xususiyatiga ega. SHuning uchun birinchi navbatda o’quvchilarga mavzuni, ya’ni, ularning nimani o’rganishlari (masalani qo’yish)ni tushuntirib berish kerak. SHu asosida o’quv materiali bilan dastlabki tanishish amalga oshiriladi. U haqiqiy mavjud yoki hayoliy predmet, hodisa, vaziyatlarni kuzatish, mumkin bo’lgan tajribalarni o’tkazishdan iborat bo’ladi. Birinchi bosqich o’quvchi qaysi hodisa va voqealarni, predmetlarni o’rganish haqida yetarlicha tasavvurga ega bo’lganida va o’quv masalasini tushunib yetganda yakunlanadi.
Ikkinchi bosqich – o’quv materialini anglab yetish. U ma’lumotlarning nazariy jihatlarini ajratib olish va analiz qilishdan iborat. Bunda asosiy mazmunni topish, tushunchani ajratib olish, ularning belgilarini asoslab berish, tushuntirish materialini xususiyatini aniqlab olish, misollar va tushuntiruvchi dalillar to’plamini o’rganib chiqish kerak. Bu vaziyatda bilimlar o’rtasidagi tizimlilik muhim ahamiyatga ega. Unda o’quvchi eng asosiy, ikkinchi darajali hamda qo’shimcha, tushuntiruvchi elementlarni ajratib ko’rsatsin. O’quvchi o’quv masalasini yechish usulini tushunsa, bilimlar o’rtasidagi tizimni anglab yetsa ushbu bosqich yakunlangan sanaladi.
Uchinchi bosqich – eslab qolish va mustahkamlash. Bu bosqich o’zlashtirilgan bilimlarini uzoq vaqt davomida saqlab qolishdan iborat. Unda idrok etish faoliyati ko’proq mashqlar, mustaqil reproduktiv va ijodiy masalalar xususiyatiga ega bo’ladi. Nazariy material, tushuncha, qoida, isbotlar turli xil mashqlarda takrorlanadi. O’qituvchi o’quvchilar topshiriqlarni tushunib bajarishlarini kuzatib borishi kerak. Ular matnlarni mexanik ko’chirib olishlari, topshiriqlarni bajarishlari, qoida va tushunchalarni chuqur anglab yetmay bajarishlari mumkin. Bosqich yakunida o’quvchilar nazariy materiallarni biladilar va ulardan mashqlarni bajarish, masalani yechish, teoremani isbotlashda foydalanishni biladilar. Ularda o’quv malakalari va ko’nikmalari shakllantirilgan bo’ladi.
To’rtinchi bosqich bilim, ko’nikma va malakalarni amaliy faoliyatda qo’llashdan iborat bo’ladi. Bilimlarini qo’llash o’rganilayotgan materialning mazmuni xususiyatiga qarab faoliyat turli shakllari va ko’rinishlarida amalga oshirilishi mumkin. Bu o’quv mashqlari, laboratoriya ishlari, tadqiqot topshiriqlari, maktab yer maydonidagi ishlar bo’lishi mumkin. Bilimlarni egallab olish bosqichlari sxematik ko’rinishi quyidagichadir:
Bilimlarni egallash bosqichlari
bilimlarini qo’llash

mustahkamlash


anglab yetish
idrok etish

Ta’limning gnoseologik asoslari. O’quv jarayonini mantiqiy qurilishi ta’lim mazmunining xususiyatlari va gnoseologik jihatlariga bog’liq.


Gnoseologiya (yunoncha – «gnosis» («gnoseos»)- bilim, ong, o’rganish, logiya –fan, ta’limot) – bilish, ilmiy bilimlarning shakllanishi, xususiyatlari, qonuniyatlari, uslublari, ilmiy tafakkur shakllari, shuningdek, insonga xos bo’lgan borliqni anglash qobiliyati haqidagi nazariya, ta’limot.
Ijtimoiy taraqqiyot tarixida insonning atrof-muhitni bilishi umumiy tuzilishiga va bosqichlariga turlicha yondoshishlar ma’lum. Ana shu yondoshishlar o’quv jarayonini qurish va ta’lim mazmunini tushunish mantiqini belgilab beradi.
Muhammad al-Xorazmiy (IX asr) bilish nazariyasi rivojlanishiga katta hissasini qo’shgan. U birinchi bo’lib koinot ob’ektlarining harakatlari hamda yerdagi nuqtalarining joylashishini jadval ko’rinishida aks ettirib, tajriba-kuzatish va tadqiqotlar metodlarini ilmiy jihatdan asoslab berdi, yagonalikning birligi tamoyili, shuningdek, alohida va umumiy, induktsiya va deduktsiyalarning mohiyatini aniqlashtirdi; matematik masalalarni yechishning algoritmik metodini ishlab chiqdi. Bu metoddan bugungi kunda ham foydalanib kelinmoqda.
Al-Kindiy (IX asr) ilmiy bilishning uch bosqichli kontseptsiyasini ilgari suradi. Alloma insonning bilishini: sezgiga oid va ratsional bilish tarzida ikkiga ajratadi. Sezib bilishning predmeti va ob’ekti barcha jism va moddiy narsalar hisoblanadi. Kindiyning fikricha, sezib bilish aql uchun muhim materialni beradi.
Faqatgina aql tashqi dunyo haqida haqiqiy bilim va tushunchani ishlab chiqishga qodir, - deb hisoblaydi Kindiy.
Abu Nasr Forobiy (X asr) Kindiy g’oyalarining mohiyatini aniqlashtiradi. Biror narsani bilishga intilgan inson avvalo uning ma’lum holatini o’rganadi, o’zlashtirganlarini o’zlashtirilishi zarur bo’lgan bilimlarga yo’naltiradi. Alloma fanlar klassifikatsiyasi, shuningdek, bilish faoliyatini tashkil etishga oid tavsiyalarni ishlab chiqadi. YAxshi nazariyotchi bo’lish uchun deydi, - Abu Nasr Forobiy, - qaysi fan bilan shug’ullanishidan qat’iy nazar quyidagi uchta shartga amal qilish kerak:
fan asosida yotuvchi barcha tamoyillarni yaxshi bilishi;
ushbu tamoyil va ma’lumotlar asosida zarur xulosani chiqarishi, ya’ni, mulohaza yuritish qoidalarini bilishi kerak;
xato nazariyalarni isbotlab berish va boshqa mualliflar fikrlarini tahlil qilishni, shuningdek, haqiqatni yolg’ondan ajratish va xatoni tuzatishni bilishi zarur.
Abu Rayhon Beruniy Beruniy (XI asr) bilishni uzluksiz, to’xtovsiz davom etadigan jarayon sifatida tushunadi. Allomaning fikricha, insoniyat borliqning haqiqiy mohiyati, hozircha noma’lum bo’lgan jihatlarini kelajakda bilib oladi.
Abu Ali ibn Sinoning (XI asr) bilish nazariyasida sabab haqidagi ta’limot alohida o’rin oladi. U sabablarni aniq, sezish asosida anglanadigan va yashirin, tashqi holatlarini tahlil etish asosida tushuniladigan sabablarga ajratadi va hodisaning mohiyati uning yuzaga kelish sabablarini aniqlash yo’li bilan anglanishi mumkin deb hisoblaydi. Alloma ushbu gnoseologik qoidani o’zining tabiblik amaliyoti, kasalliklarni ularning simptomlari bo’yicha va dorilar ta’sirini kuzatish asosida aniqlagan.
CHex pedagogi YA.A.Komenskiy XVII asrda ta’lim jarayonining mohiyatini ilmiy asoslashga urindi. Alloma tomonidan ilgari surilgan ta’limning tabiiyligi g’oyasi ta’lim jarayoni, uning tuzilishi, tamoyil va metodlari tabiat qonunlariga muvofiq belgilanishini ta’kidlaydi.
YA.A.Komenskiyninng tabiatga bog’liqligi haqidagi g’oyasi – g’arb olimlarining ta’lim jarayonining gnoseologik asoslarini ochib berish, moddiy dunyo qonunlarining o’quv jarayoniga ta’sirini ko’rsatib berishga urinishlaridan biridir.
XVIII asrda frantsuz olimi Jan Jak Russo ham insonning tabiat va jamiyatdagi o’rni haqidagi falsafiy dunyoqarashlar asosida ta’lim mohiyatini ochib berishga urinib ko’rgan. Olimning fikricha, ta’lim jarayonining mohiyati bolaning atrof-muhitni bilishi tabiatidan kelib chiqadi. Bola tabiat qo’ynida, qishloq joylarda rivojlanishi kerak.
Bolaning atrof-muhit mohiyatini tez anglashini xususiyatini hisobga olib ekzistentsiolizm (yunoncha «existetia» - mavjudlik) vakillari ta’lim mohiyatini quyidagicha ifoda etadilar: maktabning asosiy maqsadi intellektini rivojlantirish emas, balki bolani emotsional tarbiyalashdir.
Ekzistentsializm ratsional bilishni rad etadi, ta’lim fandan ko’ra san’atga yaqinroq deb hisoblaydi, shuningdek, borliqni bevosita bilish metodini ilgari suradi.
Ta’lim mazmuni masalalariga boshqa bir yondoshish “Pragmatizm pedagogikasi” yoki progressivizm AQSHda alohida rivojlandi. Uning yetakchisi Djon Dyui mazkur ta’limotni ifodalashda pragmatizmning falsafiy g’oyalarini asos qilib oldi. Pragmatizm (yunoncha pragma – ish, harakat, falsafiy amal) zamonaviy Amerika falsafasida idealistik oqim. Bu oqim haqiqatning ob’ektivligini rad etadi, haqiqat bu ob’ektiv borliqqa mos kelmaydi, balki amaliy foydali natijalar beradi.
D.Dyui fikricha, bilish va bilim inson o’z hayotida duch keladigan turli muammo yoki qiyinchiliklarni yengish vositasi hisoblanadi. Bilim yashash uchun kurash vositasi va shaxsning rivojlanish darajasini ko’rsatuvchi omil hisoblanadi. Biz faqatgina muammoni hal etayotganimizda fikrlaymiz, buning boshlanish yo’li har doim qiyinchilikni his etish hisoblanadi.
“Harakatlar pedagogikasi” kontseptsiyasi ko’p jihatdan Dj.Dyuining falsafiy (pragmatizm) va psixologik qarashlarining oqibati hisoblanadi. Uning muallifi, reformatorlardan biri nemis pedagogi Vilgelm Avgust Lay (1862-1926 yillar) bilim olish jarayonida ko’zga tashlanuvchi quyidagi uch bosqichni ko’rsatadi: idrok etish, qayta ishlab chiqish, ifoda etish.
Bugungi kunda ham ta’lim mohiyatini tushunishga nisbatan turlicha yondoshishlar mavjud. Xususan:
1. Sotsiologik yondoshish. Unga ko’ra ta’limning mohiyati ijtimoiy tajribalarni yoshlarga yetkazishdan iborat. O’quvchilar insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasi natijalari bo’lgan bilimlarni o’rganadilar. Ta’limning mazmuni o’quvchilaring ajdodlar tajribasini o’zlashtirishga xizmat qiluvchi jarayonini tashkil etishdan iborat. Bu falsafiy qoida ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning muhim omili - shaxs kamolotini tushunishga ilmiy yondashishni anglatadi. Ta’limga bunday yondashish ijtimoiy jarayon hisoblanadi.
Boshqa bir yondashishni xususiy pedagogik yoki didaktik yondashish deb atash mumkin. Bu yondashish yaxlit ta’lim jarayonining borishini belgilab beruvchi bilim olish bosqichlari (o’quv materialini o’rganishni, uni anglab yetish, mustahkamlash, amaliy faoliyatda bilimlarini qo’llash)ni ifodalaydi. Mazkur yondashuvga ko’ra ta’lim mazmuni o’quvchilar tomonidan bilim egallash bosqichlarining ketma-ketligiga amal qilish asosida faoliyatni tashkil etishdan iborat.
Kontseptsiya tarafdorlari bilish yo’lini quyidagicha formula asosida ifodalaydilar: jonli mushohadadan abstrakt fikrlashga va abstrakt fikrlashdan amaliyotga.
Ta’lim mazmunini tushunishga nisbatan psixologik yondashish bilimlarni o’zlashtirish va inson rivojlanishi borasidagi psixologik nazariyada ilgari surilgan g’oyalarga tayanadi.
Bu kontseptsiyaning kelib chiqishi L.S.Vo’gotskiyning (1896-1934 yillar) ta’limning shaxs rivojlanishida asosiy omil bo’lishi haqidagi “yaqin rivojlanish zonasi” deb yuritiluvchi qarashining yaratilishi bilan bog’liq. Unga ko’ra, ta’lim faqat yaqin zonada qurilganda, hali to’la shakllanmagan, lekin o’quv jarayonini qurishga asos bo’la oladigan mexanik harakatlar asoslangandagina mazmunga ega bo’ladi.
Psixologik tadqiqotlar pedagogik nazariyani so’zsiz boyitadi. Bilim olish jarayonida shaxs rivojlanishining kechish jarayoni mohiyatini ochib beradi. Ammo faqat psixologik g’oyalar asosida ta’lim mohiyatini yoritish pedagogik jarayonni bir tomonlama talqin etishga olib keladi.
XIX asrning 40-yillarida dialektik materializm nazariyasi asoslandi. Dialektik materializm tabiat, jamiyat va fikrlashning harakatlanishi hamda rivojlanishi borasidagi umumiy qonunlarni yorituvchi falsafiy ta’limotdir. Bu ta’limotda Feerbaxning materializmi va Gegelning dialektikasi uzviy ravishda birlashadi. Bu ta’limot ta’lim jarayoni inson ongining borliqni aks ettira olishiga imkon berishi zarur degan g’oyani ilgari suradi. Haqiqatni bilish murakkab jarayon. Dialektik nazariya g’oyasiga ko’ra rivojlanishning asosi qarama-qarshilik hisoblanadi. Rivojlanish qarama-qarshi kuchlar kurashidir.
Dialektik yondoshishga binoan ta’lim jarayonining asosiy qarama-qarshiliklarini quyidagilar sanaladi:
1. Ijtimoiy-tarixiy (ilmiy) bilimlar hajmi va o’quvchi o’zlashtirgan bilimlar hajmi o’rtasidagi qarama-qarshilik. Bu qarama-qarshilik ta’lim jarayonini harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. U ta’lim mazmunini doimiy takomillashtirishga olib keladi. Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini ijtimoiy-texnik taraqqiyot darajasiga yaqinlashtirish zaruriyati ta’lim mazmunini tubdan yangilash, uni yangi tamoyil, shakl, metod va vositalarini izlashni muhim ijtimoiy vazifa qilib qo’ymoqda.
2. O’quvchi tomonidan o’zlashtirilgan o’rganishning amaliy jihatlari (shakl, metod va vositalari)ning darajasi bilan ijtimoiy-tarixiy bilish (o’rganishning o’quvchi egallab olishi kerak bo’lgan shakl, metod va vositalari) darajasi o’rtasidagi qarama-qarshilik. Bu qarama-qarshilikni hal etish o’quvchining intellektual rivojlanishi sur’ati va darajasiga bog’liq. Bir xil mazmun va hajmdagi o’quv materiali aqliy rivojlanishning turli ko’rsatkichlariga namoyon etishi mumkin.
3. O’quvchining mavjud rivojlanish darajasi bilan ijtimoiy buyurtmada ko’zda tutiluvchi rivojlanish darajasi o’rtasidagi qarama-qarshilik. Agarda ijtimoiy talab bolaning idrok etish imkoniyatidan yuqori bo’lsa, unda jiddiy qiyinchilik yuzaga keladi.
XX asrning 80-90-yillarida pedagogik hodisalar, shu jumladan, ta’lim muammolarini ham o’rganishda MDH davlatlarida aksiologik yondashuv ko’zga tashlana boshladi. Aksiologiya (yunoncha «axios» – qimmatli, logiya - fan) – qadriyatlar haqidagi falsafiy ta’limot bo’lib, u XIX asrning oxiri XX asr boshlarida shakllangan.
Rossiyalik ba’zi olimlar (V.A.Slastenin, I.F.Isayev, YE.N.SHiyanov) mazkur yondashuvni ta’limning yangi falsafasi asosi hamda zamonaviy pedagogikaning metodologiyasi sifatida tushunishni taklif etadilar.
Hayot, sog’liq, muhabbat, oila, ta’lim, mehnat, tinchlik, ishonch, go’zallik, ijod va shu kabi qadriyatlar hamma davrlarda ham inson hayoti uchun o’ziga xos ahamiyat kasb etgan. Insonparvarlik g’oyasi asosini tashkil etuvchi ushbu qadriyatlar tarixiy taraqqiyot jarayonida vaqt sinovidan o’tgan. O’zbekiston Respublikasida kechayotgan demokratik o’zgarishlar mazkur qadriyatlarni qayta tiklash va baholash zaruriyatini kun tartibiga olib chiqmoqda.
Insonparvarlik g’oyasi markazida shaxsni har tomonlama kamol toptirish masalasi yotadi. SHaxsni rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasi asoschilari ushbu masalani nazariya uchun qilib olganlar. Rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasining g’oyalari XX asrning 80-yillarida pedagogikaga muqobil sifatida yuzaga kelgan hamkorlik pedagogikasida o’z aksini topdi.
Hamkorlik pedagogikasini novator-pedagoglar (SH.A.Amonashvili, S.N.Lisenko, I.P.Volkov, V.F.SHatalov, YE.N.Ilin va boshqalar) pedagogik jarayon ishtirokchilari (o’qituvchi va o’quvchilar) o’rtasida insonparvarlik tamoyiliga asoslangan o’zaro munosabatlari tashkil etishini ta’kidlab o’tadilar. Hamkorlik pedagogikasi uchun kontseptual ahamiyatga ega qoidalari - A.Avloniy, g`.g`ulom, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, V.A.Suxomlinskiy, J.J.Russo, YA.Korchak, K.Rodjers va boshqalarning pedagogik qarashlarida o’z ifodasini topgan. Pedagogik hamkorlik g’oyalari bugungi kunda pedagogik texnologiyalar mazmuniga singdirilgan va “XXI asr ta’limi Kontseptsiyasi” asosini tashkil etadi.
Pedagogik hamkorlik mazmuni va metodikasi xususiyatlari quyidagilardan iborat:
Bolaga insonparvarlik asosida shaxsiy yondashuv maktab ta’limi tizimida bola shaxsi, uning hali rivojlanmagan qobiliyatlari, «men»ligi ustuvor o’rin tutadi. Maktabning maqsadi mavjud qobiliyatlarni rivojlantirish, shaxsni ijtimoiy faoliyatga jalb etish, uni erkin rivojlantirishdan iborat.
SHaxsga yo’naltirilgan (rivojlantiruvchi) texnologiyalar asosida quyidagi g’oyalar muhim o’rin tutadi:
1. SHaxsga ta’limning maqsadi sifatida yangicha qarash: bola maktabda – to’la huquqli shaxs, pedagogik jarayonda sub’ekt; shaxsning rivojlanishi – ta’lim tizimining maqsadi; har bir erkin, o’z fikrini mustaqil ifodalovchi, barkamol shaxsni tarbiyalash ta’lim maqsadining asosi kabi g’oyalarlarni aks ettiradi.
2. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish bolalarga nisbatan muhabbatli bo’lish, ularning taqdiri bilan qiziqish; bolaga o’z kuchi va iqtidoriga ishontirish; pedagogik munosabatlar jarayonida u bilan hamkorlikka erishish, o’qituvchi va o’quvchining huquq jihatldan tengligi; bolaning erkin tanlash huquqi; xato qilish huquqi; o’z shaxsiy nuqtai nazariga ega bo’lish kabi holatlarni ifodalaydi. Aksincha, to’g’ridan-to’g’ri majburlash inkor etiladi.
3. Individual yondoshishning yangi talqini. Uning mazmuni o’quv fanini o’quvchiga emas, balki bolani o’quv faniga yo’naltirishdan iborat. Individual yondashish quyidagilarni o’z ichiga oladi: materialni o’rtacha o’zlashtiruvchi o’quvchilarga mo’ljallashdan chetlanish, shaxsning ijobiy sifatlarini ko’ra bilish, shaxsni psixologik-pedagogik diagnostika qilish.
4. SHaxsning ijobiy «Men-kontseptsiyasi»ni shakllantirish. Men-kontseptsiyasi – bu shaxsning o’zi haqidagi tasavvurlari asosida shaxsiy hulqini shakllantiruvchi tizim bo’lib, ijobiy Men-kontseptsiyasi (Men o’zimga yoqaman, Men har ishga qodirman, Men hamma narsani bilaman) shaxsni muvaffaqiyatlarga rag’batlantirib, shaxsninng ijobiy namoyon bo’lishiga yordam beradi. Salbiy Men-kontseptsiyasi (Men o’zimga yoqmayman, Men hech narsani bajara olmayman, Men hech kimga kerak emasman) uning turli faoliyat yo’nalishlarida muvaffaqiyatga erishishiga halaqit beradi, o’qish natijalarini yomonlashtiradi, shaxsda salbiy sifatlarning shakllanishiga olib keladi. O’qituvchining vazifasi har bir o’quvchi timsolida komil shaxsni ko’rish, uni tushunish, qabul qilish va unga ishonishdan iborat («Hamma bolalar iste’dodli» tarzida).
5. “Nimaga?” va “qanday ta’lim?” masalasini hal etishga yangicha yondashish. Uning mohiyati ta’lim mazmunini shaxs rivojlanishining vositasi sifatida tushunishdan iborat.
6. Zamonaviy maktabda tarbiyalash kontseptsiyasi. Hamkorlik pedagogikasi quyidagi muhim g’oyalarni aks ettiradi: bilimlar maktabini tarbiya maktabiga aylantirish, o’quvchi shaxsini yaxlit tarbiya tizimining markaziga qo’yish, tarbiyaning insonparvarlik xususiyatiga egaligi, umuminsoniy va milliy qadriyatlarning shakllanishi, bolaning ijodiy qobiliyati hamda uning individualligini rivojlantirish, individual va jamoaviy tarbiyani uyg’unlikda olib borish.
Pedagogik hamkorlik yuqorida qayd etilgan g’oyalar asosida shaxsga yo’naltiriluvchi (rivojlantiruvchi) texnologiya yaratiladi. Ta’lim texnologiyasining mohiyati shaxsni rivojlantirish, ta’lim nazariyasini asoslash uchun nazariy shart-sharoit yaratish, falsafasi esa insonni shakllantirishdan emas, balki unga o’zi o’zini tarbiyalashga yordam berishdan iborat.
Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari. O’quv jarayonida amal qiluvchi barcha qonuniyatlar umumiy va xususiy tarziga ikki guruhga ajratiladi. Amal qilinishiga ko’ra yaxlit didaktik tizimni qamrab oladigan qonuniyatlar umumiy, amal qilinishiga ko’ra faqat alohida tarkibiy qismlariga taalluqli bo’lgan qonuniyatlar esa xususiy (aniq) deb ataladi.
I.P.Podlaso’y ta’lim jarayonining quyidagi umumiy qonuniyatlarini ajratib ko’rsatadi:
1. Ta’lim maqsadi quyidagilarga bog’liq: jamiyatning rivojlanish sur’ati va darajasi, jamiyatning talablari va imkoniyatlari hamda pedagogika fani va amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari darajasi.
2. Ta’lim mazmuni quyidagilarga bog’liq: ta’limning ijtimoiy ehtiyojlari va maqsadlari, ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur’ati, o’quvchilarning yoshi imkoniyatlari, ta’lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasi, shuningdek, o’quv yurtining moddiy-texnik va iqtisodiy imkoniyatlari.
3. Ta’lim sifati (samaradorligi) quyidagilarga bog’liq: avvalgi bosqich mahsuldorligi va mazkur bosqichda erishilgan natijalar, o’rganilayotgan material xususiyati va hajmi, o’quvchilarga tashkiliy-pedagogik ta’sir ko’rsatish hamda o’quvchilarning bilim olishga qobiliyatlari va ta’lim vaqti.
4. Ta’lim metodlari samaradorligi quyidagilarga bog’liq: metodlarni qo’llashda bilimlari va ko’nikmalari, ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni, o’quvchilarning yoshi, ta’lim olish imkoniyatlari, moddiy-texnik ta’minot hamda o’quv jarayonini tashkil etish.
5. Ta’limni boshqarish mahsuldorligi quyidagilarga bog’liq: ta’lim tizimida qayta aloqalarning intensivligi va tuzatish, ta’sir ko’rsatishlarning asoslanganliligi.
6. Ta’limni rag’batlantirish samaradorligi quyidagilarga bog’liq: ta’limning ichki rag’batlari (sabablari) hamda tashqi (ijtimoiy, iqtisodiy, pedagogik) rag’batlari.
Zamonaviy fanga aniq qonuniyatlar ko’plab soni ma’lumdir. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:

  • Didaktik qonuniyatlar.

  • Gnoseologik qonuniyatlar.

  • Psixologik qonuniyatlar.

  • Kibernetik qonuniyatlar.

  • Sotsiologik qonuniyatlar.

  • Tashkiliy qonuniyatlar.

Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o’quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilovchi boshlang’ich qoidalardir.


Tamoyil (yunoncha «principium») – biror-bir nazariyaning asosi, negizi, asosiy boshlang’ich qoidasi; boshqaruvchi g’oya, faoliyatning asosiy qoidasi; umumlashtirilgan talab.
Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillarining shakllanish tarixi. Ibtidoiy jamiyatda insoniyat o’sib kelayotgan avlodga mavjud bilimlarni uzatish asosida amaliy bilimlari asta-sekin shakllangan. O’sha davrdayoq ta’lim amaliy qoidalari ishlab chiqilgan va avloddan-avlodga uzatib kelingan.
Antik davrda asosan ajdodlar tajribasi an’analar tarzida umumlashtirilib, amaliy ta’lim masalalari hal etilgan. Platon va Aristotellar tavsiya hamda qoidalar to’plami ko’rinishida amaliyotiy ta’lim mohiyatini umumlashtirishga uringanlar.
SHarqdagi Uyg’onish davrida (IX-XI asrlar) arab, musulmon madaniyatining YAqin va Markaziy Osiyo xalqlarining moddiy va ma’naviy madaniyati bilan birlashishi asosida alohida sinkretik (yunoncha synkretismos – birlashish, yaxlitlik, qo’shilish) madaniyat birlashgan turi yuzaga kelgan. Allomalar Muhammad al-Xorazmiy (787-850 yillar), Abu Nasr Forobiy (870-950 yillar), Al-Kindiy (800-870 yillar), Abu Rayhon Beruniy (973-1050 yillar), Abu Ali ibn Sino (980-1037 yillar) va boshqalar uning asoschilari sifatida mashhur bo’ldilar. Bu madaniyatning asosiy markazlari Suriya, Eron, Markaziy Osiyo hududlarida joylashgan. SHarq mutafakkirlari o’z asarlarida ta’lim usullari, qoidalari, tamoyillari, metodlari va shakllari asosida ta’lim amaliyotining mohiyatini ifoda etadilar. Biroq ta’lim masalalari bilan ular maxsus va izchil shug’ullanmaganliklari bois maxsus didaktik nazariya yaratilmadi. Ta’limni ular fan sifatida emas, boshqa fanlarga o’rgatish san’ati, hunarmandchilik sifatida tushundilar. SHarq allomalari tomonidan ilgari surilgan qoida, usul va tamoyillarning aksariyati zamonaviy maktablarda ham qo’llanilmoqda.
Quyidagi jadvaldan SHarq allomalari Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Al-Kindiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muslihiddin Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiylar ham ta’limning ilmiyligi, ongliligi, ko’rgazmaliligi, tushunarliligi, ketma-ketligi, muntazamligi, moslashuvchanligi va mustaqilligi, shuningdek, bolaning individual xususiyatlari, layoqati va qobiliyatlarini hisobga olish, ta’limni insonparvarlashtirish kabi qoida va tamoyillarini ifoda etib berganlari anglanadi.
XVII asrda pedagogika amaliy tabiatshunoslik sifatida biologiya qonuniyatlariga bo’ysunishi e’tirof etilgan. Pedagogikani tubdan to’la qayta qurishni chex olimi YA.A.Komenskiy va ingliz pedagogi Djon Lokk amalga oshirdilar.
Ular pedagogik qonunlarining quyidagi uch jihatiga ko’ra guruhlaganlar:

  • Ijtimoiy-tarixiy.

  • Tabiiy-tarixiy.

  • Psixologik.

Keyinchalik bir guruh ilg’or pedagoglar umumiy tamoyillar bilan qanoatlanmay, didaktik qonuniyatlarini ifoda etishga uringanlar. Xususan, YA.A.Komenskiy didaktikaning tematik belgilariga ko’ra guruhlangan quyidagi qoidalar tizimini ilgari surdi:


“Ta’lim va oson o’qishning asosiy qoidalari” (“Buyuk didaktika” - XVII bob);
“Tabiiy o’qish va ta’limning asosiy qoidalari”;
“Fanlarga o’qitish san’atining to’qqiz qoidasi” (XX bob) va boshqalar.
Disterveg tomonidan asoslangan qoidalar soni 33 ta bo’lib, ular muayyan loyihalarga taalluqli ekanligiga ko’ra guruhlarga ajratadi (birinchi guruh – o’qituvchiga nisbatan, ikkinchisi – dars tashkil etilayotgan fanga nisbatan, uchinchisi – o’quvchiga nisbatan va hokazolar tarzida). SHu bilan birga Disterveg mazkur qoidalarning ayrimlarini qonunlar ham deb ataydi.
Download 46,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish